JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Buxoro davlat pedagogika instituti
“O’zbek tili va adabiyoti “PhD ,Nigina
Hojiyeva Hayotovna taqrizi ostida
Ashurova Asalxon Barot qizi
Buxoro davlat pedagogika
Instituti 1-bosqich magistranti
O’SIMLIK VA MEVA NOMLARINING TIBBIY ATAMA SIFATIDA QO’LLANISHI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada turli xil meva,sabzavot hamda o’simlik nomlari ,ular davo
bo’ladigan kasalliklar ,ularning qanday ishlatilish v a qay yo’sinda tayyorlash usullari
yozilgan.Undan tashqari,o’simlik va meva turlari,ular o’sadigan diyorlar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Os daraxti, Barni xurmosi,’’Tibbi nabaviy’’, bodring, qovoq, kajxiyor,anor,
lablabu, ra’sha, skonjabin, g’aliz, yalpiz, javz ,zanjabil, zuqom,xina,zarira, xurmo,kashnich.
Annotation:
This article contains the names of various fruits,vegetables and plants,the diseases
they treat,how to use them and how to prepare them .In addition ,there is information about the
types of plants and fruits and the regions where they grow .
Key
words:
os
tree
,Barney
date,
“Medical
Nabavi”,
cucumber,
pumpkin ,kakhiyor,pomegranate ,beetroot, rasha, skonjabin, galiz, mint, walnut, ginger,zukom,
henna, zarira,date,coriander.
Аннотация:
В этой статье приведены названия различных фруктов ,овошей и
растений,болезний,которые они лечат ,как их употреблять и как заготовлять.Кроме того ,
есть информация о видах разтений и фруктов и регионах ,где они растут .
Ключевие слова:
Ос дерева
, финик, барни ,’’медицинский набави’’
огурец ,тыква ,кахиёр, гранат, сверкла ,раша, сконжабин, гализ, мята, грецкиц
орех ,имбирь, зуком, хна, зарира ,финик, кориандр.
Tarixdan ma’lumki, bizning xalqimiz xalq tabobatiga
turli kasalliklarni davolashda
murojaat qilishgan .Bunga asos qilib Qur’oni Karim ,Hadisi Shariflarda keltirilgan
o’simlik,giyohlar hamda mevalarning dorivor xususiyatlari olingan. Ular asosida tibbiyotga oid
asarlar yaratildi.Shu jumladan ,Xoji Sa’dulloh Hoji Kamoliddin o’g’lining “Tibbi Nabaviy
“asarini misol qilib olishimiz mumkin.
1.“Tibbi Nabaviy” asarida bir qancha o’simlik,giyohlar hamda mevalarning foydali
xususiyatlari payg’ambarimiz yaxshi ko’rgan giyohlar keltirilgan.Jumladan, ko’katlar haqida
quyidagi mulohaza yoritilgan.
“Payg’ambarimiz surfa ustidagi ko’katlarni yoqtirar edilar ,ko’katlar bo’ladigan dasturxonda
farishtalar bo’ladi. [“Tibbi Nabaviy” ;Toshkent 2009;16-bet;]
Ko’kat o’sib turgan o’t-o’lan .Xushbo’y mevalar, ayniqsa ko’katlar, turli nav sabzavotlar
juda mo’l yog’ildi (Oybek). [O’zbek tilining etimologik lug’ ati ;1-jild].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2.Os daraxtining tishlar uchun zarari haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan.”Nabaviyi
Karim tishlarni yaxshi saqlash uchun os daraxtining butog’I va xushbo’y shoxi bilan hilol
qilmang ,men buni xush ko’rmaymanki , juzom harakatga keladi.[“Tibbi Nabaviy”Toshkent
2009;18-bet;]. Os daraxti arab diyorida o’suvchi daraxt turi hisoblanadi .Kitoblarda os butog’I
habo -ul-osdan deyiladi.Ba’zi kitoblarda esa os butog’I sano daraxtidir deyiladi.
3.Xurmoning foydalari haqida asarda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. “Xurmo turlari
ichida bir Barni xurmo borki,o’zi kichkina , danagi yengil va bir tomoni katta bir tomoni
kichkina .Qorin og’riqni yaxshilaydi, unda hech qanday zarar yo’q .[“Tibbi Nabaviy”;Toshkent
2009;20-bet;].
