Авторы

  • Erkinboyev Fozilbek Zakirjon o’g’li
    Navoiy Davlat Universiteti tarix fakulteti tarix qo’shimcha davlat huquqi 4- kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72696

Ключевые слова:

“Shajarayi turk” “Shajarayi tarokima” Firdavs-ul-iqbol Ya.Gʻ.Gʻulomov Q.Munirov «Munis Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari» Dr.D.G.Messerschmid N.P.Rumyansev Qozon universiteti.

Аннотация

Mazkur  maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy merosi, uning tadqiq qilinishi va ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, uning asarlari qanday manbalarga asoslanganligi, ularning mazmuni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Erkinboyev Fozilbek Zakirjon o’g’li

Navoiy Davlat Universiteti tarix fakulteti tarix qo’shimcha

davlat huquqi 4- kurs talabasi

ABULG’OZI BAHODIRXON TARIXIY ASARLARINING O’RGANILISHI VA

TADQIQ QILINISHI

Annotatsiya;

Mazkur maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy merosi, uning

tadqiq qilinishi va ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi tahlil qilinadi. Shu

bilan birga, uning asarlari qanday manbalarga asoslanganligi, ularning mazmuni va

ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit

so’zlar;

“Shajarayi

turk”,

“Shajarayi

tarokima”,

Firdavs-ul-iqbol,

Ya.Gʻ.Gʻulomov, Q.Munirov «Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari»,

Dr.D.G.Messerschmid, N.P.Rumyansev, Qozon universiteti.

O‘zbek tarixshunosligi va madaniy merosida Abulg‘ozi Bahodirxonning tutgan o‘rni

beqiyosdir. U nafaqat Xiva xoniligi hukmdori sifatida davlat boshqaruvini olib borgan, balki

mohir tarixnavis sifatida ham ulkan ilmiy meros qoldirgan. Uning asarlari Markaziy Osiyo

xalqlari, ayniqsa turkiy qabilalarning kelib chiqishi, davlat tuzilishi, etnik tarkibi va siyosiy tarixi

haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U tomonidan yozilgan “Shajarayi turk” va “Shajarayi

tarokima” asarlari turkiy xalqlarning etnogenezi, siyosiy tarixi va madaniyatini o‘rganishda

muhim manba hisoblanadi.

Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy asarlari o‘z davrida ham, keyinchalik ham Sharq va G‘arb

olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. XVIII–XIX asrlarda uning asarlari rus, frantsuz, nemis

va ingliz, turk tillariga tarjima qilinib, jahon tarixshunosligida katta qiziqish uyg‘otgan. Bugungi

kunda ham uning ilmiy merosi O‘zbekiston va boshqa turkiy davlatlarda keng o‘rganilmoqda,

turli tadqiqotlar va dissertatsiyalar yozilmoqda.

Abulgʻozi Bahodirxonning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlariga ular xususida

ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan Munis va Ogahiyning «Firdavs-ul-iqbol» asarida

S.P.Tolstov «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» nomli kitobida, Ya.Gʻ.Gʻulomov

«Xorazmning sugʻorilish tarixi», Bayoniy esa «Shajarayi Xorazmshohiy» kitobida nihoyatda iliq

va ijobiy fikrlar bildirganlar. Shuningdek, P.P.Ivanov va A.K.Borovkovlar «XVI-XIX asrlar

turkman tarixining manbalari haqida mulohazalar» nomli asarida, B.V.Lunin «Oʻrta Osiyo

tarixidan ocherklar» risolasida, M.I.Yoʻldoshev «Xiva xonligida yer egaligi va davlat tuzilishi»

asarida, B.V.Bartold «Madaniy hayot tarixi», Q.Munirov «Munis, Ogahiy va Bayoniyning

tarixiy asarlari», B.A.Ahmedov «Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati»

1

kabi asarlarida ham

Abulgʻozi Bahodirxonning ijodiga yuqori baxo berganlar. Shuningdek bu asarlar bo’yicha bir

qancha tanqiqotlar olib borilgan shu bilan birgalikda Abulg’ozi Bahodirxon asarlari keyingi

yaratilajak asarlar ilmiy ishlar uchun dastur-ul amal bo’ldi desak noto’g’ri bo’lmas.

