JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
D.T. Jumanov
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Agrobiologiya fakulteti dekani,
q.x.f.nomzodi, dotsent.
*E-mail:
N.N. Ochildiyev
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining birlamchi urug‘chilik va urug‘shunoslik
laboratoriyasi mudiri
Sh.H. Ubaydullayeva
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Agrobiologiya fakulteti,
O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi karantini yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi, E-mail:
shohista8108@gmail.com
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA HOSILDORLIGIGA AGROTEXNIK OMILLARNING
TA’SIRI
Annatatsiya:
Olib borilgan dala tajribalaridan olingan maʼlumotlarni ko‘rsatishicha, g‘o‘za
hosildorligi va uning miqdoriga agrotexnik omillaridan o‘suv nuqtasini boshqarish va nihol
qalinligini taʼsiri katta bo‘lishligi maʼlum bo‘ldi.
Tajriba dalasida g‘o‘za hosilining o‘rtacha 75% birinchi terimda terib olindi. Eng past hosildorlik
nazorat variantidan gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 20-iyulda chilpish o‘tkazilgan
variantda 28,5 s/ga paxta terib olindi. Tajriba dalasida eng yuqori hosildorlik esa gektariga 140
ming tup son qoldirilib, 10-avgustda chilpish o‘tkazilgan variantdan 34,1 s/ga paxta terib olindi.
Аннотация:
По данным, полученным в результате проведенных полевых опытов,
установлено, что большое влияние на урожайность хлопчатника и его количество
оказывает контроль точки роста и толщины проростка.
В среднем за первый урожай на опытном поле было собрано 75% урожая хлопка. От
самого низкого варианта контроля урожайности осталось 140 000 бушелей на гектар, а в
варианте, урезанном 20 июля, было собрано 28,5 ц/га хлопка. Самая высокая урожайность
на опытном поле составила 140 тысяч бушелей с гектара, а с прополотого 10 августа
варианта собрано 34,1 ц/га хлопка.
Annotation:
According to the data obtained from the conducted field experiments, it was found
out that the control of the growth point and the thickness of the seedling have a great influence
on the cotton yield and its quantity.
On average, 75% of the cotton crop was harvested in the first harvest in the experimental field.
From the lowest productivity control option, 140,000 bushels per hectare were left, and 28.5 s/ha
of cotton was harvested in the option that was cut on July 20. The highest productivity in the
experimental field was 140,000 bushels per hectare, and 34.1 s/ha of cotton was harvested from
the variant that was weeded on August 10.
Kalit so‘zlar:
Tup qalinlik, o‘g‘itlash nisbati, chilpish, hosildorlik, sifat, yalpi, umumiy,
harakatchan, azot, fosfor kaliy, gumus, tuproq unumdorligi, ekstremal issiq, iqtisodiy
samaradorlik, rentabellik.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
G‘o‘za hosildorligi ko’pgina agrotexnologik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish bilan
bevosita bog‘liqdir.
G‘o‘za yetishtirish texnologiyasi har bir dehqonchilik mintaqasi uchun tuproq iqlim sharoitiga
mos bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, g‘o‘zani har bir navini joylashtirishda uni muayyan tuproq-iqlim
sharoitiga mos keladigan texnologiyasini yaratish va tadbiq etish, uni doimiy ravishda
takomillashtirib borish zarur bo‘ladi. Shunday tadbirlardan biri g‘o‘zani tup qalinligi va g‘o‘zani
o‘sish jarayonini boshqarish bo‘lib, uning nav xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
o‘rganishning katta amaliy ahamiyati bor va dolzarb hisoblanadi.
G‘o‘zaning Termiz-202 navi Surxondaryo viloyatining asosiy maydonlarida hamda
Respublikamizning janubiy viloyatlarida ekilib kelinmoqda. Bu navning qadimdan
sug‘oriladigan antropagen ta’sir ostida o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon
tuproqlar sharoitida ayrim o‘rganilmagan texnologiyalaridan tup qalinligi va chilpishni g‘o‘za
hosildorligi, tola va chigit sifatiga ta’sirini o‘rganish shu navning potentsial imkoniyatlaridan
keng foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda ekstremal iqlim sharoitda turli
tup qalinliklari va chilpish muddatlarini g‘o‘za hosildorligi, tola va chigit sifatiga ta’sirini
o‘rganish davr talabi hisoblanadi.
