Авторы

  • Bobojonova Zuxra Farxod qizi
    Urganch davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76493

Ключевые слова:

Nizomiddin Shomiy Sharafiddin Аli Yazdiy Zafarnoma Temur tarixnavislik Hofiz Аbru Ibn Аrabshoh G’arb olimlari.

Аннотация

Ushbu maqolada Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Аli Yazdiyning “Zafarnoma” asari oʼrta asr va zamonaviy Garb olimlari nurnazarida qanday baholangani tahlil qilinadi. Аsarlarning tarixiy ishonchliligi, Temur va temuriylar davri tarixnavisligidagi oʼrni, shuningdek, Hofiz Аbru, Ibn Аrabshoh kabi tarixchilarning nutqlari qiyosiy metodlar asosida oʼrganiladi. Maqolada Shomiyning “Zafarnoma”siga Hofiz Аbru tomonidan qoʼshilgan “Zayl”ning ahamiyati, Ibn Аrabshohning tanqidiy qarashlari va G’arb olimlari (Harold Lamb, Lyusen Keren)ning tahlillari taqqoslanadi. Temuriylar saroy tarixchilarining asarlarining manbaviy qiymatini aniqlashda zamonaviy tadqiqotlarda ularning maʼlumotlarini boshqa manbalar (Klavixo, Ibn Аrabshoh) bilan solishtirish ahamiyati o’rganiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bobojonova Zuxra Farxod qizi

Urganch davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistranti

Email:

farhodovna01@gmail.com

I

KKI ZAFARNOMA ASARLARI O’RTA ASR TARIXCHILARI VA ZAMONAVIY

G’ARB OLIMLAR NIGOHIDA O’RGANILISHI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Аli Yazdiyning “Zafarnoma”

asari oʼrta asr va zamonaviy Garb olimlari nurnazarida qanday baholangani tahlil qilinadi.

Аsarlarning tarixiy ishonchliligi, Temur va temuriylar davri tarixnavisligidagi oʼrni, shuningdek,

Hofiz Аbru, Ibn Аrabshoh kabi tarixchilarning nutqlari qiyosiy metodlar asosida oʼrganiladi.

Maqolada Shomiyning “Zafarnoma”siga Hofiz Аbru tomonidan qoʼshilgan “Zayl”ning

ahamiyati, Ibn Аrabshohning tanqidiy qarashlari va G’arb olimlari (Harold Lamb, Lyusen

Keren)ning tahlillari taqqoslanadi. Temuriylar saroy tarixchilarining asarlarining manbaviy

qiymatini aniqlashda zamonaviy tadqiqotlarda ularning maʼlumotlarini boshqa manbalar

(Klavixo, Ibn Аrabshoh) bilan solishtirish ahamiyati o’rganiladi.

Kalit soʼzlar

: Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Аli Yazdiy, Zafarnoma, Temur, tarixnavislik,

Hofiz Аbru, Ibn Аrabshoh, G’arb olimlari

.

ИЗУЧЕНИЕ ДВУХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ЗАФАРНОМА ГЛАЗАМИ

СРЕДНЕВЕКОВЫХ ИСТОРИКОВ И СОВРЕМЕННЫХ ЗАПАДНЫХ УЧЕНЫХ

Аннотация:

Этой статье Статья посвящена анализу восприятия трудов «Зафарнаме»

Низамиддина Шами и Шарафиддина Али Язди в контексте оценок средневековых

историков и современных западных исследователей. Рассматривается историческая

достоверность этих произведений, их роль в историографии эпохи Тимуридов, а также

критические взгляды таких авторов, как Хафиз-и Абру и Ибн Арабшах. Особое внимание

уделено дополнениям Хафиз-и Абру к труду Шами, скептицизму Ибн Арабшаха и

сравнительному анализу западных учёных (Гарольд Лэмб, Люсьен Керен).

Подчёркивается важность сопоставления данных придворных историков Тимуридов с

другими источниками (записки Клавихо, критика Ибн Арабшаха) для определения их

научной ценности.

Ключевые слова:

Низамиддин Шами, Шарафиддин Али Язди, Зафарнаме, Тамерлан,

историография, Хафиз-и Абру, Ибн Арабшах, западные исследователи.

STUDIES OF TWO WORKS OF ZAFARNOMA THROUGH THE EYES OF

MEDIEVAL HISTORIANS AND MODERN WESTERN SCHOLARS

Abstract:

This article examines the reception of the two *Zafarnama* works by Nizam al-Din

Shami and Sharaf al-Din Ali Yazdi through the lens of medieval historians and modern Western

scholars. It analyzes the historical reliability of these texts, their role in Timurid historiography,

and the critical perspectives of authors such as Hafiz-i Abru and Ibn Arabshah. The study

highlights Hafiz-i Abru’s additions to Shami’s work, Ibn Arabshah’s skepticism, and

comparative analyses by Western scholars (Harold Lamb, Lucien Keuren). The article

emphasizes the importance of cross-referencing court chronicles with other sources (Clavijo’s

accounts, Ibn Arabshah’s critiques) to assess their credibility in modern research.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Keywords

: Nizam al-Din Shami, Sharaf al-Din Ali Yazdi, Zafarnama, Timur, historiography,

Hafiz-i Abru, Ibn Arabshah, Western scholars.

KIRISH( ВВЕДЕНИЕ/INTRODUCTION).

