Авторы

  • Ataullayev J.R.
    Qarshi davlat texnika unversiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76492

Ключевые слова:

Aerofotos’yomka kosmosurat deshifrlash yaylov pichanzor loyiha kontur analitik usul taxeometrik s’yomka.

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarini topografik jihatdan o‘rganish va yer maydonlarining chegaralarini aniqlash hamda belgilash bo‘yicha keng ko‘lamli islohatli ishlar olib borilayotganligi, qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara hududlarini aniqlash va belgilash borasida geodeziya, kartografiya va geoinformatika sohasining o‘rni muhim sanalishi, loyihani joyiga ko‘chirish asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara maydonlarini aniqlash va belgilab berishda yerdan va fazodan turib tadqiq etish ko‘lami ortib bormoqda va mazkur ishlar respublikamizda muhim o‘rin tutishi jahonda va uning turli mintaqalarida yerdan foydalanuvchilarning chegara hududlarini maxsus to‘siqlar yordamida himoyalashga alohida ahamiyat qaratilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ataullayev J.R.

Qarshi davlat texnika unversiteti o’qituvchisi

GEODEZIK USULLARDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING CHEGARALARINI

ANIQLASH

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarini

topografik jihatdan o‘rganish va yer maydonlarining chegaralarini aniqlash hamda belgilash

bo‘yicha keng ko‘lamli islohatli ishlar olib borilayotganligi, qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara

hududlarini aniqlash va belgilash borasida geodeziya, kartografiya va geoinformatika sohasining

o‘rni muhim sanalishi, loyihani joyiga ko‘chirish asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara

maydonlarini aniqlash va belgilab berishda yerdan va fazodan turib tadqiq etish ko‘lami ortib

bormoqda va mazkur ishlar respublikamizda muhim o‘rin tutishi jahonda va uning turli

mintaqalarida yerdan foydalanuvchilarning chegara hududlarini maxsus to‘siqlar yordamida

himoyalashga alohida ahamiyat qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Aerofotos’yomka, kosmosurat, deshifrlash, yaylov, pichanzor, loyiha, kontur,

analitik usul, taxeometrik s’yomka.

DETERMINATION OF THE BOUNDARIES OF AGRICULTURAL LAND USING

GEODESIC METHODS

Abstract.

In this article, today in the Republic of Kamiz, large-scale reform works are being

carried out on the topographical study of agricultural lands and the determination and marking of

the boundaries of land areas, geodesy, cartography and The role of geoinformatics is considered

important, the scale of research from the ground and space in determining and defining the

border areas of agricultural land based on the relocation of the project is increasing, and the

importance of these works in our republic is in the world and in its various regions. Special

attention is paid to the protection of border areas of land users with the help of special barriers.

Keywords:

Aerial photography, space photography, decoding, pasture, hayfield, project, outline,

analytical method, tacheometric survey.

Agar yer maydonlarni loyihalash analitik usulda bajarilgan bo‘lsa, unda loyihani joyga ko‘chirish

usulini tanlash planiy materialni hosil qilish uchun olib borilgan s’yomka turidan bog‘liq

bo‘lmaydi. Agarda loyihalash mexanik yoki grafik usulda bajarilgan bo‘lsa, unda loyihani joyga

ko‘chirishda tayanch sifatida ko‘pincha joyda konturli nuqtalar qo‘llaniladi.

Ushbu nisbatga doir aerofotos’yomka materiallari yer ustidagi s’yomka planlari oldida katta

afzallikga ega, chunki ularda joydagi tafsilotlar to‘la mukammal tasvirlangan bo‘lib, loyihani

joyga ko‘chirishda chiziq o‘lchash asboblar bilan o‘lchashlar sonini ancha kamaytirishga va

ushbu asboblarni faqat kalta masofalarni o‘lchash uchun qo‘llanishga imkon tug‘diradi (1-rasm).


