JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sh.Rashidov nomidagi SamDU
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat
xavfsizligi
instituti, “Agrokimyo va o’simliklarni
himoya qilish” kafedrasi,
Dotsenti, Umirzaqov.A.A taqrizi
ostida
Miyzamov D.J.
assitsent. Sh.Rashidov nomidagi SamDU
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat
xavfsizligi instituti.
orcid.org/0009-0003-7193-1574
Ravshanov J.Y.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri
Sh.Rashidov nomidagi SamDU
Agrobiotexnologiyalar va
oziq-ovqat xavfsizligi instituti.
orcid.org/0009-0009-9688-3103
Mavlanov B.I.
2- kurs talaba Sh.Rashidov nomidagi
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq -
ovqat xavfsizligi instituti.
mrbaxa14@gmail.com
Baxromov S.Sh.
2-kurs talaba. Sh.Rashidov nomidagi
SamDU Agrobiotaxnologiyalar va oziq-
ovqat xavfsizligi instituti.
baxromovsuxrobjon2@gmail.com
UO`T : 631.5:631.8
TURLI FOSFORLI MINERAL O`G`IT ME`YORLARINING TUPROQ FOSFOR
REJIMIGA TA`SIRI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Samarqand viloyati oʻtloqi - boʻz tuproqlari sharoitida
intensiv yongʻoq daraxtlarini tomchilatib sugʻorishda oʻgʻitlash tuproq unumdorligi va
grek yongʻogʻidan yuqori hosil yetishtirishda mineral oʻgʻitlar nisbatini 1:0,6:0,5 va me’yorini
N
150
P
90
K
75
kg/ga qoʻllash natijasida ishonarli hosil yetishtirishga erishilgan.
KALIT SOʻZLAR:
Yongʻoq daraxti, grek yongʻogʻi, intensiv bogʻ, tomchilatib sugʻorish,
azotli oʻgʻit, fosforli oʻgʻit, kompleks oʻgʻit, kaliyli oʻgʻit, oʻgʻitlash, oʻtloqi – boʻz tuproq,
unumdorlik, harakatchan fosfor miqdori.
ABSTRACT
: In this article, the effect of fertilization on soil fertility and high yield of walnuts
under intensive drip irrigation of walnut trees in the Samarkand region meadow-grey soils was
studied. The results showed that the ratio of mineral fertilizers used was 1:0.6:0.5 and the norm
was N
150
P
90
K
75
kg/ha, which resulted in reliable yield.
KEYWORDS:
Walnut tree, walnut, intensive orchard, drip irrigation, nitrogen fertilizer,
phosphorus fertilizer, complex fertilizer, potassium fertilizer, fertilization, meadow-grey soil,
fertility, amount of mobile phosphorus.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
АННОТАЦИЯ:
В данной статье изучено влияние удобрения на плодородие почвы и
высокую урожайность грецкого ореха при интенсивном капельном орошении деревьев
грецкого ореха на лугово-серых почвах Самаркандской области. Результаты показали, что
соотношение используемых минеральных удобрений составило 1:0,6:0,5, а норма
N
150
P
90
K
75
кг/га, что позволило получить надежную урожайность.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Дерево грецкого ореха, грецкий орех, интенсивный сад,
капельное орошение, азотное удобрение, фосфорное удобрение, комплексное удобрение,
калийное удобрение, удобрение, лугово-серая почва, плодородие, количество подвижного
фосфора.
KIRISH
. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish asosida
sugʻoriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish va sifatini yaxshilash orqali
mamlakat aholisi turmush darajasini yuqori pogʻonalarga koʻtarish borasida samarali ishlar
amalga oshirilmoqda. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va barqarorligini
ta’minlashning eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri bu ekinlarini sugʻorish uchun tomchilatib
sugʻorish tizimlarini qoʻllashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va
eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida
lalmi erlardan foydalanishni ragʻbatlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi
bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yongʻoq ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, xorijiy
investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yongʻoq plantatsiyalarini barpo qilish
hamda yongʻoq etishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng
joriy etish borasidagi vazifalar belgilab berilgan. Mamlakatimizning togʻli hududlari iqlim
sharoiti yongʻoq, bodom, pista kabi daraxt koʻchatlarining oʻsishi va yuqori hosil berishi uchun
nisbatan qulay joylar hisoblanadi. Jumladan, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Navoiy,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Toshkent kabi viloyatlarda bu kabi daraxtlardan moʻl
hosil olish mumkin.
