JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Astanova Zebiniso Sharifjanovna
Buxoro shahar 80 -tayanch Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori
Muhammedova Shahodat Valiyevna
Maktabga tayyorlov guruh Tarbiyachisi
MTTDA VA STEAM TEXNOLOGIYALARI- ZAMONAVIY TA’LIMDA
INNOVATSION YONDASHUV
Annotatsiya:
Ushbu maqolada MTTda (Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ) va STEAM
(Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) texnologiyalarining zamonaviy ta’lim
tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. STEAM yondashuvi maktabgacha ta’lim bosqichida bolalarning
ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, innovatsion
texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
MTT, STEAM, innovatsion ta’lim, maktabgacha ta’lim, fan va texnologiya,
muhandislik, san’at, matematika, ijodiy tafakkur.
Abstract:
This article analyzes the role of MTT (Preschool Educational Organizations) and
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) technologies in the modern
education system. It highlights the role of the STEAM approach in developing children's
scientific and creative abilities at the preschool education stage. It also examines the advantages
of effectively organizing the educational process using innovative technologies.
Keywords:
MTT, STEAM, innovative education, preschool education, science and technology,
engineering, art, mathematics, creative thinking.
Kirish
Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etish dolzarb masalalardan biridir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) STEAM yondashuvi orqali bolalar ijodkorligi,
muammolarni hal qilish qobiliyati va ilmiy tafakkuri rivojlanadi. STEAM metodikasi an’anaviy
ta’lim yondashuvlariga qaraganda interfaol va tajribaviy o‘rganishga asoslangan bo‘lib, bu esa
bolalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qiladi. Ushbu maqolada STEAM
texnologiyalarining MTTda qo‘llanilishining ahamiyati, afzalliklari va natijalari tahlil qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi ―Oʻzbekiston
Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida‖gi farmoni PF-4312 misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini
yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini
taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha
taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning
ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi. Kontsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari;
-maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
- innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish
(axborot ma‘lumotlar bazasini va multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish, uy ta‘limi va ota-
onalarning ma‘lumot olishi uchun raqamli ta‘lim resurslarini tatbiq etish, respublikaning barcha
MTMlarini kompyuterlar bilan ta‘minlanishini va Internet tarmog ‘iga ulanishini bosqichma-
bosqich amalga oshirish);
-kadrlarni tanlashda va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish (xalqaro ta‘lim
standartlarini tatbiq etish, chet el ekspertlarini jalb qilish va chet elga tajriba orttirish safarlarini
tashkil etish, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish,
kadrlarni moddiy rag batlantirish va ijtimoiy qo llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish).
Prezidentimiz tashabbusi bilan prezident maktablarida STEAM fanlari darslik sifatida o‘tila
boshladi. STEAM-bolalarning intellektual qobiliyatlarini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb
qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U bolalarning aniq tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlanishiga qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEAM- ta’lim texnologiyasi quyidagicha
ma’no kasb etadi. S- Science (Fan), T- Technology (texnologiya), E- Engineering (Muhandislik),
A-Art (San’at), M –Mathematics (Matematika). Biz yaxshi bilamizki, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalar faoliyati rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etiladi. Bu markazlar
quyidagilar:
Til va nutq;
Ilm fan va tabiat;
San’at;
Qurish-yasash va konstruksiyalash;
Sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi;
Rivojlantiruvchi markazlar bolalar faoliyati mazmunini samarali tashkil etish uchun xizmat
qiladi. Rivojlantiruvchi markazlar STEAM integratsiyalagan sohalarni o‘zida aks ettiradi. Misol
uchun ilm-fan va tabiat markazi-S- Science (Fan) bilan, san’at va sujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish makazi- A-Art (San’at) bilan, qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika
markazi-E- Engineering (Muhandislik) va M –Mathematics (Matematika) bilan hamohang.
STEAM –ta’limining 10 ta afzallik tomoni bor.
Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “ mavzu” lar bo‘yicha integratsiyalab olib
borish. STEAM –ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning
asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integratsiya qilish
yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash. STEAM – ta’limida amaliy mashg‘ulotlar
yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har
bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni
rivojlantiradi.
Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish. STEAM–dasturi,
bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy
tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan
mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng,
kutilgan natijaga erishilmasa uning sabablari haqida o‘ylaydilar va topadilar. Balkim,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
g‘ildiraklarining kattaligi yoki aerodinamikasi to‘g‘ri kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng ular
kamchiliklarni bartaraf etib boradilar.
Xulosa
MTTda STEAM texnologiyalaridan foydalanish bolalarning ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv ta’lim jarayonini yanada interfaol va qiziqarli qiladi,
shuningdek, bolalarning texnik va muhandislik sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar orqali kelajak avlodining tafakkurini
rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, STEAM texnologiyalarining
maktabgacha ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Saidova, D. E. (2024, August). ACTIVITIES OF THE JADIDS IN THE FIELD OF
MUSICAL EDUCATION AND EDUCATION. In
INTERDISCIPLINE INNOVATION AND
SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE
(Vol. 2, No. 21, pp. 236-246).
2. Erkinovna, S. D. (2025). BUXORO ADABIY MUHITIDA MUSIQA ILMINING O
‘QITILISHI. Introduction of new innovative technologies in education of pedagogy and
psychology, 2(2), 64-69.
3. Erkinovna, S. D. (2025). BUXORO ADABIY MUHITIDA MUSIQAGA OID
QARASHLAR (XIX OXIRI XX ASR BOSHLARIDA). Introduction of new innovative
technologies in education of pedagogy and psychology, 2(2), 47-52.
4. Икромова, С. А. (2024). КОНСУЛЬТИРОВАНИЕ И ТЕРАПИЯ ЛЮДЕЙ В
СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЕ. New modern researchers: modern proposals and solutions, 1(2), 8-
14.
5. Ikromova, S. A. (2024). EMOTSIYALAR VA ULARNING PSIXOLOGIK
TA’SIRI. Problems and solutions at the stage of innovative development of science, education
and technology, 1(2), 105-110.
6. Ikromova, S. A. (2024). PSIXOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING DAVOLASH
USULLARI. Problems and solutions at the stage of innovative development of science,
education and technology, 1(2), 75-80.
7. Икромова, С. А. (2024). ЭМОЦИИ И ИХ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ЭФФЕКТЫ. New
modern researchers: modern proposals and solutions, 1(2), 49-55.
8. Ikromova, S. A. (2024). STRESS VA UNING PSIXOLOGIK TA’SIRI. Problems and
solutions at the stage of innovative development of science, education and technology, 1(2),
68-74.
9. Икромова, С. А. (2024). ПСИХОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ ОТ ДЕТСТВА ДО
ВЗРОСЛОСТИ. Introduction of new innovative technologies in education of pedagogy and
psychology, 1(3), 1-7.
10. Akbarovna, I. S. (2024). STRESS, DEPRESSIYA VA BOSHQA RUHIY
HOLATLARNING PSIXOLOGIYADAGI O'RNI. Science, education, innovation: modern
tasks and prospects, 1(3), 7-13.
11. Akbarovna, I. S. (2024). PSIXOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA
ULARNING AHAMIYATI. Science, education, innovation: modern tasks and prospects, 1(3),
14-19.
12. Akbarovna, I. S. (2024). QAYTA ISHLASH JARAYONI, XOTIRA, FIKRLASH VA
MUAMMONI HAL QILISH. Science, education, innovation: modern tasks and
prospects, 1(3), 32-37.
13.
Akbarovna, I. S. (2024). IJTIMOIY MUNOSABATLAR, GURUH DINAMIKASI VA
INSONLARNING IJTIMOIY DAVRANISHLARI. Science, education, innovation: modern
tasks and prospects, 1(3), 26-31.
