JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va
amaliyoti kafedrasi, PhD Siddiqova
Shoxida Isoqovna taqrizi ostida
Usmonova Yulduz Abdusaid qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va
metodikasi
(boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi
bosqich magistranti
Email:
ORCID ID:
0009-0007-8803-895X
PIRLS TADQIQOTI UCHUN TANLANADIGAN O‘QUV MATERIALLARINING
XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada PIRLS tadqiqoti uchun tanlanadigan o‘quv materiallarining
xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash
uchun qo‘llaniladigan badiiy va informatsion matnlarning tarkibi, ularning didaktik ahamiyati
va lingvistik murakkablik darajasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada materiallarni tanlash
mezonlari, ularning yosh xususiyatlariga mosligi va PIRLS baholash tizimi talablariga
muvofiqligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
PIRLS, o‘qish savodxonligi, badiiy matn, axborot matni, baholash tizimi, o‘quv
materiallari, xalqaro tadqiqot.
Aннотация:
В данной статье изучаются особенности учебных материалов, отбираемых
для исследования PIRLS. В процессе исследования анализируется состав художественных
и информационных текстов, используемых для оценки грамотности чтения учащихся, их
дидактическая значимость и уровень лингвистической сложности. Кроме того, в статье
рассматриваются критерии отбора материалов, их соответствие возрастным особенностям
учащихся и требованиям системы оценки PIRLS.
Ключевые слова:
PIRLS, грамотность чтения, художественный текст, информационный
текст, система оценки, учебные материалы, международное исследование.
Annotation.
This article examines the characteristics of educational materials selected for the
PIRLS assessment. The study analyzes the composition of literary and informational texts used
to evaluate students' reading literacy, their didactic significance, and linguistic complexity.
Additionally, the article discusses the criteria for selecting materials, their suitability for different
age groups, and their alignment with the PIRLS assessment system requirements.
Key words
: PIRLS, reading literacy, literary text, informational text, linguistic complexity,
didactic significance, assessment system, age characteristics, educational materials, international
study.
Kirish
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) tadqiqoti boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ishlatiladigan
o‘quv materiallari muhim rol o‘ynaydi. PIRLS 2021 tadqiqotida 57 ta davlat orasida
O‘zbekiston 49-o‘rinni egalladi. PIRL 2021 tadqiqotida badiiy matnni tushunish boʻyicha
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
oʻrtacha ball 438 ni tashkil qilgan boʻlsa, axborot matni uchun bu koʻrsatkich 434 ga teng
boʻlgan.[5]Materiallar o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va baholash
qobiliyatlarini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘quv materiallari
bilan ishlash strategiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizdagi 4-sinf oʻquvchilari
orasida faqat 42.9 foizi oʻqiganlarini tushuna oladi. [6] Maqolada PIRLS tadqiqoti doirasida
o‘qituvchilarning samarali strategiyalaridan foydalanish yo‘llari hamda tadqiqot uchun
tanlanadigan o‘quv materiallarining xususiyatlari va ularning o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Materiallar va uslublar
Ushbu tadqiqot quyidagi usullar asosida olib borildi:
Adabiyotlar tahlili – PIRLS tadqiqotining rasmiy hujjatlari va ilmiy maqolalar o‘rganildi.
Matn turlarini o‘rganish – Badiiy va axborot matnlarining xususiyatlari tahlil qilindi.
O‘qituvchilarning tajribalarini tahlil qilish – Ularning dars jarayonida qo‘llagan strategiyalari
tahlil qilindi.
Prezident farmonida belgilanganidek, Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini
baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS,
PIRLS va boshqalar) da O‘zbekiston respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanadi. [1] Bundan
anglashiladiki, kelgusi tadqiqotlarda munosib ishtirok etishni ta’minlash uchun tayyorgarlikni
puxta qilish lozim.
Oʻqib tushunish – bu matnni qayta ishlash, uning ma’nosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs
oldindan bilgan narsalar bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir. [2]
PIRLS tadqiqotida foydalaniladigan matn turlari quyidagicha:
Badiiy matnlar – bolalar adabiyotidan namunalar, hikoyalar va ertaklar.
Axborot matnlari – ensiklopedik ma’lumotlar, maqolalar va ilmiy-ommabop matnlar.
Ular bo‘yicha taqdim etiladigan savollar matn mazmunini tushunish, asosiy g‘oyalarni ajratib
olish hamda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini baholashga qaratilgan bo‘ladi.
Quyidagi diagrammada PIRLS tadqiqotidagi savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni
taqsimoti aks ettirilgan:[4]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
PIRLS tadqiqoti materiallarini tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mosligiga, lug‘at
boyligi va murakkablik darajasiga, matnning qiziqarli va motivatsion bo‘lishiga e’tibor
qaratiladi. Badiiy matnlar – tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilsa, axborot
matnlari – mantiqiy fikrlash va faktlarga asoslangan tushunishni oshirishga mo‘ljallangan
bo‘ladi. Har ikki turdagi matnlarni qo‘llashning ahamiyatlidir.
