Авторы

  • Miyzamova Bonu Azamat qizi
    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang`ich ta`lim fakulteti. Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 811.22-guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72138

Ключевые слова:

kreativlik signifikatsion ko‘nikmalar ijodkorlik shaxsiyat rivojlanish boshlang'ich maktab pedagogikasi yosh talabalar psixologiyasi

Аннотация

Quyidagi maqolamizda kreativlik, uning psixologik jihatlari va shaxsiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Kreativlik, shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va an’anaviy tafakkurdan chiqish qobiliyati sifatida ta’riflanadi. Psixologik nazariyalar orqali kreativlik va intellekt o‘rtasidagi bog‘lanish, shuningdek, emotsional intellektning kreativlikka ta’siri ko‘rsatilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

JDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti

Boshlang'ich ta'lim metodikasi

kafedrasi t.f.n, dotsent Rabbimov

Muzraf To‘xtayevich taqrizi ostida

Miyzamova Bonu Azamat qizi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat

Pedagogika Universiteti Boshlang`ich

ta`lim fakulteti. Boshlang`ich ta`lim

yo`nalishi 811.22-guruh talabasi.

bonu

samarova9805@gmail.com

UDK; 373.3:37

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KREATIVLIK QOBILIYATINI

RIVOJLANTIRISH

ANNOTASIYA:

Quyidagi maqolamizda kreativlik, uning psixologik jihatlari va shaxsiyat

rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Kreativlik, shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va an’anaviy

tafakkurdan chiqish qobiliyati sifatida ta’riflanadi. Psixologik nazariyalar orqali kreativlik va

intellekt o‘rtasidagi bog‘lanish, shuningdek, emotsional intellektning kreativlikka ta’siri

ko‘rsatilgan.

KALIT SO`ZLAR:

kreativlik, signifikatsion ko‘nikmalar, ijodkorlik; shaxsiyat; rivojlanish;

boshlang'ich maktab pedagogikasi; yosh talabalar psixologiyasi;

АННОТАЦИЯ:

В данной статье анализируются креативность, ее психологические

аспекты и роль в развитии личности. Креативность определяется как способность

создавать новые идеи и выходить за рамки традиционного мышления. Через

психологические теории рассматривается связь между креативностью и интеллектом, а

также влияние эмоционального интеллекта на креативность.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

creative abilities, expressive abilities, creativity; personality;

development; primary school pedagogy; psychology of student youth.

ABSTRACT:

The article analyzes creativity, its psychological aspects, and its role in

personality development. Creativity is defined as the ability to generate new ideas and to break

away from conventional thinking. Through psychological theories, the connection between

creativity and intelligence is examined, as well as the impact of emotional intelligence on

creativity.

KEY WORDS;

personality, adolescents, emotional intelligence, period, emotional development,

characteristics.

KIRISH:

Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy

omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha

olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini

tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga

chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922

yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan.

MATERIALLARI VA USLUBLAR.

Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy,

V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar.

Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud.

D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy

darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi.

Intellekt kretivlikning yuqori

bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. YUqori

darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi

darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos

ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.

Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z

nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur.

Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona

maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur-

masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur-

kreativlik asosida quriladi.

Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer,

P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq

etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar:

Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash)

Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish)

Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish)

Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish

Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan

jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z

tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi

o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab

suhbatda unnig yuzida emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil

vahshiona va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni

ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U

endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot o‘z ishi va oilasini

yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib

muvaffaqiyatsizlikka erishdi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR:

Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy

tatqiqot ishlarini va boshqada adabiyotlarni analitik tahlil qilar ekanmiz, psixologik

nuqtai nazardan kreativlikning mazmun va ma’nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

xulosalarga kelishganligining guvohi bo‘lamiz va bevosita Kryativlik nima? degan savolga

yuzlanamiz.

-Kreativlik – bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish

jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir.

- Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini

takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.

-Psixolog olimlar tomonidan kretivlikning qo‘yidagi ikkita komponenti

aniqlangan.

Olimlarning ma’lumotilariga Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini

ishlab chiqishgan.

1.

Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz g‘oyalarimizning ko‘p

bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi

bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik

ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.

2.

Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va

bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va

uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.

3.

Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish mumkin. Ya’ni

birinchisi

tavakkal

va muammoni engib o‘tishdagi

qat’iylikda

deb ko‘rish mumkin.bunday

xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal

deb bilishadi.

4.

Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va

qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi

daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va

stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal

qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun

o‘ylab yurganman ” deb javob bergan.

5.

Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar

bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi.

Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri

holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular

yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa

guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan

guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning

ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt

tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni

engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa

erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy

intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish,

ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk shaxslar o‘z- o‘zini

yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar engib bo‘lmaydigan depressiya,

hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi.

XULOSA.

Bugungi kunda ota onalar hamda pedagog-tarbiyachilar bolani ilk yoshligidan boshlab nimaga

qiziqishi,qaysi o’yinchog’ini sevib o’ynashi,bo’sh vaqtida mashg’ul bo’ladigan faoliyatini va

tug’ma layoqatini aniqlab,uni imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit,ijtimoiy

muhit,qulay psixologik iqlim yaratib bersalar qobiliyatli barkamol avlodni tarbiyalashga ulkan

hissa qo’shgan bolar edilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTILARI:

1. Развитие творческих способностей младших школьников / Л. В. Агеева, Н. А.

Шелякина, Е. А. Астафьева [и др.]. — Текст : непосредственный // Педагогика сегодня:

проблемы и решения : материалы I Междунар. науч. конф. (г. Чита, апрель 2017 г.). —

Чита

:

Издательство Молодой

ученый,

2017.

С.

79-82.

URL:

https://moluch.ru/conf/ped/archive/213/12227/ (дата обращения: 09.11.2023).

2. Айкина Л.П. Сущность и специфика творческих способностей младших школьников

// Мир науки, культуры, образования. — 2011. — № 5 (30). — С. 6—8

3. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

4. A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.

5. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

Библиографические ссылки

Развитие творческих способностей младших школьников / Л. В. Агеева, Н. А. Шелякина, Е. А. Астафьева [и др.]. — Текст : непосредственный // Педагогика сегодня: проблемы и решения : материалы I Междунар. науч. конф. (г. Чита, апрель 2017 г.). — Чита : Издательство Молодой ученый, 2017. — С. 79-82. — URL: https://moluch.ru/conf/ped/archive/213/12227/ (дата обращения: 09.11.2023).

Айкина Л.П. Сущность и специфика творческих способностей младших школьников // Мир науки, культуры, образования. — 2011. — № 5 (30). — С. 6—8

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.

Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.