JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qarshi davlat universiteti dotsenti,
PhD Avaznazarov Odiljon
Rahmatulloyevich taqrizi ostida
Temirova Kamola Bakhtiyor kizi
PhD student at Termez State University
Email:
ORCID: 0009-0005-0509-8873
GASTRONOMIK BIRLIKLARDA ANTONIMLIK HODISASI
ANNOTATSITA:
Ushbu maqolada antonimlar, ularning leksikologiyagi o‘rni
haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek,
gastronomik birliklar, ular o‘rtasida antonimlik
hodisasining kuzatilishi va birliklarning lug‘atlarda ifodalanishi misollar vositasida to‘ldirilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
antonimlar, gastronomik birliklar, sifat turkumi, degustatsion birliklar,
maza-ta’mni ifodalovchi so‘zlar, achchiq-shirin, badxo‘r-xushxo‘r, suyuq-quyuq va hokazo.
KIRISH.
Antonimlar [anti.. + yun.onyma – nom] tlsh. Qarama-qarshi, zid ma’noli til (nutq
birliklari). Mas., oq-qora, qattiq-yumshoq, achchiq-shirin antonim so‘zlar hisoblanadi. [1.120].
Lingvistik nuqtayi nazardan antonimlar kontekstda muntazam ravishda takrorlanadigan qarama-
qarshiliklar bilan ajralib turadi, shuning uchun antonimlarni o‘rganish ko‘plab so‘zlarning
ma’nosini yanada samarali eslab qolish imkonini beradi: antonimik kontrast asosida ularning
kombinatsion imkoniyatlarini tuzatish sohasidagi ko‘nikma va malakalarini kuchli o‘zlashtirish
va mustahkamlash sodir bo‘ladi. Fanda antonimiya hodisasi omonimiya, sinonimiya, ko‘p
ma’nolilik va enantiosemiyaga yondosh hodisa sifatida o‘rganiladi [2.240].
MATERIALLAR VA USLUBLAR.
Ishimiz bevosita lug‘atshunoslik bilan bog‘liq bo‘lganligi, asosiy mavzumiz gastronomik
birliklarni tadqiq etishga qaratilganligi uchun, bevosita leksik-semantik birliklar orasida yuzaga
keluvchi gastronomik birliklar orasida antonimlik holati mavjud yoki mavjud emasligini bilish
maqsadida Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati” ga murojaat
qilindi [3].
Bu lug‘at hozirgi o‘zbek tilidagi antonimlarning dastlabki lug‘ati bo‘lib, unda 495 antonimik
guruhga birlashuvchi 1800 ga yaqin antonimik juftlik tasvirlangan. Antonimik munosabat leksik
ma’nolar ora belgilanib, antonimlarning ma’nosi ta’riflangan va misollar keltirilgan. Ayni vaqtda
har bir antonim ostida, agar mavjud bo‘lsa, sinonimi ham keltirilgan. Lug‘atning kirish qismida
antonimlarning tabiati, turlari, o‘xshash til hodisalaridan farqlari haqida qisqacha ma’lumot
berilgan.
Antonimlarni belgilashda asosiy o‘lchov - leksik ma’no, ya’ni so‘zlarning zid ma’nolarini
bildirishi. Shu bilan birga, so‘zlarning antonim ekanini belgilashda mantiqiy markaz prinsipidan
ham o‘rinli foydalanish lozim. Antonimik qutblarning o‘rtasi deb faraz qilingan nuqta yoki ikki
antonim so‘z bildirgan tushunchalar o‘rtasidagi oraliq tushuncha mantiqiy markaz deyiladi.
Masalan, bahoni anglatuvchi yaxshi (4) va yomon (2) so‘zlariga nisbatan qoniqarli (3) so‘zi,
kecha va kunduz so‘zlariga nisbatan tong va shom so‘zlari, balandlik va pastlik so‘zlariga
nisbatan tekislik so‘zi mantiqiy markaz hisoblanadi. Mantiqiy markaz bo‘lib keladigan so‘z
odatda neytral, normal holatni bildiradi. Ovqatning tuz-namagi joyida bo‘lsa, normal hisoblanadi.
Tuz miqdori normal holatdan oz bo‘lsa yoki butunlay bo‘lmasa, tuzsiz, ortiq yoki juda ko‘p
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bo‘lsa, sho‘r deyiladi. Ana shunday normal holatning ikki qarama-qarshi qutbini bildiruvchi
tuzsiz va sho‘r so‘zlari antonim bo‘ladi [3.11].
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.
Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati” dagi lug‘at birliklari, lug‘at
maqolalari o‘rganib chiqilganda, gastronomik birliklar orasidagi antonimlik hodisasi faqat ayrim
sifat turkumiga mavjud degustatsion birliklarda, maza-ta’mni ifodalovchi so‘zliklarda
uchrashining guvohi bo‘lindi. Masalan, achchiq-shirin, badxo‘r-xushxo‘r (xushta’m), bemaza
(belazzat) – mazali (lazzatli), bemaza – totli, tuzsiz-sho‘r va hokazo.
