JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
direktor va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim
metodikasi” kafedrasi mudiri PhD,
dots. S.S.Raximova taqrizi ostida
Bozorbayeva Gulruh Alisher qizi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti
tayanch doktoranti va Toshkent
gumanitar fanlar universiteti o‘qituvchisi
Elektron pochta manzili:
Telefon raqam: 88-066-66-03
KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NOSTANDART FIKRLASH
RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TANQIDIY FIKRLASH METODLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
ANNONTATSIYA:
Ushbu maqolada katta maktabgacha yoshdagi bolalarning nostandart
fikrlashini rivojlantirishda tanqidiy fikrlash metodlarini takomillashtirish masalasi yoritilgan.
Bolalarning nostandart, kreativ va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli
interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar va o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati
tahlil qilinadi. Maqolada innovatsion yondashuvlar va tajriba natijalari asosida tanqidiy fikrlash
texnologiyalarining samaradorligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida nostandart
fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
katta maktabgacha yosh, tanqidiy fikrlash, nostandart fikrlash, innovatsion
metodlar, interfaol ta’lim, kreativlik.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье рассматривается вопрос совершенствования методов
критического мышления в развитии нестандартного мышления детей старшего
дошкольного возраста. Анализируется значение использования различных интерактивных
методов, проблемных ситуаций и игровых технологий для развития нестандартного,
креативного и логического мышления у детей. В статье на основе инновационных
подходов и результатов эксперимента доказана эффективность технологий критического
мышления. Результаты исследования дополнены практическими рекомендациями,
направленными на развитие нестандартного мышления в образовательном процессе.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
старший дошкольный возраст, критическое мышление,
нестандартное мышление, инновационные методы, интерактивное обучение, креативность.
ANNOTATION:
This article addresses the issue of improving critical thinking methods in
developing non-standard thinking in older preschool children. The significance of using various
interactive methods, problem-solving situations, and game-based technologies to develop non-
standard, creative, and logical thinking skills in children is analyzed. The effectiveness of critical
thinking technologies is proven based on innovative approaches and experimental results. The
research findings are enriched with practical recommendations aimed at fostering non-standard
thinking in the educational process.
KEYWORDS:
older preschool age, critical thinking, non-standard thinking, innovative
methods, interactive learning, creativity.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
KIRISH
Ta’limga texnologik yondashuvni joriy etish tarbiya va ta’lim samaradorligini oshirish
muammosi bilan bog‘liq. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti ta’lim faoliyatin
amalga oshirishda pedagogik ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim texnologiyalarining
xilma-xilligi, rivojlantiruvchi metodlar va shakllarni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ular ta’limiy
ahamiyatga ega va bolalar shaxsini shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-
axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta
ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi hisoblanadi.[1]
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni isbotladiki,
“maktabgacha yosh insonning intellektual, shaxsiy, ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun hal
qiluvchi shart-sharoit hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’limda tanqidiy fikrlashdan
foydalanish bolalar tafakkurining keyingi rivojlanishi uchun zamonaviy talablar asosida
poydevor yaratishi mumkin” [2].
MATERIALLAR VA USLUBLAR:
O.I. Zagashovning fikriga ko‘ra, “tanqidiy fikrlash faol va ijodiy metodlarga yo‘l ochadi. Bola
noodatiy shaxs sifatida shakllanishi uchun uni shunchaki ma’lumot bilan to‘ldirish emas, balki
tanqidiy fikrlashga, olingan ma’lumotlar asosida mustaqil xulosa chiqarishga, mulohaza
yuritishga va to‘g‘ri savollar qo‘yishga o‘rgatish lozim” [3].
D.Halpern o‘z tadqiqotida ta’kidlaydiki, “tanqidiy fikrlash – bu yo‘naltirilgan fikrlash bo‘lib, u
vazminlik, mantiqiylik va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bu fikrlash turi
maqsadga erishish ehtimolini oshiradigan kognitiv ko‘nikmalar va strategiyalardan foydalanishni
o‘z ichiga oladi” [4].
O‘z tadqiqotida G.Devar ta’kidlaydiki, “bolalarga tanqidiy fikrlashni o‘rgatish ularning shaxsiy
rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshirishi mumkin. Shuni e’tiborga olish lozimki, maktabgacha
yoshdagi bolalar dalillar bilan isbotlangan fikrlarni isbotsiz bayon etilgan fikrlarga qaraganda
yaxshiroq tushunadilar” [5]. Biroq, bu jarayon faqat shu bilan cheklanmaydi: “tanqidiy fikrlash
jarayonida nafaqat aql, balki hissiyotlar va kechinmalar ham ishtirok etadi. Natijada, tanqidiy
fikrlash insonni faol harakat qilish, shu jumladan, jamiyat uchun muhim bo‘lgan faoliyatga
yo‘naltirish usullariga o‘rgatadi” [6].
