JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti “Pedagogika” kafedrasi
PhD,dotsenti Abdumannotov Elbek
taqrizi ostida
Alimova Laylo Khamza qizi
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti magistranti
E-mail:
ORCID ID: 0009-0001-8441-7764
KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YIN VA IJODIY
FAOLIYATNING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqola kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yin va ijodiy
faoliyatning ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ta’lim jarayonida o‘yin va ijodiy
faoliyatning qo‘llanilishi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini samarali rivojlantirish
vositasi sifatida qaraladi. Maqolada o‘yinlarning talabalarning muloqotga bo‘lgan ishtiyoqini
oshirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni hamda ijodiy faoliyatning tanqidiy
fikrlash va mustaqil fikr bildirish qobiliyatlarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shu bilan birga,
o‘yin va ijodiy faoliyatning talabalarda til boyligini oshirish, faollik va shaxslararo muloqot
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Xulosa qismida ushbu usullarning
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi beqiyos ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so’zlar:
o’yin , ijodiy faoliyat, munozara , rolli o’yinlar, ijodiy topshiriqlar, guruhiy
lohiyalar.
KIRISH
Hozirgi kunda ta'lim tizimi globallashuv jarayonining talablari asosida rivojlanib bormoqda. Bu
jarayonda talabalarning nafaqat nazariy bilimlarni, balki ularning muloqot ko’nikmalarini, ya'ni
kommunikativ kompetensiyasini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki
har bir mutaxasissning o’z kasbiy hamda shaxsiy faoliyati davomida muloqotchanlik qobiliyati
yetarli darajada shakllangan bo’lishi kerak. Bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb
ataydigan samarali muloqot qilish ko’nikmasi har doim ko‘plab izlanuvchi olimlarni qiziqtirgan.
Tilshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika kabi fanlar va boshqa zamonaviy
bilim sohalarida shaxslararo o‘zaro munosabatlarni, shaxsning kommunikativ xatti-harakatlarini
nazariy o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda kommunikatsiya tushunchasiga nisbatan
berilgan qator ta’riflar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tish o’rinlidir.[1]
Kommunikatsiya – bu o’zaro insonlar o’rtasida ma’lumot uzatish hisoblanadi, shuningdek,
kommunikatsiya nafaqat ma'lumot yetkazish, balki uni yaratish funksiyasini ham bajaradi degan
fikrlar ilmiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Demak, kommunikatsiyani o‘zaro fikr
almashishning o‘ziga xos jarayoni sifatida qabul qilish mumkin, uning natijasida o‘zaro yordam
ko‘rsatish hamda turli murakkablik darajalariga ega bo‘lgan harakatlarning muvofiqligi
ta'minlanadi.Shu bilan birgalikda kommunikativ kompetensiya tushunchasiga to’xtaladigan
bo’lsak , kommunikativ kompetensiya — bu samarali muloqot qila olish qobiliyatidir va u
xabarlarni shakllantirish hamda tushunish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.[6]
MATERIALLAR VA USLUBLAR
Kommunikativ kompetensiya talabalar uchun bilimlarni samarali tarzda tushunish, ifoda etish va
baham ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Ular o‘qituvchi va talabalar bilan o‘zaro fikr almashish,
guruhli muhokamalarda qatnashish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tadqiqotchi olim E.I.Litnevskaya kommunikativ kompetensiyaga nisbatan quyidagi ta’rifini
ilgari suradi: “Nutq faoliyatining barcha turlarini og‘zaki va yozma nutq madaniyati
elementlarini, ma’lum bir yoshdagi muloqotning hayotiy sohalari va vaziyatlarida tildan
foydalanishning asosiy ko‘nikmalari va malakalarini o‘zlashtirishdir” .[4-4]
Boshqa bir olim N.I.Gez kommunikativ kompetentlikni “turli ijtimoiy jihatdan belgilangan
sharoitlarda tilni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyati” deb tushunadi. Demak, kommunikativ kompetentlik
nutqni muloqotning maqsadi va holati bilan taqqoslash qobiliyatini, shuningdek, kommunikativ
xatti-harakatlarning madaniy va ijtimoiy me’yorlarini hisobga olgan holda muloqotni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda o’quv jarayonida o‘yin va ijodiy faoliyatdan foydalanish kommunikativ
ko‘nikmalarni rivojlantirishning samarali usuli hisoblanadi. Bu ikkala faoliyat turi talabalarning
kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki o'yin shaxsni
tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta'lim berish, uni ijtimoiy hayotga tayyorlash xususiyatlariga ega.
