Авторы

  • Khudoyberdiyeva Sevinch Muzaffar kizi
    Gulistan state pedagogical institute Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72673

Ключевые слова:

OTM Psixologik travma metod korrupsiya pedagog individual Vazirlar Mahkamasi.

Аннотация

21-asr texnikalar asri.Zamon rivojlanib borgani sari insonlar ongi yuksak taraqqiy etib bormoqda.Hozirgi zamon yoshlari olov, bu olovni yoqish biz pedagoglar mahoratiga bogʻliq. Texnikalar rivojlanib borayotgan bu zamonda oʻquvchilarga bilim berish juda ham mrakkablashib bormoqda. Ushbu maqolada hozirgi zamon bolalariga qanday qilib samarali bilim berish uchun qoʻllaniladigan usullar va texnikalar bayon etilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat pedagogika instituti,

“Pedagogika” kafedrasi, p.f.f.d PhD,

dotsent Samatova Dilrabo Yusufovna

taqrizi ostida

Khudoyberdiyeva Sevinch Muzaffar kizi

Gulistan state pedagogical institute

Uzbekistan

Email:

xudoyberdiyevas8082@gmail.com

BOLAGA TA‘LIM BERISHNING SAMARALI USULLARI VA TEXNIKALARI

ANNOTATSIYA:

21-asr texnikalar asri.Zamon rivojlanib borgani sari insonlar ongi yuksak

taraqqiy etib bormoqda.Hozirgi zamon yoshlari olov, bu olovni yoqish biz pedagoglar

mahoratiga bogʻliq. Texnikalar rivojlanib borayotgan bu zamonda oʻquvchilarga bilim berish

juda ham mrakkablashib bormoqda. Ushbu maqolada hozirgi zamon bolalariga qanday qilib

samarali bilim berish uchun qoʻllaniladigan usullar va texnikalar bayon etilgan.

KALIT SOʻZLAR:

OTM, Psixologik travma, metod, korrupsiya, pedagog, individual, Vazirlar

Mahkamasi.

KIRISH. Maktablar, bogʻchalar, oʻquv muassasasalari zamonaviylashib bormoqda[1]. Ayniqsa

bu oʻzgarishlarni xususiy maktablarda yaqqol koʻrishimiz mumkin. Texnikalarsiz bola ongiga

ma'lumot yetkazib berishimiz juda murakkablashib bormoqda[2]. Bunga sabab ular

tugʻilganidayoq texnikalarga onalar beparvoligi sababali oʻralib qolishmoqda. Bu esa bolaning

xotirasini susaytirib, tajang qilib qoʻymoqda[3]. Ular oʻynayotgan oʻyinlarda ossongina

erishilayotgan yutuqlariga haqiqiy hayotda ham qanday yoʻl bilan boʻlmasin barcha narsalarga

osson erishini shior qilib qoʻymoqda[4]. Juda koʻp yoshlar sport sohasida muofaqqiyatga erishib

OTM muossasalari talabalari boʻlishmoqda[5]. Bu esa sport sohasida korrupsiyaning

aralashuviga sabab boʻlmoqda.2018-yil 421 nafar, 2019-yil 1213 nafar, 2020 -yil 2367 nafar

yoshlar OTM larga oʻqishga kirishgan. Oʻtgan 3 yilda imtiyozlardan foydalanuvchilar soni 5

barbarian ortgan[6]. Qayd etilishicha OTM larga kirish uchun imtiyozlar asosida tavsiya etilgan

1921 nafar sportchi kasbiy(ijodiy) imtihon oʻtkazilgan[7]. Natijalarga koʻra ishtirokchilarning

213 nafari (11 foizi) maksimal ballning 36 foizini ham toʻplay olmagan. Yana 41 nafari ijodiy

imtihon talablarini umuman bajara olmagan[8]. Gʻolib va sovrindorlarning 147 nafari turli

bahonalar bilan ishtirok etmagan. Bu shunchaki koʻz boyamachilik. Chunki bu imtiyoz egalari

OTM ga bilagidagi kuchi, koʻkragidagi nishoni bilan emas, choʻntagidagi puli bilan talaba

boʻlishgan. Juda koʻp yoshlar puliga ishonib, yoki orqasidagi mansabdor qarindoshlariga ishonib

masulyatni boʻyniga olishmayapti, oʻqishni hohlamay qolishmoqda. Bunday holatlarning

kamayishi uchun biz pedagoglar sifatli ta'lim bera olishimiz kerak. Biz pedagoglar bolaga bilim

bilan birgalikda tarbiya ham bera olishimiz lozim. Tarbiyani qay usulda yetkazib berish

