JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yusufjonov Bahrom Yo‘ldoshovich
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
XALQARO VALYUTA FONDI VA UNDA O‘ZBEKISTONNING O‘RNI
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqola O‘zbekistonning Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) bilan
olib borilayotgan hamkorlikni tahlil qiladi. 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston jamg‘arma bilan
iqtisodiy islohotlar, valyuta siyosatini erkinlashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslar va hamkorliklarni amalga oshirdi. Ushbu hamkorlikning
asosiy maqsadi – O‘zbekistonning global iqtisodiy tizimda raqobatbardoshligini oshirish va
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdir. Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonning XVJ bilan
o‘rnatilgan aloqalar, iqtisodiy islohotlar va moliyaviy siyosatdagi muvaffaqiyatlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, iqtisodiy islohotlar, valyuta siyosati, erkin
ayirboshlash, moliyaviy barqarorlik, texnik yordam, investitsiyalar, global iqtisodiy tizim,
raqobatbardoshlik, iqtisodiy o‘sish.
ANNOTATION:
This article analyzes Uzbekistan’s cooperation with the International
Monetary Fund (IMF). Since 1992, Uzbekistan has implemented a number of important
initiatives and cooperation with the Fund to promote economic reforms, liberalize monetary
policy, and ensure financial stability. The main goal of this cooperation is to increase
Uzbekistan’s competitiveness in the global economic system and ensure sustainable economic
growth. The article also highlights Uzbekistan’s relations with the IMF, its achievements in
economic reforms, and its financial policy.
Keywords:
International Monetary Fund, economic reforms, monetary policy, free exchange
rate, financial stability, technical assistance, investments, global economic system,
competitiveness, economic growth.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье анализируется сотрудничество Узбекистана с
Международным валютным фондом (МВФ). С 1992 года Узбекистан реализовал ряд
важных инициатив и сотрудничества с фондом по экономическим реформам,
либерализации валютной политики и обеспечению финансовой стабильности. Основной
целью этого сотрудничества является повышение конкурентоспособности Узбекистана в
мировой экономической системе и обеспечение стабильного экономического роста. В
статье также освещаются отношения Узбекистана с МВФ, экономические реформы и
успехи финансовой политики.
Ключевые слова:
Международный валютный фонд, экономические реформы, валютная
политика, свободный обмен, финансовая стабильность, техническая помощь, инвестиции,
мировая экономическая система, конкурентоспособность, экономический рост.
KIRISH
Xalqaro valyuta fondi
, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF; International Monetary Fund) –
BMTning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga
oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalqaro
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan. 1947-yil mart oyidan oʻz
faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Fondning rasmiy maqsadlari:
● maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta
hamkorligiga yordam koʻrsatish;
● xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;
● valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta
devalvatsiyalarining oldini olish;
●koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan
valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;
●aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov
balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar
berish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1991-yil Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar
qatorida Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga aʼzo boʻlib kirishi uchun shart-sharoit yaratdi. 1992-
yilning 2-iyulida „Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni
kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi
qonunining qabul qilinishi mamlakatimizni Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga teng huquqli aʼzo
boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992-yil 27 aprelda Oʻzbekiston Xalqaro valyuta
jamgʻarmasi aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.
1998-yil 18-martda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining „Xalqaro valyuta fondi bilan
hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida“ qarori qabul qilindi va
respublikaning Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan aloqalarini yanada rivojlantirish tadbirlari
ishlab chiqildi. 2002-yilda Oʻzbekiston Hukumati va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasida
Memorandum imzolandi. 2003-yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Markaziy banki tomonidan „Joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutani erkin
ayirboshlash boʻyicha harakat rejasi“ ishlab chiqildi va u Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga taqdim
etildi. 2003-yilning 15 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi
Bitmining 8-moddasiga imzo chekdi va milliy valyuta – soʻmni joriy xalqaro operatsiyalar
boʻyicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatni qabul qildi.
1993-yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u
XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor
ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga
oshirishda hamkorlik qiladi.
2016-yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ
kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori
kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016-yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan
551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi
0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya,
Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa,
Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu mamlakatlarini o‘z
ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016-yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi.
XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Markaziy
bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi 2003-yilning 15-
oktabridan XVJ Bitimlari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oldi.