Oʻquvchining tushunish jarayoni va oʻqishdan koʻzlagan maqsadlariga qaratilgan PIRLS
baholash dasturining foizli koʻrsatkichlarda berilishi quyidagilarni inobatga olib tuzilgan har bir
matnga oid savollar uchun asos boʻlib xizmat qiladi:
Izlash va topish: 3 balldan 4 ballgacha (bunda 3 tadan 4 tagacha savol/topshiriqlar berilishi
mumkin, chunki savollar asosan muqobil javob variantli yoki bir ballik javob yozishni talab
qiladigan ochiq savollardan iborat boʻladi);
Toʻgʻridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish: 5 balldan 6 ballgacha (4 yoki 5 tadan savol boʻlishi
mumkin, chunki savollar asosan muqobil javob variantli yoki bir yoki ikki ballik javob yozishni
talab qiladigan ochiq savollardan iborat boʻladi);
Talqin qilish va umumlashtirish: 5 balldan 6 ballgacha (2 yoki 3 tadan savol boʻlishi mumkin,
chunki savollar asosan 2 yoki 3 ballik javob yozishni talab etadigan uzunroq ochiq savollardan
iborat boʻladi);
Baholash va tanqidiy baho berish: 3 balldan 4 ballgacha (bunda odatda bir necha har xil turdagi
savollar beriladi, shu sababli savollar 4 ta muqobil javob variantidan tortib bitta javob yozishni
talab qiladigan uch ballik ochiq savollargacha boʻlishi mumkin).
Oʻquvchilarning oʻqib tushunish koʻnikmalarini toʻgʻri baholash uchun har bir matn tarkibidagi
savollarga ajratilgan umumiy ball kamida 15 ball bo‘lishi kerak. Tajriba sinovi va qayta ko‘rib
chiqish jarayonida ayrim savollar olib tashlanishini inobatga olib, har bir matn yuzasidan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
umumiy 18-20 ballga teng savollar tuziladi. Har bir matn uchun o‘rtacha 12 tadan 14 tagacha
savollar bo‘lishi lozim.
• Muqobil javob variantli savollarga bir ball beriladi.
• Talab etiladigan oʻqib tushunish koʻnikmasiga doir savollarning murakkablik darajasidan
kelib chiqib, javob yozish talab qilinadigan ochiq savollarga bir, ikki yoki uch ball beriladi.
Har bir matn yuzasidan berilgan 12 tadan 14 tagacha bo‘lgan savollarni tuzishda quyidagilar
inobatga olinadi:
Boshlangʻich savollar osonroq savollar boʻlishi kerak. Oʻquvchilar murakkabroq savollarga
oʻtishlaridan avval ularga bir yoki ikkita osonroq savollar beriladi. Mazkur savollar nisbatan
murakkab boʻlmagan savollar hisoblanib, oʻquvchilarni matn bilan ishlashiga imkon beradi.
Savollar matnning asosiy gʻoyasiga yoki matnning boshlanish qismida berilgan asosiy
ma’lumotga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Savollar matnda berilgan ma’lumotlar ketma-
ketligiga mos ravishda berilishi kerak. Savollarning javobi matnda berilgan ma’lumotlar ketma-
ketligida boʻlishi kerak. Bu ayniqsa ma’lumotlarni topish va toʻgʻri xulosa chiqarish
koʻnikmasini baholovchi savollarni tuzishda qoʻl keladi. Ammo, buni boshqa savollarga ham
qoʻllash mumkin. Oʻquvchilar matndan savollarga toʻgʻri javobni topa olishlari uchun koʻp
vaqtlarini sarflab yubormasligi lozim. Murakkabroq jarayonlarni baholovchi barcha savollar
ham topshiriqning soʻnggi qismida berilmasligi kerak. Oʻquvchilarning talqin qilish va
umumlashtirish yoki baholash va tanqidiy baho berish koʻnikmalarini baholovchi savollar butun
topshiriq boʻylab teng taqsimlangan boʻlishi kerak. Bu esa barcha topshiriqlarni bajara olishga
vaqti boʻlmagan oʻquvchilarga shu turdagi koʻnikmalarini namoyon etishlariga imkon beradi.