Amir Temur davri tarixini yoritgan va hozirgi

kungacha Temur va temuriylar davri tarixshunosligi haqida yozilgan o’zigacha va o’zidan

keyingi shu mavzuda yozilgan asarlarga ishonchli manbaa bo’lib xizmat qilgan Nizomiddin

Shomiyning Zafarnomasi haqida o’sha zamon tarixchilari fikrlari Temur shaxsiga bo’lgan

munosabat kabi turlicha bo’lgan. Bir guruh tarixchilar asarning yozilish tartibi undagi voqealar

izchilligini maqullagan bo’lsa, boshqa bir tarixchilar guruhi muallifning asari aynan Temurning

shaxsan buyruyg’I builan yozilganligidan undagi tafsilotlarni ko’proq mubolag’a hisoblab

Nizomiddin Shomiyning saroy tarixchilari qatorida ko’rardilar va hukmdor yonida uning

nzaorati ostida yozilgan asarning tarixiy xolislik nuqtai nazaridan ishonliligiga shubha bilan

qarashadi.

Hofizi Abru Nizomiddin Shomiyning oxiriga yetmagan asarini yakunlaydi. Bu bilan nima

demoqchimiz, avvalgi boblarda eslatib o’tilganidek Shomiyning Zafarnomasida Amir

Temurning vafoti tafsilotlari mavjud emas. Muallif asarini 1404-yilgi voqealar bilan tugatgan.

Bu qayta ishlangan va to’ldirilgan qismini Hofizi Abru Zafarnomaga Zayl ya’ni ilova sifatida

qo’shadi. Hofiz Abrubning bu Zayli asardagi mutanosibliklar va til noziklari voqealar

tafsilotlarini bayon qilishdagi Shomiygagina xos bo’lgan o’zgacha yondashuv saqlanib

qolganligi bilan ajralib turadi. Hofiz Abruning Zafarnoma asarini oxiriga yetkazishni o’z

zimmasiga olganlikligi sabablarini tushunish uchun uning biografiyasiga ko’z tashlasak.

Manbalarda yozilishicha, Hofizi Abru Amir Temur yurishlaridan birida kotiblik faoliyatini

boshlagan va bora-bora bilimdon olim va kuchli shaxmatchi sifatida e’tirof etilgan. U umrining

oxirigacha temuriylar saroyi tarixchisi bo‘lib xizmat qilgan va ular tarixiga katta hissa

qo‘shgan.[1,B.151] Taxminan 1361-1362 yillarda Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh ibn

Abdurashid al-Xaufiy nomi bilan tugʻilgan. Hirot (Afgʻoniston) shahrida, tarixchi Abdurrazzoq

Samarqandiyning yozishicha, Hofizi Abru Hirotda tugʻilib, taʼlim olgan va 1430 yilda Zanjonda

(Eronning shimoli-gʻarbiy qismida) vafot etgan.[2,B. 196-197]

Zafarnomani oxirigacha yetkazgan tarixchi sifatida dastlab Temur saroyida faoliyat yuritgan,

keyinchalik Shohrux huzurida o’z ishini davom ettiradi. Hofiz Abru bir necha bor Halab va Hirot

olimlari bilan diniy mavzuda munozara olib boradi. Uning fikrlari bilan mos bo’lmagan

dunyoqarash sohiblariga hadyalar berib, ular bilan o’rtoqlashgan. Shunisi e'tiborga loyiqki, Amir

Temur Sharofiddin Xalabi bilan qizg'in munozaraga kirishdi, keyinchalik u uni himoya qildi va

qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi. Amir Temur tomonidan taqdim etilgan sovg'alar soni

deyarli 2000 taga yetdi. [3,p.48] Bularning barchasi tarixchini temuriylar orasida obrosining

baland ekanligi va olimning bilimi hukmdorlar va zamondosh tarixchi allomlar oerasida yuqori

baholanishini ko’rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR (ЛИТЕРАТУРА И

МЕТОДОЛОГИЯ/METODS)

Zubdat ut-tavorixi Boysung’uriy asari Hofiz Abru tomonidan hukmdor Boysung’urga atab

yozilgan. G’arb olimlaridan Feliks Tauerning Nizomiddin Shomiyning Zafarnomasi bilan Hofiz

Abruning Zubdat ut-tavorixi Boysung’uriy asarinining tanqidiy tarjimasi ikki jildda nashrdan

chiqariladi. Bu qiyosiy taqqoslash metodi orqali tahlil qilingan tarjima matnida Hofiz Abruning

Nizomiddin Shomiyning Amir Temur bilan ilk uchrashuvi, hukmdorning tarixiy asar yozishni

Shomiyga toopshirish manzarasi va albatta Zafarnomaning so’nggi boblari yozilganidan so’ng

uni Amir Temurga taqdim etish jarayoni va shunga o’xshsha muhim tarixiy voqealar ayniqsa

e’tibor bilan tahlil qilingan. Hatto Nizomiddin Shomiyninin olamdan o’thgani haqisdagii


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ma’lumotni ham Hofiz Abruning Zubdat ut tavorixi Boysung’uriy asarida 1412-yilgi voqealar

bayomnida marhumlaer qatorida sanalganidan bilib olsak bo’ladi. Bu esa oldinroq keltirgan

Shomiy haqidagi uning shaxsiy hatyoti va hayot yo’li to’g’risida yetarli ma’lumotlar bnizgacha

yetib kelmafgan, muallifning o’zi tomonidan Zafarnomada berganma’lumotylari esa yetarli emas

degan fikrimizning isboti bo’la oladi.

Muʼiniddin Natanziyning Muntaxab ut-tavorixi Muʼiniy asari Temurning o’g’li Shohruhga

bag’ishlangan tarixiy asardir. Bu asar yer tyuzida odam paydo bo’lganidan to Amir Temur

vafotigacha bo’lgan voqealar tasnifiga bag’ishlangan. Asarning bunday nom olishi ikkinchi

qo’lyozmasiga berilgan. O’z zamonida asar “Anonimi Iskandariya” nomi bilan mashhur bo’lgan.