Yongʻoq Markaziy Osiyodan kelib chiqqan va eng qadimgi madaniy meva turlaridan biri
hisoblanadi. Hozirga kunda yongʻoq asosan AQSH va Gʻarbiy - janubiy Amerika, Janubiy
Evropa, Shimoliy Afrika, Sharqiy Osiyo, davlatlarida yetishtirib kelinmoqda [3; 10;].
Dunyo boʻyicha yongʻoqzorlarning umumiy maydoni 50 million gektarga yaqinlashmoqda va
doimiy ravishda oʻsish borish tendensiyasiga ega. Yongʻoq etishtirish boʻyicha yetakchilar -
Xitoy, Hindiston va Nigeriya. Hindiston yongʻogʻining asosiy yetkazib beruvchilari Indoneziya,
Hindiston va Filippindir [6; 8;] 2018 yil holatiga koʻra, grek yongʻogʻi ishlab chiqarish hajmi
boʻyicha Xitoy 1786 ming tonna tashkil etib birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, AQSH 607,814
ming tonna bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Butun dunyoda etishtiriladigan jami grek
yongʻogʻining 87,7 foizini 6 ta davlat ishlab chiqaradi va bu davlatlar Xitoy, AQSH, Eron,
Meksika, Ukraina, Turkiya mamlakatlari hisoblanadi. [5;]
Mevali daraxtlar orasida yongʻoq ozuqaviy qiymati boʻyicha eng qimmatli ekinlardan biridir.
Yongʻoq mevasi boy kimyoviy tarkibi tufayli: yogʻlar 76% gacha, oqsillar 22%, qandlar 16%,
vitaminlar (pishmagan mevalarda A, B, E, P va C) juda toʻyimli mahsulot tarkibiga kiradi. Yangi
va qovurilgan yongʻoq mevalari qandolatchilik va pazandachilik sanoatida keng qoʻllaniladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yongʻoq yogʻi sharqona shirinliklarni tayyorlashda ham qoʻllaniladi. Mevadan olingan yogʻda
bir qator toʻyinmagan yogʻli kislotalar mavjud. Muhim oqsillardan lizin ustunlikka ega, uning
tarkibi yongʻoq mevasida tovuq tuxumiga qaraganda yuqori [4; 9;].
Yongʻoq daraxtlarining oʻsishi va rivojlanishini ta’minlash agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida
amalga oshirish bilan bogʻliq. Yongʻoq daraxtlarining yoshi va hajmiga qarab, daraxt ostiga
ishlov berish, qator oraliqlarini haydash va kesish ishlari olib boriladi. Yosh bogʻlarda hajmining
har bir kvadrat metriga 12 g azot, 4-5 g fosfor va 3-4 g kaliy qoʻshiladi. Har bir daraxt uchun
mevali bogʻda har 2-3 yilda 300-400 kg organik oʻgʻit yoki 10-12 kg superfosfat va 2-3 kg kaliy
qoʻllash maqsadga muvofiqdir . [2;11;12;].
Tomchilatib sugʻorish usuli sugʻorish usullari orasida oʻzining yuqori samaradorligi, ya’ni suv
resurslari etishmasligi sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olishga imkon beradigan
sugʻorish usuli ekanligi bilan ajralib turadi.
Ushba tadqiqotni asosiy maqsadi tomchilatib sugʻorishda qoʻllanilgan oʻgʻitlarni tuproq
unumdorligiga va intensiv yongʻoq hosildorligiga ta’sirini tadqiq qilishdir.Yongʻoqdan yuqori va
sifatli hosil yetishtirish kunning dolzarb masalalaridan biridir.
