Авторы

  • Raxmonov Muhammadrasul Raximjon oʻgʻli
    “Materialshunoslik ” kafedrasi tayanch doktoranti Andijon davlat texnika instituti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76465

Ключевые слова:

Avtobirikma ishqalanish vagon texnologiya ta’mirlash tahlil.

Аннотация

Ushbu maqolada avtobirikmaning ish resursini oshirish bo’yicha bajarilgan ishlarning tahlili keltirilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Raxmonov Muhammadrasul Raximjon oʻgʻli

“Materialshunoslik ” kafedrasi tayanch doktoranti

Andijon davlat texnika instituti.

AVTOBIRIKMANI QAYTA TIKLASH BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLARNING

TAHLILI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada avtobirikmaning ish resursini oshirish bo’yicha bajarilgan

ishlarning tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar

: Avtobirikma, ishqalanish, vagon, texnologiya, ta’mirlash, tahlil.

Annotation:

this article presents an analysis of the work done on increasing the working

resource of automatic coupler.

Keywords:

automatic coupler, friction, wagon, technology, repair, analysis

Аннотация:

в данной статье представлен анализ проделанной работы по увеличению

рабочего ресурса автосцепкa.

Ключевые слова:

автосцепка технология, трение, вагон, ремонт, анализ.

Bugungi kunda respublikamizda mashinasozlik sohasini jadal rivojlantirishning asosiy

shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish hisoblanadi yoki ilmiy-texnik rivojlanishning

yutuqlariga asoslangan yangi texnika va texnologiyalarni mashinasozlik ishlab chiqarish

jarayonlariga joriy etish hisoblanadi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida,

jumladan, «Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish

samaradorligini oshirish» bo‘yicha muhim vazifalar belgilabberilgan. Ushbu vazifalarni amalga

oshirishda, jumladan, avtomobilsozlik, vagonsozlik ishlarida keng qo‘llaniladigan ishchi

organlarini texnologik jihatdan modernizasiyalash, ularning resursini jahonning ilg‘or

korxonalari ishlab chiqarayotgan ish organlar resursi darajasiga yetkazish hisobiga

foydalanishdagi xarajatlarini kamaytirish va ularning tannarxini pasaytirish muhim ahamiyat

kasb etmoqda [1].

Avtobirikma

deb temiryo‘l vagonlari yoki lokomotivlarni bir-biriga avtomatik tarzda ulash

uchun ishlatiladigan maxsus qurilmaga aytiladi. Bu qurilma yordamida vagonlar tez, xavfsiz va

inson aralashuvisiz bog‘lanadi.

Vagon bu temir yo‘l harakat vositalarining yo‘lovchi yoki yuk tashish uchun mo‘ljallangan

birligidir. Vagonlarning tuzilishida ularning yo‘lovchi tashishdagi qulayligi, yo‘lga tayyorlash va

ta’mirlashda kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash imkoniyatlari, shuningdek

ularning ishlatilishi, kapital sarf-harajatlar miqdori va tashish tannarxi katta ahamiyatga ega

hisoblanadi. Temir yo‘llarning vagonlar parki yo‘lovchi va yuk vagonlaridan iboratdir [2].

Biz quida yuk tashuvchi vagonlarning ish resursini oshirish bo’yicha qilingan ishlar haqida

to’xtalib o’tamiz:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ilgari ishlatilgan vintli jabduqlar o‘rniga avtobirikma detalining joriy etilishi muhim texnik

yo‘nalish bo‘lib, temir yo‘llarning umumiy rivojlanishining birmuncha oshishiga yordam berdi.

Buning asosiy quidagi sabablarini sanab o‘tish mumkin;

- Avtobirikmaning yuqori quvvatga ega bo‘lishi;

- vagonlarning avtomatik ulanishi;

- manevrni tezlashtirish tufayli poezdlarning shakllanishini tezlashtirishga, tutqich

aylantirilganda esa tez o‘chirishga imkon beradi. Bundan tashqari, avtobirikma moslamasini

ishlatish ushbu ishlarni bajarishda ish sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilanishiga erishiladi.