Bu asar Shomiy vafotidan bir yildan so’ng 1413-yilda tugallanadi. Tabiiyki o’z davrining eng

ishonchli tarixiy manvbasi bo’lgan Nizomiddin Shomiyning Zafarnomasi, Muntaxab ut-tavorixi

Muʼiniy” asarining yozilishida foydalanilgan manbaa hisoblandi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafrnomasi ham Nizomiddin Shomiyning Zafarnomasi bilan

bevosita bog’liq bo’lib, Ali Yazdiy tomonidan o’z asari Shomiyning asari singari Zafarnoma deb

nomlanishi Shomiyga nisbatan hurmati yuzasidandir. Albatta Sharafiddin Ali Yazdiy asarini

yopzishda faqatgina Nizomiddin Shomiyning Zafarnomasidan foydalangan degan fikr xato

bo’ldi. Shu o’rinda Sharafiddin Ali Yazdiy Nizomiddin Shomiy ham foydalangan deya taxmin

qilinadigan Shomiygacha bo’lgan davrda yozib tugallangan va Temurning Hindistonga yurishi

tafsilotlariga bag’ishlangan G’iyosiddin Ali Yazdiyning Ro‘znoma-i g‘azavot-i Hindiston

asaridan ham foydalangan. Nizomiddin Shomiyning Zafarnomasi Sharafiddin Ali Yazdiyning

Zafarnomasi uchun o’ziga hos dasturul amal vazifasini o’tagan. Ma’lumki Nizomiddin Shomiy

o’z asarini yozishda Giyosidddin Ali Yazdiyning asaridan foydalanganligi haqida asar

muqaddimasida yoki boshqa bir boblarda keltirmagan. Shunga qaramasdan Shomiy 1400-

yilgacha bo’lgan voqealar va ayniqsa Temurning Hindiston yurishi xotiralarini aynan Ro‘znoma-

i g‘azavot-i Hindiston asaridan olgan degan taxmin qilishimiz mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiy

esa Temur va Temuriylar haqida asar yozishda aynan Nizomiddin Shomiyning asarlaridan

foydalanganligi aytib o’tgan. Shu o’rinda Sharafiddin Ali Yazdiy Shomiy qalamiga mansub

Zafarnomani foydali deb topib undan samarali foydalangan.

Temuriylar davri tarixchilaridan yana biri arab tarixchisi Ibn Arabshoh fikrlariga kelsak. Ibn

Arabshoh o’zining Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur asarining xulosa qismida o’zigacha

yozilgan barcha temuriylar davri haqidagi asarlarni yolg’on o’zining asarini esa ishonchli asar

deb ataydi. Ibn Arabshohning 1380-1450-yillarda yashaganligini hisobga olsak u o’zigacha

yaratilgan barcha asarlar deganda ham Nizomiddin Shomiy ham Sharafiddin Ali Yazdiyning

Zafarnomalarini ulardagi tarixiy voqealar tasnifi va ularga nisbatan mualliflarning qarashini

ishonsizlikda ayblab asarlarning tarixiy qadrini tushirishga harakat deb qaralishi mumkin.

Ibn Arabshohning bu kabi fikrini anglash va uning dunyoqarashini tushunish uchun u yashagan

davrdagi tarixiy sharoit va aynan Ibn Arabshohning Temur shaxsiga nisbatan munosabati tahlil

qilishga harakat qilamiz. Ibn Arabshohning to‘liq ismi Shahobuddin Ahmad ibn Muham mad ibn

Abdulloh ibn Ibrohim bo‘lib, u 791 xijriy yili zulqa’di oyining o‘rtasida (1389-yilning 5-

noyabrida)*

1

Damashq (Suriya shahrida tug‘ilgan. Samarqandda yashagan yillarida (1401-1408)

Ibn Arabshoh o‘z bilimini istagancha oshirishga muyassar bolganligi va keyinchalik judla ko‘p

o’lkalarga sayohat qilganligi u Samarqandda biror tazyiq ostida yashamaganligidan dalolat

beradi.[4,B.15]

* Ibn Arabshohning tavaluddi haqida har xil qarash bo’ib ba’zilari 1388 yoki 1392 yillar deb ham

ma’lumotlar keltirgan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Shunga qaramasdan Temur tomonidan Ibn Arabshohning oilasi bilan Samarqdga olib kelganligi

balki, Ibn Arabshohning Temur shaxsiga nisbatan tanqidiy dunyoqarash shakllanishida hal

qiluvchi omil vazifgasini o’tagan bo’lishi mumkin. Vaholanki uning Amir Temur tarixiga

bag’ishlab yozilgan va hozirda Amir Temur tarixi nomi bilan kitobxonlar orasida mashhur

bo’lgan asarida berilgan ko’plab ma’lumotlar voqealarga guvoh bo’lgan insonlar og’zidan yoki

eshitganlardan hikoya tarzida keltirilgan. Bu esa aksincha asarning ishonchlilik darajasini

tushiradi. Shu tarzda Ibn Arabshohning o’z asari xotimasida yozgan asarining haqiqat qolgan

barcha asarlarning yo’lg’on, uydirma ekanligi to’g’risidagi davosi

asossiz hisoblanadi.

Fikrimizni isboti sifatida Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur asrisda berilgan ko’plab tarixiy

voqealarning bayonida ayniqsa asrning boshlang’ich qismida voqealar tasnifi “aytilishicha”,

“hikoya qilinishicha” so‘zlari bilan boshlab, o‘zi keltirayotgan xabarning ishonchliligiga

ishonchi komil bo’lmay, o‘zgalar hikoyasiga yoki о’z, xotiriga tayanganiga ishorat qilgan holda

bayon etadi. Bu holni muallifning o‘zi ham e’tirof etib, kitob xotimasida “Temurning xilma-xil

va naqadar ko‘p ishlaridan parishon xotiramdayu, uziq fikrimda qolganlarini jamlab bir asar taiif

etdim”, deb yozadi.[4,b.61-62] Bu esa asrda ayrim xatoliklarni va tarixiy chalkashliklarni

keltirib chiqaradi.