MATERIAL VA METODLAR
; Tadqiqotlari 2021 - 2022 yillarda Dala tajribalari Samarqand
viloyati Jomboy “SAG AGRO” MCHJ yongʻoq plantatsiyalarida qadimdan sugʻorilib
kelinayotgan oʻtloqi-boʻz tuproqlar sharoitida oʻtkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida boʻz tuproq,
grek yongʻogʻi, tomchilatib sugʻorish, azotli fosforli va kaliyli oʻgʻitlar olingan, tuproq
unumdorligiga ta’siri olindi.
Dala tajribalari 5 variant 4 qaytariqda sistematik bir yarusda oʻtkazildi. Intensiv
yongʻoqzorlarda - 1 ta paykalda 10-20 ta daraxt tanlab olindi. Tomchilatib sugʻorishda
karbamid, kaliy nitrat, ammafos oʻgʻitlaridan foydalanildi.
Tajribalar bogʻdorchilik va agrokimyoda umumqabul qilingan uslublarda boʻyicha olib borildi.
Dala tajribalari umumqabul qilingan “Программа и методика сортоизучения плодовых,
ягодных и орехоплодных культур”, “Mevali va rezavor mevali oʻsimliklar bilan tajribalar
oʻtkazishda xisoblar fenologik kuzatuvlar metodikasi”, “Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari”[7]
uslublardan foydalanildi.
Tuproq va oʻsimlik tahlillari umumqabul qilingan standart uslublar boʻyicha amalga oshirildi.
Yongʻoq daraxtini oʻsishi va rivojlanishi, hosildorlik koʻrsatkichlari (B.A.Dospexov 1985 [1])
boʻyicha dispersion, regression va korrelyatsion tahlil qilindi.
NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
. Dala tajribasida yongʻoqning butun vegetatsiya
davomida tuproq namulari olinib tarkibidagi oziq moddalar miqdori tahlil qilindi. Olingan tahlil
natijalariga koʻra, nazorat variantida butun vegetatsiya davomida fosfor miqdorining kamayishi
kuzatilgan boʻlsa, mineral oʻgʻit me’yorlarini oshib borishi bilan tuproq tarkibidagi harakatchan
fosfor miqdorlari oshib bordi. Butun vegetatsiya davomida yetarli miqdorda fosfor bilan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
ta’minlab,
qulay
fosfat
rejimini
hosil
qildi
(1-rasm.)
1 – rasm. Oʻgʻit me’yorlarining tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga
ta’siri,mg/kg 2021 y.
Eng yuqori koʻrsatkich N
175
P
105
K
90
kg/ga qoʻllanilgan variantda kuzatildi. Kurtaklarni boʻrtishi
va ochilish fazasida 26,3 mg/kg, gullash fazasida 50,4 mg/kg, meva tugish fazasida 41,7 mg/kg
mevalarning pishish fazasida esa 34,6 mg/kg ni tashkil etgan boʻlsa, barglarni tukilishida 23,9
mg/kg ni tashkil etdi.
Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’siri 2022 yilda ham shu tendensiya kuzatildi.
Jumladan, nazorat variantida dastlabki rivojlanish fazasida biroz oshib keyin kamayishi
kuzatilgan boʻlsa, mineral oʻgʻit me’yorlarining oshib borishi bilan harakatchan fosfor miqdori
oshib bordi. Mineral oʻgʻitlar qoʻllanilishi butun vegetatsiya davomida qulay fosfat rejimini hosil
qildi (2 – rasm.).
2 – rasm. Oʻgʻit me’yorlarining tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’siri,
mg/kg 2022 y.
Demak, tajribada N
150
P
90
K
75
kg/ga qoʻllanilgan variantda kurtakning boʻrtishi va ochilish
fazasida 24,4; gullash fazasida 47,9 mg/kg ni tashkil etgan boʻlsa (Shu fazada fosforli oʻgʻitlar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
qoʻllanilgan), meva tugish, mevaning pishishi va barg tukilish fazalarida mos ravishda 41,3; 36,6;
27,4 mg/kg ni tashkil etdi.