Mavjud xususiyatlari tufayli o'yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan
biri bo'lib kelmoqda. O‘yinlar va ijodiy faoliyat o‘quvchilarga o‘zaro muloqot qilish, fikr
almashish va boshqalar bilan muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi. Bu jarayonlar,
ayniqsa, o‘z fikrini erkin ifoda etish va boshqalar bilan samarali muloqot o‘rnatish uchun
zarur.Shuningdek, o‘yin va ijodiy faoliyatlar orqali o‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy fikrlarini va
his-tuyg‘ularini ifoda etishga, shuningdek, boshqalarning fikrlarini tinglashga o‘rganadilar. Bu
o‘z navbatida, kommunikativ ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.Ijodiy faoliyat va
o‘yinlar o‘quvchilarga mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa ularning
muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Bundan tashqari o’quv jarayonida o’yin va ijodiy faoliyatdan foydalanishning bir qancha
afzalliklari mavjud ,shuningdek ,bular ta’lim sifatini oshirishga va talabalarni kasbiy hamda
shaxsiy faoliyatiga bir qancha ijobiy ta’sir etadi. Ijodiy faoliyat kommunikativ ko‘nikmalarni
rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi, chunki u talabalarga o‘z fikrlarini aniq va erkin
ifoda etish, boshqalar bilan samarali muloqot qilish, shuningdek, turli vaziyatlarda muammolarni
hal etish imkoniyatini beradi. Kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari bo‘lgan nutq,
tinglash, tushunish va fikr almashish ko‘nikmalarini ijodiy faoliyat orqali rivojlantirish samarali
usullardan biridir.
Ijodiy faoliyatning kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi asosiy afzalliklari:
Til boyligini oshirish.
Ijodiy faoliyat jarayonida, masalan, hikoya tuzish yoki rolli o‘yinlar
orqali o’quvchilar yangi so‘z va iboralarni o‘rganadi. Ular o‘z g‘oyalarini so‘z bilan ifodalashga
o‘rganadi, bu esa lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi.
Tushuntirish va izohlash ko‘nikmasini rivojlantirish
. Ijodiy faoliyat davomida o‘z ishini
yoki yaratilgan narsani tushuntirish talab etiladi. Masalan, rasm chizib bo‘lgach, o’quvchi o‘z
asarini tasvirlab beradi, bu esa fikrni aniq ifodalashni o‘rgatadi.
Tinglash va fikr almashish.
Jamoaviy ijodiy mashg‘ulotlar davomida o’quvchilar bir-
birlarini tinglashga va fikr almashishga o‘rganadilar. Bu esa empatiya va muloqot madaniyatini
rivojlantiradi
Shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish
— jamoaviy o‘yinlar va loyihalar
o‘quvchilarni boshqalar bilan samarali hamkorlik qilishga, muammolarni birgalikda hal qilishga
o‘rgatadi.
Masalan, rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilar turli ijtimoiy vaziyatlarda qanday muloqot qilish
kerakligini o‘rganadilar. Bu ularga muloqotda ishonchli bo‘lish, o‘z nuqtayi nazarlarini himoya
qilish va boshqalarning fikrini tinglash ko‘nikmasini beradi.Ijodiy faoliyat o‘quvchilarda
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan birga, o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon
qilishga yordam beradi. Ijodkorlik talabaning faqat o‘z fikrini bildirishigina emas, balki yangi
g‘oyalar yaratish qobiliyatini ham shakllantiradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Izlanishlar natijasida kommunikaitv kompetensiyani rivojlantirishda o’yin va ijodiy faoliyat
muhim komponentlardan biri ekanligini tasdiqlovchi bir qancha misollar o’rganib chiqildi va
o’quv jarayonida ijodiy faoliyatdan foydalanish usullari keltirilib o’tildi.