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1-rasm. Kosmosurat yordamida ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘rnatish

O‘lchashlar sonini maksimal qisqartirishi va o‘lchashlar uzunligini kamaytirishi aerosuratlarni

to‘g‘ri o‘qilishi va shubhasiz tanla oladigan yaqin tayanch sifatida nukgalarni tanlash orqali

amalga oshiriladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, konturli nuqtalarni tanlash uchun eng yaxshi

fotomahsulot bo‘lib, deshifrlanmagan kontaktli

f

aerosuratlar hisoblanadi, chunki aerosuratlarni

transformatsiyalash yoki kattalashtirish jarayoni hamma vaqt tasvirning dag‘alligi kamayadi,

xususan joydagi mayda ob’ektlarda.

Deshifrlash belgilarni tushirishi bilan aerosuratlardagi tafsilotlar qisman yopiladi va konturli

nuqtalarni tayanch sifatida qo‘llanishi ko‘p miqdorda kamayadi. Shuning uchun loyihalashda,

ayniqsa loyihani joyga ko‘chirishda, loyihalashni bajariladigan deshifrlangan aerofoto-

mahsulotlardan tashqari, ular yordamida ko‘p miqdorda joydagi mayda ob’ektlarni osongina

tanlab olishiga imkon beradigan deshifrlanmagan kontaktli aerosuratlarni mavjudligi foydali

hisoblanadi. Ular bilan tomonlar parallelligi va perpendikulyarligini qattiq rioya qilishini talab

qilinmaydigan uchastkalarni joyga ko‘chirishi qulay, masalan, yaylov, pichanzorlar va h.k. (2-

rasm).

2-rasm. Kosmosuratlarni deshifrlash

Loyiha nuqtalarni joyga ko‘chirish usullari bilan birgalikda, qachonki loyiha nuqta ishonch bilan

tanlanalingan konturli nuqta bilan mos keladi va joyda o‘lchashlarni bajarish talab qilinmaydi,

yoki qachonki AB kontur chizig‘ida C loyiha nuqtaning o‘rni (3-rasm).


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

3-rasm. Loyiha nuqtalarini o‘rnatish

AC yoki BC o‘lchashlar orqali aniqlanadi, aerofotos’yomka materiallarni qo‘llashda loyiha

nuqtalarni joyga ko‘chirish uchun kerakli o‘lchashlar uzunligini kamaytirishga imkon beradigan

boshqa usullar ham keng qo‘llaniladi.

Masalan, aerosuratlarning alohida qismlarini har xil masshtabligi sababli (xususan, agar u

traneformatsiyalanmagan bo‘lsa) A va B uzoqda joylashgan nuqtalar bo‘yicha C loyiha nuqtani

hosil qilishi, aerosuratda AC va BS chiziqlarni o‘lchashda katta xatolarga olib kelishi mumkin.

Bu holatda natija aniqroq bo‘ladi, agarda C loyiha nuqtani <prtnida joylashgan E konturli

nuqtadan foydalansa A-B chiziqga C nuqtadan perpendikulyar tushirilsa va ushbu

perpendikulyar asosidan joyda C loyihaviy nuqtani hosil qilish uchun aerosuratdan olingan CD

o‘lcham aniqlansa.

O‘lchashlar uzunligini kamaytirishi uchun to‘g‘ri chiziqlarni kesishidan foydalanadilar, shunda

aerosuratdagi to‘g‘ri chiziqlarni kesishtirish nuqtasi aerosuratni qiyaligi uchun noto‘g‘ri

tasvirlanishiga qaramasdan joyida ushbu to‘g‘ri chiziqlarni kesishtirish nuqtasi bilan aniq mos

kelishidan amal qiladilar. Shuning uchun K loyiha nuqtani joyga ko‘chirishda, uning yaqinida

joyda AR va BN chiziqlarning kesishida x nuqtani o‘rni topiladi. Ushbu nuqtadan xL kesimi

o‘lchanadi va LK perpendikulyar bo‘yicha K loyiha nuqtasini o‘rni topiladi. Nazorat uchun

joyida loyiha nuqtalar orasidagi (tomonlar) barcha chiziqlar o‘lchanadi, natijalari aerosuratda

yoki rejalash chizmasida yoziladi va aerosuratdagi muvofiq chiziqlar bilan solishtiriladi.

