JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Baynazarova Nilufar Xikmatullayevna
CHDPU, San’atshunoslik fakulteti tyutori
+998943692180
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IJODKORLIKKA YO‘NALTIRISH
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodkorlikka yo‘naltirishning ahamiyati,
uning ta’lim jarayonidagi roli va tarbiyaviy soha bilan bog‘liqligi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim
tizimi nafaqat bilim berishni, balki mustaqil fikrlovchi, innovatsion yechimlar topa oladigan
ijodkor pedagoglarni tayyorlashni ham talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, maqolada ijodiy
tafakkurni rivojlantirish usullari, muammoli ta’lim, loyihaviy va interfaol metodlarning
samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining shaxsiy ijodiy faoliyati va
o‘quvchilarni ijodiy ishlarga jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
Innovatsion pedagogik texnologiya, ijodiy qobiliyat, estetik muhit,dizayn,
interfaol.
Аннотация:
В данной статье освещается важность направленности будущих учителей на
творчество, его роль в образовательном процессе и связь с воспитательной сферой.
Современная система образования требует не только передачи знаний, но и подготовки
творческих педагогов, способных самостоятельно мыслить и находить инновационные
решения. С этой точки зрения в статье анализируются методы развития творческого
мышления, проблемное обучение, проектные и интерактивные методы, а также их
эффективность. Кроме того, даются практические рекомендации по развитию личной
творческой деятельности учителя и вовлечению учащихся в творческую работу.
Ключевые слова:
инновационная педагогическая технология, творческие способности,
эстетическая среда, дизайн, интерактивный.
Annotation:
This article highlights the importance of fostering creativity in future teachers, its
role in the educational process, and its connection with the field of upbringing. The modern
education system requires not only knowledge transfer but also the preparation of creative
educators capable of independent thinking and finding innovative solutions. From this
perspective, the article analyzes methods for developing creative thinking, problem-based
learning, project-based and interactive teaching methods, as well as their effectiveness.
Additionally, practical recommendations are provided for developing teachers' personal creative
activities and engaging students in creative work.
Keywords:
innovative pedagogical technology, creative abilities, aesthetic environment, design,
interactive.
O‘qituvchi – jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan shaxs bo‘lib, nafaqat bilim beruvchi,
balki yosh avlodning tarbiyachisi va yo‘l ko‘rsatuvchisidir. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
hamkorlik ta’lim jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Samarali hamkorlik
nafaqat bilim olish jarayonini yaxshilaydi, balki talabaning shaxsiy rivojlanishi va mustaqil
fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi.O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi roli shunchaki
dars o‘tish bilan cheklanmay, balki inson kamoloti, ijtimoiy rivojlanish va kelajak avlodni
shakllantirish bilan ham bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya – har qanday jamiyatning rivojlanish kaliti
, chunki u insonlarning bilim
darajasini oshirish, tafakkurini rivojlantirish va innovatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu
jarayonda bo‘lajak o‘qituvchining o‘rni beqiyos va o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun o‘z ustida
ishlashni talab qiladi. Bugungi kun talabasi o‘quvchilarga bilim berish orqali ularga jamiyatda
o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.Buning natijasida malakali va bilimli insonlarni tayyorlash
orqali iqtisodiyot, fan, texnologiya va madaniyatning rivojlanishiga turtki beradi. Bu rivojlanish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
orqali faqat bilim emas, balki axloq, madaniyat va ijtimoiy qadriyatlarni singdirish orqali
jamiyatning ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiladi.Bunda bo‘lajak o‘qituvchi o‘quvchilarning
qiziqishini oshirib, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantiradi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish ularning professional rivojlanishi va
kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim omillardan biridir. Bu jarayon o‘ziga xos metodlar,
texnikalar va o‘qitish yondashuvlarini talab qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar
zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishda asosiy o‘rin egallaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun bu
texnologiyalarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash nafaqat ta'lim jarayonini takomillashtirish,
balki ularning kasbiy mahoratini oshirishga ham xizmat qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish uchun ijodiy muhit yaratish muhim rol o‘ynaydi. Bu talaba uchun
o‘quv jarayonida ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi erkin fikrlash, g‘oyalarni ochiq aytish va
tanqidiy fikrlash, fikr almashish va o‘z fikrlarini ochiq aytish imkoniyatini targ‘ib qilinish
ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Shunda talabalar o‘quv mashg‘ulotlari davomida yangi
g‘oyalar yaratish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Nazariy bilimlarni amaliyotda
noan’anaviy , bir-biriga o‘xshamagan kreativ va ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash
talabaga ijodkorligini oshirish uchun motivatsiya beradi. Bunda albatta talabalarda xatolardan
qo‘rqmaslik va ulardan saboq olish madaniyatini targ‘ib qilish lozim. Shunda talaba ijodiy
yondashishga, yangi fikrlarni bayon qilishdan cho‘chimasdan faoliyat yurita olishi mumkin.
