Авторы

  • Mahmudova Sarvinoz Ilxomjon qizi
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Arab tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76500

Ключевые слова:

arab tili aniq holat noaniq holat artikl tanvin.

Аннотация

Ushbu maqola arab tilida aniqlik va noaniqlik kategoriyasining grammatik funksiyalari, tuzilishi va til tizimidagi o‘rni hamda ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada arab tilining sintaktik va semantik xususiyatlari, aniqlik va noaniqlik kategoriyasining boshqa tillar, xususan, o‘zbek tili bilan qiyosiy tahlili ko‘rsatilgan. Ushbu maqola arab tilini o‘rganayotgan talabalarga foydali bo‘lishi mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Mahmudova Sarvinoz Ilxomjon qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Sharq filologiyasi fakulteti

Arab tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi

makhmudovasarvinoz477@gmail.com

ARAB TILIDA ANIQLIK VA NOANIQLIK KATEGORIYASI

Annotatsiya.

Ushbu maqola arab tilida aniqlik va noaniqlik kategoriyasining grammatik

funksiyalari, tuzilishi va til tizimidagi o‘rni hamda ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek,

maqolada arab tilining sintaktik va semantik xususiyatlari, aniqlik va noaniqlik kategoriyasining

boshqa tillar, xususan, o‘zbek tili bilan qiyosiy tahlili ko‘rsatilgan. Ushbu maqola arab tilini

o‘rganayotgan talabalarga foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar va iboralar:

arab tili, aniq holat, noaniq holat, artikl, tanvin.

Аннотация.

Данная статья анализирует грамматические функции, структуру, место и

значение категорий определённости и неопределённости в арабском языке. Также в статье

рассматриваются синтаксические и семантические особенности арабского языка,

проводится сравнительный анализ категории определённости и неопределённости с

другими языками, в частности, с узбекским. Эта статья может быть полезна студентам,

изучающим арабский язык.

Ключевые слова и выражения

: арабский язык, определенная форма, неопределенная

форма, артикль, танвин.

Annotation.

This article analyzes the grammatical functions, structure, role, and significance of

the categories of definiteness and indefiniteness in the Arabic language. It also examines the

syntactic and semantic features of Arabic, providing a comparative analysis of the category of

definiteness and indefiniteness with other languages, particularly Uzbek. This article may be

useful for students learning Arabic.

Keywords and phrases:

Arabic language, definite form, indefinite form, article, tanween.

Jahon tillaridan biri deb e’tirof etilgan arab tili boy va murakkab til sistemasiga ega bo‘lib, bir

necha muhim grammatik kategoriyalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu jumladan, aniqlik (ةُفَ رِعْملا)

va noaniqlik (ةُ فِرِنّلا) kategoriyasi muhim ahamiyatga ega. Maqolada ushbu kategoriyalarni tahlil

qilish orqali arab tilining uslubiy va grammatik xususiyatlarini ochib berish maqsad qilingan.

Arab tilida aniqlik

Nutq davomida gap ba’zan so‘zlovchi va tinglovchiga oldindan ma’lum bo‘lgan predmet yoki

shaxs haqida borishi mumkin. Ba’zan mavzu umuman noma’lum shaxs yoki narsa borasida

bo‘lishi ham mumkin. Agar gap oldindan ma’lum bo‘lgan predmet yoki shaxs haqida bo‘lsa,

bunday so‘zlar aniq holatda hisoblanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ism

guruhiga kiruvchu so‘zlar aniq va noaniq holatlarga bo‘linishi bilan bir qatorda aniqlik

kategoriyasiga mansub, ya’ni aniq holatdagi ismlar ham 7 qismga bo‘linadi.

ANIQ HOLATDAGI SO‘ZLAR:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1. لا artikli qo‘shilib kelgan ismlar :

بلاطلا ، باتِلا ،ُسردملا، ُْماجلا

2. Atoqli otlar: a) tanvin bilan tugaydigan kishi nomlari:

دمحم ، ماشه ،دايز ،سابّع ، روصّم

b) tanvin bilan tugamaydigan kishi nomlari:

نامثع ، مايِم ، ناميلس ، ِمع

c) tanvin olmaydigan geografik nomlar:

سنوت ،دّقِمس ،ِعصم ،نابمع

3. Kishilik olmoshlari:

نه ،مه ، نحن ، امه ، امتنأ ، يه ،وه ، تنأ ، تنا ، انأ

4. Ko‘rsatish olmoshlari:

فَربّفلوةأ ،َلت ، َلذ ، ءلاه ،ناتاه ، ناذه ، هذه ،اذه

5. Nisbiy olmoshlar:

نيذللا ،ناذللا ،يتبلا ، يذبلا

6. Qaratqich-qaralmish shaklidagi birikmaning (izofa birikmasining) 1-bo‘lagi:

universitet kutubxonasi

- ُْماجلا ُّتِم ،

maktab o‘quvchisi

- ُسردملا ذيملت

7. اي undalmasi bilan kelgan so‘zlar:

يمأ اي ، بلاط اي

Yuqorida aniq holatdagi otlarni bir necha qismlarga bo‘lgan holatda misollar yordamida tahlil

qilib chiqdik. Noaniqlik kategoriyasiga esa quyidagichadir.