Pedagogning mahoratiga bogʻliq. Abdulla Avloniy aytganidek " tarbiya biz uchun yo hayot, yo

najot, yo falokat masalasidir". Pedagog bolaga biror bir narsani oʻrgatayotganda ayniqsa tarbiya

masalasida oʻquvchiga oʻzi avvalo oʻsha narsani oʻzi qilib oʻrgatishi kerak.Buni esa turli xil

metodlar orqali bajarsa boʻladi. Pedagoglarning eng katta xatosi oʻquvchiga ananaviy usulda

ta'lim berishidir.Bu usulda oʻquvchi faqat oʻqishi kerak, intizomli boʻlishi lozim. Agar bu

talablarga javob bermasa jazolash usulidan foydalanish kerak. Bu katta xató chunki doimiy

jazolangan bolada psixologik travmalar paydo boʻlishni boshlaydi. Buning oqibatida bolada

darsda tinch oʻtirmaslik, doimiy ravishda bosh koʻtarish, jizzakiliklar paydo boʻla boshlaydi.

Ayrim oʻquvchilarda yoshligidan travmalar boʻlganligi, yoki oila muhiti nosogʻlom boʻlganligi

sabali oʻquvchi ta'lim olishni va intizmoni, boʻysinishni hohlamaydi. Bunday bolalar bilan

ishlash juda qiyin va murakkab ish. Ular bilan individual ishlash lozim. Darsni tort bosqichga

boʻlib oʻtish eng samarali yoʻl. Birinchi bosqich bolaga bilim berishdan avval diqqatni jamlovchi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

mashqlar bajartirish kerak. Masalan "ruchkani ol" oʻyin metodi. Bunda oʻqtuvchi koʻz, quloq,

bosh va boshqa tana a'zolarni aytadi va soʻng ruchka deydi. Bolalar ruchkani ushlab olishlari

lozim. Bunda oʻquvchilar diqqati oʻqtuvchiga qaratila boahlaydi. Metodlar qoʻllayotganda bola

yoshini ham inobatga olish lozim. Katta yoshdagi bolalar bilan koʻproq diqqatni jamlovchi

metodlar qoʻllash eng maqbul yoʻl. Kichik sinflar bilan ishlashda ularga koʻproq oʻyin metodini

qoʻllash lozim. Chunki ular juda tez zerikib qolishadi bir xil dars mashgʻulotdan. Dars oʻtish

jarayonida ikkinchi bosqich oʻtilgan mavzularni takrorlab olish. Chunki "Ilmning ofati unutishdir.

Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir" Bilim takrorlanib turmasa oʻquvchi xotirasidan

tezda oʻchib ketadi. Uchunchi bosqich mavzuni tushuntirish. Pedagog mavzuni tushuntirishda

enga avvalo e'tibor qaratadigan masalasi bu oʻtiladigan mavzuni hayotga bogʻlab oʻtishdir. Bola

koʻrgan narsasini eslab qoladi. Agar mavzu hayotga bog‘lanib oʻtilsa oʻquvchi oʻsha narsani

koʻchada koʻrib qolsa ham oʻqtuvchi gaplarini eslaydi. Toʻrtinchi bosqich uyga vazifa berish.

Uyga vazifa berayotganda oʻquvchiga koʻp vazifa berish xato. Chunki u faqat bitta fandan emas

tortta yoki beshta fandan dars qilish kerak. Shunday topshiriq berishi kerakki bola uyda bu

topshiriqni zerikmasdan bajarishi kerak. Bu topshiriq ijodiy tomonga yoʻnlasa yanada

qiziqarliroq boʻladi.

MATERIAL VA USLUBLAR. Davlatimiz ham oʻqtuvchi pedagoglar va oʻquvchi yoshlarga

juda koʻp shart sharoitlar yaratib bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq

ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy

rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-

son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:xalq ta’limi

xodimlarining shaxsiy kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda

hayot davomida o‘sishi jarayonini qamrab olgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron

platformasi orqali kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish

mexanizmi. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son

qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. Pedagoglar bilim saviyasini yanada oshirish

maqsadida "malaka oshirish"amaliyotlari joriy etildi.

Respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham

Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi

hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,

degan ishonchdamiz. Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli

yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura

bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki,

bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor

boʻladi, deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan

bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi.

NATIAJALAR VA MUHOKAMALAR. Bolani o'qitishda samarali usullarni qo'llash juda

muhim, chunki ular bolalar o'qish va o'rganish jarayonini qulay va qiziqarli qiladi. Mana ba'zi

samarali usullar:

1. O'yinlar orqali o'qitish

O'yinlar bolalar uchun o'qishni qiziqarli va interaktiv qilishning samarali usuli hisoblanadi.