Avtobirikma moslamasini joriy etishga birinchi urinish 1906-yilda Rossiyaning Moskva-Qozon

temir yo‘lida qilingan. Ammo, faqat 1930-yilga kelib temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish

rejasini ishlab chiqish munosabati bilan bu muammoni chuqur o‘rganish boshlandi, bu esa xalq

xo‘jaligi yuklarini tashish ehtiyojlarini qondirmaydi.

Sinovlar natijalariga ko‘ra, IRT-3 avtobirikmasi ishlab chiqarish va amalda qo‘llash uchun qabul

qilindi, keyinchalik u I. N. Novikov, V. G. Golovanov, A. F. tomonidan Traktsiyani qayta qurish

institutida ishlab chiqilgan SA-3 (Sovet avtomatik ulanishi - uchinchi versiya) deb nomlandi.

Harakat tarkibini avtobirikmaga intensiv o‘tkazish esa 1935-yildan boshlanadi va 1957-yilga

kelib yakunlanadi. Lekin, mamlakatda sanoat ishlab chiqarishining jadal o‘sishi va transport

hajmining mos ravishda o‘sishi tufayli bog‘lovchining texnik imkoniyatlari asta-sekin ortib

borayotgan talablarga javob berishdan to‘xtaydi, shuning uchun avtobirikmaning barcha

agregatlari hozirgacha doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.

Bu ishga yuqorida sanab o‘tilgan olimlardan tashqari V.V.Koloimichenko, N.G. Bespalov, Z. O.

Karakashyan, N. A. Kostina va boshqa bir qator olimlar o‘z hissasini qo‘shgan [3].

Rossiyalik olim Mironenko Oleg Igorovich

“Vagonlarni avtomatik ulash qurilmalarini

ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni

modellashtirish” dissertatsiya mavzusida quidagilarni aytib o‘tgan: Vagonlarni tamirlash

jarayonida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarning xilma-xilligidan muhim o‘rinni

avtobirikma moslamalarini ta’mirlash uchun ishlab chiqarish maydonlarining texnologik

jarayonlari egallaydi, chunki avtobirikma moslamasining ishlashi poyezdlar harakati

xavfsizligiga sezilarli tasir qiladi [4]. Umuman olganda Mironenko avtobirikmani qayta tiklash

bo’yicha jarayonni modellashtirish haqida ko‘proq nazariy ma’lumotlarni taqdim qilgan.

Rossiya Federatsiyasida Umumiy texnik talablar 1.05.003.2006 «Harakatdagi tarkibni avtosepka

uzelini quyma detallari» po‘latlarni payvandlanuvchanligi, payvandlashga ta’sir etuvchi omillar,

payvandlash jarayoni hamda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan defektlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

P.M.Minovarov va I.I.Bobrovskaya “Vagonlarni ta’mirlash texnologiyasi” kitobida:

Vagonlarni ta’mirlash texnologiyasini yaratish bu butun bir boshli fan hisoblanib, vazifasi

ta’mirlovchiga taalluqli bo‘lgan vosita, parametrlar, ularda kechadigan texnologik jarayonlar,

ularning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalarni o‘rganib, tavsiyalar yaratishga qaratilgan. Vagon

ta’mirlov korxonalari ishlab chiqarish va ho‘jalik tashkilotlari hisoblanib, asosiy va yordamchi

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuv uchastkalaridan tashkil topgan. Vagonlar ta’miri

texnologiyalarini yaratishda plastik deformatsiya nazariyasi, metallarni payvandlash, qirqish kabi

bir qancha fan tarmoqlari natijalari qo‘llanishga ega. Vagonlar ta’miri texnologiyasi kursi katta


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

amaliy tajribalarni umumlashtirib, ko‘pgina nazariy va texnik yechimlarni o‘zaro bog‘laydi va

aynan ushbu texnologik vazifalarni bajarishda kerakli bo‘lgan variantlarni tanlaydi. Ta’mirlov

ishlari va ishlash puxtaligi sifatini oshirishda vagonlarni ta’mirlovchi korxonalar ishlab chiqarish

texnologiyalarining darajasi katta ahamiyatga ega. Shu tufayli bu korxonalarda progressiv

texnologiyalarni vagon elementlari va detallarini tiklash, ularning talab darajasida ta’mirlovini

amalga oshirish kabi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Vagonlarni ta’mirlovchi ishlab

chiqarish korxonalarida mexanizatsiya va avtomatlashtirish ishlari darajasini ko‘tarishning asosiy

yo‘llaridan biri programmali boshqaruv texnik vositalari va usullarni qo‘llashdan iborat

ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Qosimov K.Z, Umarov A.M va U Parpiyevalar o‘z maqolasida: Vagon ta’mirlash tizimi uni

qarab ko‘rish, ta’mirlash va kuzatish kabi yeyilish rivojlanishini oldini olish, avariyalardan

saqlanish va vagonlarni har doim ekspluatatsiyaga loyiq xolda ushlab turish ishlarini bajarishdek

kompleks tadbir va choralar kompleksini ko‘zda tutishdan tashkil topgan. O‘zbekistonda 1998-

yilgacha vagonlar ta’mirlashining rejali tizimi qo‘llanishda bo‘lgan. Vagon ta’mirlash

korxonalarida yeyilgan detallarni to‘la qayta tiklash maqsadida har xil texnologik usullardan

foydalaniladi. Detalni faqat shunday usul bilan qayta tiklash zarurki, unda detalning to‘la ishlash

va normal qobiliyatida navbatda keladigan ta’mirlash muddatigacha yetsin va vagon ta’miriga

sarflanadigan harajatlar yangi vagonlar detallari narxidan arzon bo‘lishi kerak. Detallarni

tiklashning eng ko‘p tarqalgan usullari - bu payvandlash va metallni eritib qoplama qoplash

usulidir. Payvandlash usulida metalning kerakli qismida eritish yoki plastik deformatsiya

yordamida kuchmas ulanish hosil qilishdan iborat. Vagonlar metall qismlarida payvandlash

ishlari har-xil teshik va yoriqlarni,yuzalarni qoplagichlar bilan berkitish amallari

bajariladi.Yeyilgan detallarni dastaki yoyli usulda qayta tiklashda metall yuzasi erigan metall

bilan qoplanadi va tegishli o‘lchamlar va shakl hosil qiladi.Vagonlar ta’mirida ikki usuldagi

payvandlash usuli qo‘llanadi: dastaki yoyli va himoya gazlari usuli.Detal yuzalarini

payvandlashda detalni dastaki yoyli payvandlash, flyus qatlamida avtomatik va yarim avtomatik

payvandlash mumkin. Shuningdek, gaz qatlamida, plazma yoy va kontakt payvandlash, vibro

yoy usulida suyuqlikda payvandlash mumkinligi haqida aytib o‘tgan [5].

Xulosa

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki mashinasozlikning har qanday

turida jumladan vagonsozlikda ham yeyilgan, eskirgan detallarni birinchi navbatda vizual

kuzatuv orqali aniqlash va shunga ko’ra zarur chora tadbirlarni ko’rish maqsadga muvofiq

sanaladi. Qayta tiklashda esa payvandlab qoplash usuli o’zining bir qancha jihatlari bilan boshqa

usullardan ko’ra afzal hisoblanar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026”

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

2. P.M. Minovarov, I.I. Bobrovskaya vagonlarni ta’mirlash texnologiyasi Toshkent 2012.

3.

https://rcit.su/techinfo53.html.

4. Mironenko Oleg Igorovich “avtobirikmani ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan texnologik

jarayonlarni modellashtirish” Moskva 2020.

Qosimov K.Z, Umarov A.M, Parpiyeva U vagonlarni yeyilgan detallarini payvandlash orqali

qayta tiklash usullari.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026” yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

P.M. Minovarov, I.I. Bobrovskaya vagonlarni ta’mirlash texnologiyasi Toshkent 2012.

Mironenko Oleg Igorovich “avtobirikmani ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan texnologik jarayonlarni modellashtirish” Moskva 2020.

Qosimov K.Z, Umarov A.M, Parpiyeva U vagonlarni yeyilgan detallarini payvandlash orqali qayta tiklash usullari.