Tayyorgarlik ishlarni olib borishda, loyihalashda va loyihani joyga ko‘chirishda aniqligini

oshirish uchun joyda mahkamlangan, aniqlangan (opoznak) nuqtalaridan foydalaniladi (4-rasm).


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

4-rasm. Joyga o‘rnatilgan opoznak nuqtalar

Aerofotomahsulotlar bo‘yicha loyihani joyga ko‘chirish aniqligi taxminan yer ustidagi s’yomka

planlari bo‘yicha loyihani joyga ko‘chirish aniqligiga to‘g‘ri keladi.

Loyihani joyga ko‘chirishdagi xatoliklarining yer maydonlari yuzalarining aniqligiga ta’sirini

hisobga olish juda murakkab jarayon xisoblanadi, chunki joyga ko‘chirilgan maydon

chegarasining bir qismi oldindan o‘tkazilgan teodolit yo‘llariga, bir qismi esa tafsilotlarning

konturli nuqtalariga tayangan bo‘lishi mumkin, hamda, ayrim yer maydonlarning chegara

qismlari bir usulda joyga ko‘chirilgan, qolganlari esa boshqa usulda va h.k. kuzatilishi mumkin.

Shuning uchun loyihani joyga ko‘chirishdagi xatolarni hisobga olish usullaridan eng oddiy

usullarga to‘xtalib o‘tamiz. Loyihany joyga ko‘chirish aniqligi ushbu jarayonnning ikki asosiy

bosqichini o‘tkazish jarayonidan bog‘liq:

- loyihani joyga ko‘chirish uchun geodezik qiymatlarni kameral aniqlash;

- loyihani joyga ko‘chirishda dala o‘lchashlar.

Geodezik qiymatlarni kameral aniqlashi loyihani faqat grafik va mexanik usullarda bajarish

uchun kerak.

Analitik usulni qo‘llashda esa, geodezik qiymatlar loyihalash jarayonida hosil qilinadi va

ularning aniqligi faqat joydagi o‘lchashlar xatolaridan bog‘liq bo‘ladi.

Agar loyihani faqat chiziq o‘lchash qurollari yordamida ko‘chirilsa, unda plandagi o‘lchashlar

masshtab aniqligiga muvofiq (0,08 mm yoki yaxlit 0,1) xato bilan aniqlanadi.

Taxeometrik syomka hozirgi kunda, optik geodezik asbob – teodolit- taxeometr(doiraviy

taxeometr)lardan tashqari, asosan, elektron taxeometrlar yordamida bajarilmoqda. Syomka

jarayonida kerakli o‘lchashlarni amalga oshirish uchun optik asbobning gorizontal va vertikal

doiralari hamda ko‘rish trubasidagi ipli dalnomer chiziqlari xizmat qiladi.

Shu bois, quyida hozirgi kunda ishlab chiqarishda keng qo‘llanilayotgan hamda yangi ishlab

chiqarilayotgan elektron taxeometrlarning tuzilishi, texnik tavsiflari va ular imkoniyatlariga

batafsil urg‘u beriladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan elektron taxeometrlar (electron taxeometrik stansiyalar)

o‘lchash-hisoblash majmuasidan iborat bo‘lib, unga ixcham masofa o‘lchash elektron dalnomeri,

gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchab, natijasini ekran(displey)ga chiqarib va birdaniga

xotiraga yozib qayd qiluvchi elektron moslama, hamda natijalarni dastlabki ishlab chiqish uchun

kichik kompyuterlar kiradi.

Elektron taxeometrlar eng ommaviy bo‘lib, bugungi kunda ko‘p chet el firmalar tomonidan

ishlab chiqarilmoqda va ular tizimli hamda kundalik s’yomkalarda ishlatiladigan asboblarga

bo‘linadi va bir-biridan aniqligi, imkoniyatlari xamda avtomatlashtirilgan darajasiga qarab farq

qiladi.

