Авторы

  • Ruziyeva Dilfuza Salimboyevna
    Buxoro davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72651

Ключевые слова:

tragediya syujet kontseptsiya antik janr ekspozitsiya estetik tragik qahramon adabiyotshunos.

Аннотация

Mazkur maqolada, buyuk ingliz dramaturgi Vil’yam Shekspir va o`zbek adaibyotining yorqin siymolaridan biri Maqsud Shayxzoda ijodi jahon hamda o`zbek adabiyotshunosligida o`ziga xos tarzda bahosini olgan. Shekspir asarlari o`tgan asrning boshlaridayoq o`zbek kitobxonlari qiziqishiga sabab bo`lgan va tarjima qilinib, kitobxonlar qo`liga etkazilgan. Uning asarlari Sobiq Ittifoq davrida ham tarjima qilinib, bir necha bor nashr qilingan. Mustaqillikdan keyin ham Shekspirning o`lmas asarlari qayta nashrdan chiqdi (shoir va tarjimon Jamol Kamol tarjimasida). Shekspir asarlarining bu darajadagi ommalashuvi, tabiiyki, o`zbek adabiyotida adabiy ta`sir va aloqalarning betakror qirralirni namoyish etishi, ayni paytda adabiyotshunoslarning ham diqqat markazida bo`lishi tabiiy bir holdir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Buxoro davlat pedagogika instituti

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

H.O’. Yusupova taqrizi ostida

Ruziyeva Dilfuza Salimboyevna

Buxoro davlat pedagogika instituti

o’qituvchisi

VIL’YAM SHEKSPIR VA MAQSUD SHAYXZODA DRAMALARIDA TIPOLOGIK

O`XSHASHLIKLAR

Annotatsiya:

Mazkur maqolada, buyuk ingliz dramaturgi Vil’yam Shekspir va o`zbek

adaibyotining yorqin siymolaridan biri Maqsud Shayxzoda ijodi jahon hamda o`zbek

adabiyotshunosligida o`ziga xos tarzda bahosini olgan. Shekspir asarlari o`tgan asrning

boshlaridayoq o`zbek kitobxonlari qiziqishiga sabab bo`lgan va tarjima qilinib, kitobxonlar

qo`liga etkazilgan. Uning asarlari Sobiq Ittifoq davrida ham tarjima qilinib, bir necha bor nashr

qilingan. Mustaqillikdan keyin ham Shekspirning o`lmas asarlari qayta nashrdan chiqdi (shoir va

tarjimon Jamol Kamol tarjimasida). Shekspir asarlarining bu darajadagi ommalashuvi, tabiiyki,

o`zbek adabiyotida adabiy ta`sir va aloqalarning betakror qirralirni namoyish etishi, ayni paytda

adabiyotshunoslarning ham diqqat markazida bo`lishi tabiiy bir holdir.

Kalit so’zlar:

tragediya, syujet, kontseptsiya, antik, janr, ekspozitsiya, estetik, tragik qahramon,

ekspozitsiya, adabiyotshunos.

"HAMLET" AND "MIRZO ULUG'BEK" ARE RARE EXAMPLES OF THE TRAGEDY

GENRE

Annotation:

In this article, the works of the great English dramatist William Shakespeare and

one of the bright figures of Uzbek literature, Maqsud Shaikhzoda, have been evaluated in a

unique way in the world and Uzbek literary studies. Shakespeare's works attracted the interest of

Uzbek readers at the beginning of the last century and were translated and made available to

readers. His works were translated and published several times during the time of the former

Soviet Union. Even after independence, Shakespeare's immortal works were reprinted (in

translation by poet and translator Jamal Kamal). The popularization of Shakespeare's works at

this level, of course, shows the unique aspects of literary influences and connections in Uzbek

literature, and it is natural that it is the center of attention of literary scholars.

Key words:

tragedy, plot, concept, antique, genre, exposition, aesthetic, tragic hero, exposition,

literary critic.

