Авторы

  • Xididrov Bobur Yusuf o’g’li
    tayanch doktorant, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76435

Ключевые слова:

Takroriy ekin makkjo‘xori bug’doy biogumus organik chiqindi o‘sish rivojlanish hosildorlik.

Аннотация

Mazkur maqolada Oltinsoy tumani agroekologik sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xori ekinining o‘sishi va rivojlanishiga organik hamda mineral o‘g‘itlarning ta’siri tahlil qilinadi. Turli o‘g‘it turlari va ularning ta’sir darajasi o‘rganilib, hosildorlik va tuproq unumdorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xididrov Bobur Yusuf o’g’li

tayanch doktorant, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.

E-mail: boburjonkhidirov@gmail.com

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN MAKKAJO‘XORINI O‘SISHI-

RIVOJLANISHIGA QO‘LLANILGAN ORGANIK HAMDA MINERAL

O‘G‘ITLARNING TA’SIRI

Annotation:

Mazkur maqolada Oltinsoy tumani agroekologik sharoitida takroriy ekin sifatida

ekilgan makkajo‘xori ekinining o‘sishi va rivojlanishiga organik hamda mineral o‘g‘itlarning

ta’siri tahlil qilinadi. Turli o‘g‘it turlari va ularning ta’sir darajasi o‘rganilib, hosildorlik va

tuproq unumdorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.

Keywords:

Takroriy ekin, makkjo‘xori, bug’doy, biogumus, organik chiqindi, o‘sish, rivojlanish,

hosildorlik.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining [1]

08.02.2022 yildagi PQ-120-sonli

“O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasliqlash to’g’risada”gi qarorida ozuqaviy qiymati

yuqori bo‘lgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajo‘xori ekiladigan maydonlarni

kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini

oshirish choralarini ko‘rish belgilangan.

Dunyoda hozirgi kunda aholini oziq-ovqat bilan taminlash bilan bir qatorda, mahsulotning

yekologik toza yekanligiga ham ye’tibor berilmoqda. Bunda ko’zlangan hosilni yetishtirishda,

biogumus, mahalliy go’ng, kul, yeski devor kessaklari, sideratlar va boshqa chiqindilardan keng

foydalanilmoqda. Bular ichida biogumusning o’rni be’qiyosdir. Biogumus tuproqdagi

mikroorganizmlar sonini oshirib, tuproq unumdorligini tiklaydi hamda oshiradi. Shu orqali

ekinlar hosildorligini oshirishga xizmat qiladi.

Aholini sut, go’sht, tuxum mahsulotlari bilan ta’minlovchi chorvachilik, parrandachilik

tarmoqlarini asosiy ozuqa manbai bo’lgan makkajo’xoriga biogumus hamda chirigan gungni

qo’llab, ekologik toza yuqori va sifatli mahsulot olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri

bo’lib qolmoqda.

Qayd yetilishicha, organik qishloq xo’jaligini tashkil yetish va uning rivojlanishi hamda

yekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi holat respublikada oziq-

ovqat xavfsizligini to’liq ta’minlashga quydagi muammolar to’sqinlik qilmoqda:

- birinchidan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida

kimyoviy pestitsidlar qo’llanilishini keskin kamaytirish, ichki va tashqi bozor uchun raqobatdosh

sifatli organik mahsulotlar talab darajada tashkil yetilmagan;

- ikkinchidan, organik qishloq xo’jaligi, oziq ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish

hamda nazorat qilish subektlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjati qabul

qilinmagan, standartlar va me’yoriy hujjatlar takominlashtirilmagan;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

- uchinchidan, qishloq xo’jaligi sub’ektlarida innovatsion texnika va texnologiyalar asosida

organik mahsulot yetishtirish talablari bo’yicha yetarli ma’lumot, tajriba va ko’nikma mavjud

emas;

- to’rtinchidan, resurstejamkor texnika va texnalogiyalarni joriy etishni targ’ib yetadigan, uning

samaradorligini ifodalovchi tajriba maydonlari mavjud yemas.

Ma’lumki organik qishloq xo’jaligi - qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda atrof-muhitga

zarar keltiradigan kimyoviy vositalardan foydalanmasdan ekologik sof mahsulot ishlab chiqarish

tizimi hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlangan mamlakatlarda import qilinayotgan qishloq xo’jaligi

va oziq-ovqat mahsulotlariga organik tizimlariga muvofiq sertifikatlar talab yetilmoqda. Bu yesa

bizning qishloq xo’jligimizda biogumus mahsulotlaridan keng foydalanishimiz zarur yekanligini

bildiradi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida takroriy ekinlar yetishtirish va samaradorligini oshirish uchun

o‘g‘itlash muhim ahamiyat kasb etadi. Oltinsoy tumani iqlim sharoiti va sug‘oriladigan yerlarda

bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda makkajo‘xori yetishtirish qulay bo‘lib, o‘simlikning o‘sishi

va rivojlanishida organik va mineral o‘g‘itlarning roli katta. Makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida

yetishtirib undan yuqori hosil olish bo‘yicha juda ko‘p olimlar o‘z tadqiqotlarini olib borgan.