Bugungi kunda elektron taxeometrlar ma’lum aniqlik diapazonini qamrab oladigan bir avlod

asboblarining seriyali qilib chiqarilmoqda. Har bir seriyada ko‘rsatilgan diapazon doirasida

aniqligi, avtomatlashtirish darajasi va qo‘shimcha funksiyalarning har xil to‘plami bo‘yicha

farqlanadigan bir necha modifikatsiyasi bo‘ladi.

Elektron taxeometrlarni ishlab chiqaruvchi ilg‘or firmalar bo‘lib, “Leica” (Shveysariya),

“Trimble” (AKSH), “SOKKIA” (Yaponiya), UOMZ (Rossiya) va boshqalarni qayd etish

mumkin. “Carl Zeiss” (Germaniya) tomonidan ishlab chiqilgan Elta S10, S20 tizimli

taxeometrlar hamda kundalik ishlatiladigan Elta R55 lar to‘g‘risida yetarli ma’lumot keltirilgan.

Quyida “Leica” (Shveysariya), Trimble” (AKSh) firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektron

taxeometrlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.

“Leica” (Shveysariya) tomonidan ishlab chiqilgan TPS seriyali electron taxeometrlar asosan

topografik, kadastr, qurilish s’yomkalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi rusumlarda

ishlab chiqarilmoqda:

TSM – motorlashtirilgan taxeometrik stansiyalar;

TSR – qaytargichsiz o‘lchashlarni bajariladigan taxeometrlar;

TSMR – qaytargichsiz o‘lchashlarni bajariladigan motorlashtirilgan taxeometrlar;

TSA – motorlashtirilgan qaytargichni avtomatik tarzda kuzatadigan taxeometrlar.

TPS 400, TPS 800, TPS 1100 seriyali elektron taxeometrlar qator afzalliklarga ega bo‘lib, bir -

birlaridan o‘lchash aniqligi va ayrim imkoniyatlari bilan farq qiladilar.

TPS seriyali elektron taxeometrlarda quyidagi afzalliklar mujassamlashgan:

Uch sinfli aniqligi

- o‘lchash aniqligiga qarab mavjud seriyaning qatorida kerakli modelini

tanlash mumkin. Masalan,

TPS 802 - 2 , TPS 803 - 3 ,

TPS 805 - 5

;

10000 ta o‘lchashlar

- ishonchli o‘rnatilgan xotira 10000 ta bloklar ma’lumotini saqlash

qobiliyatiga ega;

Uzluksiz qaratish vinti

- nishonga qaratishda vintni maxkamlash va bo‘shatish hojati yo‘q;

Lazer shovuni

- lazer shovun tufayli asbobni optik markazlashtirgichga nisbatan ancha tez

markazlashtirish mumkin;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Elektron ko‘rsatkichi

- rejalash ishlarini bajarishda juda qulay, reykali elektron ko‘rsatgichi

bo‘yicha stvorga qaytargichni aniq qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TPS 400 seriyali elektron taxeometrlar topografik syomka va qurilish ishlariga mo‘ljallangan

bo‘lib, bazis chiziqlarni hosil qilish, rejalash ishlari, balandliklarni uzatish, yuzalarni hisoblash,

borib bo‘lmas nuqtalar balandligini aniqlashda qo‘llash mumkin.

TPS 800 seriyali elektron taxeometrlar bilan esa yuqorida qayd etilgan ishlardan tashqari

orientirlash, teskari geodezik masalani yechish, loyihani joyga ko‘chirish, ko‘rinmaydigan

nuqtalarni o‘lchash va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.

TRS 1100 seriyali elektron taxeometrlar qo‘shimcha amaliy dasturlar bilan ta’minlanganligi

tufayli, ular yuqori unumli hisoblanadi va alohida masalalarni yechishga, shuningdek

asboblarning ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan.

TPS seriyali elektron taxeometrlarda bir qator geodezik o‘lchashlarni bevosita joyda bajarish

uchun dasturlar o‘rnatilgan, chunonchi:

-rejalash dasturi ma’lum koordinatalari bo‘yicha uch o‘lchamli rejalash elementlarini

hisoblashga imkon beradi.