Gʻarbiy Yevropada esa asar nemis, ingliz, fransuz tillarida, hatto Amerikada ham tarjima

qilinib nashr ettirildi. Yevropa dunyosi bu asar bilan oʻtgan asrning ikkinchi choragida tanishdi.

Poltav yaqinidagi gʻalabadan soʻng Sibirga joʻnatilgan shved ofiserlari Tobolskda

1

X. Hudoynazarov “Shajarayi turk” va uning o’rganilishi TOSHKENT “o’qituvchi” 1993. 7-bet.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Abulgʻozixonning qoʻlyozmasi va uning mundarijasi bilan tanishgach bu asar tarjimasi ustida

ishlay boshladilar. Bu ilmiy tadqiqotning asosiy tashabbuskori Filipp Ioann Tabbert Shtralenberg

edi. Rus tilini yaxshi bilgan buxorolik oxund Abulgʻozixon asarining tarjimasini rus

yozuvchisiga bayon qilgan. Oʻz navbatida shved Shenstrem rus tilidagi tarjimadan foydalanib

asarni nemis tiliga tarjima qilishga muvaffaq boʻladi. Bu tarjima 1780-yilda –Abulgasi Bahadur

Chan'S Geschlecht buchder Mungalishen Chanen, auseiner turkischen Handschrift udersetzt von

Dr.D.G.Messerschmid, 17801 Messershmidt tahrin ostida chop etilgan. Asar nemis tiliga tarjima

qilinishidan oldin fransuz tilida 1726-yil Bryusselda nashr qilingan

2

. Bu nashrga Bendik

tomonidan izoh qilingan. Ushbu fransuz tilidagi tarjima oʻz navbatida asarning ingliz tilidagi

tarjimasi (1780) uchun ham asos boʻlib xizmat qildi. Rus olimi Trediakovskiy asarni fransuz

tilidan rus tiliga «Родословная история о татарах, переведенная на французкий язык с

рукописныя татарской книги, сочинения Абулғачи-Баядур-Хана… а с французского на

Российской в Академии наук» (1770) nomi bilan ikki tomda nashr qildiriladi.

Rus olimi G.Sablukovning qayd etishicha, asarning barcha tarjimalarini ham aniq va to’la

ishonchli deb boʻlmaydi. Chunki ularning hech biri biror bir tarixiy voqealikni yoki muammoni

aniq yoritib bera olmaydi. Abulgʻozixon asarining siyosiy tili bilish ham

olimlarga biroz

qiyinchilik tug’durdi. Shunga qaramasdan asarlar tarjimasida mazmun to’laqonli yortilmasa ham

qoniqarli ochilgan va biz ilim dunyosi xulosa olishimiz uchun yetarlidir. Asar matnidagi

iboralarning aniqroq tushuntirilishi hamda tarixiy bilimlarning manbalar va faktlar shunindek

ilmiy aniqliklar asosida toʻldinlish maqsadidan kansler graf N.P.Rumyansev Abulgʻozixon

asarining nashri uchun mablagʻ ajratdi va asar Qozon universiteti tipografiyasida chop etildi.

Vengriya fanlar akademiyasining to’laqonli aʼzosi, mashhur sharqshunos olim G.Vamberi

1863 yilda Tehrondan chiqib Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi boʻylab sayohat qiladi. Bu

sayohat davomida Abulgʻozining «Shajarayi turk» kitobini qoʻliga tushib qoladi va u bilan

mukammal tanishadi. Kitob sharqshunos olimga kuchli taʼsir qilib uning turk dunyosi haqidagi

fikrini o’zgartirib yuboradi . Shu boisdan ham u «Shajarayi turk» asariga yuksak baho bergan edi.

«Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat» (1865) nomli kitobida Abulgʻozining ijodi bilan 1870 yillardan

boshlab qiziqib kelgan P.N.Demezon 1871-1874 yillar orasida «Shajarayi turk»ni

fransuz tiliga tarjima qiladi.

3

«Shajarayi turk» tarjimasi unga katta shuhrat keltiradi.

Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Abulgʻozixonning «Shajarayi turk»

asari oʻtmishda Sharq tarixchilari, rus va Gʻarbiy Yevropa sharqshunoslarining eʼtiboriga

sazovor boʻlgan noyob asarlardan boʻlib kelgan. U qariyb uch asrdan buyon turkiy xalqlar tarixi

boʻyicha qimmatli manba sifatida oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. «Shajarayi tarokima» va

«Shajarayi turk» asarlarning tarixshunoslik fanida tutgan oʻrni va ahamiyati haqida bir qator

ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari Yevropa olimlari ilmiy jamaotchilik

Abulg’ozi Bahodirxon merosiga alohida etibor beradi va yuksak baholaydi. 1938 yilda yaratilgan

«XVI—XIX asrlar turkman tarixining manbalari haqida munozaralar» hamda 1958-yilda nashr

etilgan «Oʻrta Osiyo tarixidan ocherklar» nomli kitoblar Abulgʻozining tanxchilik faoliyati

toʻgʻrisida ham bahs yuritgan asarlardandir. «Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining muarrixligi bilan

mo‘tadil, turk tarixchilari orasida shuhrat qozongan va shu bilan bir vaqtda Xiva hukmdori

2

«Histoire genealogique des Tatars, traduite du manuscript tartare d'Abulgasi – Bahadur – Chan, et enrichie d'un

grand nombre de remarques et tres curieusus sur le veritable estat present de l'Asie septentrionale, aves cartes

geographiques necessaries. ParD.»

3

X. Hudoynazarov “Shajarayi turk” va uning o’rganilishi TOSHKENT “o’qituvchi” 1993. 7-bet.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

(1643—1663) bo‘lib, uning asarlari Rossiya va chet el tillariga ham tarjima qilingandir»

4

, — deb

yozadi olim A. Semenov.

Foydalagan adabiyotlar:

1. Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi turk” .Toshkent. Cho’lpon nashiryoti 1992

2. Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi tarokima” . 1995

3. X. Hudoynazarov “Shajarayi turk” va uning o’rganilishi TOSHKENT “o’qituvchi” 1993. 7-

bet.

4. «Histoire genealogique des Tatars, traduite du manuscript tartare d'Abulgasi – Bahadur –

Chan, et enrichie d'un grand nombre de remarques et tres curieusus sur le veritable estat present

de l'Asie septentrionale, aves cartes geographiques necessaries. ParD.»

5. Semenov A. A. Sobranie Vostochnyx rukopisey, tom 1, Toshkent, 1952, 72-bet.

6. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

7. Turk sajarasi Riza Nur Turkiya Istanbul 1925.

4

Semenov A. A. Sobranie Vostochnyx rukopisey, tom 1, Toshkent, 1952, 72-bet.

Библиографические ссылки

Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi turk” .Toshkent. Cho’lpon nashiryoti 1992

Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi tarokima” . 1995

X. Hudoynazarov “Shajarayi turk” va uning o’rganilishi TOSHKENT “o’qituvchi” 1993. 7-bet.

«Histoire genealogique des Tatars, traduite du manuscript tartare d'Abulgasi – Bahadur – Chan, et enrichie d'un grand nombre de remarques et tres curieusus sur le veritable estat present de l'Asie septentrionale, aves cartes geographiques necessaries. ParD.»

Semenov A. A. Sobranie Vostochnyx rukopisey, tom 1, Toshkent, 1952, 72-bet.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

Turk sajarasi Riza Nur Turkiya Istanbul 1925.