Авторы

  • Joʻrayeva Zuhra Jalol qizi
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76499

Ключевые слова:

Rossiya imperiyasi Turkiston mustamlakachilik Qo‘qon xonligi Buxoro amirligi Xiva xonligi harbiy yurishlar siyosiy tanglik general-gubernatorlik harbiy boshqaruv tizimi.

Аннотация

Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning o‘rtalarida Turkistonni bosib olish jarayoni va mustamlakachilik boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Turkiston hududidagi siyosiy va iqtisodiy tanglik, o‘zbek xonliklari o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar, Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining geosiyosiy manfaatlari natijasida mintaqaga bosim kuchaygani yoritiladi. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari tafsilotlari, asosiy janglar va bosib olingan hududlar to‘g‘risidagi tarixiy manbalarga tayangan holda bayon qilinadi. Shuningdek, Rossiya imperiyasining bosib olingan yerlarda harbiy-ma’muriy boshqaruvni tashkil etish jarayoni, qabul qilingan nizomlar va mustamlakachilik siyosatining natijalari haqida ham so‘z boradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Joʻrayeva Zuhra Jalol qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

jurayevazuhra2303@gmail.com

ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONNI BOSIB OLISHI VATURKISTONDA

MUSTAMLAKACHILIK BOSHQARUV TIZIMINING O‘RNATILISHI

Annotatsiya

: Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning o‘rtalarida Turkistonni

bosib olish jarayoni va mustamlakachilik boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari tahlil

etiladi. Turkiston hududidagi siyosiy va iqtisodiy tanglik, o‘zbek xonliklari o‘rtasidagi o‘zaro

kurashlar, Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining geosiyosiy manfaatlari natijasida

mintaqaga bosim kuchaygani yoritiladi. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari tafsilotlari,

asosiy janglar va bosib olingan hududlar to‘g‘risidagi tarixiy manbalarga tayangan holda bayon

qilinadi. Shuningdek, Rossiya imperiyasining bosib olingan yerlarda harbiy-ma’muriy

boshqaruvni tashkil etish jarayoni, qabul qilingan nizomlar va mustamlakachilik siyosatining

natijalari haqida ham so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Rossiya imperiyasi, Turkiston, mustamlakachilik, Qo‘qon xonligi, Buxoro

amirligi, Xiva xonligi, harbiy yurishlar, siyosiy tanglik, general-gubernatorlik, harbiy boshqaruv

tizimi.

XIX asming o‘rtalariga kelib Turkistondagi ikki xonlik, ya’ni Xiva va Qo‘qon xonliklari hamda

Buxoro amirligida jamiyat hayotining barcha sohalari - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy

hayotda tanglik yanada chuqurlashib ketdi. Taxt uchun kurash, ayrim hududlar uchun muttasil

olib borilgan urushlar, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotning orqaga ketishi bu davlatlarga

xos xususiyatlar bo’lib qoldi. XVI-XIX asrlarda muttasil davom etgan feodal urushlar, Buxoro-

Xiva, Buxoro-Qo‘qon mojarolari, mustaqillikka intilgan viloyat hokimlari va qabila

zodagonlariga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar, chet el bosqinchilarining O‘rta Osiyo

xonliklari hududlariga tajovuzlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotni izdan chiqardi.

Uchala o‘zbek davlatining biror bir hukmdori Turkistonni yagona bitta davlat, uning aholisini

yagona bir xalq qilib birlashtirishga intilmadi. Xonliklarga siyosiy barqarorlikning yo‘qligi xos

bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri, viloyatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi

kelishmovchiliklar, hukmron suiola vakillarining taxt uchun muttasil olib borgan kurashlari edi.