O'yinlar orqali bolalar o'qish, yozish, hisoblash kabi ko'nikmalarni rivojlantirishlari mumkin.

Misol uchun:

So'z o'yinlari (anagrammalar, rasmli kartalar)

Shaxsiy o'yinlar (raketalar, ko'cha o'yinlari)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2. Vizual materiallar va rasmlar

Bolalar ko'proq vizual materiallarni yaxshi anglaydilar. Kitoblar, plakatlar, rasmlar va videolar

yordamida darslar yanada qiziqarli va tushunarli bo'ladi. Bu usul bolalarning tasavvurini va eslab

qolish qobiliyatini rivojlantiradi.

3. Harakat orqali o'qitish (kinestetik metod)

Ba'zi bolalar faqat o'qib emas, balki harakat qilish orqali o'rganadilar. Ularni amaliy mashqlar va

tajribalar yordamida o'qitish samarali bo'ladi. Masalan, bolalarni jismoniy faoliyatlar orqali

o'rgatish, rasm chizish, yoki taqdimotlar orqali o'rganishni kuchaytirish.

4. O'z-o'zini ifoda qilish va muhokama

Bolalarni fikrlarini ifoda etishga rag'batlantirish, ularga savollar berish va muhokama qilish

ularda mustaqil o'ylash qobiliyatini rivojlantiradi. "Nima uchun?" va "Qanday qilib?" kabi

savollar yordamida ularning fikrini kengaytirish mumkin.

5. Interaktiv texnologiyalar

Kompyuter dasturlari, mobil ilovalar va ta'limga mo'ljallangan o'yinlar bolalarning qiziqishini

oshiradi. Interaktiv texnologiyalar yordamida bolalar o'zlashtirishi kerak bo'lgan materiallarni

o'yin tarzida o'rganishlari mumkin.

6. Qisqacha va izchil o'rgatish

Dars davomida bolalarni zeriktirmaslik uchun qisqa, aniq va qiziqarli mavzularni tanlash zarur.

O'qitishning izchilligi va tartibi bolalarni chalg'itmaslikka yordam beradi.

7. Takrorlash va mustahkamlash

Bolalarga yangi ma'lumotlarni o'zlashtirishda takrorlash juda muhim. Takrorlash yordamida

bolalar o'rgangan narsalarini yanada mustahkam o'zlashtiradilar.

8. Jamoaviy ish

Bolalar guruhlarda ishlashni o'rganishlari va bir-birlariga yordam berishlari kerak. Bu usul

bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Samarali o'qitish usulini tanlashda har bir bolaning o'ziga xos ehtiyojlarini va qiziqishlarini

inobatga olish juda muhim.

O'qituvchilarning bolalarga bilim berishda yo'l qo'yadigan ayrim kamchilik va xatolarni yanada

kengroq tahlil qilaylik:

1. Bolalarning individual xususiyatlarini e'tiborsiz qoldirish

Har bir bolaning o'ziga xos qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari mavjud. Agar o'qituvchi bu

individual farqlarni hisobga olmasa, ta'lim jarayoni samarali bo'lmaydi. O'quvchilarning o'ziga

xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta'lim usullarini moslashtirish zarur.​


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2. Monologik uslubda o'qitish

Faqat o'qituvchining gapirishiga asoslangan darslar bolalarning faol ishtirokini cheklaydi.

Interaktiv metodlar va o'quvchilarning fikrlarini tinglash muhimdir. O'quvchilarning fikrlarini

tinglash va ularni muhokamaga jalb qilish, ta'lim jarayonini yanada samarali qiladi.​

3. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llamaslik

Zamonaviy ta'lim usullari va texnologiyalarni qo'llamaslik ta'lim sifatini pasaytirishi mumkin.

Innovatsion metodlar va axborot texnologiyalarini integratsiya qilish zarur. Bu o'quvchilarning

qiziqishini oshiradi va ta'lim jarayonini samarali qiladi.​

4. O'qituvchining kasbiy malakasini oshirmaslik

Pedagoglarning o'z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari kerak. Aks holda, ular yangi

ta'lim usullari va yondashuvlardan xabardor bo'lmay qoladilar. O'qituvchining kasbiy rivojlanishi,

ta'lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.​

5. Emotsional salbiy muhit yaratish

Sinfda salbiy emotsiyalar, qichishish yoki norozilik muhitining mavjudligi bolalarning o'qishga

bo'lgan qiziqishini kamaytiradi. Ijobiy va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratish muhimdir. Bu

o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ta'lim jarayonini samarali qiladi.​

6. O‘quvchilarga baho qo'yishda adolatsizlik

O'quvchilarning mehnatini va yutuqlarini adolatli baholamaslik ularning motivatsiyasini

pasaytiradi. Baho qo'yishda shaffoflik va adolat muhimdir. Bu o'quvchilarning o'ziga bo'lgan

ishonchini oshiradi va ta'lim jarayonini samarali qiladi.​

7.

