Авторы

  • Jurayev Bahodirxon Jahongirxon o‘g‘li
    Farg‘ona shahar 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72698

Ключевые слова:

mumtoz adabiyot salaflar nazira tatabbu’ bayt misra lirika an’anaviylik.

Аннотация

Mazkur maqolada mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan salaflarga ergashib asar yaratishning o‘ziga xos jihatlari, xususan, nazira, tatabbu’lar haqida qisqacha so‘z yuritilgan. Bunday izdoshlikda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Jurayev Bahodirxon Jahongirxon o‘g‘li

Farg‘ona shahar 19-ixtisoslashtirilgan

davlat umumta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

MUMTOZ ADABIYOTDA NAIZRA VA TATABBU’

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan salaflarga ergashib asar

yaratishning o‘ziga xos jihatlari, xususan, nazira, tatabbu’lar haqida qisqacha so‘z yuritilgan.

Bunday izdoshlikda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

mumtoz adabiyot, salaflar, nazira, tatabbu’, bayt, misra, lirika, an’anaviylik.

NAIZRA AND TATABBU IN CLASSICAL LITERATURE

Annotation:

This article briefly talks about the peculiarities of creating a work following the

predecessors common in our classical literature, in particular, nazira, tatabbus. Such a following

also focuses on aspects to be respected.

Keywords:

classical literature, predecessors, nazira, tatabbu’, beit, misra, lyric, traditionalism.

НАИЗРА И ТАТАББУЬ В КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация:

В этой статье кратко рассказывается об особенностях создания произведения

вслед

за

широко

распространенными

в

нашей

классической

литературе

предшественниками, в частности, назира, татаббу. В такой последовательности также

уделяется внимание аспектам, на которые следует обратить внимание.

Ключевые слова:

классическая литература, предшественники, назира, татаббу, строфа,

строфа, лирика, традиционализм.

O‘zbek mumtoz adabiyotida salaflardan keying avlod uchun o‘tib kelayotgan an’analar mavjud

bo‘lib, ijodkorlar bu an’analarni o‘ziga xos tarzda davom ettiradi va yangicha qarashlar bilan

boyitib keldilar. Mumtoz she’riyatimizda ko‘p asrlardan beri rivojlanib kelayotgan o‘zidan oldin

yaratilgan lyrik asarlarga o‘xshatib asarlar yozish an’anasi lirik janrlarda yaqqol ko‘zga

tashlanadi. Biz quyida shularning ayrimlari, xususan, naziralar va tatabbu’lar haqida qisqacha

so‘z yuritmoqchimiz.

“Nazira – (arabcha o‘xshash narsa) o‘tgan yoki zamondosh shoirlar asarlariga o‘xshatma, javob

tariqasida yaratilgan asar. Shoir nazira yaratar ekan, biror asarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydi,

unga ijodiy yondashadi, asar mazmunini rivojlantiradi, g‘oyaviy motivlari, obrazlarini boyitadi,

badiiy qimmatini oshiradi. Shu bilan u asarga o‘z davri, tarixiy sharoiti va adabiy muhiti ruhini

kiritadi” [1.165].

O‘zbek mumtoz she’riyatining mashhur vakillari – Alisher Navoiy, Husayniy – Husayn Boyqaro,

Mashrab, Furqat kabilarning bu sohada mohirona qalam tebratganlari ma’lum. Alisher

Navoiyning fors tilida yozilgan “Devoni Foniy” asari naziralar to‘plamidir. Alisher Navoiy

mazkur asari bilan o‘zbek adabiyotida fors-tojik tilida yaratilgan nazirachilikning asoschisi

sifatida tarixda qoldi. Nazira sifatida asar yaratish ayniqsa adabiy muhitlarda anchayin keng


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tarqalgan. Adabiy muhitlarning asoschilari yoki ko‘zga ko‘ringa vakillariga ergashib nazirlar

yozish Hirot, Qo‘qon, Xiva Buxoro adabiy muhitida anchayin keng tarqalgan. Misol uchun Hirot

adabiy muhitida yaratilgan ko‘plab asarlar Alisher Navoiy, Qo‘qon adabiy muhitida Umarxon va

Nodiralarga, Xiva adabiy muhitida esa Feruz asarlariga ko‘plab nazirlar yozilganligi ham

fikrimizni quvvatlantiradi.