O‘tkazilgan barcha laboratoriya, dala va ishlab chiqarish tajribalaridagi fenologik kuzatuvlar,
biometrik o‘lchovlar tahlillar va hisoblar paxta seleksiyasi va urug‘chiligi yetishtirish
agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida qabul qilingan uslublar asosida olib borildi.
Tajriba dalasining umumiy azot va fosfor miqdori K.S. Ginzburg, Ye.I. Sheglova va S.V. Vilfius
usulida, harakatchan azot miqdori Granvald-Lyaju, fosfor B.P. Machigin usulida, gumus I.V.
Tyurin usulida aniqlandi.
Olingan natijalar B.A. Dospexov uslubida dispertsion tahlil qilindi. Tola va chigit sifati tahlillari
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Agrobiologiya fakulteti
laboratoriyasida bajarildi.
Tadqiqotlar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani At-Termiziy MFYda joylashgan
“Nurmuhammad Maxsum” fermer xo‘jaligi dalalarida 2022-2023-yillar mobaynida olib borildi.
Ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan antropagen ta’sir ostida
o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sirasiga kiradi. Tajriba
dalasining agrokimyoviy xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Tajriba dalasi tuprog‘ining boshlang‘ich agrokimyoviy tavsifi, 2022-2023 yy.
Tuproq
qatlamlari,sm
Umumiy shakllari, %
Harakatchan shakllari,
mg/kg
gumus
azot
fosfor
N-NO
3
P
2
O
5
K
2
O
2022
0-30
0,811
0,082
0,137
18,7
27,6
180
30-50
0,679
0,061
0,114
12,2
13,1
150
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2023
0-30
0,808
0,088
0,124
17,2
25,7
182
30-50
0,623
0,071
0,102
11,3
12,5
149
Tajribaning o‘rganilgan variantlari 4 takrorlikda bo‘lib, delyankalar ikki yarusda sistematik
ravishda joylashtirildi. Har qaysi delyankaning maydoni 360 kv.m. bo‘lib, (50 m x 7,2 m) bo‘nda
o‘rtadagi turt qator hisobga olinadigan maydonni tashkil qiladi. Ikkala tarafdan 2 qatordan
(himoya qatorlari) hisobga olinmaydigan maydonchalar qoldirildi.
Tajriba dalasiga g‘o‘zaning Termiz-202 navining chigitlari keng qatorlab (90 sm) ekildi.
Tajribada ikki xil nihol qalinligi (140 va 160 ming/ga) va uchta meʼyorda chilpish muddatlari
(20.07, 1.08 va 10.08) o‘rganildi (Tajriba tuzilmasiga qaralsin 2-jadval).
Rejalashtirilgan maʼdan o‘g‘itlar (N
200
P
140
va K
100
) qo‘yidagicha taqsimlanildi: fosforli
o‘g‘itlarning yillik meʼyorini 70 foiz qismi shudgordan oldan, qolgan 30 foizi g‘o‘zalarni gullash
fazasida; kaliyli o‘g‘itlarning yillik meʼyorini 50 foiz miqdori kuzgi shudgor oldidan, qolgan 50
foiz qismi g‘o‘zalarning shonalash davrida; azotli o‘g‘itlarning yillik meʼyorini 20 kg qismi
chigitlarni ekish bilan birga, qolgan qismi uch muddatda yaʼni g‘o‘zalarning 3-4 chinbarg
fazasida, shonalash va gullash fazalarida berildi (3-jadval).
2-jadval
Tajriba tuzilmasi
Tajriba variantlari
Belgilangan tup son ga/ming
dona
Chilpish muddati
1
140 (nazorat)
20.07
2
140
1.08
3
10.08
4
160
1.08
5
10.08
3-jadval
Ma’dan o‘g‘itlarning qo‘llash muddatlari bo‘yicha taqsimlanishi
(kg/ga hisobida)
O‘g‘it turi va me’yori
Qo‘llash muddatlari
N
P
2
O
5
K
2
O
O‘g‘itlarning yillik me’yori
200
140
100
Shudgorlashdan oldin
-
100
50
Ekish bilan birga
20
-
-
2-4 chinbarglik fazasida
40
-
-
Shonalash fazasida
70
-
50
Gullash fazasida
70
40
-
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Olib borilgan dala tajribalaridan olingan maʼlumotlarni ko‘rsatishicha, g‘o‘za hosildorligi va
uning miqdoriga agrotexnik omillaridan o’suv nuqtasini boshqarish va nihol qalinligini taʼsiri
katta bo‘lishligi maʼlum bo‘ldi.