«ГАМЛЕТ» И «МИРЗО УЛУГБЕК» — РЕДКИЕ ПРИМЕРЫ ТРАГЕДИЧЕСКОГО

ЖАНРА

Аннотация:

В данной статье произведения великого английского драматурга Уильяма

Шекспира и одного из ярких деятелей узбекской литературы Максуда Шайхзоды

получили уникальную оценку в мировом и узбекском литературоведении. Произведения

Шекспира вызвали интерес узбекских читателей в начале прошлого века, были

переведены и предоставлены читателям. Его произведения переводились и издавались

несколько раз во времена бывшего Советского Союза. Даже после обретения

независимости бессмертные произведения Шекспира переиздавались (в переводе поэта и

переводчика Джамаля Камаля). Популяризация произведений Шекспира на этом уровне,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

безусловно, показывает уникальные стороны литературных влияний и связей в узбекской

литературе и закономерно, что она находится в центре внимания ученых-литературоведов.

Ключевые слова:

трагедия, сюжет, концепция, антиквариат, жанр, экспозиция, эстетика,

трагический герой, экспозиция, литературный критик.

Tragediya shiddatli voqealar oqimiga, qiziqarli syujetga, o`lmas badiiy g’oyalarga

asoslaniladigan, va ayni paytda, yozuvchi badiiy kontseptsiyasini o`zida ifoda etishda keng

imkoniyatlarga ega bo`lgan adabiy janrdir. Mavzuga yondashishdan oldin targediyaning janriy

xususiyatlari masalasiga oydinlik kiritib olish, maqsadning yanada aniqroq va teranroq

ochilishida yordam beradi.Fojia janri adabiyotning dramatik turiga mansubdir. Tragediya –

yunoncha so`z bo`lib, kelib chiqishidagi asl lug’aviy ma`nosi – tragos – echki, oda – qo`shiq,

ya`ni “echki qo`shig’i” demakdir. Bugungi kunda u o`zining qadimiy lug’aviy ma`nosidan

butunlay uzoqlashib ketgan. Xo`sh, nega endi “echki qo`shig’i”? Bu atama qanday kelib

chiqqan?Yunonistonda antik davrda har yili fevral’ oyida hosil xudosi Dionis kiyimidagi kishi

tushgan aravaning orqasidan bir to`p qiziqchilar ergashib yurishgan. Ular mavjud odatga ko`ra

echki terisini yopinib olishgan. Bularni tragoslar deb atash rasm bo`lgan. Keyinchalik bu termin

adabiyotga qo`yib, o`zining asl asarlarga nisbatan ishlatilgan.Eng birinchi tragediyaning vatani

Yunoniston bo`lib, bu janrning “otasi” antik adabiyot namoyandasi Esxil (eramizdan oldingi VI

– V asr) sanaladi. Uning zamondoshlari va izdoshlari Safokl, Evripid kabilar bo`lib, ular

yaratgan fojialar bugungi kungacha tamoshabinlarni qiziqtirib keladi.Odatda, tragediya deganda

oxiri o`lim bilan yakunlanadigan yasarlar tushuniladi. Bu xususiyat ko`pchilik fojia asarlariga

xos bo`lsa ham, birdan-bir va asosiy belgi emas.Tragediya – qahramonlarning boshiga

tushadigan eng og’ir holatlarni bo`rttirib ko`rsatish yo`li bilan hayotda hamisha mavjud bo`lgan

fojiaviylikni yorqin tasvirlaydigan asarlardir. Fojia inson hatidagi eng qaltis, eng shiddatli,

halokatli holatlar tasvirga asos qilib oladi va ularni dahshatli to`qnashuvlar, tashqi yoki ichki

kurashning shiddatli silsilasida tasvirlaydi. Shekspirning “Otello”, “Hamlet”, Pushkinning “Boris

Godunov”, Abduratif Fitratning “Abulfayzxon”, Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojialarida

xuddi ana shunday holatlarni ko`ramiz. Aynan “Mirzo Ulug’bek” asarida Shayxzoda bosh

qahramonning hayotiy fojiasini uning o`z zamonasidan juda ham ilgarilab ketgani bilan

izohlaydi. Ulug’bek ideallari bilan mavjud jamiyat tarixiy sharoiti o`rtasida hal qilib

bo`lmaydigan qarama-qarshilik mavjud va xuddi mana shu qarama-qarshilik qahramon

fojiasining asosini tashkil etadi.Fojia janridagi asarlar aksariyat falsafiy ruh bilan yo`g’rilgan,

romantik bo`yoqlarga boy, dramatizm eng yuqori nuqtaga olib chiqilganligi bilan ajralib turadi.