Bitimlar IV moddasiga muvofiq maslahatlar berish va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida
XVJning missiyasi muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Missiyalar
faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika sohalaridagi ishlar holatini o‘rganish hamda
kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.2017-yilda
amalga oshirilgan islohotlar munosabati bilan XVJ bilan hamkorlik sezilarli ravishda
faollashdi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi o‘tgan yilning 19-21 aprel kunlari
Vashington shahrida bo‘lib XVJ va Jahon banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida
ishtirok etdi.Shuningdek, XVJning ijro direktori K. Lagard O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining nomiga maktub yo‘llab, unda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni
qo‘llab - quvvatlashini hamda texnik ko‘mak va tavsiyalar berish orqali yordam ko‘rsatishga
tayyorligini bildirdi. Missiya tashrif yakunlari bo‘yicha quyidagi bayonotni berdi:
“Missiya Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini
2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga asoslangan rasmiy
organlarning iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma’qullaydi. Mazkur
rejalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari barpo etilishi va
barqaror
o‘sishini
ta’minlash
salohiyatini
sezilarli
darajada
oshishiga
sharoit
yaratadi.Respublikada valyuta siyosatini erkinlashtirish borasidagi islohotlar dasturi missiya
tomonidan alohida e’tibor berilgan holda ma’qullandi.Valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va
valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash imkoniyatlarini yaratish O‘zbekiston
Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani samarali nazorat qilishga
yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga sharoit yaratadi.Shuningdek ushbu islohotlar
tashqi raqobatbardoshlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini oshirish
va ichki resurslar taqsimotini takomillashtirish orqali ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish
suratlarini tezlashtirishga yordam beradi.O‘zbekistonning sezilarli valyuta rezervlari ushbu
islohotlarni dadil amalga oshirish imkonini beradi”.
XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori D.Azur 14-16-
sentabr kunlari tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ldi. Ushbu missiya tomonidan e’lon qilingan
bayonotda quyidagilar qayd etildi: “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
jarayonida qator masalalarni hal etishga duch kelinishi mumkin va ushbu islohotlar mamlakatga
yanada samarali va yakunda tez rivojlanuvchi iqtisodiy tizimga o‘tish imkonini beradi.
Shuningdek, men mamlakat hukumatining hududiy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy
savdoni kengaytirishga qaratilgan tadbirlarini mamnunlik bilan ma’qullayman”.Yuqori
darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida Nyu-York shahrida 19-
sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning XVJ direktori - taqsimlovchisi
K. Lagard bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Jamg‘arma rahbari O‘zbekistondagi iqtisodiy
islohotlar jarayonlariga yuqori baho berdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:
XULOSA
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
“O‘zbekistonning islohotlarni amalga oshirish borasidagi harakatlari oson bo‘lmaydi va uzoq
davom etadi. Jamg‘armaning mamlakat iqtisodiyotini o‘sish suratlari va aholining turmush
darajasini yuksaltirish borasida yuqori darajalarga chiqarishda O‘zbekistonning sherigi bo‘lishi
aniq maqsadi ekanligini yana bir bor tasdiqlayman”-, deb fikr bildirgan Ijroji direktor.
O'zbekistonning Xalqaro Valyuta Jamg'armasi bilan hamkorligi iqtisodiy islohotlar, valyuta
siyosatini erkinlashtirish va global moliyaviy tizimga integratsiyalashishda muhim rol o'ynaydi.
Bu hamkorlik mamlakatimizning iqtisodiy o'sishiga, moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga va
xalqaro iqtisodiy tizimda raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.Sullivan Artur; Steven M. Sheffrin. “Economics: Principles in action”.Upper Saddle River,
New Jersey 07458: Prentice Hall, 2003 — B.488.
2. What are the main concerns and criticism about the World Bank and IMF. Url:
http://www.brettonwoodsproject.org/item.shtml?x=320869
3.
Chomsky
Offers
Insight
Into
IMF,
World
Bank.
Url:
http://tech.mit.edu/V120/N46/46chomsky.46n.html
4
Articles
of
Agreement
of
the
International
Monetary
Fund.
Url:
https://www.imf.org/external/pubs/ft/aa/index.htm
5. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorligi
to‘g‘risida ma’lumotnoma. Url:https://cbu.uz/uz/about/international-cooperation
