JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Toshkent Davlat Texnika Universiteti
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi,
Xalmatova Nargiza Giyasovna taqrizi
ostida
Nasirova Saodat Shukrillayevna
Toshkent Davlat Texnika Universiteti
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi
katta o’qituvchisi
Janabaeva Nasiba Bayrambay qizi
Toshkent Davlat Texnika Universiteti 4-
Bosqich talabasi
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ELEKTROMAGNIT MAYDONLARINING
INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI: XAVFLAR VA HIMOYA CHORALARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada elektr va magnit maydonlarning (EMM) inson salomatligiga
ta’siri o‘rganiladi. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da,
ularning uzoq muddatli ta’siri hali to‘liq o‘rganilmagan. Maqolada elektromagnit maydonlarning
asab, yurak-qon tomir, immun va gormonal tizimlarga salbiy ta’siri, shuningdek, saraton
kasalligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavflar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, elektromagnit
nurlanishdan himoyalanish usullari va ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotlar
davom etayotgan bo‘lsa-da, kundalik hayotda texnologiyalardan me’yorida foydalanish inson
salomatligini saqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Zamonaviy texnologiyalar, elektromagnit maydon, tadqiqotlar, salbiy ta’siri,
elektr nurlanish, texnologiya, inson salomatligi, himoyalanish choralari, saraton xavfi.
KIRISH
Zamonaviy jamiyatda elektr va magnit maydonlari (EMM) inson hayotining ajralmas
qismiga aylangan. Elektr energiyasidan keng foydalanish, mobil aloqa vositalari, Wi-Fi
tarmoqlari va turli maishiy texnikalar elektromagnit nurlanish manbalaridir. Uzoq muddatli
elektromagnit maydonlarning inson salomatligiga ta’siri hozirgi kunda ilmiy izlanishlar va bahs-
munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi tadqiqotlar elektromagnit nurlanishlarning asab tizimi,
yurak-qon tomir faoliyati va immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, elektromagnit to‘lqinlarning saraton kasalliklari bilan bog‘liqligi bo‘yicha ham turli
fikrlar mavjud. Shu sababli, ushbu maqolada elektromagnit maydonlarning inson organizmiga
ehtimoliy ta’siri va ulardan himoyalanish choralari haqida so‘z yuritiladi. Elektromagnit
maydonining inson organizmiga ta'siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya
oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma'lum yuzasida to'planishi
va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Elektromagnit maydonining
inson organizmiga ta'sir ko'rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va
molekulalar bu maydon ta'sirida musbat va manfiy qutblarga bo'lina boshlaydi. Qutblangan
molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo'nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta'siri natijasida qon, hujayralar oralig'idagi
suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta'siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O'zgaruvchan elektr
maydoni inson tanasi hujayralarini o'zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o'tkazuvchi
toklar hosil bo'lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya
yutishi hisobiga bo'ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo'lishi biologik
hujayralarga maxsus ta'sir ko'rsatishi bilan kechadi, bu ta'sir inson ichki organlari va
hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining
o'zgarishi hisobiga bo'ladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O'zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo'nalishlarining
o'zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta'sir ko'rsatish jihatidan kuchsiz bo'lsada,
lekin organizm uchun befarq deb bo'lmaydi. Maydonning kuchlanishi qancha ko'p bo'lib uning
ta'sir davri davomli bo'lsa, organizmga ko'rsatuvchi ta'siri shuncha ko'p bo'ladi.Tebranish
chastotasining ortishi tana o'tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib
borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo'lgan to'lqinlarning asosiy qismi teri
hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri
hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga
to'g'ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi. Organizmda hosil bo'lgan
ortiqcha issiqlik ma'lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga
yo'qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma'lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm²),
inson organizmda hosil bo'layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi
va tana harorati ko'tariladi, bu esa o'z navbatida organizmga katta zarar etkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar,
o'pka, Jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va tyermoregulyasiya
ta'siri kam bo'lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko'z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm
qilish organlari, o't va siydik xaltalari kiradi. Ko'zning nurlanishi ko'z korachig'ining
xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko'z qorachig'ining xiralashishi birdaniga
rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo'ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma'lum o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan dielektrik
moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta'sirini ko'rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga
biologik ob'ekt sifatida ham ta'sir ko'rsatadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri markaziy nyerv sistemasiga
ta'sir ko'rsatadi, hujayralarning yo'nalishini o'zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni
kuchlanish chiziqlari yo'nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga
ta'sir ko'rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va
minyeral moddalar almashinivuni o'zgartiradi. Ammo bu o'zgarishlar funksional xaraktyerda
bo'lib, nurlanish ta'siri to'xtatilishi bilan ularning zararli ta'siri va og'riq sezgilari yo'qoladi.
Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish.
Respublikamizda yo'lga qo'yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari Juda kam birlikni
tashkil qiladi. SHuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta'sirida bo'lgan taqdirda ham hech
qanday o'zgarish bo'lmasligi mumkin.
SN 848-70 bo'yicha ko'zda tutilgan «Yuqori, o'ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi
elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar quyidagicha
ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni
radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo'yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m,
30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo'yicha esa 100
kGs-1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo'lishikerak.
SVCH 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish
oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm³, ish kunining 2 soatidan ortiq bo'lmagan vaqtdagi nurlanish 100
mk V/sm² dan oshmasligikerak. Bunda albatta muhofaza ko'zoynagi taqilishikerak. Qolgan ish
vaqti davomida nurlanish Intensivligi 10 mk Vt/sm² dan oshmasligi kerak. SVCH diapazonida
kasbi nurlanish bilan bog'lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi
zichligi 1 mk Vt/sm² dan oshmasligikerak.
Yuqorida keltirib o'tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini
uzoqroq joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo'naltiruvchi antennalar bilan ish
joylari orasidagi masofani o'zgartirish, genyeratorming nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi
ekranlar o'rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi
elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo'li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali
hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo'lgan ishchilar va
shuningdek, nurlanuvchi qurilmalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda
foydalanish mumkin. Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha
kattalikda bo'lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.
Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri-ekranlar usulidir.
Ekranni to'g'ridan-to'g'ri elektromagnit to'lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga
o'rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o'tkazadigan materiallardan
yasaladi. Ekranlarning muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta'sirida ekran yuzasida
Fuko tokining hosil bo'lishiga asoslangan. O'z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga
qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan zaryad hosil qiladi. Natijada ikkila maydonning qo'shilishi
kuzatiladi va ikkala maydondan uncha katta kuchga ega bo'lmagan maydon qoladi.
Xulosa
Elektromagnit maydonlar inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ularning zarari issiqlik hosil bo‘lishi, hujayralarning ionlanishi va nerv tizimining buzilishi bilan
bog‘liq. Himoyalanish uchun xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish, elektromagnit manbalardan
uzoqroq bo‘lish va maxsus himoya vositalaridan foydalanish lozim. Profilaktika choralariga
amal qilish salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent,,,O'zbekiston", 2023 y.
2.O'zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 2022 y.
3.O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni blikasining
"Mehnatni muhofaza Toshkent, 2016 y.
4.M.A.Rasuleva. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari. Namangan,
2021 y.
5.O.T.Hasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. 2020 y.
6.Y.R.Xaydarov, X.M.Yunusova. Hayot faoliyati xavfsizligi. 2020 y.
7. O.T. Hasanova, V.V. Zayniddinov - "Hayot faoliyati xavfsizligi". 2020 y.
8. H.X. Razzoqov - "Hayot faoliyati xavfsizligi". 2019 y.
9. H.E. Rustamova - "Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi". 2019 y.
10. X. Akramov - "Hayot faoliyati xavfsizligi praktikumi". 2019 y.