Bunday asar yaratish oson emas. Shuning uchun ham mukammal fojia asarlari adabiyotimizda

kam uchraydigan hodisadir.Tragediya janri namunasida xarakterlarning ulug’vorligi, o`ta

mushkul azob o`qubatli jarayonlarni yangi bobida qalblarni fojiali tug’yonlar qa`riga tortuvchi

iztiroblarning ikkilanish onlari, noiloj holatlardan chiqish uchun butun vujudi bilan qarshi

kurashishlari, o`lim dahshatlaridan tap tortmasliklari kitobxon va tomoshabin qalbini larzaga

soladi, hayajonlantiradi, bir olam unutilmas estetik ta`sir ko`rsatadi. Ko`pincha, qahramonlik ruhi

bilan omuxta bo`lib keluvchi fojia ruhi hayajonlantiruvchi kuchi, ta`siri bilan turmushning xunuk

va yovuz ko`rinishlaridan uzoq yurishga unday hollarga qarshi beomon kurashishga undaydi,

ulug’vorlikka chorlaydi. San`atkorona ko`rsatilgan bunday holatlarni ko`zdan kechirgan qalbidan

his etgan tomoshabin va kitobxon o`zini avvalgidan bardamlashgan, ma`naviy kuchi oshgan,

yangi kurashlarga chog’langan his etadi. Tragediyaning tarbiyaviy-ta`limiy kuchi, illat va

yovuzliklardan qalblarni forig’ etuvchi, fojiaviy larzaga solib ta`sir o`tkazuvchi estetik qudrati

xuddi shundadir.

Bu janr namunasida, avvalo, tragik g’oya yotishi zarur. U yuksak badiiylik bilan yaxlitlikda

namoyon bo`lishi kerak. Unda g’oya chinakam fojiaviy ruh darajasiga ko`tarilishi shart. Bunga

tragik koliziyaning murakkab tus olishi orqali erishiladi. O`z navbatida, tragik g’oya qirralarini

ifodalovchi xarakterlarining murakkab qismatida faqat uning yakka o`zigagina, uning sha`niga,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

manfaatiga tegishli mohiyat mavjud bo`lolmaydi. Aksincha, tragik qahramonga qarshi turgan

kuch yoki kuchlar uning o`zidan ham boshqalarga – oila manfaatiga, jamiyat axloqiga, el-yurt

oldidagi burchga, bir so`z bilan aytganda, ko`pchilikka, uning manfaatiga daxldor bo`ladi. Ana

shunday manfaatlar birlashgan echish, hal etish mushkul nuqtada turgan xarakter kurashda

mardonavor turib, ikkilanish azoblarini bosib o`tadi va muayyan hayotiy ne`matlardan mahrum

bo`ladi, baxtsizlikka yo`liqadi yoki o`zi jisman halok bo`ladi. Uning shunday fojiaviy, o`zidan

boshqalar uchun ham nafli kurash jarayonlarida chekkan azob-uqubatlari, iztiroblari, kurash

alamlari kitobxonni estetik tug’yonga soladi. Mana shunday keng qamrovga, tragik holatga

molik bo`lgan hayot ko`rinishlarigina tragediyaning mavzui va mazmuni doirasini belgilaydi.

Aks holda tragediya uchun maydon zohir bo`lishini tasavur etish qiyin.

“Hamlet” tragediyasi 1601-1602 yillarda yozilgan bo`lib, u Vil’yam Shekspir ijodining

cho`qqisidir. Daniya shahzodasi Hamletning hayoti tragediya syujetini tashkil etadi. Asarda

Daniyaning o`tmishiga doir voqealar aks ettirilgan bo`lsa ham, muallif unga o`z zamonasining

ruhini singdirdi, zamondoshlarning tipik obrazlarini yaratdi. Dramaturg «chirigan Daniya

davlati»ni tanqid qilar yoki “izdan chiqqan dunyo” hiqida so`zlar ekan, u o`z zamonasidagi

Angliyani nazarda tutadi.