Yuqoridagi tahlilga asoslanib, Ibn Arabshohning o’zigacha bo’lgan temuriylar davri tarixi

to’g’risida qalam tebratgan tarixnavislarning jumladan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali

Yazdiylarning Zafarnoma asarlaridagi ma’lumotlarni shubha ostiga olganligi hech qanday asosga

ega emas. Bu bilan Ibn Arabshoh uydurma yozib nohaqdan Temur shaxsini qoralagan demoqchi

emasmiz,faqatgin ma’lumotlarning to’g’riligi va qancvhalik tarixiy haqiqatga yaqinligi

yuzasidan Ibn Arabshohning Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur asari Shomiy va Yazdiy

asarlaridan ortda qoladi.

Mualliflarimiz Shomiy va Yazdiylar o’sha zamon tarixchilari va hozirgi kundagi olimlar

nigohida ham rasmiy tarixchilar sifatida tanilgan bo’lib, bu hol ular keltirgan ma’lumotlardagi

tarixiy holislik nuqtai nazaridan qaraganda ko’plab insonlarda asosan g’arb olimlarida savol

uyg’otishi tabiiy. Shu mantiqdan Temur haqida izlanish olib borayotgan G’arb olimlari

ma’lumotlarni ko’proq Ibn Arabshoh asaridan olishga harakat qilishadi. Shomiy va Yazdiy

Zafarnomalari esa dastlabki temur davrida va keyingi temuriylar hukmronligi davomida yozilgan

asar sifatida ko’riladi. Masalan, fransuz sharqshunosi M. de Sanksion "Аmir Temur tarixi"

roman-essesini yozishda Ibn Аrabshoxning "Аjoyib al-makdur fi tarixi Taymur" asaridan

foydalangan. [6,B.12]

Boshqa bir g’arb tarixchilari esa Zafarnoma asarlaridagi ma’lumotlaer xususan Temurning fe’li

uning odobi o’zini tutishidan tashqi ko’rinishigacha bo’lgan ta’riflarni Ibn Arabshoh bergan

ma’lumotlar bilan taqqoslashadi. Misol tariqasida Osiyo va O’rta sharq ixtisosligi bo’yicha

izlanuvchi tarixchi Harold Lambning Tamerlan asarida aynan temuriylar davri tarixchisi

Sharafiddin Ali Yazdining Temur haqidagi fikrlarini Ibn Arabshoh bergan ma’lumotlar bilan

taqqoslab quyidagicha keltiradi: “Ibn Arabshoh Temurni shafqatsiz qiruvchi, aldash ustasi va

yovuz shaytonning o'zi deb ataydi. Sharafiddin Ali Yazdiy esa Temurga nisbatan jasorat uni

Tartariya oliy imperatori darajasiga ko'tardi va butun Osiyoni, Xitoy chegaralaridan Gretsiya

chegaralarigacha bo'ysundirdi... U vazirlarning xizmatiga murojaat qilmasdan davlatni o'zi

boshqargan barcha harakatlarida muvaffaqiyat qozondi. U hamma bilan saxiy va xushmuomala

edi, unga bo'ysunmaganlar bundan mustasno - u ularni juda qattiqqo'llik bilan jazoladi. U

adolatni yaxshi ko'rardi va uning mulkidagi hech bir zolim jazosiz qolmadi} u ilm-fan va

olimlarni hurmat qildi. U tasviriy san'atga yordam berish uchun doimiy mehnat qildi. U

rejalarni tuzish va amalga oshirishda mutlaqo dadil edi. Unga xizmat qilganlarga u mehribon edi

deya munosabat bildirgan.” [6,P.393]


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

H. Lamb tahlilini davom ettirib Sharafiddin Ali Yazdiy fikrlariga yana boshqa g’arb olimlari

jumladan, Persi Sayks va Leon Kahun va Arminiy Vamberilar qo’shilishi aytib o’tgan. Xususan

Lamb Ibn Arabshohning Samarqandga Temur tarafidan keltirilganligi yuzadidan Temurga

nisbatan uning munosabati salbiy bo’lganligi aytadi. Jumladan Haroldning xulosalarida

quyidagicha qayydlarni uchratish mumkin, O'z safdoshlari uni johil deb hisoblamadilar va

dushmanlar uni shafqatsiz deb topdilar. Undan nafratlangan Arabshohdan tashqari Osiyo

tarixchilari uning qattiqqo’lligidan ko'ra yutuqlarining ulug'vorligiga ko'proq urg’u

bergan.[6,P.302] Bu bilan Lamb Ibn Arabshohning Temur obrozini atayin yovuzlashtirishga

intilish bor demoqchi bo’lganligi ehtimoldan holi emas.

Temur shaxsi uning hayoti, olib borgan siyosatiga bumday ikki xil qarash temurshunoslikda qo’l

keladi. Mualliflar tomonidan berilgan fikrlardagi bunday farq ishni chigallashtirtmasdan

aksincha Temur hayotini yaxshiroq anglashgayordam beradi. To’g’ri xulosa chiqarishda tahlil

qilinayotgan asar muallifining shaxsiy manfaatlarini ham hisobga olish darkor, sababi tarixiy

sharoit bir voqea hodisaga har xil yodashishga olib keladi.

Shu o’rinda bu turdagi tahlildan foydalanib Ibn Arabshohning Temurga nisbatan unchalik ham

xolis bo’lmagan fikrlariga qarshi bo’lgan vengriyalik sharqshunos Armaniy Vamberi fikrlarini

keltirsak: “Arabshohning achchiqligi ba'zi bir asoslarga ega bo'lishi mumkin, ammo agar biz

xolis hukm chiqarishni istasak, Temurni vijdonsiz buzg'unchi sifatida emas, balki faqat istilo

huquqlarining o'zboshimchalik bilan ijrochisi sifatida ayblamaslik kerakligini tan olishimiz

darkor.[7,P.196-197] Bu o’rinda Vamberi Ibn Arab bergan ma’lumotlarni to’liq haqiqat deya

olmaslikni takidlamoqda. Ibn Arabshoh bergan tavsilotlar temuriylar davri tarixchilari asarlari

qatorida berilib, mualliflar fikrlaridagi xilma xillikni ta’minlash maqsadida keltiriladi. Bu xilma

xillik esa tarixnavisliokda xolislik nuqtai nazarida muhim sanaladi.