O’quv jarayonida ijodiy faoliyatdan foydalanish uchun amaliy tavsiyalar:
T/r
Ijodiy faoliyat usullari
Afzalliklari
1.
Munozara va bahs-munozaralar
o‘quvchilar mavzuga oid o‘z fikrlarini
bildirish orqali muloqotda faol ishtirok
etadilar.
2.
Insho va hikoya yozish
bu usul o‘quvchilarning o‘z fikrlarini
yozma shaklda ifoda etish ko‘nikmasini
rivojlantiradi.
3.
Ijodiy topshiriqlar bajarish
jamoaviy loyiha yoki sahna ko‘rinishlarini
tayyorlash orqali o‘quvchilar bir-biri bilan
samarali hamkorlik qilishni o‘rganadilar
4.
Rolli o‘yinlar
O‘qituvchilar darslarda turli vaziyatlarni
aks ettiruvchi rolli o‘yinlarni tashkil
etishlari mumkin. Bu o‘quvchilarning
haqiqiy hayotiy vaziyatlarda muloqot
qilish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi
5.
Guruhiy loyihalar tashkil etish
o‘quvchilarga
guruh
bo‘lib
loyiha
tayyorlash topshirig‘ini berish ularni
birgalikda ishlash va fikr almashishga
undaydi.
MUHOKAMA
O‘yinlar va ijodiy faoliyat faqatgina individual rivojlanish emas, balki guruhda muloqot qilish,
fikr almashish va turli fikrlarni muhokama qilish imkoniyatlarini yaratadi. Muhokama jarayoni
o‘zaro hurmat, tinglash va fikrlarni asoslash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, shuningdek, bu
o’quvchilarda tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oshiradi. O‘yin va ijodiy
faoliyat davomida o‘quvchilar o‘z fikrlarini boshqalarga yetkazishda yanada ishonchliroq va
aniqroq bo‘lishadi. Ijodiy faoliyat, masalan, san’at yoki yozma faoliyat, kommunikativ
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun kerakli vosita hisoblanadi. Bu jarayonda o’quvchi nafaqat o‘z
fikrini bayon qiladi, balki turli vositalar orqali boshqalarga o‘zini ifodalaydi. Ijodiy faoliyatda
nutq, tasavvur va mantiqiy fikrlashni birlashtirish zarurati bor, shuningdek, bunday faoliyatning
til va so‘z boyligini oshirishga qaratilgan. Rolli o‘yinlar yoki guruhli o‘yinlar davomida
ishtirokchilar o‘z fikrlarini aniq va samarali ifodalash, bir-birlarini tinglash va tushunish, turli
nuqtai nazarlarga ochiq bo‘lish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularning
kommunikativ qobiliyatlarini oshiradi.
XULOSA
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xulosa qilib aytganda , talabalar uchun kommunikativ kompetensiya nafaqat ta’lim jarayonida,
balki kelajakdagi professional va shaxsiy hayotlarida ham muhim omil hisoblanadi.
Kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yin va ijodiy faoliyatning o‘rni beqiyosdir.
O‘yin o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish bilan birga, o‘quvchilarning
muloqotga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Ijodiy faoliyat esa talabalarda mustaqil fikrlash,
ijodkorlik va o‘z fikrlarini ravon ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shunday qilib, o‘yin va
ijodiy faoliyat kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib, o‘quvchilarga
o‘zaro muloqot qilish, ijodkorlik va muammolarni hal qilishda yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Begmatova Dilnoza, & Alimova Laylo. (2024). “Talabalarning kommunikativ
kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish” International Innovation
and Researches, 1(2), 121–124.
2. Byram, M. (2000). Assessing Intercultural Communicative Competence: Theory and
Practice. Cambridge University Press.
3. Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson Longman.
4. Littlewood, W. (2004). The Task-based Approach: Some Questions and Issues. ELT Journal,
58(4), 319-327.
5. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. Harvard University Press.
6.
