JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi
Shahrisabz davlat pedogogika instituti
Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) yoʻnalishi
1-kurs magistranti
PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION
YONDASHUVLAR
Annotatsiya:
Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida innovatsion yondashuvlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat an’anaviy
metodlarni, balki yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar va kreativ ta’lim
yondashuvlarini qo‘llashni talab qiladi. Ushbu maqolada innovatsion pedagogik
yondashuvlarning mohiyati, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va o‘qituvchilarning kasbiy
mahoratini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
samarali foydalanish yo‘llari va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga oid tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik qobiliyat, innovatsion yondashuv, zamonaviy ta’lim, interaktiv
metodlar, pedagogik texnologiyalar, kreativ ta’lim, kasbiy mahorat, o‘qituvchi kompetensiyasi.
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, har tomonlama kompetentli,
ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga olib
chiqish muammolariga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasidagi sifat
o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va
pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada
amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlari va yuqori
samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik
ta’minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “...Yosh avlodni barkamol,
ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustakil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy saloxiyatga ega bulib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli
bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.”[1],
degan fikrlari yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan
yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida
kamol topishi, pedagogika sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga
tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonida ko‘ndalang bo‘lib
turibdi.
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kun ta’limi oldida turgan asosiy vazifa bu ta’lim oluvchilarga bilim
berish bilan birga ularda hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda zaruriy kompetentlikka
ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Ushbu talablarni sifatli amalga oshirishda innovatsion
yondashuvlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, har bir zamonaviy sifatli ta’lim avvalo insonda kommunikativ kompetensiyaning
shakllanganligi bilan baholanadi. Demak, ta’lim jarayonida pedagogning mahorati asosida
o‘quvchi bilan kommunikativ munosabatlarni yangi bosqichga o‘tishi quyidagilarni talab etadi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
- o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan kommunikativligini
ta’minlash;
- o‘qituvchi va o‘quvchilardagi kommunikativ munosabatlar uzluksiz ta’lim tizimining alohida
bir pog‘onasi ekanligini bilish;
- tezkor axborotlar hajmining uzluksiz kengayib borishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar
kommunikativ munosabatlar shakllariga o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyojni e’tiborga olish;
- o‘qituvchining shaxsiy sifatlari, kasbiy bilimdonligi, pedagogik mahoratiga qo‘yiladigan mezon
va talablarni bilish va o‘z ustida muntazam ishlash;
- o‘quvchilarning dunyoqarashi, qiziqishi va qobiliyatini, ehtiyojlarini inobatga olib ish
jarayonini tashkil etish;
- ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar kommunikativ munosabat
usullariga ilmiy asoslangan holda o‘zgartirishlar kiritib borish;
- o‘qituvchining nutq madaniyati, muomala odobi, shaxslararo muloqotga kirishishi, o‘z-o‘zini
boshqarishi, muammoli vaziyatlarda yechim topa olishi, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi
kabilar.[2; 432-b]
Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning yana bir muhim omili -
bu turli xil muloqot uslublari va vaziyatlariga ta'sir qilishdir. Bu kitoblar, filmlar va yangiliklar
maqolalari kabi ommaviy axborot vositalarining turli shakllari bilan shug'ullanish, shuningdek,
turli kelib chiqishi va madaniyatiga ega bo'lgan shaxslar bilan muloqotni o'z ichiga olishi
mumkin. O'zimizni turli xil muloqot uslublari bilan tanishtirish orqali biz tilning turli
kontekstlarda qanday ishlatilishi va talqin qilinishi haqidagi tushunchamizni kengaytirishimiz
mumkin. Bundan tashqari, texnologiya o'rta maktab o'quvchilari sifatida qanday muloqot
qilishimizni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, xabar almashish ilovalari
va videokonferensaloqa vositalari kabi platformalar bizning kundalik hayotimizning ajralmas
qismiga aylandi, bu bizga real vaqtda va uzoq masofalarda boshqalar bilan muloqot qilish
imkonini beradi. Texnologiyadan aloqa vositasi sifatida foydalanish orqali biz raqamli asrda
o'zimizni samarali ifoda etish qobiliyatimizni yanada rivojlantirishimiz mumkin.
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – o‘qituvchilarning pedagogik
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy ta’lim talablariga mos holda shakllantirishdir.
An’anaviy ta’lim metodlari o‘quv jarayonida samarali natijalar berishi mumkin, ammo
innovatsion yondashuvlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga
xizmat qiladi.