NATIJALAR(РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)

Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali

Yazdiylar Zafarnoma asarlari haqida XIX-XX asrlardagi rus tarixchilari va G’arb

tarixnavislarining fikrlarida yoki ular haqida berilgan ma’lumotlarda farqlar ko’zga tashlanadi.

Rus olimlari Temur yoki Temuriylar davri tarixi haqida yozilgan asarlarni guruhlashtirganda

ikkala Zafarnoma asari ham dastlabki temuriylar davrda yozilgan asarlar sirasiga kiritadilar. Bu

asarlar sirasida albatta Ibn Arabshohning asarlari ham o’rin oladi.

Saroy tarixchilarining qalamidan chiqqan va apologetik xususiyatdagi asarlar Temur tarixiga oid

asarlar bilan cheklanmaydi. Ular bilan bir qatorda, ularning xolisligi bo'yicha eng ishonchli

asarlari saqlanib qolgan, ularning mualliflari saroy hayoti bilan bog'liq bo'lmagan va o'z fikrlarini

erkin ifoda etishlari mumkin edi. Avvalo, bu tarixchi va sayohatchi Ibn Arabshoh tomonidan

arab tilida yozilgan" Vajib al-makdur Fi navaib al Timur "Temur voqealaridagi taqdir mo'jizalari.

Ispaniyalik Klavixo Rui Gonsalesning "Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi"

hikoyasi uchun bebahodir. Arabshah singari, Temurning zamondoshi bo'lib, u o'zining

kuzatuvlari va voqealar guvohlarining hikoyalari asosida yozadi. Ikkala asarda ham boshqa

mualliflar asarlarida berilmagan Temurning yoshlik va voyaga yetgan yillariga bag'ishlangan

bo'limlar mavjud. Ibn Arabshoh 14 yoshida Temurni faqat bir marta ko'rgan va uni yaxshi eslab,

keyinchalik sohibqironning og'zaki portretini chizgan.[8, с.46,71] Shuningdek, Temurning

tarjimai holining ruscha xronik versiyasi - "Temir aqsaq haqidagi ertak" mavjud bo'lib, u o'z

qahramoniga nisbatan aniq xurofot soyasini o'z ichiga oladi, unga qarshi son-sanoqsiz eng

yoqimsiz nomlar mavjud. Hozirda bu o'sha zamonda dushmanlar haqida ma'lumot yozishning

odatiy usuli bo'lganmi yoki yo'qligini aniqlash qiyin. Ko'rinib turibdiki, muallif Temurning 1395

yil avgustda vayron bo'lgan Yelsdan janubga ketayotganini ko'rib, yengil nafas olib, orqasiga

jazosiz la'nat yog'dirdi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yuqoridagi tafsilotlar shuni ko’rsatadiki temur haqida hali uning hayotlik paytidayoq turli

uydurmalar ertak va afsonalar yetarli darajada bo’lgan. Jumladan yana bir arman manbalarida

Tomas Metzopskiyning "Timur Lang va uning vorislari tarixi" asari yanada hayajonli bo'lib,

unda Temurni haqorat qiladigan iboralarning rang-barangligi chegaradan o'tadi. Va shafqatsiz

bosqinchi bosqini paytida g'oyat azob-uqubatlarni boshdan kechirgan xalq vakilidan boshqasini

kutish qiyin. Rus vaarman manbalaridagi bu tafsilotlarni Sharfiddin Ali Yazdiy ma’lumotlaridagi

faktlar bilan taqqoslaganda fors tarixchisi Temurni ko’proq ijobiy tomondan ko’rsatishga

urunganligini sezish mumkin. Faqat Klavixoning "Kundaligi" ni xolis deb hisoblash mumkin va

butun umri davomida Temurdan nafratlangan Ibn Arabshohning asarlari faktlarni va muallif

tomonidan berilgan parchalarni vijdonan taqdim etishning namunasi, olijanob aqlning

samarasidir.[9,с.40]

Bular rus tarixchilarida Ikkala Zafarnoma asarlariga qaraganda ko’proq elchi Klavixo va arab

tarixchisi Ahmad ibn Arabshohning tafsilotlariga ishonish moyilligi kuzatiladi, ammo har bir

tarixchi IbnArabshoh faktlari bilan Zafarnomadagi tarixchilarni taqqoslagada albatta arab

tarixchisining Temurga nisbatan dushman kayfiyatida ekanligini eslatib o’tadilar. Ehtimol, aynan

mana shu fakt, rus tarixshunoslaruining Ibn Arabshoh ma’lumotlari saroy tarixchilariga hos

bo’lgan mubolag’adan holi va xolislikka yaqin deya xulosaga olib kelishi mumkin. Ayniqsa

bizning tariximiz va tarixiy shaxslarimizga bir yoqlama nazar tashlangan sovet hukumati davrida

bunday qarash nihoyatda mustahkamlandi.

