Авторы

  • Eshmuratova Dildor Normuratovna,Rustamova Sevinch Faxriddin qizi
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76491

Ключевые слова:

Ta’lim tarbiya ilm Ikkinchi Aristotel Aristotel.

Аннотация

 Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya falsafasi, uning ilmiy merosi va ilmiy tasniflash tizimi yoritilgan. U ilm-fan rivoji va inson ma’naviy kamoloti o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida urg‘u berib, jamiyat taraqqiyoti uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligini ta’kidlaydi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Eshmuratova Dildor Normuratovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

Rustamova Sevinch Faxriddin qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

ABU NASR FOROBIY: TA’LIM-TARBIYA FALSAFASI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya falsafasi, uning ilmiy

merosi va ilmiy tasniflash tizimi yoritilgan. U ilm-fan rivoji va inson ma’naviy kamoloti

o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida urg‘u berib, jamiyat taraqqiyoti uchun ta’lim-tarbiya

jarayonining uzviyligini ta’kidlaydi.

Kalit so’zlar:

Ta’lim, tarbiya, ilm, Ikkinchi Aristotel, Aristotel.

Biz yashayotgan zamin qadim-qadimdan madaniyat va ziyo maskani bo’lib, xalqimiz boy

madaniy merosga, yuksak qadriyatlarga ega xalqdir. Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga

mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn

Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, аl-Marg‘inoniy,

Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad

al-Farg‘oniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud

va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko‘plab siymolar jahon fani, madaniyati va

sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shganlar.

Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’z nutqlarida doimo xalqimiz boy

madaniy merosini izchillik bilan o`rganishga, undan yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish va

rivojlantirishda foydalanishga da’vat etib kelmoqdalar. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,

yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga

hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun

ajdodlarimizning madaniy-maʼnaviy boyligini chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz

darkor.”[1]

Markaziy Osiyo hududida butun musulmon dunyosiga o‘zlarining asarlari bilan tanilgan,

mintaqa, xususan o‘zbek faniga asos solgan, ajdodlarimizning ilmiy yutuqlarini xotirada saqlab,

jahon ilmiy tafakkurini oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ular olib

borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va

madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Shunday ulug‘ allomalardan biri Abu Nasr Forobiy

(873-950 yillar)dir. O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman, Yaqin va O‘rta Sharq

mamlakatlaridagi taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog‘liq.

U hayotlik vaqtidayoq “Ikkinchi Aristotel”, “Sharq Aristoteli”, “Muallimin as-soniy” (“Birinchi

muallim”, birinchi ustoz Aristotel bo`lgan) degan faxriy nom olgan edi. Bu uning ilmi va

xizmatlariga berilgan yuksak bahodir.[2] Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o‘rta asr davri ilm –

fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim. Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning

barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan.

Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan.

Forobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda u kishilarning diniy

mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlari, qobiliyatlari iqtidori, bilim

ko‘nikmalariga e’tibor berish zarur, deydi. U o‘zining “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida

risola” asarida: “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, - deb yozadi. Bu esa


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritadi”. Forobiy taʼlim-tarbiyaga bag‘ishlangan

asarlarida taʻlim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga eʼtibor berish zarurligi, taʼlim-tarbiya

usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv

to’g’risida”, “Ihso-al-ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi

asarlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy taʼlim-

tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni

kamolga etkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.[3]

Forobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr

bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari

haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon

haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar

haqidagi ilm o‘rganiladi, - deydi. Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga

javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat

deb biladi. Abu Nasr Forobiy yana aytadi: “Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida

nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-

hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.[4]

Forobiyning ilmlar tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy-ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U

“Ilmlarning kelib chiqishi haqida” va “Ilmlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha

davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Umuman,

Forobiy limning beshta asosiy turkumini ko‘rsatadi:

Til haqidagi ilm (grammatika, poetika, to‘g‘ri yozuv va boshqalar. Jami yettita bo‘limdan

iborat).

Mantiq. Sakkizta bo‘limdan iborat,

Matematika, yetti mustaqil ilm: arifmetika, geometriya, optika, sayyoralar, musiqa, og‘irlik,

mexanika.

Ilm at-tabiiy va ilm al-iloxiy – tabiiy va ilohiy ilmlar yoki metafizika.

Siyosat ilmi (ilm al-madaniy, shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi),

yurisprudensiya va musulmon teologiyasi. [5]

Forobiy ilmiy tasnifni nafaqat nazariy jihatdan bayon qilgan, balki uning amaliy ahamiyatini

ham ta’kidlagan. U har bir ilm sohasining o‘zaro bog‘liqligini tushuntirib, bilish jarayonini

mukammallashtirishga intilgan. Xususan, u mantiqni barcha ilmlar uchun asos deb hisoblagan va

uni to‘g‘ri fikrlash san’ati sifatida talqin qilgan. Matematika va tabiiy fanlarga doir qarashlarida

esa Forobiy qadimgi yunon olimlari, xususan, Evklid, Ptolemey va Aristotel g‘oyalarini

rivojlantirib, ularning islom ilm-faniga moslashtirilishiga katta hissa qo‘shgan. U

matematikaning turli tarmoqlarI - arifmetika, geometriya, optika va astronomiyaning jamiyat

taraqqiyotidagi rolini alohida ko‘rsatib bergan. Shuningdek, Forobiyning siyosat ilmi haqidagi

qarashlari ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. U “Fozil odamlar shahri” asarida ideal jamiyat

modelini ishlab chiqib, uni donishmand hukmdor boshqarishi lozimligini ta’kidlaydi. Uningcha,

bunday hukmdor nafaqat siyosiy jihatdan kuchli, balki ilmiy va ma’naviy jihatdan ham yetuk

bo‘lishi kerak. Forobiyning ilmiy tasnifi va bilimning jamiyatdagi o‘rni haqidagi qarashlari

keyinchalik Yevropa va Islom olamining ko‘plab mutafakkirlari tomonidan rivojlantirilgan.

