Ushbu maqolada onlayn taʼlim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiyalarning óqitish tizimiga bólgan taʼsirlari bayon qilinadi. Onlayn taʼlimning bir qancha kamchiliklari bólsa-da, u órgatuvchi va órganuvchiga birdek qulayliklarga sabab bóladi va vaqtning tejalishiga olib keladi. Maqolada turli tadqiqot va tahlillar natijasida onlayn taʼlim tizimining samaradorligi yuqori baholanadi.