Tajribaning 4 va 5-jadvallarida keltirilgan raqamlardan ko‘rinib to‘ribdiki, gektarida tup son
qalinligshining oshirshi bilan g’o’za hosildorligini sezilarli darajada pasayishi hisobga olindi.
Tajriba dalasida g’o’za hosilining o’rtacha 75 % birinchi terimda terib olindi. Eng past
hosildorlik nazorat variantidan gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 20 iyulda chilpish
o’tkazilgan variantda 28,5 s/ga paxta terib olindi. Tajriba dalasida eng yuqori hosildorlik esa
gektariga 140 ming tup son qoldirilib, 10 avgustda chilpish o’tkazilgan variantdan 34,1 s/ga
paxta terib olindi.
4-jadval
Tup qalinligi va chilpishning g‘o‘zani terimlar bo‘yicha
hosildorligiga ta’siri, ga/s. hisobida
Variant-
lar
Chilpish
muddatlari
Rejalashti
rilgan
kuchat
qalinligi,
ga/ming
dona
Terim
oldidan
nihol
qalinligi
,
ga/ming
dona
Terimlar
bo‘yicha
hosildorlik
s/ga
Hosildorlik,
s/ga
15.09 27.09 13.10
1
20-
iyul
140
139,8 20,1
6,4
2,0
28,5
2
1-
avgust
140
138,7 24,1
5,5
2,0
31,6
3
10-
avgust
140
138,2 24,7
6,5
2,9
34,1
4
1-
avgust
160
154,4 20,8
6,7
1,6
29,1
5
10-
avgust
160
155,7 23,5
6,6
2,2
32,3
5-jadval
Tup qalinligi va chilpishning g‘o‘zani takrorlanishlar bo‘yicha hosildorligiga ta’siri, ga/s.
hisobida
Variantlar
Chilpish
muddatlari
Rejalashtiri
lgan
kuchat
qalinligi,
ga/ming
dona
Bir
dona
ko‘sakning
paxtasini
vazni, gr
Takrorlashlar
bo’yicha
hosildorlik s/ga
Hosildorlik,
s/ga
I
II
III
IV
1
20-iyul
140
4,6
29,1 28,3 27,5 28,7 28,5
2
1-avgust
140
4,4
30,7 31,3 32,1 32,5 31,6
3
10-avgust
140
4,5
32,5 35,4 34,7 34,0 34,1
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
4
1-avgust
160
3,6
27,9 29,8 28,7 30,0 29,1
5
10-avgust
160
3,7
31,8 30,8 33,7 32,9 32,3
Sd=1,61 s/ga
EKF
0,5
=3,4 foiz
Bir dona ko‘sakning paxtasini vazni tahlil qilinganda, tup qalinligi gektariga 140 ming dan 160
ming ga oshirilishi bilan ko‘sakdagi paxta vaznining pasayishi ko‘zatildi. Bir dona ko‘sakdan
olingan paxta vazni tahlil qilinganda gektariga 140 ming tup son qoldirilgan variantda 4,4-4,6 gr
gacha, gektariga 160 ming tup son qoldirilgan variantda esa 3,6-3,7 gr paxta ajratib olindi (5-
jadval).
Termiz-202 g‘o‘za navining nol tipiga mansubligini inobatga oladigan bo’lsak, g’o’za tupida 16-
20 ta bo’g’inlarida hosil elementlari, ya’ni bo‘liq ko‘saklar rivojlanganda chilpish olib borilsa,
hosildorlik va hosil sifati shunchalik yuqori bo‘lishi tajribadan aniqlandi (5-jadval).
Paxtachilikni rivojlantirishda har gektar maydondan olinadigan paxta hosilini oshirib, kam
xarajatlar bilan yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish muhim hisoblanadi.
Terimlar bo‘yicha topshirilgan paxtani sanoat navlari aniqlanib, shunga mos ravishda paxtani
sotishdan tushgan jami pul miqdori hisoblanildi.