“Har bir vazifa – foydali mahsulot”, “Ko‘rdim-eshitdim-bajardim” tamoyillari asosida har bir
bo‘lajak o‘qituvchi o‘z dars jarayoni, to‘garak faoliyatida amaliyotga yo‘naltirish ijodkorlik
qobiliyatini shakllantirishga ko‘mak bo‘ladi. Amaliyotga yo‘naltirilgan ijodiy mashg‘ulotlar aniq
maqsad asosida talabalarning nazariy, amaliy bilimlarini hamda ijodiy salohiyati orqali ta’lim
muassasalaridagi o‘quv jarayoni yoki boshqa ob’ektlar uchun kerakli mahsulotlar ishlab
chiqarishga yo‘naltirish ham ijodkorlik qirrqlarining ochilishiga birinchi qadam bo‘lishi mumkin.
Ijodiy faoliyatni shakllantirishda estetik muhitni tashkil qilish muhim yo‘nalishlardan sanaladi.
Ijodiy faoliyat insonning o‘z fikrlarini ifodalashi, yangilik yaratishi va tafakkurini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday jarayonda
estetik muhit
muhim rol o‘ynaydi, chunki
go‘zallik, tartib va ilhomlantiruvchi atmosfera ijodkorlikni qo‘zg‘atadi. To‘g‘ri tashkil qilingan
chiroyli va zamonaviy muhit inson ongini yuksaltirib, yangi g‘oyalar yaratish imkonini beradi.
Bunda
s
inf yoki ta’lim maydonini rang-barang, ilhomlantiruvchi va qulay qiladigan interyer
bilan jihozlash. Lekin ushbu jarayonda meyorni ham inobatga olish lozim, chunki rang-baranglik
oshib ketsa, o‘quvchining diqqatini jamlash qiyin bo‘ladi.
Ijodiy muhitni yaratish bo‘yicha tavsiyalar:
1.Yorqin va iliq ranglar ijodiy ish uchun qulay muhit yaratadi. Tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lishi
muhim. Quyosh nuri ijodiy fikrlashga ijobiy ta’sir qiladi.
2.Qulay stollar, kursilar, ijodiy ish uchun mos joylar ish samaradorligini oshiradi.
3.Tashkil etilgan va toza muhit fikrlar aniq va erkin bo‘lishiga yordam beradi. Ish stoli tartibli va
minimalistik bo‘lishi muhim, ortiqcha buyumlar diqqatni chalg‘itishi mumkin.
4.Ilhomlantiruvchi rasmlar, kitoblar, san’at asarlari, musiqa asboblari yoki tabiiy elementlar
ijodiy jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi.
5.Atrofdagi insonlar ijodiy fikrlashga ta’sir qiladi. O‘zaro fikr almashish yangi g‘oyalarga turtki
bo‘ladi, shu sababli qiziqishlari mushtarak bo‘lgan insonlar jamoasida bo‘lish.
6.Fikr almashish va yangi g‘oyalar ishlab chiqish uchun kreativ insonlar bilan uchrashuvlar
tashkil qilish kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
7.Ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun ilhom manbai bo‘ladigan san’at, dizaynga oid adabiyot
va boshqa sohalarga oid materiallarnig har doim qo‘l ostida bo‘lishi.