Makkajo’xori duragaylarini issiqqa, qurg’okchilikka bardoshliligini oshirish bo’yicha horijda

Tatum L. A., Brooks F. N, Genkeli P.A., Spreg Dj., Chekina T. A., Dragavtsev V.A.,

Mixaylenko I.M., Proskuryakov M.A., Jujukin V.I., Gudova L.A., Solovov D.P., Panfilova O.N.,

Chugunova Ye.V., Derunova S.N., va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.

Respublikamizda makkajo’xorini ekish muddatlari, qo’chat qalinligi, issiqlika, qurg’oqchilikka

chidamliligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari I.Massino, A.Massino, M.Qosimov, S.Bo’riyev,

X.Nazarov, F.Boboyev va boshqalar tomonidan olib borilgan. Olib borilgan ushbu tadqiqotlar

natijasida ishlab chiqilgan makkajo’xorini mulchalash, ekish muddatlari, ko’chat qalinligi hamda

o’g’itlash me’yori va nisbatlari bilan ishlash bo’yicha olingan natijalar ishlab chiqarishda keng

qo’llanilib kelinmoqda.

B.N.Abdullayev, J.F.Ravshanov, M.Kubayeva [1], I.I.Raxmatov, S.T.Sanayev [3], Nurillayev

I.X., Ismoyilov A.I., Ostonaqulov T.E. [4]

lar tomonidan yozda g‘alladan bo’shagan

maydonlarda takroriy ekin sifatida makkajo‘xori ekini ekilib tajriba qilinganda dalada qolgan

somonpoyalar va o’simlik qoldiqlari hisobiga tuproqdagi oziq moddalar miqdori sezilarli

darajada oshgan, maqbul muddatlarda ekilganda va tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda

maqbul o’g’itlash me’yorini qo’llaganda yuqori hosildorlikka erishilga. Shu bilan bir qatorda

tuproq-iqlim sharoitiga mos nav va duragaylarni tanlash ham maqsadga muvofiqligi keltirilgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir tuproq-iqlim sharoiti o’ziga xos bo’lib, avvalombor

navni to’g’ri nanlash, ekish muddatini mintaqa sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish,

o’g’itlash me’yori va turini to’g’ri tanlash, inson salomatligini saqlash maqsadida ekologik toza

mahsulot yetishtirish uchun organik o’g’itlardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. Abdullayev, B. N., Ravshanov, J. F., Kubayeva, M. (2022). RESURS TEJAMKOR

TEXNOLOGIYA ASOSIDA TAKRORIY EKIN YETISHTIRISHDA TUPROQNING

AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA UNUMDORLIGI. Academic research in educational

sciences, (Conference), 634-637.. .


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2. Raxmatov, I. I., Sanaev, S. T. (2023). BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SHIRIN

MAKKAJO ‘XORI NAV VA DURAGAYLARINI TAKRORIY EKIN SIFATIDA O ‘STIRISH

TEXNOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1),

775-778.. .

3. Nurillayev, I. X., Ismoyilov, A. I., Ostonaqulov, T. E. (2024). ERTAGI VA TAKRORIY

EKINLAR SIFATIDA TURLI MUDDATLARDA EKILGAN SABZAVOT MAKKAJO’XORI

NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI. Interpretation and

researches.. .

4.

Toshtemirovich JD, Imomov CM, Tojiyeva SO AGROTEXNIK OMILLARNI

UYG'UNLASHGAN HOLDA QO'LLASHNING G'O'ZA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

//AGROINNOVATSIYA. – 2023. – T. 1. – №. 1. – S. 37-45.

5.

Jumanov D.T., Ubaydullaeva SH, Tojieva S.O. G‘o‘za hosildorligiga agrotexnik omillarning

ta’siri //Ko‘p tarmoqli fan va texnika jurnali. – 2023. – T. 3. – №. 3. – S. 403-417.

Библиографические ссылки

Abdullayev, B. N., Ravshanov, J. F., Kubayeva, M. (2022). RESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYA ASOSIDA TAKRORIY EKIN YETISHTIRISHDA TUPROQNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARI VA UNUMDORLIGI. Academic research in educational sciences, (Conference), 634-637.. .

Raxmatov, I. I., Sanaev, S. T. (2023). BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SHIRIN MAKKAJO ‘XORI NAV VA DURAGAYLARINI TAKRORIY EKIN SIFATIDA O ‘STIRISH TEXNOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 775-778.. .

Nurillayev, I. X., Ismoyilov, A. I., Ostonaqulov, T. E. (2024). ERTAGI VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA TURLI MUDDATLARDA EKILGAN SABZAVOT MAKKAJO’XORI NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI. Interpretation and researches.. .

Toshtemirovich JD, Imomov CM, Tojiyeva SO AGROTEXNIK OMILLARNI UYG'UNLASHGAN HOLDA QO'LLASHNING G'O'ZA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI //AGROINNOVATSIYA. – 2023. – T. 1. – №. 1. – S. 37-45.

Jumanov D.T., Ubaydullaeva SH, Tojieva S.O. G‘o‘za hosildorligiga agrotexnik omillarning ta’siri //Ko‘p tarmoqli fan va texnika jurnali. – 2023. – T. 3. – №. 3. – S. 403-417.