Asarda tasvirlanayotgan voqealar Daniya qirollarining qadimgi qasri – sovuq va haybatli

el’sinorda bo`lib o`tadi.Zim-ziy tun. Qasr devorlari tagida soqchilar daydib yuribdi. Ularni

vahima bosgan, chunki ularga marhum qirolning arvohi ko`ringan. Qadimgilar naqliga ko`ra,

go`yo arvohning ko`rinishi bexosiyat, davlat boshiga balo keltiruvchi alomat emish. Haqiqatan

ham, yurt notinch. Daniya qirolligida allaqanday yovuzliklar. el’sonor qasrida esa qandaydir

mudhish sirlar bor.Ikkinchi ko`rinishda dramaturg qasrning ichki xonalari va bosh qahramonlar

bilan tanishtiradi. Bir tomonda motam libosiga o`ralgan qayg’uli Hamlet, ikkinchi tarafda esa

kibr-havoli, ko`rinishdan muloyim va betashvish Daniya qiroli – Hamletning o`gay otasi Klavdiy,

onasi Gertruda va saroy ahllari. Motam marosimi bilan to`y tantanalari aralashib ketgan. Hamlet

vafot etgan otasining motasida qayg’u chekadi. Bu qayg’uni onasining beqarorligi yanada

orttirgan. Chunki u sevgan erining tobutini kuzatib, “oyoqqa kiygan boshmog’i” to`zimasdanoq

erining ukasi Klavdiyga tegib olgan. Yaqinlaridan bezgan Hamlet ilgarigidek quvnoq va g’ayratli

emas, balki g’amgin va o`z fikrlari bilan band. “Butun dunyo o`zining harakatidan naqadar to`ng,

bema`ni va to`mtoq...” bo`lib ko`rinadi unga.

Uchinchi ko`rinishda vazir Poloniy hamda uning o`g’li Laert va qizi Ofeliya bilan tanishamiz.

Poloniy Frantsiyaga ketayotgan o`g’liga pand-nasihat qiladi. Otais bilan akasi Ofeliyani unga

oshiq bo`lgan Hamletning va`dalariga ishonmaslikka, tadbirli va ehtiyotkor bo`lishga undaydilar.

Itoatkor qiz otasining izmidan chiqmaslikka va`da beradi.Tragediyaning ekspozitsiyasi to`rtinchi

ko`rinishda tugaydi. Voqealar o`rni yana qasr oldidagi maydonga ko`chiriladi. Soqchilar

arvohning paydo bo`lishini kutadilar, ularning orasida do`sti Goratsio bilan Hamlet ham bor edi.

Tun qorong’usida zambaraklar gumburlashi yanada qattiqroq eshitiladi. Buyruqqa ko`ra, maishat

qilayotgan qirolning har bir qadah ko`tarishi to`p otish bilan nishonlanayotgan edi.

Shu vaqtda arvoh ko`rinib qoladi. Soqchilardan birining “Daniya davlatga bir balo yuqqan”

degan luqmasi ekspozitsiyani tugallaydi.Birinchi pardaning beshinchi sahnasi dramatik

harakatining tugunini tashkil etadi. Hamlet otasining arvohiga duch keladi. Arvoh Klavdiyning

dahshatli jinoyati haqida so`zlab, Hamletni o`ch olishga undaydi. Hamletning shubhalari

oydinlashadi. Shu sahnadan boshlab voqealar shiddat bilan rivojlanib ketadi. el’sinorda Hamlet

bilan qirol o`rtasida yashirin kurash ketadi. Qirol Hamletdan xavotirlanadi, qo`rqadi, butun

vositalar bilan uning ichki sirlarini bilib olishga intiladi. Bu yo`lda unga Poloniy hamda

Hamletning sobiq do`stlari Rozenkrants va Gil’densternlar yordam beradilar. Hatto Hamletning

sevgilisi Ofeliya va onasi Gertruda ham qirol nayranglariga xizmat qiladilar. Hamlet tomonida

uning sadoqatli do`sti Goratsio turadi. Hamlet arvohning so`zlarini tasdiqlovchi dalillar izlaydi,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o`zini telbalikka solib, saroydagi nayranglarni va ikki yuzlamachilarni chuqurroq bilib olishga

intiladi.Hamlet el’sinorga kelgan teatr truppasidan o`z shubhalarini isbotlash uchun foydalanadi.