Ta’mi qalampirnikiga o‘xshagan -
achchiq l
eksemasi orqali (achchiq anor) va ta’mi
shakarnikiga o‘xshagan, chuchuk –
shirin
leksemasi orqali (shirin anor) ifodalangan. M,
Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar. “Otalar so‘zi”.
Boyvachcha hozircha kabob, konyak, shirin vino buyurdi, kechga palov tayyorlashni iltimos
qildi. Oybek, Qutlug‘ qon. Achchiq-shirin leksemalarining ikkinchi ma’nolari quyidagicha:
Achchiq – kishining izzat-nafsiga tegadigan, xafa qiladigan; shirin – kishiga rohat
bag‘ishlaydigan ma’nolarida ham keladi [3.33].
Antonimik birliklar orasida o‘zaro sinonimik hodisa ham mavjudligi misollarda ayon bo‘ldi.
Ta’mi yomon, o‘ta bemaza narsalarga nisbatan
badxo‘r
leksemasi (badxo‘r ichimlik), ta’mi
yaxshi, ishtaha bilan yeb-ichiladigan narsalarga nisbatan esa
xushxo‘r va xushta’m
leksemalari
qo‘llaniladi. Xushta’m ichimlik. Misol, Bularning hammasi qo‘shilib [ovqat] badxo‘r bo‘lib
ketmasin deb qo‘rqaman. U.Ismoilov, Rustam. Bay-bay, biram xushxo‘r taom bo‘pti-da!
“Mushtum” [3.37].
Bemaza, belazzat
– ta’m-mazasi yoqimsiz, salbiy ta’sir beradigan so‘zlari (Bemaza ovqat,
belazzat bo‘tqa, bemaza sharbat) mazali so‘ziga o‘zaro sinonimik qatorni yuzaga keltiruvchi
lazzatli, laziz, totli so‘zlari bilan antonimlik hosil qilib, ta’m-mazasi yoqimli, ijobiy ta’sir
beradigan ma’nolarni ifodalaydi. M, Mazali//lazzatli ovqat; laziz//totli shovla; mazali// totli
sharbat.
Eng bemaza, eng arzon sho‘rva-shultini qaynatish uchun igna bilan quduq qazish kerak bo‘lar
ekan. Oybek, Qutlug‘ qon. Narxi qimmat, o‘zi belazzat ovqat qaysi oshxonalarda topiladi.
“Mushtum” [3.46].
Suyuq-quyuq
antonimlikni ifodalaydigan juftliklar taomlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan,
tarkibida suvi ko‘p, boshqa narsasi oz bo‘lgan ovqatlarga nisbatan suyuq leksemasi (Suyuq
mastava) va tarkibida suvi oz, boshqa nasrsasi ko‘p bo‘lgan nasralarga, jumladan taomlarga
nisbatan quyuq leksemasi qo‘llaniladi. (quyuq masatava). M: Quyuq yoki suyuq, yog‘lik yoki
yovg‘on, qatiqli yoki qatiqsiz, ishqilib, har qaysi oila o‘zi topgan-tutganini dasturxonga qo‘yib,
baham ko‘radigan muqaddas payt. S.Anorboyev, Oqsoy.
Suyuq va quyuq so‘zlarining qo‘shimcha ma’nolari ham mavjud, ya’ni suyuq – Rang beruvchi
modda miqdori me’yoridan kam bo‘lgan, rangi och. Suyuq siyoh; Quyuq – Rang beruvchi
modda miqdori me’yoridan ko‘p bo‘lgan, rangi to‘q. Quyuq siyoh [3.63].
Tuzi normadan yoki umuman yo‘q oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tuzsiz leksemasi (tuzsiz
mastava), aksincha tuzi normadan ko‘p, ortiqni ifodalaydigan birliklarga sho‘r leksemasi
qo‘llaniladi). Sho‘r mastava. Masalan, “Choying suyuq, oshing tuzsiz”, - deb, Ochaxonning
ko‘zini ochirmay qo‘ydim. “Mushtum”. Qiymang buncha sho‘r bo‘lmasa?! So‘zlashuvdan
[3.174].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
XULOSA.
Xulosa o‘rnida shun aytishimiz mumkinki, gastronomik birliklar orasida yuzaga keluvchi
antonimlik hodisasi deyarli taom nomlarida uchramasligi, gastronomik birliklar qatorida sifat
turkumiga mansub ayrim degustatsion birliklarda uchrashining guvohi bo‘lindi. Ushbu birliklar
ideografik lug‘atlar yaratilishiga asos bo‘la oladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildli. I jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2022.
2.
Maxmaraimova Sh. Hozirgi o‘zbek tili. (leksikologiya). O‘quv qo‘llanma. – T.: “Firdavs-
Shoh nashriyoti”, 2021. – 380 bet.
3.
Ўзбек тили антонимларининг изоҳли луғати. Ш.Раҳматуллаев, Н.Маматов,
Р.Шукуров. Тошкент. “Ўқитувчи”. – 1980.