I. Tarixiy ma’lumotlarga asosan insoniyat xurmo daraxtidan azaldan foydalangan.Bundan
6000-8000yillar ilgari xurmo daraxti Mesopatamiyada xonakilashtirilgan degan ma’lumotlar
bor .Uning poyasini qadimda qurilish ashyosi ,barglari esa gilam ,yelpig’ichlar yasashda
ishlatilgan .[Qur’on ajoyibotlari’Bekzodjon Muxtarov;150-bet;].
Olimlarning aniqlashicha xurmo bir qancha kasalliklarda davo hisoblanarkan.U yurakning bir
ma’romda ishlashini ta’minlaydi,mevalari homilador ayollarga foydalidir.
II.Rasuli Akram aytadilarki,xurmoni yaxshisi Ajva xurmosi bo’lib,Ajva Os diyorining
nomidir.Bu xurmoda zahardan davo topish bor.[“Tibbi Nabaviy;Toshkent 2009;20-bet;].
4.Bodringning inson salomatligiga foydalari haqida tibbiyotga oid kitoblarda quyidagicha
manbalar uchraydi.
I. “Abdulloh ibnJafardan rivoyat qiladilarki,men Rasuli Akram bodring bilan kajxiyorni
xurmo bilan qo’shibyeganlarini ko’rdim.[Tibbi nabaviy;Toshkent 2009;21- bet;]
II. Bodring po’sti chanqoqni bosib , siydik yo’lidagi toshni tushirib,nafas qisilishini
yaxshilaydi.
III. “Ulamolarning yozishicha , bodringda rutubat mavjud bo’lib,tuz ana shu rutubatni
yo’qotadi”.[Tibbi Nabaviy;Toshkent 2009;23-bet;].
IV.”Yana eslang ,”Ey Muso ,biz bir taomga sbr qila olmayapmiz .Robbingdan duo qilib
so’ra ,bizga yer undirib chiqaradigan bodring, sarimsoq,mosh,loviya,piyoz kabi sabzavotlardan
yetishtirib bersin”,deganingizda…”.[baqara surasi,61-oyat].
V.Bodring sabzavotlar ichida eng sersuvi bo’lib,uning tarkibida suv miqdori 90 %ni tashkil
etadi.Bodring tarkibida kraxmal, shakar ,oqsillar bo’lib ,A,B,C,PP,H,E vitaminlariga juda boydir.
5.Tibbiyotda qovoqning ishlatilishi haqida quyidagi ma’lumotlar uchraydi.”Nabiyi Akram
aytadilarki,har vaqtki qozonni ko’rsangiz unga qovoq solinglar.Chunki qovoq dildagi qayg’uni
yo’qotadi.[“Tibbi Nabaviy”;Toshkent 2009;20-bet;].
I.”Uning ustida (soya tashlab turishi uchun)qovoq daraxtini undirib qo’ydik”[Soffot surasi
146-oyat].
II.Dunyoda qovoqning 10 ta turi mavjud bo’lib,undan 3tasi bir yillik,7 tasi ko’p
yillikdir .Qovoq daraxtining asl vatani Amerikaning tropic hududlaridir.Janubiy Amerikada
qovoq daraxti mevasining urug’I ilon chaqqanida zaharini kesishda qo’llaniladi.Qovoq urug’ida
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bosh miyasi uchun foydali rux A ,C va E vitaminlari mavjud.[‘’Qur’on ajoyibotlari’’;Bekzodbek
Muxtorov ‘’Ildiz nashriyoti’’2022;164- bet].
Qovoqning o’zi hamda urug’lari xalq tabobatida azal -azaldan qo’llanib kelinadi. Xususan
urug’idan bolalar va kattalarda gijjalarni tushirishda ,mag’zi iste’mol qilinsa ,jinsiy quvvatni
oshirishda foyda beradi.
6. Anorning foydasi ko’p bo’lib ,u qonni tozalaydi,jinsiy quvvatni oshirib medani
tozalaydi.Kimki taom yegandan keyin anor yesa taomni tez hazm qiladi, jigarga quvvat
beradi,yuz rangini chiroyli qiladi,ko’p yeyilsa medani zaiflashtiradi.[“Tibbi Nabaviy”Toshkent
2009; 22-bet;].
Qadimdan anorning foydali xususiyatlari haqida bir qancha ma’lumotlar bizgacha yetib
kelgan .Jumladan momolarimizdan og’izdan og’izga bizgacha anorning inson immune tizimini
yaxshilashi,po’stlog’I qaynatib ichilsa oshqozon ichak kasalliklariga davosi haqidagi foydali
ma’lumotlar mavjud.
I.U ikkisida (mazkur ikki bog’da) meva,xurmo va anorlar bordir.[Ar- rahmon surasi 68-oyat;]
Anor daraxti haqida oyat Qur’onning 3 ta surasida keltirilgan.