Rossiyada Amir temur shaxsi uning tarixiga tarixchilar tomonidan qiziqish boshqa G’arb

olimlariga qarganda nisbatan kech boshlangan. Buni B. Usmonov tili bilan aytganda XVIII- XIX

asrning 1-yarmidan boshlandi. Bunday tatqiqotchilarga S.M. Solovyov, T.N. Granovskiy,

N.Karamzin, M.I. Ivanin va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.[10,b.9-15.74] Bunday

tatqiqotlar ishlari XIX oxiri XX asr boshlarida Temuriylar davriga oid mavjud manbalarning rus

tiliga o’girilishiga olib kelgan. Aynan mana shu tarjimonlik ishlari keyingi davrlarda rus

tarixchilarining izlanishlariga asos bo’lgan bo’lsa ajab emas. Shunday tatqiqotchilardan biri

mashhur tarixchi arxeolog Bartold asarining 2- tomining 6- bobi Temur va Temuriylar deb

nomlanib, bunda Temur shaxsi va Temuriylarning uning vafotidan keyingi holati haqida bayon

qiladi. A.Y.Yaqubovskiy esa Temur davri manbashunosligini ham o’rganib Tarixga savollar

asarida Temur va temuriylar zamonida yozilgan asarlar va ular yozilish sharoitini o’rganadi.

Bunday tahlil mualliflar nuqtai nazarini tushunish va ularning yozish uslubi o’rganishga yordam

beradi. Bunda Yakubovskiy bu maqsadni amalga oshirishda ikkala Zafarnomalarning yozishdan

oldin foydalangan o’zigacha bo’lgan tarixchilarning asarlaridan qay darajada foydalanganlar va

bu foydalangan asarlarning ishonchlilik darajasini bilan qiziqadi. Bu bilan faqatgina Zafarnoma

asarlarining tahlili emas, balki foydalanilgan asarlarning ham tahlili bayonida namoyon bo’ladi.

Bu esa Zafarnoma asarlarining manbashunosligining qiyosiy tahlilida nihoyatda qadrini oshiradi.

O’zbekiston va Tojikistonda hizmat ko’rsatgan fan arbobi bo’lgan A. Yakubovskiyning buday

tahliliy mazmundagi ishi temuriylar davrida yozilgan asarlarning mohiyatini tushunishda

ahamiyatlidir. GaRCHI Sovet davrida Amir Temur shaxsiga va u olib borgan siyosatga bir

yoqlama munosabat bildirilgan bo’lsa ham, u davrda ko’plab tatqiqoptlar va hozirgui kunda ham

o’zining qadrini yo’qotmagamn manbalarning tarjimalari amalga oshirildi. Tabiiyki bu hol

temurshunoslik sohasida amalga oshirilgan izlanishlarni saviyasini oshiradi.

G’arb tarixchilarining Temur bilan qiziqishi hali sohibqironning hayotligi davridanoq

boshlangan. Amir Temur haqidagi dastlabki manbalarga Ruy Gonsales De Klavixoning

"Samarqandga tashrif buyurish kundaligiAmir Temur saroyi",Iyogan Shilbergerning "Yevropa,

Osiyo va Afrika bo'ylab sayohat". Yoxan-Sultoniya arxiyepiskopning"Dunyoni bilish haqida

kitob",Rohib Tomas Metzeo tomonidan yozilgan "Amir Temur va Shohruh Mirzoning O'rta

Osiyoga bostirib kirishi" noli asarlarni misol qilish mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Umuman G’arb olimlarining Temur haqida olib borgan izlanishlari haqida gap ketar ekan,

fransuz sharqshunosi Lui Matie Langlening hizmatlari aytib o’tish darkor. Langle Temur

tuzuklarini fransuz tiliga tarjima qilib, o’zi ham Temur hayotui nomi ostida asar chop ettiradi.

Muallif Amir Temurning tarjimai holi va yorqin qiyofasini yaratgan holda, uning faoliyatiga

teran va xolisona baho berishga intiladi. L.Langle Sohibqiron shaxsini baholashda tarixiy dalillar,

mavjud boʻlgan adabiyot manbalariga asoslanib, fikr-mulohaza yuritadi, asosli xulosalar

chiqarishga intiladi. Amir Temur hayotining tarixiy sahifalarini aks etishda muallif uning harbiy

yurishlari, amalga oshirgan ishlari, oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy muhiti

haqida ma'lumotlarni jamlab bergan.[11,b.21] Langlening bu asarining o’zigacha va o’zidan

keyingi shu mavzuda yozilgan boshqa G’arb tarixchilarining asarlaridan farqli tarafi, unda Amir

Temur shaxsiyati, uning olib borgan siyosati yoki amalga oshirgan islohlariga nisbatan tanqidiy

nazar bilan qaramasdan asosdan faktlarni o’zining shaxsiy munosabat bildirmay bergan. Bunda

muallif Temurni vajohatli qomondon sifatida emas, balki o’z davlati sarhadlarida tinchlik

o’rnatib, yurtini rivoji uvhun har narsaga tayyor jonkuyar davlat arbobi sifatida ko’rsatadi. Qiziq

tomoni asardan olinadigan holis xulosani Langle o’quvchining o‘ziga qoldirgan.

XULOSALAR (ВЫВОДЫ/ CONCLUSION)

Agar biz Yevropa dramaturgiyasining taniqli

asarlari bilan tanishishni boshlasak, Amir Temurning xarakterini tavsiflash asosida ushbu tarixiy

adabiy asarlar mualliflari dunyoga o'z qarashlarini ifoda etishga harakat qilganliklarini

ko'ramiz[5,b.11-12] Fransuz xalqining Temur shaxsiga qiziqishi yanda rivoj topib bormoqda.

Turk mo’g’ul tarixi mutaxassisligi bo’yicha izlanishlar olib borgan yana bir tatqiqotchi Jon-

Poldir. Jan-Pol Ru - fransuz tarixchisi, professori va oʻqituvchisi. Turk-mo‘g‘ul xalqlari va islom

madaniyati bo‘yicha mutaxassis, ularning tarixi va mifologiyasining buyuk biluvchisi. Sharq,

Osiyo va dinlarning qiyosiy tarixiga bagʻishlangan koʻplab kitoblar muallifi. U o’zining ko’plab

tatqiqotlari orasida Tamerlan nomi bilan Temurga bag’ishlangan asarini chop ettiradi. Bu asar

keyinchalik rus tiliga o’girilgan. Bu va bu kabi tatqiqotlar keyinchalik ham davom etib, hozirda

Fransiyada “Temuriylar davri tarixi, san’atini o’rganish va fransuz-o’zbek madaniy aloqalari

Uyushmasi”[12,b,15] tashkil etilgan. Bu uyushmaning Fransiyaning o’zida „La Timuride“jurnali

1988-yilda asos solingan va hozirda L.Keren rahbarligida doimiy faoliyat olib bormoqda.