Pedagogik qobiliyat va uning ahamiyati
Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularga
bilim berish va tarbiyalash jarayonida ilg‘or metodlardan foydalanish qobiliyatidir. Zamonaviy
o‘qituvchi quyidagi asosiy pedagogik qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim:
Didaktik qobiliyat – murakkab bilimlarni oson va tushunarli shaklda yetkazish.
Tashkiliy qobiliyat – o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Kreativ qobiliyat – innovatsion va ijodiy yondashuvlarni qo‘llash.
Psixologik qobiliyat – o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish va ularning
ehtiyojlariga mos yondashish.
Kommunikativ qobiliyat – samarali muloqot o‘rnatish va o‘quvchilar bilan yaqin aloqa qilish.
Ushbu qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar katta ahamiyat
kasb etadi.
Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar
Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol
ishtirokini ta’minlaydi, o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi.
Quyida pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishda qo‘llanilayotgan asosiy innovatsion
yondashuvlar keltirilgan:
1. Interfaol ta’lim metodlari
Interfaol usullar o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etishga yordam beradi. Bularga
quyidagilar kiradi:
Klaster usuli – o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, birgalikda muammolarni hal qilish.
Rol o‘yinlari – turli vaziyatlarni sahnalashtirish orqali bilimlarni mustahkamlash.
“Aqliy hujum” – muayyan mavzu bo‘yicha erkin fikr bildirish orqali kreativ tafakkurni
rivojlantirish.
2. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) dan foydalanish
Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan:
Elektron darsliklar va platformalar – masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.
Interaktiv doskalar – dars jarayonini yanada jonli va qiziqarli qiladi.
Virtual laboratoriyalar – ilmiy tajribalarni onlayn shaklda bajarish imkonini beradi.
3. Differensial va individual yondashuv
Har bir o‘quvchining bilim darajasi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularga mos ta’lim
berish samaradorlikni oshiradi. Bu usul o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olib,
ularga individual yondashish imkonini beradi.
4. Muammoli ta’lim
Bu metod o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. O‘qituvchi muayyan muammoni qo‘yadi
va o‘quvchilar uni yechish yo‘llarini izlaydilar. Bu usul mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga
xizmat qiladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. STEAM-ta’lim yondashuvi
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi fanlararo
bog‘liqlikni kuchaytirib, amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu yondashuv orqali
o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, balki ularni hayotda qo‘llash imkoniyatiga
ham ega bo‘ladilar.[3; 435, 438-b]
Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish masalasiga
ham daxldordir.
Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham
koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin boʻlgan
ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator
“xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak.
Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir
butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim
muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va maktabdagi
amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan. Qayd etib
oʻtilgan davrlarni pedagog shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga
birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini
shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi
tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.
Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari innovatsion
faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada
ragʻbatlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz faoliyatiga nisbatan,
faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy
tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʻziga nisbatan ham
faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda
innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy
darajaga olib chiqadi.
Pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini
aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga
boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga olgan tizim
sifatida ifodalanishi mumkin.
Oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʻliq
mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir.
Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini
taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni
rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha
bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xulosa qilib aytganda, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlardan
foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Interfaol metodlar, AKT, differensial
yondashuv, muammoli ta’lim va STEAM texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchilarga
zamonaviy va samarali darslarni tashkil qilish imkonini beradi. O‘qituvchilarning doimiy
ravishda o‘z ustida ishlashi va innovatsion metodlarni o‘zlashtirishi ta’lim sifati va
o‘quvchilarning bilim darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда
барпо этамиз. – Т: Ўзбекистон, 2016
2.Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: darslik / mualliflar jamoasi; ed. Bordovskoy N.V. - 2-nashr,
o'chirilgan - M.: KNORUS, 2011. - 432 b.
3.Aminova, S., & Qurbonova, U. (2022). The Role Technology Plays In The Knowledge
Creation Process. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3),
435-439.
4.Zaxarova, I.G. Ta'limda axborot texnologiyalari: oliy ta'lim uchun darslik. darslik muassasalar
/ I.G. Zaxarov. - M.: "Akademiya", 2008., 338-bet.
5. Oliy ta'limda faol va interaktiv ta'lim texnologiyalari (darslarni o'tkazish shakllari): darslik /
komp. T.G. Muxin. - Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013. - 97 p.