7.Yengil musiqa yoki tabiat tovushlari ijodiy fikrlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
8.Innovatsion g‘oyalarni sinab ko‘rish va yangilik yaratish uchun qulay sharoit bo‘lishi lozim.
Ushbu tavsiyalar asosida tashkil etilgan ijodiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muhit
miyaning ijodiy jarayonlarini faollashtiradi,insonning kayfiyatini yaxshilaydi va stressni
kamaytiradi. Fizik, madaniy va psixologik jihatdan qulay sharoit yaratilganda bo‘lajak o‘qituvchi
o‘zini erkin his qilib, yangi g‘oyalar yaratishga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun tavsiyalar:
1.Amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba orttirish.Interaktiv mashg‘ulotlar, seminarlar va master-
klasslarda ishtirok etish.
2.Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni o‘rganish.Zamonaviy o‘quv platformalaridan
foydalanishni o‘rganish, masalan, Moodle, Google Classroom va boshqa elektron tizimlar.
3.Doimiy ravishda yangi usullarni tadqiq qilish.Dunyo miqyosida ta'lim sohasidagi yangiliklarni
kuzatib borish va ularni o‘z dars amaliyotiga tatbiq etish.
4.Innovatsion loyihalarda qatnashish.Ta'lim loyihalari va grant dasturlariga jalb qilinish orqali
malakani oshirish.
5.Ta'lim jarayonini qiziqarli qilish.Yangi texnologiyalar yordamida darslar dinamik va interaktiv
bo‘lib, o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi.
6.Shaxsiy yondashuvni rivojlantirish.Har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini hisobga olish
imkoniyatini beradi.
7.O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.Hamkorlik asosida o‘qitish,
o‘quvchilarni o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil shakllantirishga undaydi.
8.Zamonaviy bozor talablariga moslashish.Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali
o‘quvchilarni real hayot sharoitlariga tayyorlash osonlashadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu ma’lumotlar natijasida bo‘lajak o‘qituvchilar kelajak
avlodni tayyorlaydi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi
,y
angi avlodni tarbiyalaydi
,
ilmga
muhabbat uyg‘otadi. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi yaxshi hamkorlik ta’lim jarayonining
samaradorligini oshiradi. O‘qituvchi talabalarga yo‘l ko‘rsatib, ularga o‘z fikrlarini erkin
bildirish imkoniyatini yaratishi kerak. Talabalar esa faollik ko‘rsatib, bilim olishga intilishlari
lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Baynazarova Nilufar Xikmatullayevna (2024), “
Bo ‘lajak o ‘quvchilarni ijodiy faoliyatga
Innovation in the modern education system,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2.
Baynazarova Nilufar Xikmatullayevna (2023),““Ustoz va shogird” tizimi – talabalar uchun
yangi imkoniyat”,Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini zamonaviy dasturlar
yordamida o‘qitish istiqbollari respublika ilmiy-texnik anjumani,
3.Байназарова Нилуфар Хикматуллаевна (2023), “Формирование профессиональных и
творческих способностей студентов в сотрудничестве студентов”, Xудожественное
образование в мире: вчера, сегодня, завтра Материалы XVI Международной научно-
практической конференции,
4.
Berdiyev Doston Abduvoitovich (
2024),
“Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida badiiy
studiyalarni tashkil etishning ahamiyati”,
–
Iqro indexing
5.
Berdiyev Doston Abduvoitovich (2024),“Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisini kasbiy
tayyorlashda individual ta’limning ahamiyati”, Tasviriy san’at va musiqa ta’limida o‘qitishning
dolzarb muammo va yechimlari Respublika ilmiy-amalaiy konferensiyasi materiallari to‘plami,
6.
Sultanov Xaytboy Eraliyevich, Baynazarova Nilufar Xikmatullayevna,(2025),
“
Integratsiya
asosida tasviriy san’at va musiqa darslarini tashkil etish”, Лучшие интеллектуальные
исследования