O‘quv materiallarini qiyinlashtirish yoki soddalashtirish

O'quv materiallarini o'quvchilarning bilim darajasiga mos ravishda tanlash zarur. Agar

materiallar juda qiyin bo'lsa, o'quvchilar tushunmasligi mumkin; agar juda oson bo'lsa, ularning

qiziqishi kamayadi. Materiallarning qiyinligi va murakkabligi o'quvchilarning bilim darajasiga

mos bo'lishi kerak.

XULOSA: Oʻquvchiga ta'lim berish eng murakkab va nozik masala.Buning uchun oʻqtuvchidan

teran aql, metindek iroda, mehnat va sabr talab etiladi.. Shuningdek, hadislarda ilmning

kishilarni fahm-farosatli, o’tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham

ta’kidlanadi.Oʻquvchiga bilim berishdan avval oʻzi bilimli va salohiyatli boʻlish lozim.Ustozlik

qilish faqatgina oʻquvchilarga dars oʻtib oyligini olish emas baliki bilimni oʻquvchi tushunadigan

usullarda yetkazib berishdir.Bu pedagog mahoratiga bogʻliq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил. Ҳадис. 4 жилдли китоб. 1-китоб.

Ал-жомеъ ас-саҳиҳ (Ишонарли тўплам). Арабчадан 3. Исмоил таржимаси. – Тошкент,

Қомуслар бош таҳририяти, 1991. 14-бет.

2.Ergashev R.N , Abdukarimov X, Bolibekov A Umumiy pedagogika.oʻquv uslubiy

majmua.Guliston-2023

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.06.2018 yildagi PQ-3775-son

4. “Boshlang`ich ta’limda integratsiyaviy – innovatsion yondashuvlar” O`zbekiston Respublikasi

miqiyosida 2019 yil 6 mayda o`tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari Toshkent

2019 8-b.

5. Основные идеи И.Г.Песталоцци. http://uchitel76.ru/ osnovnye-idei-i-g-pestalocci/. Murojaat

sanasi: 2016 yil 24 mart.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

6. Shorustamova D.S. Boshlang`ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik

yondashuv. Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyа. – T., 2019.

7. Кукушин B.C., Болдырева-Вараксина А.В. Педагогика начального образования. / Под

общ. ред. B.C.Кукушина. – М.: ИКЦ «март»; Ростов н/Д: Издательский центр «март»,2019.

8. Mavlonova R.A. Boshlang`ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik

qo`llanma.

T.:

Nizomiy

nomidagi

Toshkent

davlat

universiteti,

2005.

http://library.ziyonet.uz/ru/book/33810. Murojaat sanasi: 2018 yil, 24 mart.

Библиографические ссылки

Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил. Ҳадис. 4 жилдли китоб. 1-китоб. Ал-жомеъ ас-саҳиҳ (Ишонарли тўплам). Арабчадан 3. Исмоил таржимаси. – Тошкент, Қомуслар бош таҳририяти, 1991. 14-бет.

Ergashev R.N , Abdukarimov X, Bolibekov A Umumiy pedagogika.oʻquv uslubiy majmua.Guliston-2023

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.06.2018 yildagi PQ-3775-son

“Boshlang`ich ta’limda integratsiyaviy – innovatsion yondashuvlar” O`zbekiston Respublikasi miqiyosida 2019 yil 6 mayda o`tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari Toshkent 2019 8-b.

Основные идеи И.Г.Песталоцци. http://uchitel76.ru/ osnovnye-idei-i-g-pestalocci/. Murojaat sanasi: 2016 yil 24 mart.

Shorustamova D.S. Boshlang`ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuv. Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyа. – T., 2019.

Кукушин B.C., Болдырева-Вараксина А.В. Педагогика начального образования. / Под общ. ред. B.C.Кукушина. – М.: ИКЦ «март»; Ростов н/Д: Издательский центр «март»,2019.

Mavlonova R.A. Boshlang`ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo`llanma. – T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, 2005. http://library.ziyonet.uz/ru/book/33810. Murojaat sanasi: 2018 yil, 24 mart.