JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Baratova Sarvinoz Sherbek qizi
Alisher Navoiy nomidagi TOSHDO‘TAU 3-bosqich talabasi
+998942054083
RAUF PARFI SHE’RIYATIDA O‘XSHATISH VA METAFORALARNING
LINGVOPOETIK TAHLILI
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatida alohida mavqe egallagan Rauf Parfi
ijodining lingvopoetik tahlili berilgan. Shoir she’rlarida ishlatilgan o‘xshatish va metaforalar
ko‘rib chiqilib, misollar asosida ularning o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy o‘zbek she’riyati, lingvopoetik tahlil, o‘xshatish, ko‘chim, metafora.
Abstract:
This article analyzes the poetry of Rauf Parfi, a prominent figure in modern Uzbek
literature, from a linguopoetic perspective. The focus is on the poet’s use of similes and
metaphors, with examples provided to identify their unique and shared characteristics.
Keywords:
modern Uzbek poetry, linguopoetic analysis, simile, metaphor.
KIRISH
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida yaratilayotgan har bir ijod namunasi o‘ziga xos uslubi va
betakror badiiy ifodaliligi bilan qadrlanadi. Bu jarayonda mumtoz adabiyot an’analari va
jahon adabiyotining turli yo‘nalishlaridan ta’sirlar seziladi. Xususan, zamonaviy o‘zbek
she’riyati ham bu yo‘nalishlarning uyg‘unlashgan namunasidir. Rauf Parfi ijodi ana shu
uyg‘unlikning yorqin misoli bo‘lib, unda an’ana va novatorlik bir butunlikda namoyon bo‘ladi
– uning she’rlari an’anaviy va zamonaviy she’riyat unsurlarining uyg‘unligi bilan ajralib
turadi. Shoir she’rlarida o‘xshatish va metaforalar orqali inson ruhiyati, tabiat va jamiyat
o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik badiiy ifoda etiladi. Ushbu maqolada Rauf Parfi ijodidagi
lingvopoetik xususiyatlar, jumladan, o‘xshatish va metaforalar tahlil qilinadi, fikrlar misollar
asosida dalillanadi.
MATERIALLAR VA USLUBLAR
Shoir she’rlarida qo‘llangan o‘xshatish va metaforalar lingvopoetik jihatdan o‘rganildi.
Metodik yondashuv sifatida she’rlarni semantik va stilistik tahlil qilish, an’anaviy va
muallifga xos o‘xshatishlarni qiyoslash usullari qo‘llanildi. Misollar asosida o‘xshash va farqli
jihatlar aniqlanib, metaforalarning estetik qimmati yoritildi.
O‘xshatish she’riyatning qadimiy badiiy vositalaridan biri bo‘lib, ikki narsaning bir-biriga
o‘xshash jihatlari orqali mazmunni boyitishga xizmat qiladi. Rauf Parfi o‘z she’rlarida
xususiy-mualliflik o‘xshatishlariga murojaat qilib, ularga yangicha badiiy tus beradi.
Professor N.Mahmudov o'zbek tilidagi o'xshatishlarni to'rt unsurga ajratib, ularni o'xshatish
subyekti, o'xshatish etaloni, o'xshatish asosi va o'shatishning shakliy ko'rsatkichi deb
nomlaydi. Har qanday o'xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi kerak bo'lgan tushunchalarni
konkretlashtirish, mavhum tushunchalarni aniqlashtirish, narsa-hodisa, harakat-holatning eng
nozik jihatlarini kitobxon ko'zi o'ngida go'zal bo'yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo'lmog'i
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
lozim. Ularning ikki turi: xususiy-muallif o'xshatishlari yoki an'anaviy o'xshatishlar farqlanadi.