Xususan, uning ta’siri Ibn Sino, Ibn Rushd va G‘azzoliy kabi olimlarning asarlarida yaqqol

ko‘rinadi. Forobiyning ilmiy merosi hozirgi kunda ham falsafa, mantiq, matematika va ijtimoiy

fanlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Uning ilmiy tasnifi nafaqat o‘rta asrlar

tafakkuriga, balki zamonaviy bilim paradigmasiga ham muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. [6]

Xulosa qilib aytganda, Forobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari bugungi kun uchun

ham dolzarb ahamiyatga ega. Uning ilmiy tasnifi bilimning mantiqiy asoslanishini va inson

ma’naviy kamolotini ta’minlashdagi rolini ochib beradi. U ta’lim jarayonida axloqiy


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

fazilatlarning muhimligini ta’kidlab, ilm-fanning jamiyatdagi o‘rnini belgilab bergan. Uning

fikricha, ilm nafaqat nazariy bilimlar majmuasi, balki insoniyat taraqqiyotining asosiy vositasi

hamdir. Shu bois, Forobiyning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi bugungi pedagogika va falsafa

tadqiqotlari uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

“Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.

Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali

marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. – T.:

O‘zbekiston, 2016. – 14 b.

2.

O‘.Qurbonova “Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ta’lim-tarbiya

masalalari”. BuxDU ilmiy axboroti 2018/2(70). 258-b.

3.

X.K.Xudayberdiyeva “Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik qarashlari”.

International Scientific and Practical Conference.

https://tipi.uz/

4. O‘.O‘ktamova “Abu Nasr Forobiy qarashlarida tarbiya masalasi”. Международный

научный журнал. 1055-1057-b.

5. M.M.Xayrullayev “Forobiy va uning falsafiy risolalari”. Т-1963. 277-b.

6. Rosenthal, Franz. Knowledge Triumphant:“The Concept of Knowledge in Medieval Islam”.

Brill-2007.

7. Eshmuratova, Dildor. “Maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda deklarativ bilimlarga

asoslangan interfaol texnologiyalardan foydalanish usullari”. E konferentsiya zonasi . 2023 yil.

8. Eshmuratova, Dildor. "Methods of using interactive technologies based on declarative

knowledge in teaching english language to school students." e conference zone. 2023.

9. Eshmuratova Dildor Normuratovna, Fayziyeva Ozoda Erkin qizi “Yoshlarning shaxsiy

rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi xususida ayrim mulohazalar”. International journal of

scientific researches. 2024

10. Eshmuratova Dildor Normuratovna

,

Xudoyqulova Sevinch Sherzod qizi “Ta’lim

jarayonlarida yoshlarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari”. International

journal of scientific researches. 2024

11. Eshmuratova Dildor Normuratovna, Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li “Zamonaviy

jamiyatda fuqarolik tarbiyasining ahamiyati”. 2025

Библиографические ссылки

“Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. – T.: O‘zbekiston, 2016. – 14 b.

O‘.Qurbonova “Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ta’lim-tarbiya masalalari”. BuxDU ilmiy axboroti 2018/2(70). 258-b.

X.K.Xudayberdiyeva “Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik qarashlari”. International Scientific and Practical Conference. https://tipi.uz/

O‘.O‘ktamova “Abu Nasr Forobiy qarashlarida tarbiya masalasi”. Международный научный журнал. 1055-1057-b.

M.M.Xayrullayev “Forobiy va uning falsafiy risolalari”. Т-1963. 277-b.

Rosenthal, Franz. Knowledge Triumphant:“The Concept of Knowledge in Medieval Islam”. Brill-2007.

Eshmuratova, Dildor. “Maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda deklarativ bilimlarga asoslangan interfaol texnologiyalardan foydalanish usullari”. E konferentsiya zonasi . 2023 yil.

Eshmuratova, Dildor. "Methods of using interactive technologies based on declarative knowledge in teaching english language to school students." e conference zone. 2023.

Eshmuratova Dildor Normuratovna, Fayziyeva Ozoda Erkin qizi “Yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi xususida ayrim mulohazalar”. International journal of scientific researches. 2024

Eshmuratova Dildor Normuratovna, Xudoyqulova Sevinch Sherzod qizi “Ta’lim jarayonlarida yoshlarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari”. International journal of scientific researches. 2024

Eshmuratova Dildor Normuratovna, Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li “Zamonaviy jamiyatda fuqarolik tarbiyasining ahamiyati”. 2025