Masalan, Qo‘qon xonligida 1709-1860-yillar mobaynida 24 marotaba xon almashdi. Bu

xonlardan 7 kishi o‘ldirilgan bo‘lsa, 7 nafari taxtdan chetlatildi, 6 tasi bir yilgina hukmronlik

qildi [1, 10-11-b]. XIX asrning o‘rtalariga kelib, Turkiston hududlarida joylashgan o‘zbek

davlatlarida murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu vaziyat, birinchidan,

xonliklarning ichki ahvoli va o ‘zaro munosabatlari bilan belgilansa, ikkinchidan, tashqi dunyo,

ya’ni Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining bu xonliklami o‘z ta’sir doirasiga tortish

uchun qilgan xatti-harakatlari bilan bevosita bogʻliq edi.

Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishga qaratilgan harbiy harakatlari 1853-yilda

general Perovskiy boshchiligidagi 2500 kishilik qo‘shin va. 17 ta to‘p bilan Oqmachit (hozirgi

QiziIo‘rda) qal’asiga hujumdan boshlandi. Qal’ani 400 ga yaqin himoyachi qariyb bir oy

mudofaa qildi va 28-iyulda mag‘lubiyatga uchradi. Rus hukumati Oqmachit bosqini

qatnashchilarining unvonlarini oshirib, orden-medallar va pul mukofotlari bilan taqdirladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Oqmachit o'rniga qurilgan rus qal’asiga general Perovskiy nomi berilib, «Perovskiy porti» deb

ataldi. 1853-1856-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi tufayli vaqtincha to‘xtab qolgan harbiy

harakatlar 1860-yil yozida yana faollashdi. Shu yilda polkovnik Simmerman qo‘mondonligidagi

rus qo‘shinlari To‘qmoq, Pishpak (hozirgi Beshkek) qal’alarini egalladi.861-yil 21- iyunda

podsho Aleksandr II saroy kengashida Qo‘qon xonligi hududlarini egallash zarurligini ta’kidladi.

Shunga ko‘ra, 1861-1863-yillar mobaynida rus qo‘shinlari Yangi Qo‘rg‘on, Din Qo‘rg‘on,

Merka, Oqsuv, Pishtepa, Choldevor qal’alarini bosib oldi. 1863-yilning yozida polkovnik

Chemyayev boshchiligidagi rus qo‘shinlari So‘zoq qal’asini egalladi. Polkovnik Chemyayev

boshchiligidagi 2500 kishilik qo‘shin 1864-yil 4-iyunda Qo‘qon xonligiga qarashli Avliyoota

(hozirgi Jambul) qal’asini zabt etdi. Chemyayev Avliyoota qal’asini bosib olganligi uchun

general unvoni va orden bilan taqdirlandi [2]. 1864-yil 12- iyunda polkovnik Veryovkin

qo‘mondonligidagi qo'shin Turkiston shahrini, general Chemyayev qo‘shini 22- sentyabrda

Chimkent shahrini bosib oldi. Rossiya imperiyasi Turkiston boshqaruvini tashkil qiiishni uni

bosib olishga kirishgan damdan boshladi. 1865-yiI 2-martda Rossiya hukumati Orenburg

general-gubernatorligi tarkibida Orol dengizidan to Issiqko‘lgacha o‘zbek xonliklari bilan

chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tashkil qildi. Turkiston viloyatining harbiy

gubernatori qilib general Chemyayev tayinlandi. Turkiston viloyatining ma’muriyhududiy

bo‘linishi sof harbiy vazifalami hal qilishga qaratildi va uning asosini harbiy-hududiy birliklar

tashkil qildi.Viloyat uch bo'limga: o‘ng qanot, markaz va chap qanotga bo‘lindi.Keyinchalik

Sirdaryo rayoni nomini olgan o‘ng qanotga Aralsk, 1-fort (keyinchalik Kazalinsk deb nomlandi)

va Perovsk; markazga Turkiston va Chimkent hududlari; chap qanotga Avliyoota, Marke va