Klavdiyning jinoyatiga o`xshash voqeani aks ettiruvchi “Qopqon” o`yinini sahnaga qo`yadi.

Tomoshadan sarosimagan tushib qolgan qirol tamomila fosh etiladi. endi Hamlet o`z niyatini

amalga oshirishi, ya`ni qirodan o`ch olishi mumkin edi, lekin u shaxsiy qasosdan ko`ra buyukroq

maqsad yo`lidagi fikrlar bilan band bo`lib, qiroldan o`ch olishni kechiktiradi. To`g’rirorg’i,

qotilni jinoyat ustida qo`lga tushirishni mo`ljallaydi. Shu jihatdan Hamletning onasi bilan suhbati

aks ettirilgan sahna juda keskin va hayajonlidir. Hamlet onasi bilan suhbatlashayotganda parda

orqasiga bekinib turgan Poloniyni qirol gumon qilib, o`ldirib qo`yadi. Shundan so`ng voqealar

yanada keskinlashib boradi. Klavdiy Hamletning o`zi uchun xavfli dushman ekaniga ishonch

hosil qiladi va uni o`lditirish uchun yashirin maktub bilan Angliyaga jo`natadi. Bu esa

Hamletning qasos olishini yanada kechiktiradi, lekin u sezgirlik bilan dushmanni yo`q qilishning

eng muvofiq paytini kutadi:

Mayli, mayli, ko`ramiz – choh qazgan o`zi

Chohga tushib ketish g’alati bo`lar.

Ular yomon niyatni o`ylashgan menga,

Men ulardan ham chuqur quduq qazaman.

Qasrdagi hayot tobora mudhish va fojiali yo`l bilan rivojlanib, dramatik harakat voqealar

echimiga yaqinlashib boradi. Otasining o`limi Ofeliyani aqldan ozdiradi va u fojiali ravishda

halok bo`ladi. Xaloyiq orasida el’sonordagi yovuz ishlar haqida tobora ko`p gap tarqaladi,

norozilik kuchayadi. Laert Frantsiyadan qaytib kelib, otasining qasosini olish harakatida bo`ladi,

g’azablangan olomonga bosh bo`lib, el’sonorga bostirib kiradi. Klavdiy Laertni uning otasi

Poloniyni Hamlet o`ldirganiga ishontiradi. Hamlet ham Angliyaga qaytadi. U Angliyaga

ketayotganda, yo`lda qirolning maktubini o`qib, Klavdiyning yovuz niyatini payqaydi. Shuning

uchun uning maktubini yangi maktub bilan almashtirib, o`limga sotqin Rozenkrants va

Gil’densternlarni yo`llaydi.

ADABIYOTLAR

1. Abdusamatov H. Drama nazariyasi. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`aat

nashriyoti, 2000. – 298 b.

2. Adabiyot nazariyasi. I tom. – T.: Fan, 1978, 416 b; II tom. – T.: Fan, 1979, - 448 b.

3. V.G.Belinskiy. Sobr. Soch., Moskva, 1953, t. II

4. Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar, Toshkent, O`zbekiston Davlat nashriyoti. 1955, 199-bet.

5. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. - T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`aat nashriyoti,

1969.

6. Imomov B. Hayot va dramatik konflikt. – T.: Fan, 1968. – 180 b.

7. Imomov B. Tragediya va xarakter. Dramaturgiya janrlari. – T.: Alabiyot va san`at, 1977. -176

Библиографические ссылки

Abdusamatov H. Drama nazariyasi. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`aat nashriyoti, 2000. – 298 b.

Adabiyot nazariyasi. I tom. – T.: Fan, 1978, 416 b; II tom. – T.: Fan, 1979, - 448 b.

V.G.Belinskiy. Sobr. Soch., Moskva, 1953, t. II

Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar, Toshkent, O`zbekiston Davlat nashriyoti. 1955, 199-bet.

Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. - T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`aat nashriyoti, 1969.

Imomov B. Hayot va dramatik konflikt. – T.: Fan, 1968. – 180 b.

Imomov B. Tragediya va xarakter. Dramaturgiya janrlari. – T.: Alabiyot va san`at, 1977. -176 b.