Jami xarajatlarni aniqlashda esa xo‘jalikda har gektar maydon hisobiga to‘g‘ri kelgan xarajatlar,
variantlar bo‘yicha ketgan chigitlarni miqdori aniqlanib, olingan hosilni terishga ketgan
xarajatlar ham qo‘shilib, hisoblanildi.
Tajribada o‘rganilgan variantlarning sof foydasini hisoblash uchun har bir variantda
yetishtirilgan hosilni sotishdan tushgan jami pul mablag‘lari miqdoridan jami xarajatlar
miqdorini olib tashlab (chegirib) aniqlanildi.
6-jadval maʼlumotlaridan maʼlum bo‘lishicha, tajriba bo‘yicha eng yuqori miqdordagi sof foyda
(4366794 so‘m) 3-variantdan, yaʼni g‘o‘zalarning tup son qalinligi gektariga 140 ming dona
bo‘lib, 10-avgustda chekanka qilingan sharoitda parvarish qilingan g‘o‘zalardan olindi.
Xulosa qilib shunu aytish mumkinki, bir dona ko‘sakning paxtasini vazni tahlil qilinganda, tup
qalinligi gektariga 140 ming dan 160 ming ga oshirilishi bilan ko‘sakdagi paxta vaznining
pasayishi ko’zatildi. Bir dona ko’sakdan olingan paxta vazni tahlil qilinganda gektariga 140
ming tup son qoldirilgan variantda 4,4-4,6 gr gacha, gektariga 160 ming tup son qoldirilgan
variantda esa 3,6-3,7 gr ni tashkil qildi.
Termiz-202 g‘o‘za navining nol tipiga mansubligini inobatga oladigan bo‘lsak, g‘o‘za tupida 16-
20 ta bo’g’inlarida hosil elementlari, ya’ni bo‘liq ko’saklar rivojlanganda chilpish olib borilsa,
hosildorlik va hosil sifati shunchalik yuqori bo’lishi tajribadan aniqlandi
Tajriba dalasida g’o’za hosilini o’rtacha 75 % birinchi terimda terib olindi. Eng past hosildorlik
nazorat variantidan gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 20 iyulda chilpish o’tkazilgan
variantda 28,5 ts/ga paxta terib olindi. Tajriba dalasida eng yuqori hosildorlik esa gektariga 140
ming tup son qoldirilib, 10 avgustda chilpish o’tkazilgan variantdan 34,1 ts/ga paxta terib olindi.
Yuqoridagi nihol qalinligini kamayishi (140 ming donaga) va chilpish muddatlarini erta
o‘tkazilishi hosildorlikni 5,6 sentnergacha pasayishiga olib keldi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Jumanov D.T. G‘o‘za hosildorligiga agrotexnik omillarni ta’siri. Journal of universal science
research. 2023-yil.
2. Jumanov D.T., B.E.Xushboqov, J.B.Quziboyev va L.A.Izzatullayev. Thin fiber cotton in
extreme climates the effect of stem thickness and pruning on the productivity of the termiz-202
variety. TAFAKKUR MANZILI. 2023-yil. Oktyabr. 4-8 betlar.
3. Jumanov
D.T.,
Imomov
Ch.B.,
S.O.Tojiyeva.
AGROTEXNIK
OMILLARNI
UYG‘UNLASHGAN HOLDA QO’LLASHNING G’O’ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI.
Agroinnovatsiya jurnali. 2023-yil. 1-son.
4. Jumanov D.T., Yevka V. -Uyg‘unlashgan texnologiyada hosili. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi
jurnali. 2007 yil № 12-son, 21-bet.
5. Jumanov D.T., Yevka V.- Maqbul texnologiya va hosildorlik. Samarqand SamQXI
«Kartoshka seleksiyasi, urug‘chilik yetishtirish va saqlash texnologiyasini rivojlantirish
muammolari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. 2007-yil 33-35
betlar.
6. Jumanov D.T., Oripov R. Agrotexnologiyalar uyg‘unlashuvi va g‘o‘za hosildorligi.
Samarqand SamQXI «Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish istiqbollari»,
Professor-o‘qituvchilarning “qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari TO‘PLAMI. 1-qism. 6-7 may 2009-yil, 30-33 betlar.
7. Доспехов Б.А. Методика полевого опита. - М.: «Агропромиздат», 1985.
8. Методика полевих опитов с хлопчатником. – Т.: 1981. (Дала тажрибаларини ўтказиш
услублари. – Т.: 2007.)