(M.Yo‘ldoshev. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Toshkent – 2008) Maqolada Rauf Parfi
she’rlarida mana shu o‘xshatish turlari va metaforalar tahlili metodi asosida o‘rganildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Rauf Parfi she’riyatida quyidagi jihatlar aniqlangan:
1. O‘xshatishlar: Shoir tabiat tasvirida o‘ziga xos mualliflik o‘xshatishlarini qo‘llaydi.
Masalan, yulduzlar "chatnagan orzular" sifatida tasvirlanib, insonning samoviy intilishlarini
ifodalaydi:
Yulduzlarga men ham qarayman,
Yulduzlar - samoviy bir xayol.
Men ko'proq zaminga yarayman.
Menga kerak yerdagi hayot.
Yulduzlarga qarayman men ham
Yulduzlar - chatnagan orzular.
Huv miskin kezadir biro dam -
Ko'ksida yonmagan yulduzlar. (Rauf Parfi. Saylanma. Toshkent – 2022)
“Kulrang bulut” she’rida esa kulrang bulutning "uyquga o‘xshatilishi" inson ruhiyatidagi
sokinlik va tashvishlarning ramzi sifatida talqin etiladi:
Kulrang bulut kezinadi jim,
Kulrang bulut o'xshar uyquga.
Kulrang bulut boshlaydi hujum,
Baqirib shivirlar ruhimga. (Rauf Parfi. Saylanma. Toshkent – 2022)
2. Metaforalar va jonlantirish: Rauf Parfi she’riyatidagi metaforalar voqelikni jonlantirish va
unga yangi ma’nolar berishda muhim o‘rin tutadi. Bulut, shamol, tuproq kabi unsurlar insonga
xos harakatlar va hissiyotlar bilan tasvirlanadi. Bulutlarning “kulishi” yoki yo‘lning “surat
chizishi” kabi tasvirlar adabiy matnning ifodaviyligini oshiradi:
Suratimni chizib berar yo‘l,
Tabassumlar yozilgan tuproq.
Shu o'rinda, ko'chimlarning, jumladan, metaforaning badiiy matndagi estetik qiymati haqida
keltirib o'tamiz. Ko'chimlar deyilganda bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko'chirish
yoki so'zlarni ko'chma ma'noda ishlatish orqali adabiy asarning badiiy qimmatini oshirish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
nazarda tutiladi. Ko'chimning bir turi metafora (mumtoz adabiyotshunoslikda istiora deb
nomlangan) narsa-buyum, hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslangan ma'no ko'chishi
hisoblanadi. Ayrim manbalarda metaforalar mazmuniy jihatdan uch turga bo'linadi:odatiy,
jonlantirish va sinestetik metaforalar.(Ma'rufjon Yo'ldoshev. Badiiy matnning lisoniy tahlili.
Toshkent – 2008). Yuqoridagi she'rda uyquga o'xshatilgan kulrang bulut keyingi bandlarda
jonlantiriladi. So'ngra butun she'r davomida nafaqat bulut, balki tabiatning boshqa unsurlari
ham: yo'l, tuproq, yaproqlar va osmon jonlanib ajib harakatga keladi, shoir ruhiyatiga jo'r
bo'lib atrofida kezadi. Bu esa metaforaning bir turi hisoblanuvchi jonlantirish, ya'ni tashxisni
yuzaga keltiradi.
Shoir inson his-tuyg'ulari, kechinmalari, so'zlash va fikrlashini jonsiz predmatlarga ko'chirish
orqali kitobxonning voqelikka munosabatini faollashtiradi, quruq-rangsiz ifodadan qochadi:
Kulrang bulut kuladi oxir,
Parchalandi shu muallaq ko'l.
G'ir-g'ir shamol, g'ir-g'ir yomg'ir,
Suratimni chizih berar yo'l.
Qalqib-qalqib qo'yadi qarab
Tabassumlar yozilgan tuproq.
Chapak chalib sochini tarab
Bosh yuvadi bir hovuch yaproq.