Har bir matn uchun bittadan uch ballik savol tuzing. Mazkur savol oʻquvchilarning talqin qilish
va umumlashtirish va jarayonni baholash koʻnikmasini tekshiradi. Har bir matn asosida bittadan
uch ballik savol tuzilsa, bu oʻquvchilarning tusuhinsh darajalarini namoyon etishlariga yordam
beradi. Bittadan ortiq uch ballik savol tuzmaslik soʻraladi, chunki oʻquvchilar mazkur
savollarni bajarishga koʻp vaqt sarflab yuborishlari mumkin. Uch ballik savol topshirqning
boshida beriladigan savollar boʻlmasligi lozim, chunki oʻquvchilar sinovga kirishib olishlariga
imkon berilishi kerak. Shuningdek, bunday savollarni topshiriqning soʻnggi qismiga qoʻyish
ham oʻrinli emas, sababi oʻquvchilar bu turdagi savollarni chetlab oʻtib, sinovni yakunlashiga
majbur boʻlishi mumkin. Imkoni boricha savollarning xolisligiga e’tibor bering. Savolda
berilgan ma’lumot boshqa savollarning javobini topishga yoʻnaltirilmaganligiga e’tibor bering.
Shuningdek, muayyan savolga toʻgʻri javob berish avvalgi savollarga aslo bogʻliq boʻlmasligi
kerak. Bundan tashqari, javob yozishni talab etadigan ochiq savollarga turlicha javob berilishi
lozimligi hamda oʻquvchilar savollarning mavzusi yoki asosiy gʻoyasini koʻchirib yozishlarini
talab qilmasligi lozim.[3]
Natijalar va muhokamalar
PIRLS materiallari o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini turli yo‘nalishlarda baholaydi.
Matnlarning xilma-xilligi bolalarning har xil mavzularda fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat
qiladi. Savollar tizimi nafaqat faktik ma’lumotlarni aniqlash, balki tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish uchun ham muhim. PIRLS tadqiqoti uchun tanlanadigan o‘quv materiallari
o‘quvchilarning o‘qish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Matn tanlash mezonlariga e’tibor berish o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatiga
bevosita ta’sir qiladi. Turli matn turlarining uyg‘unligi orqali o‘quvchilarning keng qamrovli
bilim olishiga yordam berish mumkin. O‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan samarali
strategiyalar o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning matn mazmunini yaxshiroq tushunishiga yordam
beradi. O‘quvchilar o‘rtasida matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish kelajakdagi
akademik muvaffaqiyatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Matnlar bilan ishlashni nafaqat o‘qish savodxonligi, balki boshqa dars mashg‘ulotlariga ham
integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning salohiyatini oshirib borish mumkin. Buning uchun,
avvalo, o‘quvchilarning tushunish darajasiga mos materiallarni tanlash kerak. So‘ngra
matnlarni mavzularga mos tarzda taqsimlab chiqish lozim. Matnni tahlil qilish uchun interfaol
metodlarni qo‘llash kerak. Matnlar bilan ishlash natijasida o‘quvchilarda quyidagi
ko‘nikmalarni tarkib toptirish lozim:
1. Muhim ma’lumotlarni ajratib olish.
2. Asosiy g‘oyani aniqlash.
3. Matn mazmunini shaxsiy tajriba bilan bog‘lash.
Bunda o‘qituvchi savol-javob usulidan foydalanishi, rolli o‘yinlar orqali o‘qish jarayonini
jonlantirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi mumkin.
Xulosa
PIRLS tadqiqotida foydalaniladigan materiallar o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish
va baholash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu materiallar orqali
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini yanada mustahkamlash va ularni turli janrdagi matnlar
bilan ishlashga o‘rgatish mumkin. PIRLS tadqiqoti uchun tanlanadigan o‘quv materiallari yosh
bolalarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Badiiy va
informatsion matnlarning uyg‘un qo‘llanilishi, matnning mazmuni va qiziqarli bo‘lishi
o‘quvchilarning ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Bu borada
quyidagilarni taklif qilaman:
1. O‘zbekiston ta’lim tizimida PIRLS mezonlariga mos matnlar yaratish
2. Mahalliy o‘quv dasturlarini PIRLS talablariga moslashtirish.
3. O‘zbek xalq ertaklari va hikoyalari asosida PIRLS standartlariga mos matnlar ishlab
chiqish.
4. O‘zbek tilida yuqori sifatli informatsion matnlar yaratish va ularni dars jarayoniga kiritish.
O‘qituvchilarning PIRLS tadqiqotidagi materiallar bilan ishlash strategiyalari o‘quvchilarning
matnni tushunish qobiliyatini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Turli metodik
yondashuvlardan foydalanish orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil qilish va
bolalarning savodxonlik darajasini oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5712-sonli farmoni.
2. “What is Reading Comprehension?” (en-US). Reading Worksheets, Spelling, Grammar,
Comprehension, Lesson Plans (2008-yil 29-may)
3. Ina V.S. Mullis and Michael O. Martin. PIRLS 2016 Item Writing Guidelines.
4. Ina V.S. Mullis and Michael O. Martin, Editorss PIRLS 2021 Assessment Frameworks.
Publishers: TIMSS & PIRLS International Study Center, Lynch School of Education, Boston
College and International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA)
Library of Congress Catalog Card Number: 2019904373 ISBN: 978-1-889938-52-3