Tanqidiy fikrlash ko‘plab ko‘nikma va malakalarni, jumladan, nostandart fikrlash va nutqiy
faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Ushbu ko‘nikmalar tez shakllanadi,
chunki mashg‘ulotlar davomida bolalar axborotni izlash va tahlil qilishda faol ishtirok etadilar,
o‘z fikrlarini bildirishadi, o‘z nuqtai nazarini ifoda etish va muloqotda tashabbus ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasining asosi L.S. Vygotskiyning nazariyasiga
tayanadi: "har qanday tafakkur ichki bahs natijasidir, xuddi inson ilgari boshqalarga nisbatan
qo‘llagan shakl va xulq-atvor usullarini o‘ziga nisbatan takrorlayotgandek" [7].
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR:
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning nostandart fikrlash rivojlantirish bo‘yicha tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish metodlari axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi yaxlit
tizim bo‘lib, u turli usullar majmuasini o‘z ichiga oladi. Bu usullar dastlab bolani qiziqtirishga,
keyin esa materialni anglash sharoitini yaratishga va olingan bilimlarni umumlashtirishga
yordam berishga yo‘naltirilgan.
Keling, metodlarni ko‘rib chiqamiz.
1.Oldindan taxmin qilish
Tarbiyachi bolalarga mashg‘ulot mavzusini matn sarlavhasi shaklida taqdim etadi. Bolalar esa
sarlavha mazmuniga e’tibor qaratib, unda nima haqida so‘z yuritilishi mumkinligini tushunishga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
harakat qilishadi.
Masalan, mavzu:
Gulhaniyning “Zarbumasal” asaridagi masallarini o‘qish.
Tarbiyachi so‘raydi:
o
“Sizningcha, hikoyada nimalar haqida so‘z boradi?”
o
“Qanday hayvonlar haqida gap ketishi mumkin?”
o
“Nomiga mos keladigan surat yoki rasmlarni toping”
2. "Ha – Yo‘q"
Tarbiyachi bolalarning mavjud bilimlarini tartibga solib, yagona tasavvur hosil qiladi. U jonli
yoki jonsiz biror narsani o‘ylaydi, bolalar esa savollar berib, ushbu narsani topishga harakat
qilishadi. Pedagog faqat “ha” yoki “yo‘q” deb javob beradi.
Masalan,
“Koinot”
mavzusiga doir savol-javob o‘yini:
Bu sayyorada katta halqalar bormi? – Yo‘q
Bu eng katta sayyora? – Ha
Shu asosda bolalar bu Yupiter ekanligini anglab yetishadi.
3. “G‘oyalar savati”
Tarbiyachi bolalarga mavzuga oid narsalarni “savatchaga” joylashtirishni taklif qiladi. Bolalar
turli tasvirlar, sxemalar yoki obyektlar rasmlarini qo‘yishadi. Hafta davomida ular yangi
ma’lumot o‘rganib, savatchaga yangi narsalar qo‘shishlari mumkin. Yakuniy suhbatda
savatchaning mazmuni ko‘rib chiqilib, umumiy xulosa chiqariladi.
4. “Uchta rasmlardan hikoya tuzamiz”
Tarbiyachi bolalarga mavzuga oid rasmlarni ko‘rsatadi va bolalarga ulardan foydalanib hikoya
tuzishadi. Masalan: ushbu 3 ta rasmdan
XULOSA
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shuni ta’kidlash kerakki, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning nostandart fikrlash
rivojlantirish bo‘yicha tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlariga nutqiy mashg‘ulotlarida
foydalanish ijobiy natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. Eksperimental ish jarayonida
bolaga faoliyatni erkin tanlash, qaror qabul qilish, his-tuyg‘ulari va fikrlarini ifodalash uchun
sharoit yaratiladi. Rivojlantiruvchi qulay muhit va o‘yin usullari tarbiyalanuvchilarning
nostandart fikrlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim jarayoniga tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
metodlarini joriy etish innovatsion faoliyat bo‘lib, u samarali va natijaviy bo‘ladi hamda
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nostandart fikrlash rivojlantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi” O‘RQ-595-sonli
Qonuni.-T.,2019
2. Гуськова О.А. Технология развития критического мышления как средство речевого
развития дошкольников // Актуальные вопросы современной науки: теория,
методология, практика, инноватика: материалы междунар. науч. конф. Уфа : Изд. НИЦ
Вестник науки. 2020. С. 163-170.
3. Загашев И.О., Заир-Бек С.И. Критическое мышление : Технология развития. М. :
Альянс-Дельта, 2003. 153 с
4. Халперн Д. Психология критического мышления / Д. Халперн. М. : «Питер», 2000.
512 с.
5. Dewar G. Critical thinking in children : Are we teaching our kids to be dumb? // The
adapted
mind.
New
York
:
Oxford
University
Press.
https://www.parentingscience.com/critical-thinking-in-children.html
(дата
обращения:
13.07.2020).
6. Нагаева Н. Технология развития критического мышления в ДОУ [Электронный
ресурс]
:
URL:
https://www.maam.ru/detskijsad/tehnologi
razvitija-kriticheskogo-
myshlenija-v-dou.html (дата обращения 23.12. 2019).
7. Выготский Л. С. Педагогическая психология. М. : АСТ, 2012. 156 с.