Lyusen Keren o’zining tatqiqotlari davomida Zafarnoma asarlari haqida to’xtalib o’tadi.Uning

fikriga ko’ra Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnomasida Amir Temur shaxsi nihoyatda

ideallashtirilgan. L. Kerenning o’zi bu haqda „Mazkur asarning eng katta kamchiliklaridan biri

unda qahramonni namunaviy musulmon hukmdori sifatida tasvirlash maqsadida haddan ziyod

ideallashtirilishi va uning oʼtgan yoʼllarida baʼzan vayrona manzillar ham qolgani sukut ostiga

olinib, qoʼygan har qadamiga madhiyalar oʼqilishidir“degan satrlarni yozib qoldirgan.

Shu o’rinda Nizomiddin Shomiyga Temurning shaxsan o’zi tomonidan mubolag’alardan yiroq

bo’lgan sodda tilda asar yozishni buyurganidan so’ng dunyo yuzini ko’rgan Zafarnoma asarini

yozilishni keltirib chiqargan ehtiyojni eslasak Lyusen Kerennining tanqidiy fikrlari o’rinli

ko’rinadi. Shu o’rinda Sharafiddin Ali Yazdiy asar yozish taklifini Amir Temurning nabirasi

Ibrohim Sultondan olganligini hisobga olib, vvafot etgan bobosinining sha’nini ulug’lovchi asar

yozdirish Ibrohim Sultonning avval boshdan maqsadi bo’lganligini tushunib yetish qiyin wemas.

Ehtimol aynan shu sababdan temuriylar davri tarixi haqida yana bir asar yozishni shoir sifat

siofiylik yo’nalioshida ijod qilgan Sharafiddin Ali Yazdiyga topshirgandir.

Vepman Denis qalamiga mansub 1987-yilda chop etilgan „Tamerlan“, Stir Roy muallifligida

1998-yilda chiqqan „Tamerlan, eng buyuk jangchi“ Beatris Manzning „Tamerlanning yuksalishi

va hukmronlig“i asari 1999-yilda kitobxonlarga taqdim etilgan. 2006-yilda nashr qilingan, Jastin

Marrozining „Tamerlan: Islom qilichi, dunyo fotihi“asarlari va yaqin o’tmishda dunyo yuzini

ko’rgan boshqa Temurga bag’ishlangan asarlarning barchasi Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin

Ali Yazdiylarning Zafarnoma asarlaridan fioydalanganlar. Foydalanish jarayonida Zafarnomada


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

berilgan tafsilotlar mualliflarning zamondoshlari yoki keyingi davrlarda Temur haqida bitilgan

boshqa xalqlar taruixchilari asarlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Shu o’rinda G’arb

olimlari va rus tarixchilarining Temur shaxsiga nisbatan qarashida shu tomoni o’xshashdir.

Tarixdan ma‘lumki Temur birinchi navbatda Yevroopaga kuchli sarkarda, yengilmas qomondon

sifatida tanilgan bo’lib, asarlarida ular asosan Temurning olib borgan harbiy yurishlariga,

janglarda qo’llagan hiyla va taktikalarigha ko’proq e’tibor berganlar. Buni ularning asarlarin

nomlashidan ham bilsak bo’ladi. Aynan Harbiy sohaga qiziqish Yevropa tarixchilari nigohida

Zafarnoma asarlarining qadrini oshiradi. Umuman O’zbekistonda Amir Temur tavalludining

660-yilligi nishonlanganidan beri Yevropada Amir Temurga bag’ishlab ko’plab asarlar yaratildi.

Jumladan, 1996-yilda Fransiyaning Parij shahrida e'lon qilingan chet el tadqiqotchilarining

bibliografiyasi ro’yxatiga Amir Temur va Temuriylar haqidagi 450 dan ortiq, asar kiritilgan va,

albatta, o‘tgan 20 yil davomida ularning soni yana bir necha baravarga ko’payganligi,

shubxasiz.[5,b.15] Shunday ekan Temur va temuriylar mavzusi nafaqat Yevropa balki butun

dunyo xalqlari uchun o’zining aktualligini yo’qotmay kelmoqda. Ma’lumot o’rnida shuni

takidlash mumkinki Yevropada Amir Temur nafaqat Boyazidni yengib haloskorga aylangan

tarixiy qahramon, balki vaqt o’tib badiiy obrazga ham aylanadi. Bu xususda Filologiya fanlari

doktori, tarjimon B. Ermatov ta'kidlashicha: "Shu paytgacha lotin tili hukmron boʻlgan va milliy

tillardagi adabiyotlar shakllanayotgan G’arbiy Evropa mamlakatlarida Amir Temur hakida milliy

tillarda yozilgan asarlar paydo boʻldi. Ilk yozma manbalarda aks ettirilgan Amir Temur siymosi

keyingi mualliflarning asarlari uchun asosiy mezon boʻldi va XV asrning birinchi oʻn

yilliklaridan boshlab Garbiy Evropa tamoyiliga aylandi. Uyg’onish davri madaniyatida Amir