Yana bulut kezmoqda sarson
Ta'qib etib borar izimdan,
Nafaslarga to'lar bu osmon
Uzilmaydi aslo ko'zimdan…
Keyinga tahlilga tortmoqchi bo'lgan she'r ham bulutning o'zgacha tasviri bilan boshlanadi –
shoir original xususiy-mualliflik o'xshatishini qo'llaydi:
Muallaq qo'llardek bulutlar,
Qo'ygan kabi kundaga boshni,
Tashna sahro yomg'irni kutar.
Misrada ifodalanmagan o'xshatish sababini tahlil etsak, bulutlar tashna sahro uchun yomg'ir
o'tinib duoga ochilgan qo'llarga mengzalmoqda, Go'zal ifoda davom ettirilib, endi tasvir
sahroga ko'chadi, u jonlanadi – go'yoki, tashnalikdan qurib-bitgach kundaga bosh qo'yib
o'limini kutmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Falsafiy ramzlar: Shoir bulutlarga murojaat qilib, insonning ichki kechinmalarini, javobsiz
savollarini tasvirlaydi. Bu apostrofa usulidan foydalanishning yorqin namunasidir.
Metaforaning yana bir ko'rinishi apostrofa bo'lib, bunda shoir jonsiz narsaga insonga murojaat
qilgandek munosabatda bo'ladi, bunda u jonlantirilmaydi, faqat jonlidek tasavvur qilinadi.
Quyidagi she'rda ham Rauf Parfi bulutlarga murojaat qilish orqali hech kimga aytolmagan
ichki dardlarini, kechinmalarini ramzli tarzda ifoda etadi, ularni so'roqqa tutish asnosida ba'zi
xil insonlarga nisbatan savollar yog'diradi:
Qayga uchmoqdasiz, qayga, bulutlar,
Bugun mehringizni to‘kasiz qayga?
Eh, shamol qaylarga sizni irg'itar,
Siz bilan yergami, qandayinjoyga?
Daryo tepasida yig'ilib u kun
Bulut bo'lgandingiz yaxshi niyatda,
Nechun qo'l berdingiz shamolga, nechun.
Nechun qul bo'ldingiz, bulutlar, qayta?
XULOSA
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Rauf Parfi ijodida o‘xshatish va metaforalar nafaqat
estetik vosita sifatida, balki falsafiy mazmunni chuqurlashtirish uchun ham qo‘llaniladi.
Shoirning badiiy tasvirlari o‘quvchini voqelikning nozik jihatlarini ko‘rishga undaydi.
Bu tasvirlarda tabiat unsurlari insoniy xislatlar bilan uyg‘unlashadi, bu esa metaforaning
jonlantirish shaklini namoyon etadi.
Rauf Parfi ijodi o‘zining o‘zgacha lingvopoetik uslubi, tasviriy vositalarning boyligi va
falsafiy mazmuni bilan zamonaviy o‘zbek she’riyatida alohida o‘rin tutadi. Shoirning
o‘xshatish va metaforalari nafaqat badiiy tasvir, balki inson ruhiyati va tabiat o‘rtasidagi
murakkab bog‘liqlikni ochib beruvchi vosita sifatida ham qimmatli. Shu sabab, Rauf Parfi
she’rlari barcha davrlarda o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Yo'ldoshev M. "Badiiy matn lingvopoetikasi" O'zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent – 2008
2.
U.Hamdam.
"Erkin
badiiy
tafakkur
va
bugungi
o'zbek
she'riyati"
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/ulug-bek-hamdam-erkin-badiiy-tafakkur-
)
3. Mahmudov N. "O'xshatishlarning til va nutqdagi o'mi" – Til tilsimi tadqiqi.
4. Quronov D. "Adabiyot nazariyasi asoslari ". Toshkent – 2019
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Rahmonov N. "O'zbek adabiyoti tarixi". Toshkent – 2017
6. "Saylanma" l-jild Rauf Parfi "Muharrir" nashriyoti Toshkent – 2022
7. Хатамов Н. , Саримсоқов Б. (1979). Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча
изоҳли луғати. Тошкент – Ўқитувчи. Toshkent: Mumtoz so'z – 2017.