-orientirlash. Balandlikni uzatish dasturi orqali boshlang‘ich direksion burchaklarni hisoblash va

koordinatalari ma’lum bir yoki bir necha borib bo‘lmas nuqtalarning kuzatish natijalari bo‘yicha

balandliklarni uzatish mumkin.

- doiraviy qabullar dasturi yordamida bir necha qabullardan iborat o‘lchangan burchaklarda

o‘rtacha yo‘nalishlarni aniqlash mumkin.

Keyingi yillarda “Leica Geosistem” (Shveysariya) firmasi tomonidan yanada ham yuqori unumli,

avtomatlashgan Leica FlexLine TS rusumli electron taxeometrlar ishlab chiqarilmoqda. Bu

rusumli elektron taxeometrlar qator afzalliklarga ega bo‘lib, ulardan haqiqiy sifat,

moslashuvchanlik, qulaylik va samaradorlik xossalarini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Shuning dek, Leica FlexLine TS02 plus elektron taxeometri texnik va o‘rtacha aniqlikda

s’yomka ishlarning barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va qulay asbob hisoblanadi.

Bu asbob katta grafik oq–qora displey, harfliraqamli klaviatura, bluetooth simsiz aloqa bilan

jihozlangan va SmartWorx Viva dasturiy ta’minoti orqali yanada moslashuvchanlikka erishish

mumkin.

Leica FlexLine TS06 plus elektron taxeometri o‘rtacha aniqlikda kundalik syomka ishlarning

barcha standart vazifalari uchun ishonchli, tezkor va qulay asbob hisoblanadi.Unda katta grafik

oq–qora displey, harfli – raqamli klaviaturadan tashqari, yangi o‘rnatilgan Leica FlexFildplus

dasturi va yangi rangli sensor displey bilan jihozlangan.

Leica FlexLine TS09 plus elektron taxeometri Leica FlexLine plus asboblari turkumida yetakchi

model bo‘lib, yuqori aniqlikdagi ishlar uchun ideal asbob hisoblanadi. TS09 plusning

kengaytirilgan konfiguratsiyasi uni favqulodda moslashuvchan asbobga aylantiriladi, chunki u

bilan nafaqat kundalik s’yomka ishlarni, balki har qanday murakkab masalalarni katta ishonch

bilan bajarish mumkin. Yangi o‘rnatilgan Leica FlexFildplus dasturi va yangi rangli sensor

displey bajarilayotgan ishlar samarasini yanada oshirishiga imkon beradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Lapasov J.O. Directions and Basics of Using Digital Image Data in Laser Scanning of the

Earth’s Surface// With Proceedings of the International Scientific and Practical Conference

“Theoretical and Empirical Scientific Research: Concept and Trends”. July 24, 2020 Oxford,

United Kingdom. 11-13-p.

2.Inamov A.N., Lapasov J.O., Oymatov R.Q. Zamonaviy texnologiyalar bilan kosmos suratlarni

ekin yerlarini kameral sharoitda avtomatik tarzda deshifrovka qilish// “Geografiya innovatsion

g‘oyalar, texnodogiyalar va loyihalar” Iqtidorli talabalar va yosh olimlar Respublika ilmiy-

amaliy Konferensiyasi. Toshkent shahri, O‘zMU 2012- y. 232-233-b.

3.Lapasov J.O., Inamov A.N. Sun’iy yo‘ldosh materiallari asosida tomorqa yerlarini kameral

sharoitda yer maydonini o‘lchamini hisoblash va raqamli xaritani yaratish masalalari//

Arxitektura – qurilish fani va davri XXI an’anaviy konferensiya. Toshkent shahri, TAQI 2012- y.

124-126-b.

4.Lapasov J.O. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida yerlardan samarali

foydalanish// Arxitektura – qurilish fani va davri XXI an’anaviy konferensiya. Toshkent shahri,

TAQI, 2012- y. 128-131-b.

