Авторы

  • Mamiraliyev No‘monjon Imomali o‘g‘li
    Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan yetakchi oʻqtivchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72141

Ключевые слова:

Professional taʼlim Guruh rahbari talaba.

Аннотация

Professional taʼlim tizimida guruh rahbarligi taʼlim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu lavozim nafaqat talabalarning o‘qishidagi yutuqlarni kuzatib borish, balki ularning maʼnaviy, axloqiy va shaxsiy rivojlanishiga ham mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi. Guruh rahbarlari taʼlim jarayonining asosiy bog‘lovchi bo‘g‘ini bo‘lib, ular taʼlim muassasasining maqsad va vazifalarini talabalar orasida tatbiq etishda muhim ro‘l o‘ynaydi.

Mazkur maqolada guruh rahbarligining ahamiyati, yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi

Jamoat salomatligi texnikumi 2-kasbiy

fanlar kafedrasi mudiri, Bosh

oʻqtuvchi Baratova Xurbibi taqrizi

ostida

Mamiraliyev No‘monjon Imomali o‘g‘li

Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi

Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan

yetakchi oʻqtivchisi

Telefon raqami +99893 621 05 03

E-mail:

nmamiraliyev@gmail.com

PROFESSIONAL TAʼLIM TIZIMIDA GURUH RAHBARLIGINING AHAMIYATI,

MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Annotatsiya.

Professional taʼlim tizimida guruh rahbarligi taʼlim jarayonining ajralmas qismi

hisoblanadi. Bu lavozim nafaqat talabalarning o‘qishidagi yutuqlarni kuzatib borish, balki

ularning maʼnaviy, axloqiy va shaxsiy rivojlanishiga ham mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi.

Guruh rahbarlari taʼlim jarayonining asosiy bog‘lovchi bo‘g‘ini bo‘lib, ular taʼlim

muassasasining maqsad va vazifalarini talabalar orasida tatbiq etishda muhim ro‘l o‘ynaydi.

Mazkur maqolada guruh rahbarligining ahamiyati, yuzaga keladigan muammolar va ularni

bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlari:

Professional taʼlim, Guruh rahbari, talaba.

ЗНАЧЕНИЕ, ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ РУКОВОДСТВА ГРУППОЙ В

СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В системе профессионального образования кураторство группы является

неотъемлемой частью образовательного процесса. Эта должность требует не только

наблюдения за успехами студентов в учебе, но и ответственности за их духовное,

моральное и личностное развитие. Кураторы групп выступают основным связующим

звеном образовательного процесса, играя важную роль в реализации целей и задач

учебного заведения среди студентов.

В данной статье подробно анализируются значение кураторства, возникающие проблемы

и пути их решения.

Ключевые слова:

Профессиональное образование, куратор группы, студент.

THE IMPORTANCE, CHALLENGES, AND SOLUTIONS FOR GROUP LEADERSHIP

IN THE PROFESSIONAL EDUCATION SYSTEM

Annotation.

In the professional education system, group supervision is an integral part of the

educational process. This position requires not only monitoring students' academic achievements

but also being responsible for their spiritual, moral, and personal development. Group

supervisors act as the main connecting link in the educational process, playing an important role

in implementing the goals and objectives of the educational institution among students.

This article provides a detailed analysis of the significance of group supervision, the challenges

faced, and the ways to address them.

Keywords:

Professional education, group supervisor, student.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Professional taʼlim tizimida guruh rahbarligining ahamiyati:

1. Shaxsiy rivojlanish: Guruh rahbarlari talabalarning maʼnaviy va axloqiy rivojlanishini

taʼminlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ular talabalarning o‘z salohiyatini shakkilantirish,

rivojlantirishda va namoyon etishiga yordam beradi. Shuningdek, asosiy kasbga yo‘nlatirivchi

unga nisbatan qiziqish uyg‘otuvchi, keyinchalik sohasini qanday davom ettirishida maslahatchi

shaxs sifatida faoliyat olib boradi.

2. Taʼlim va tarbiya uyg‘unligi: Taʼlim tizimida guruh rahbari o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida

aloqa o‘rnatib, taʼlim jarayonini muvofiqlashtiradi. Bu talabalarning faolligini oshirishda va

ularda ijobiy xulq-atvorni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Muloqotni yaxshilash: Guruh rahbari talabalar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar

o‘rtasidagi muloqotni samarali yo‘lga qo‘yadi. Bu hamkorlik taʼlim jarayonining sifatini oshiradi.

Shuningdek, ota-onalarning farzandlari tabariyasi va qay darajada bilim olayotganini ta’lim

muassasasida qanday ekanligida xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

Yuzaga keladigan muammolar:

1. Yuqori ish yuklamasi: Guruh rahbarlari ko‘p hollarda qo‘shimcha mas’uliyatlar bilan

yuklanadi. Bu esa ularga o‘z vazifalarini to‘liq bajarishda qiyinchilik tug‘diradi.