Qo‘qon adabiy muhitek mumtoz adabiyotida tatabbu’ atamasi ham keng qo‘llaniladi. Mazkur

atama naziraga yaqin tursa-da, undan farq qiladi. Tatabbu’ – (arabcha ergashmoq) ijodkorning

biron bir shoirga ehtiromi belgisi sifatida yoki bellashish, musobaqalashish maqsadida uning

biron asariga yozilgan javobi. Javob o‘sha asar mavzusi, vazni, qofiya tizimi doirasida yozilishi

shart bo‘lgan. Tatabbu’lar she’riyatning istalgan janri yo shakli – farddan tortib dostongacha

yozilishi mumkin. Adabiyotimizda tatabbu’lar g‘azal va doston shakllarida bitilgan [1.253].

Qo‘qon adabiy muhitida nazirachilik boshqa adabiy muhitlarga nisbatan anchayin keng

rivojlandi. Hamza Hakimzoda Niyoziy 1927-yilda yozilgan she’ri “O‘zbek xotini tilidan”

mumtoz adabiyotimizning zbardas vakili Mashrabning “Dastingdan” radifli muxammasiga

nazira tarzida yozilgan. Hamza Mashrab she’rining vazni, qofiyasi va radifini saqlagan holda

yozgan mazkur she’ri musaddas tarzida yaratadi. Mashrab esa muxammas tarzida bayon qiladi.

Mashrab muxammasida aytishicha, uni ko‘zining oqidek mehribon, ruhi ravoni, dilining quvvati

bo‘lgan yoridan ayirdilar. Oshiq chamanda bulbul kabi oshiyonsiz, hatto vayronalardan ham

makon topa olmaydi. Yaqinidan, azizidan judo bo‘lib, boshida suyanchig‘i yo‘q oshiq hech

kimni o‘zining holatiga tushishini xohlamaydi. Bu yorug‘ olam ham ko‘ziga tordek bo‘lib

ko‘rinadi. Ammo u yaratgandan umid uzmaydi. Hayotga ishonch-umid bilan boqadi, himmat

yo‘liga yetishlikni orzu qiladi:

Iloho, menga yetkurgaymukin xurshidi matlabni,

Saodat vaqtida boshimg‘a chun iqboli kavkabni,

Iloho, sen yetur himmat yo‘lig‘a xasta Mashrabni,

Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin,

Ki men har qayg‘a borsam, dod etarman, dod dastingdin [2.185].

Hamza Hakimzoda Niyoziy musaddasida esa zamona zaylidan noligan, ozodlikka chiqishni orzu

qilgan ayolning dardu hasratlari ifoda qilingan.

Yosh umri jovidonlar bo‘ldi chun barbod, dastingdan,

Asir qoldiq jahonda, bexabar ustod, dastingdan [3.193].

deya tuzimdan aziyat chekkan ayollarning ijtimoiy masalalarni bayon qiladi.

Mashrab muxammasida

Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin,

Ki men har qayg‘a borsam, dod etarman, dod dastingdin


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bayti takrorlanadi.

Hamza nazirasida esa

Hama ozod bo‘ldi, bo‘lmadik ozod dastingdan,

Bugun Baynalmilalga dod etarmiz, dod etarman, dod dastingdan

tarzida takrorlanadi.

Mashrab muxammasida ayol – yor an’anaviy ko‘rinishda, oshiqqa mehr ko‘rsatmaydigan

ma’shuqa sifatida gavdalanadi (Mashrab muxammasida tasavvufiy iarashlar aks etgan). Hamza

musaddasida esa ma’rifatga, ilmga erishmoqchi bo‘lgan ayol gavdalanadi. Mashrab she’rida aks

etgan mavzu Hamza ijodida yangicha ma’noda yangraydi.

Demak, nazira hamda tatabbu’ bir-biridan farq qiladigan adabiy tushunchadir. Nazirada tarixiy

sharoiti va adabiy muhit ruhi aks etadi, tatabbu’da esa asar mavzusi, vazni, qofiya tizimi

doirasida yozilishi shart bo‘ladi. Nazirada mavzu, mazmun va shaklga ijodiy qaraladi,

g‘oyadagina emas, balki badiiy shaklda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Tatabbu’da esa mashhur

shoirning g‘azaliga yoki ijodiga oid asariga uning qofiyasi va vazni saqlanib, javob tariqasida

yoziladigan asarga aytiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ф.Салиев, Г.Қурбониёзов. Адабиётшунослик атамаларининг изоҳли сўзлиги. Тошкент.

“Янги аср авлоди”. 2010.

2. Машраб. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1971.

3. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Тўла асарлар тўплами. 2-том. Тошкент. 1988.

Библиографические ссылки

Ф.Салиев, Г.Қурбониёзов. Адабиётшунослик атамаларининг изоҳли сўзлиги. Тошкент. “Янги аср авлоди”. 2010.

Машраб. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1971.

Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Тўла асарлар тўплами. 2-том. Тошкент. 1988.