2.Arab tilida noaniqlik

Noaniq holatdagi ismlar predmet yoki tushunchaning umumiy nomidan iborat bo‘ladi.

Noaniq holatdagi ismlarga o‘zbek tilida “bir”, “qandaydir” so‘zlari qo‘shilsa, ma’noga putr

yetmaydi. Noaniq holatdagi ismni aniq holatga o‘tkazish uchun so‘zga

“لا” artikli

- “shu” yoki

“o‘sha” ma’nosidagi old qo‘shimchani qo‘shish lozim. Bu old qo‘shimchaga ega bo‘lgan

so‘zning oxiridagi tanvin tushib qoladi:

ُمفَِنتلا

ةُفَ رِعْملا

ُمفَِنتلا

ةُ فِرِنّلا

kitob (aniq)

ةباتِلا

bir kitob

بباترِ

sumka (aniq)

ةُّيقحلا

bir sumka

بُّيقفَ

universitet (aniq)

ةُْماجلا

universitet

(noaniq)

بُْماَ

kutubxona (aniq)

ةُّتِملا

kutubxona

(noaniq)

بُّفتِفم

Lekin bu qoida har doim ham qo‘l kelavermaydi, negaki

“لا”

artiklini olmaydigan ayrim atoqli

otlar va joy nomlari ham mavjud. Ularning har birini yodda saqlash va kerakli o‘rinlarda to‘g‘ri

holatda ishlatish maqsadga muvofiqdir.

3.Arab tilidagi ushbu kategoriyaning o‘zbek tili bilan qiyosiy tahlili

Arab tilidagi aniqlik (فيِعْنتلا) va noaniqlik (ِيرِعّنتلا) kategoriyalari o‘zbek tilidagi aniqlik va

noaniqlik tushunchalariga o‘xshash bo‘lsa ham, ayrim farqlarga ega. Arab tilida aniqlik “لا”

artikli yordamida ifodalanadi. O‘zbek tilida esa aniqlik artikli mavjud bo‘lmaganligi sababli

kontekst va so‘z birikmalari orqali ifodalanadi. Arab tilida otning oxirida noaniqlikni ifodalovchi

tanvin keladi. O‘zbek tilida esa bu jihat mavjud emas. Bu xususiyat o‘zbek tilida “qandaydir”,

“bir” kabi so‘zlar orqali ifodalanadi.

Aniq holatdagi ismlar ishtirok etgan gaplardan misollar:

Men talabaman

. - .ُّلاط انأ


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Toshkent go'zal shahardir.

- .ُليمَ ُّيدم دّقشط

Kecha bozordan yangi ko’ylak sotib oldim

. - .سمأ ديدجلا ناتسفلا تيِتشا

Noaniq holatdagi ismlar ishtirok etgan gaplardan misollar:

Tirishqoq talaba doimo darsdan keyin kutubxonada turli xil kitoblar o‘qiydi.

- بتِ دهتجم بلاط أِقي

.امئاد سردلا دْب ُفلتخم

Ko‘chada mushukni ko‘rdim.

- .عراشلا يَ ُبطق تيأر

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, arab tilidagi aniqlik va noaniqlik kategoriyasi ushbu

tilning naqadar boy va shu bilan bir paytda murakkab ekanligini aks ettiradi. Ushbu

kategoriyadan kerakli o‘rinlarda samarali foylalanilsa, gapning ma’nosini yana ham boyitishiga

va uning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Aripova Z. Sharq tillari (Arab). O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2018, (74-75-betlar).

2. Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024, (26-27-

betlar).

3. Hasanov M., Abzalova M. Arab tili grammatikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2019, (57-

58-betlar).

4. Холидов Б.З. Араб тили дарслиги. – Тошкент, 2007, (56-57 бетлар).

5.

www.arabic.uz

Библиографические ссылки

Aripova Z. Sharq tillari (Arab). O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2018, (74-75-betlar).

Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024, (26-27-betlar).

Hasanov M., Abzalova M. Arab tili grammatikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2019, (57-58-betlar).

Холидов Б.З. Араб тили дарслиги. – Тошкент, 2007, (56-57 бетлар).

www.arabic.uz