5.Inamov A.N., Lapasov J.O., Rajapbaev M.X. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va oqilona

foydalanishda yer xisobini zamonaviy geoaxborot tizimida yuritish// Gidrotexnika

inshootlarining samaradorligini, ishonchliligi va xavfsizligini oshirish. Respublika ilmiy –

amaliy konferensiya. Toshkent shahri, TIMI, 2012- y. 651-653-b

6.Avezov S.A., Sultanov M.Q. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi o‘zgarishlarni aerosuratlardan

foydalanib, geografik axborot tizimlari asosida monitoringini yuritish va kartalashtirish//

O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 38-jild. – T., 2011. –B. 181– 183.

7.Sultanov M.Q. Landshaft komponentlarini aniqlashda kosmik suratlar va GIS

texnologiyalaridan foydalanish haqida// O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 34-jild. – T.,

2009. − B. 39 – 41-b..

8.Volkov S.N. Osnovы zemleustroystva// Uchebnik// Moskva 2015 g. 270 s.

9.Tejkal M. The application of laserscan system in the field of building documentation / M.

Tejkal// GEODIS news. English edition. – 2004. – № 2. 26– 27-p.

10.Zamechikova M. Testing of terrestrial laser systems / M. Zamechikova, A.Kopacik// INGEO

2004 and Regional Central and Eastern European Conference on Engineering Surveying,

Bratislava, Slovakia, Novermber 11–13, 2004. 11.http://www.lex.uz

Библиографические ссылки

Lapasov J.O. Directions and Basics of Using Digital Image Data in Laser Scanning of the Earth’s Surface// With Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Theoretical and Empirical Scientific Research: Concept and Trends”. July 24, 2020 Oxford, United Kingdom. 11-13-p.

Inamov A.N., Lapasov J.O., Oymatov R.Q. Zamonaviy texnologiyalar bilan kosmos suratlarni ekin yerlarini kameral sharoitda avtomatik tarzda deshifrovka qilish// “Geografiya innovatsion g‘oyalar, texnodogiyalar va loyihalar” Iqtidorli talabalar va yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy Konferensiyasi. Toshkent shahri, O‘zMU 2012- y. 232-233-b.

Lapasov J.O., Inamov A.N. Sun’iy yo‘ldosh materiallari asosida tomorqa yerlarini kameral sharoitda yer maydonini o‘lchamini hisoblash va raqamli xaritani yaratish masalalari// Arxitektura – qurilish fani va davri XXI an’anaviy konferensiya. Toshkent shahri, TAQI 2012- y. 124-126-b.

Lapasov J.O. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida yerlardan samarali foydalanish// Arxitektura – qurilish fani va davri XXI an’anaviy konferensiya. Toshkent shahri, TAQI, 2012- y. 128-131-b.

Inamov A.N., Lapasov J.O., Rajapbaev M.X. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va oqilona foydalanishda yer xisobini zamonaviy geoaxborot tizimida yuritish// Gidrotexnika inshootlarining samaradorligini, ishonchliligi va xavfsizligini oshirish. Respublika ilmiy – amaliy konferensiya. Toshkent shahri, TIMI, 2012- y. 651-653-b

Avezov S.A., Sultanov M.Q. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi o‘zgarishlarni aerosuratlardan foydalanib, geografik axborot tizimlari asosida monitoringini yuritish va kartalashtirish// O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 38-jild. – T., 2011. –B. 181– 183.

Sultanov M.Q. Landshaft komponentlarini aniqlashda kosmik suratlar va GIS texnologiyalaridan foydalanish haqida// O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 34-jild. – T., 2009. − B. 39 – 41-b..

Volkov S.N. Osnovы zemleustroystva// Uchebnik// Moskva 2015 g. 270 s.

Tejkal M. The application of laserscan system in the field of building documentation / M. Tejkal// GEODIS news. English edition. – 2004. – № 2. 26– 27-p.

Zamechikova M. Testing of terrestrial laser systems / M. Zamechikova, A.Kopacik// INGEO 2004 and Regional Central and Eastern European Conference on Engineering Surveying, Bratislava, Slovakia, Novermber 11–13, 2004. 11.http://www.lex.uz