2. Moliya va rag‘batlantirish yetishmovchiligi: Ko‘plab taʼlim muassasalarida guruh

rahbarlarining mehnati yetarlicha rag‘batlantirilmaydi. Bu esa ularning motivatsiyasini

pasaytiradi.

3. Psixologik yordam yetishmovchiligi: Talabalarning turli yoshdagi psixologik muammolari

guruh rahbarlari uchun katta sinov bo‘lishi mumkin. Bu sohada malaka yetishmovchiligi taʼlim

sifatiga, guruh rahbari va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir qiladi.

4. Resurslarning cheklanganligi: Guruh rahbarlari uchun zamonaviy o‘quv-metodik materiallar,

aniq belgilab qo‘yilgan vazifalar majmasi yetishmasligi ularning ishini murakkablashtiradi.

Kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari:

1. Qo‘shimcha taʼlim va malaka oshirish: Guruh rahbarlariga muntazam ravishda treninglar,

seminarlar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish zarur. Bu ularning psixologik va pedagogik

bilimlarini oshirishga yordam beradi.

2. Motivatsiyani oshirish: Guruh rahbarlarining ish haqi va rag‘batlantirish tizimini yaxshilash

zarur. Bu ularda ishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

3. Texnologik taʼminotni kuchaytirish: Guruh rahbarlarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar,

aniq belgilab qo‘yilgan vazifalar majmuasi bilan taʼminlash.

4. Muloqotni kuchaytirish: Talabalar, ularning ota-onalari va taʼlim muassasasi xodimlari bilan

rejali uchrashuvlar tashkil etish orqali hamkorlikni rivojlantirish zarur, bu orqali nafaqat

talabalarning ilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki ota-onalarning ham o‘z farzandining

ilim olishini nazorat qilish hissini uyg‘otadi va ma’sulyatli bo‘lishini eslatib turadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

5. Psixologik yordam ko‘rsatish: Guruh rahbarlariga psixologlar bilan hamkorlik qilish

imkoniyatlarini yaratish va ularga zarur bo‘lgan psixologik qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash

lozim.

6.Ish yuklamasini optimallashtirish: Guruh rahbarining ish faoliyatidan kelib chiqib ortiqcha

mas’uliyatlardan holi etish, topshiriqlarni saralash faqatgina guruh rahbari uchun tegishli

mas’uliyatlarni uning zimmasiga yuklash ortiqcha yuklama deb topilgan ishlarni esa maxsus

mutaxassisiga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa

Guruh rahbarligi professional taʼlim tizimida talabalarning taʼlim olishdagi muvaffaqiyatini

taʼminlashda, ularni maʼnaviy jihatdan shakllantirishda va jamoada sog‘lom muhit yaratishda

muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, guruh rahbarligi sohasida duch kelinadigan

muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. O‘qituvchilarga yetarli

resurslar, treninglar va rag‘batlantirish tizimi yaratish orqali taʼlim sifatini yanada oshirish

mumkin.

Bu chora-tadbirlar nafaqat guruh rahbarlarining faoliyatini yengillashtiradi, balki butun taʼlim

jarayoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qayumov A. M., Nazarova G. N. "Pedagogika". T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoyeva N. R., Axmedova S. A. "Taʼlimda menejment". T.: Fan, 2021.

3. Nigmatov N. "Taʼlim muassasalarini boshqarish". T.: Iqtisod-Moliya, 2019.

4. Nuriddinov D. "Ta'lim boshqaruvi asoslari". T.: Yangi asr avlodi, 2022.

5.Usmonov R. H. "Ta'lim muassasalarida innovatsion boshqaruv". T.: Fan va texnologiya, 2018.

6. Sayfullayev O., Toshmatov S. "Pedagogik mahorat va ta'lim texnologiyalari". T.: Yangi asr

avlodi, 2021.

Библиографические ссылки

Qayumov A. M., Nazarova G. N. "Pedagogika". T.: O'zbekiston, 2020.

Mirziyoyeva N. R., Axmedova S. A. "Taʼlimda menejment". T.: Fan, 2021.

Nigmatov N. "Taʼlim muassasalarini boshqarish". T.: Iqtisod-Moliya, 2019.

Nuriddinov D. "Ta'lim boshqaruvi asoslari". T.: Yangi asr avlodi, 2022.

Usmonov R. H. "Ta'lim muassasalarida innovatsion boshqaruv". T.: Fan va texnologiya, 2018.

Sayfullayev O., Toshmatov S. "Pedagogik mahorat va ta'lim texnologiyalari". T.: Yangi asr avlodi, 2021.