XULOSA
: Samarqand viloyati oʻtloqi boʻz tuproqlar sharoitida 4 yillik grek yongʻogʻidan
yuqori hosil yetishtirishda mineral oʻgʻitlar nisbatini 1:06:05 va meyorini N
150
P
90
K
75
kg/ga
qoʻllash natijasida ishonarli hosil yetishtirishga erishildi .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Учебник. М.: Колос. 1985.
2. Методика определения энергетической эффективности применения минеральных,
органических и известковых удобрений. Мн., 1996. - 50 с
3. Bernard, A., Barreneche, T., Lheureux, F., Dirlewanger, E., 2018. Analysis of genetic
diversity and structure in a worldwide walnut (Juglans regia L.) germplasm using SSR markers.
PLoS ONE 13, e0208021.; Caspermeyer, J., 2019. Scientists crack origin of the Persian Walnut.
Mol. Biol. Evol 36, 2630
4. Feng, X., Zhou, H., Zulfqar, S., Luo, X., Hu, Y., Feng, L., Malvolti, M.E., Woeste, K., Zhao,
P., 2018. The phytogeographic history of common walnut in China. Front. Plant Sci. 9, 1399.
5. Salimi, M., Majd, A., Sepahdar, Z., Azadmanesh, K., Irian, S., Ardestaniyan, M.H.,
Hedayati, M.H., Rastkari, N., 2012. Cytotoxicity effects of various Juglans regia (walnut) leaf
extracts in human cancer cell lines. Pharm. Biol. 50, 1416–1422.
6. Usmanov SH.Yoqubov M., Toʻraev SH. Suvni tejaydigan texnologiya – tomchilatib
sugʻorishning joriy etilishi // Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi. 2022. - №3. –B. 35-36
7. O`zbekiston pahtachilik ilmiy-tadqiqot institut - Dala tajribalarini o`tkazish uslublari.
Uslubiy qo`llanma. – Toshkent: 2014 y: B-158-164.
8. Allayarovich, Xayitov Mamadiyar, Miyzamov Dostonbek Jorabek Ogli, and Abdullayeva
Sitora Faxriddin Qizi - Sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar fosfat rejimi shakllanishiga
o’g’itlarning ta’siri."
Science and innovation
2.Special Issue 6 (2023): 849-853. 12
9. Xayitov.M.A, Miyzamov.D.J., Pirzazarova.M.Sh., - SAMARQAND VILOYATI
GIDROMORF TUPROQLARI FOSFAT INTENSIVLIGI VA POTENTSIALIGA FOSFOR
SAQLOVCHI OGITLARNING TASIRI //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special
Issue 6. – С. 798-801.
10. Xayitov , M. . ., Muratkasimov, A., Miyzamov, D., & Usmanov, U. . (2023). MINERAL
O`G`ITLAR TURLI ME`YOR VA NISBATLARINING KUZGI BUG`DOY DON SIFATI
KO`RSATKICHILARIGA TA`SIRI.
Евразийский журнал медицинских и естественных
наук
,
3
(4
Part
2),
55–60.
извлечено
от
academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/13203
11. Xayitov, M. A., Qarshiyev, J. D., Yoqubov, S. M., & Narzullayev, B. A. (2023).
UZUMNING QORA KISHMISH NAVI TUPIDAGI BOSHLAR SONI VA ULARNING
ORTACHA
OGIRLIGIGA
PS-AGROO’G’ITLAR
MEYORINING
TASIRI.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций
,
2
(10), 187-191.
12. Xashimov, F., Mamadiyor, X., Yoqubov, S., & Nasiba, I. (2024). OQBOSH KARAM
HOSILDORLIGIGA MINERAL VA ORGANIK OʻGʻITLARNING HOSILDORLIGI VA
HOSIL SIFATIGA TAʼSIRI. TADQIQOTLAR. UZ, 39(4), 86-90.