II.Riboflavin,natriy,tiamin,niasin va ‘’C’’vitaminiga ega bo’lgan anorning tibbiyot jihatdan
foydali jihatlari juda ko’p.[ ‘’Qur’on ajoyibotlari’’Bekzodbek Muxtorov;’’Ildiz nashriyoti
‘’2022;154-bet;]
7.Xalqimiz o’rtasida skonjabin nomi bilan atalmish uzum sirkasi ham juda ham ko’p
kasalliklarga da’vo ,hamda bir qancha kasalliklardan oldin proflaktika hisoblanadi.”Uzum
sirkasi(skonjabin) bilan tuzni qo’shib yeyilsa ,zaharni yo’qotadi. Hakimlarning aytishicha ,Uzum
qonni
tozalash
xususiyatiga
ega
bo’lib
,badanni
semirtiradi,buyrakdagi
yog’ni
ko’paytiradi.Parishonxotorlikni oldini oladi,tanani ortiqcha chiqindilardan tozalaydi.[“Tibbi
Nabaviy”Toshkent 2009;23-bet;].
I.Shuningdek uzum bog’lar ,bir-biriga o’xshagan va o’xshamagan zaytun va anorlarni
chiqardik.[An’om surasi; 99-oyat;].Qur’oni Karimning 12 surasida uzum nomi
keltirilgan.Uzumning foydalari haqida hattoki ilohiy kitoblarda ham ma’lumotlar
uchraydi.uzumdan
tibbiyotdan
tashqari,
may
,sharob
tayyorlashda
ham
foydalanilgan.Keyinchalik Islom dini ta’limotiga ko’ra , mast qiluvchi ichimliklar harom deb
topilganidan so’ng uzumdan tayyorlanadigan odamni sarhush qiluvchi ichimliklarga chek
qo’yildi.
8.Xina o’simligi qadimdan bizning milliy bayramlarimizning ko’rki hisoblangan.Bahoriy
bayramlarda ,hayitda va yangi kelinchaklar qo’llariga xinani ezib qo’yishgan.Hattoki bu udum
hindlarda ham mavjud bo’lib,ularda kelinchaklar to’y kechasi qo’llariga xina qo’yadilar va buni
ular alohida marosimga aylantirib yuborishgan. Quyida biz uning tibbiy xususiyatlari haqida
so’zlashamiz.
I. Nabiyi Akram boshlari og’risa ,xina bog’lardilar va aytdilarki,beshak Olloh hukmi bilan
hukm berur .[“Tibbi Nabaviy” Toshkent 2009; 40-bet ;].
9.Zanjabil murabbosi taomni hazm qildiradi ,ishtahani ochadi ,qusishning oldini oladi va
vosvosni uzoqlashtiradi.[“Tibbi Nabaviy” Toshkent 2009; 31- bet;]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
I.Jannat ahli u joyda mijozi zanjabil bo’lmish qadahlarda may ichirilur. (Inson surasi ,18-
oyat.) Zanjabil haqida ilohiy kitoblarda ham bir qancha mana shunday ma’lumotlar uchrab
turadi.
II.Zanjabilning vatani Hindiston hisoblanadi.Zanjabil (imbir)tomiri saraton hujayralarini
o’ldirishda kimyoterapiyaga qaraganda samaraliroq.Eng yaxshi samara ayollar tuxumdoni
kasalligini davolashda kuzatilgan.Saudiyalik olimlar zanjabil eliksiri ko’krak saratoniga olib
keluvchi xavfli hujayralarning tarqalishini kamaytirishni isbotlashgan.[“Islom ajoyibotlari “ 169-
bet].
Xulosa qilib shuni aytish joizki,meva ,sabzavotlar,o’simliklar bizning hayotimizda muhim
ahamiyat kasb etadi .Ular jismimizga kuch -quvvat ato etish bilan bir qatorda ,uni turli
kasalliklardan ham davolaydi.Bunda bizga xalq tabobati hamda uning zamirida dunyoga kelgan
tibbiy qo’llanmalar yordamga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Quron ajoyibotlari.Bekzodbek Muxtorov.Ildiz nashriyoti 2022.
2.Tibbi Nabaviy.toshkent islom universiteti nashriyot – matbaa birlashmasi.Toshkent 2009.Hoji
Sa’dulloh hoji Kamoliddin o’g’li.
3.N.Hojiyeva .Comparative analysis of fruit names in uzbek and Turkish proverbs.