Temur jasur va mard inson, keyinchalik esa tengi yoʻq shaxs timsoliga aylanib, Gʻarbiy Evropa

adabiyoti ravnaqida alohida oʻrin egalladi."[13,b.60] Nemis olimlari Yevropada Temurga

bag’ishlangan asarlarning bibliagrafiyasini tuzib ishimizni yanada osonlashtirtgan. Shuynday

nemis olimlaridan biri Maks Degenxard. Nemis olim Maks Degenxard 1913 yildayoq Yevropa

sharqshunoslarining Amir Temur va Temuriylar davriga bagishlangan asarlar roʻyxati

bibliografiyasini chop etdi. Muallif “Amir Temur G‘arbiy Yevropa adabiyotida» («Tamerlan in

der literatur des Wesllichen Emgopas») tadqiqotida ilk bor ilmiy nuqtai nazardan Amir Temurga

bagʻishlangan sahna asarlar shuningdek, ilk bor e'lon qilingan tarixiy manbalar haqida ma'lumot

keltiradi.[14,p.137]

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, dunyo hamjamiyatiga sezilarli ta’sir

ko’rsatgan, oʼttiz besh yilga yaqin vaqt ichida Osiyoni tiz choʼktirgan va tarixan qisqa muddat

umr koʼrgan buyuk saltanat barpo etib, uning poytaxti Samarqandni tengsiz me’moriy obidalar

bilan bezatgan Amir Temur va temeriylar davri tarixixshunosligi va temuriylar haqida yozilgan

manbalar hali bugungacha o’z ahamiyatini yo’qotmasdan aksincha qadri ko’tarilib bormoqda.

Jumladan Zafarnoma asarlari yuzasdidan ham turli tatqiqoptlar amaklga oshirilib, har xildagi

natijalar olinganini ko’ramiz.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

( ИСПОЛЬЗОВАННАЯ

ЛИТЕРАТУРА/REFERENCES)

1. Hasanov H. Traveler Scholars. Tashkent: "O‘zbekiston", 1981.-B 247

2.

Madraimov A., Fuzailova G. Ethnography. Tashkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati nashriyoti, 2008.B. 211

3. Herman Vamberi. History of Bukhara or Movarounnahr.Tashkent: Adabiyot va san'at

nashriyoti named after G‘afur G‘ulom, 1990. p.96.

4. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi – T.: Fan, 2019,14-15—betlar

5. Xalqaro Amir Temur jamoat fondi temuriylar tarixi davlat muzeyi O’zbekiston yozuvchilar

uyushmasi. Amir Temur chet elliklar nigohida.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa

ijodiy uyi,2016, 12-bet


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

6. Harold Lamb. Tamerlaine The Earth Shaker-New York.: A star book, 1928.-page 340

7. Arminius Vambery. History of Bokhara from the Earliest Period Down to the Present-L.:

Henry S. King & Co. Coernim.i. & Paternoster Row,1873.-p 419

8. Якубовский А.Ю. Тимур. Вопросы истории №№ 8,9 1946г., с.46,71

9.

Муминов И.М. Роль и место Амира Тимура в истории Средней Азии. Ташкент, 1968,

с.56

10. Усмонов Б. Амир Темур ҳаёти ва давлатчилик фаолиятининг Россия

тарихшунослигида ёритилиши (XVII ХХ асрлар). Тарих фан ном дисе автореф. Тошкент,

2004. Б.166

11. Tursunova R. G’arbiy Yevropa operalarida Amir Temur obrazi.17.00.02. San’atshunoslik

fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.T.,2020. B. 192

12. Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция. – Тошкент: Адолат, 1996. – Б.88

13. Эрматов Б. Гарбий Европа мамлакатлари адабиётларида Амир Темур сиймоси

(сарчашмалар, тасаввур ва талкинлар). 10.00.04 филология фанлари доктори (DSc)

диссертацияси Автореферати. Т., 2019. Б. 250.

14. Degenhart M. Tamerlan in den Literaturen des westlichen Europas. // Achtes Buch: Vom

Weltfrieden bis zur französischen Revolution 1830: Dichtung der allgemeinen Bildung.

Abteilung VI. P. 137.

Библиографические ссылки

Hasanov H. Traveler Scholars. Tashkent: "O‘zbekiston", 1981.-B 247

Madraimov A., Fuzailova G. Ethnography. Tashkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.B. 211

Herman Vamberi. History of Bukhara or Movarounnahr.Tashkent: Adabiyot va san'at nashriyoti named after G‘afur G‘ulom, 1990. p.96.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi – T.: Fan, 2019,14-15—betlar

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi temuriylar tarixi davlat muzeyi O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Amir Temur chet elliklar nigohida.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2016, 12-bet

Harold Lamb. Tamerlaine The Earth Shaker-New York.: A star book, 1928.-page 340

Arminius Vambery. History of Bokhara from the Earliest Period Down to the Present-L.: Henry S. King & Co. Coernim.i. & Paternoster Row,1873.-p 419

Якубовский А.Ю. Тимур. Вопросы истории №№ 8,9 1946г., с.46,71

Муминов И.М. Роль и место Амира Тимура в истории Средней Азии. Ташкент, 1968, с.56

Усмонов Б. Амир Темур ҳаёти ва давлатчилик фаолиятининг Россия тарихшунослигида ёритилиши (XVII ХХ асрлар). Тарих фан ном дисе автореф. Тошкент, 2004. Б.166

Tursunova R. G’arbiy Yevropa operalarida Amir Temur obrazi.17.00.02. San’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.T.,2020. B. 192

Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция. – Тошкент: Адолат, 1996. – Б.88

Эрматов Б. Гарбий Европа мамлакатлари адабиётларида Амир Темур сиймоси (сарчашмалар, тасаввур ва талкинлар). 10.00.04 филология фанлари доктори (DSc) диссертацияси Автореферати. Т., 2019. Б. 250.

Degenhart M. Tamerlan in den Literaturen des westlichen Europas. // Achtes Buch: Vom Weltfrieden bis zur französischen Revolution 1830: Dichtung der allgemeinen Bildung. Abteilung VI. P. 137