Pishpak qal’alari kiritildi. Viloyatning ma’muriy markazi qilib Chimkent shahri

belgilandi.Turkiston va Chimkent shaharlari bosib olinishi natijasida rus qo'shinlarining harbiy

harakatlari yanada kengaydi va O lrta Osiyoning eng katta shaharlaridan biri bo‘lgan Toshkentni

bosib olishga keng yo‘l ochildi. General Chemyayev Toshkentni egallash uchun ikki marta

harbiy harakatlami amalga oshirdi. Birinchi bor 1864-yil 2-oktabrda Toshkent uchun qilgan

hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va u Chimkentga qaytishga majbur bo‘ldi. Chemyayev

Toshkentni egallash uchun ikkinchi bor harbiy harakatlarini boshlab, 1865-yilning 28-aprelida

Niyozbek qal’asini egalladi va shahar aholisini suvsiz qoldirdi. 1865-yilning 9-mayida

Chemyayev Toshkentga qayta hujum boshladi. Toshkent ruslar tomonidan 42 kunlik qamaldan

keyin egallandi, Shahar oqsoqollari 17-iyunda sulh tuzishga majbur boMdilar. 1865-yilning 15-

sentabriga kelib rus qo‘shinlari Toshkentdan tashqari Niyozbek, Chinoz va Piskentdagi Kelovchi

qo‘rg‘onini egalladi [3]

Rus harbiy qo‘shini 1866-yil 12-oktabr kuni Jizzaxga yetib keldi. Jizzax himoyachilarining soni

10.000 kishidan iborat bo‘lib, ulaming qo‘lida 53 ta to‘p mavjud edi. 16-18-oktabr kunlaridagi

qattiq janglardan keyin himoyachilar mag‘lubiyatga uchradi.1866-yilda Turkiston viloyati

tarkibida Yerjar va Zomin bo‘limlari, O‘ratepa va Jizzax rayonlari tashkil qilindi [4,30-b].

Rossiya imperiyasi Turkistonda keng istilochilik harakatlarini boshlar ekan, xududiy egalik

kоʼlamiga doir tayyor puxta rejaga ega emasdi. Binobarin, bosib olingan yerlarda boshqaruvni

tashkil qilish bilan bogʼliq tayyor loyihalar ham yоʼq edi. Xatto XIX asrning 60-yillari boshlarida

ham markazi Toshkentda bоʼlgan - Alohida Qirgʼiz chоʼli general-gubernatorligi‖ ni tashkil

qilish haqidagi xom takliflar xukumat doiralarida nomaqbul deb hisoblab kelinardi. Shunday bir

sharoitda Turkiston viloyatining ma‘muriy qurilishini tartibga solishga qaratilgan meyoriy

hujjatlarni ishlab chikqish tashabbusi Rossiya imperiyasi harbiy qоʼmondonligi qоʼliga оʼtdi.

Shu mazmundagi birinchi hujjat Yangi Qоʼqon liniyasi qоʼmondoni

M.G.Chernyayevning shtabida ishlab chiqilib, Peterburgga -Оʼrta Osiyo chegara viloyati

haqidagi Nizom loyihasi‖ kоʼrinishida taqdim etildi. Bu loyiha imperiya harbiy vazirligida qayta

ishlandi va 1865 yilning 6 avgustida podsho Aleksandr II Turkiston viloyatini boshqarish

haqidagi muvaqqat Nizom" ga imzo chekdi [5]. Ushbu qonunchilik hujjatida hokimiyatni

tashkillashtirish tizimi Kavkazorti xududidagi singari-harbiy-xalq boshqaruvi :deb yuritildi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

[6,32-b]. 1867 yil 11 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta‘sis etdi va Оʼrta

Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan Turkiston general –

gubernatorligi tashkil qildi. Ushbu gubernatorlikning markazi Toshkent bоʼlib, uning tarkibiga

Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari ham kirgan edi. Birinchi general – gubernator va okrug

qoʼmondoni qilib general – ad‘dyutant K.P. fon Kaufman (1818 – 1882) tayinlandi. Turkiston

general-gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan tоʼla nazorat

qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi. Turkiston general-gubernatorligini

boshqarish bоʼyicha ilk dasturiy hujjatlarning ishlab chiqilishida -harbiy vaziyat‖ omili hal

qiluvchi ahamiyatga ega bоʼldi. Ular yangi xududlar bosib olinishi bilan yuzaga kelgan va qoida

tarzida ―muvaqqat xususiyatga ega edi. Chunonchi, -Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridagi

boshqaruv tоʼgʼrisidagi nizom" 1867 yili-tajriba tarzida uch yilga‖ joriy qilindi. Undan tashqari,

1868 yilning iyunida -Zarafshon okrugini boshqarishning muvaqqat qoidalari", -Fargʼona

viloyatini boshqarish bоʼyicha 1873 yil muvaqqat nizom", -Amudaryo bоʼlimini boshqarish

bоʼyicha 1874 yil 21 may nizomi" ham ishlab chiqilib, qabul qilingan edi [7,44-b].

Viloyatlar оʼz navbatida uezdlarga bоʼlib boshqarilgan. Uezdlar uezd boshliqlari tomonidan

idora etilgan. Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, Chimkent: Fargʼona

viloyati Margʼilon, Andijon, Оʼsh, Qоʼqon, Namangan: Samarqand viloyati Jizzax, Xoʻjand,

Samarqand: Yettisuv viloyati Verniy, Kopal, Lersin, Pishpak, Prjevalsk: Kaspiyorti viloyati

Ashxobod, Krasnovodsk, Mangʼishloq, Marv, Tajan, uezdlariga bоʼlingan. Uezdlar

uchastkalarga bоʼlib idora qilingan

Xulosa qilib aytganda XIX asrning o‘rtalariga kelib, Turkiston hududida mavjud bo‘lgan o‘zbek

davlatlarining ichki nizolari va o‘zaro urushlari ularning harbiy va siyosiy jihatdan zaiflashuviga

olib keldi. Bu holat Rossiya imperiyasi uchun mintaqani bosib olishda qulay sharoit yaratdi.

1853-yildan boshlangan bosqinchilik harakatlari 1865-yilda Toshkentning egallanishi va 1867-

yilda Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi bilan mustamlakachilik boshqaruvi

joriy etilishiga yo‘l ochdi. Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarni ma’muriy-harbiy

birliklarga bo‘lish orqali ularni o‘z nazorati ostida saqlashga intildi. Ushbu jarayon mahalliy

aholi uchun katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o‘zgartirdi.

Natijada Turkiston Rossiya imperiyasi tarkibiga mustamlaka sifatida kiritildi va bu

mustamlakachilik siyosati uzoq yillar davom etdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1. R.E.Xoliqova. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O’quv qo‘llanma. - Т.:

“Fan va texnologiya”, 2017,164 b

2. A. N. Kurat. “Russkoe zavoevanie Sredney Azii”. Moskva, 1958.

3. B.Babajanov. “Turkiston mustamlaka tuzumi ostida”. Toshkent, 1992.

4. Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, -

Академия 2002 й. 30-б

5. Собрание узаконений и распоряжений, издаваемое при Правительствующем Сенате.

Спб. Пг., 1863-1917, 1 бўлим, 7-hujjat, 1865 й.

6. Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, -

Академия 2002 й. 32-б.

7. Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, -

Академия. 2002 й. 44-б

Библиографические ссылки

R.E.Xoliqova. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O’quv qo‘llanma. - Т.: “Fan va texnologiya”, 2017,164 b

A. N. Kurat. “Russkoe zavoevanie Sredney Azii”. Moskva, 1958.

B.Babajanov. “Turkiston mustamlaka tuzumi ostida”. Toshkent, 1992.

Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, - Академия 2002 й. 30-б

Собрание узаконений и распоряжений, издаваемое при Правительствующем Сенате. Спб. Пг., 1863-1917, 1 бўлим, 7-hujjat, 1865 й.

Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, - Академия 2002 й. 32-б.

Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. Тошкент, -Академия. 2002 й. 44-б