JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xolmirzayeva Sevara Nazirjon qizi
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQIY MAQOMINI MUSTAHKAMLASH
MASALALARI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol
ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy maqomini mustahkamlash, ayollarga qarshi qaratilgan
har qanday zo‘ravonliklarning oldini olish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan
chora tadbirlar hamda ularning amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Gender tenglik, taraqqiyot strategiyasi, teng huquqlilik, ijtimoiy faollik, “ayollar
daftari”, ta’lim krediti, onalik va bolalik.
KIRISH
Bugungi kundagi ayollar turmush sharoitini, jamiyat hayotidagi o‘rnini, huquq va erkinliklarini
o‘tmish sahifalariga muhrlangan hayot tarzi bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi. Onalarimiz-u
momolarimiz uchun amalga oshmas orzudek tuyulgan hayollar bugungi kunda haqiqatga aylandi.
Albatta bunga osonlik bilan erishilmadi. Bu kunlarga erishish uchun qancha yo‘llar bosib
o‘tilganligiga, qanchadan qancha mashaqqatlarni yengib o‘tilganligiga tarix guvoh.
Nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyoda asrlar davomida ayollarning haq-huquqlari,
mafaatlarini himoya qilish uchun tinimsiz kurashlar amalga oshirildi. Ularning samarasini esa
bugungi kunda barchamiz guvohi bo‘lib turipmiz. Ammo shunga qaramay bugungi kunda butun
dunyoda bo‘lgani singari bizning mamlakatimizda ham ushbu sohada muammolar yetarlicha.
Bunday vaziyat esa bizni ayni damda sohaga doir jamiyat hayotidagi mavjud dolzarb
muammolarni aniqlash va ularga samarali yechimlar izlashga undaydi.
Ayollar masalasiga doir eng dolzarb muammolarni aniqlashda oila institutiga e’tibor
qaratmaslikning iloji yo‘q. Bu borada yurtboshimizning quyidagi fikrlari buni tasdiqlaydi:
“Bugungi tez o‘zgarib borayotgan, ziddiyatli davrda oilaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur
o‘rganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi ko‘plab murakkab savollarga javob topish qiyin”[1].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Barchamizga ma’lumki bugun hayotimizda xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish davlat siyosatining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib kelmoqda.
Shuning uchun ham ayollarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat
hayotidagi ishtirokini oshirish, ularga qarshi qaratilgan kamsitishlarning oldini olish, o‘z
salohiyatlarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratish, gender tenglik, onalik va
bolalikni muhofaza qilish borasidagi chora tadbirlar yangi bosqichlarga olib chiqilmoqda.
Jumladan Harkatlar strategiyasining mantiqiy davomi o‘laroq qabul qilingan O‘zbekistonning
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida davlat va jamiyat hayotining barcha
jabhalarini kompleks rivojlantirishni maqsad qilgan dasturul amal bo‘ldi. Jamiyat va davlat
hayotining muhim masalalari yoritilgan ushbu hujjat yettita ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadni
o‘z ichiga olgan bo‘lib, 69-maqsad “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat
hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash” deb nomlangan. Unda, jumladan:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining
barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni 2022–2023 yillarda
amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
xotin-qizlarning ta’lim olishiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida
ayollarning o‘rnini yanada oshirish;
xotin-qizlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bepul o‘quv amaliy
kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda
kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish lozim bo‘lgan xotin-
qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish;
“Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va
tahlil qilish hamda orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-
qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
tartibi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
to‘g‘risidagi namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan [2].
Ushbu belgilangan maqsad doirasida bugunga qadar bir nechta chora tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida foizsiz ta’lim
kreditlari ajratildi va buning natijasida qanchadan-qancha ijtimoiy holati yetarli bo‘lmagan xotin-
qizlarda o‘qish imkoniyati tug‘ildi. Bundan tashqari Oliy ta’limning magistratura bosqichida
tahsil olayotgan xotin-qizlarning shartnoma to‘lovlari davlat hisobidan qoplab berildi. Bu orqali
esa o‘z ilmiy faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan ayollarning soni keskin oshishiga
erishildi.
Shu bilan birga xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish va ularni ish bilan
ta’minlash borasida ham bir qator islohotlar amalga oshirilishi belgilangan.
Birgina misol: xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan
yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi[3].
Bundan tashqari “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 25-maqsadida Gender tenglikni
ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali
boshqaruv lavozimidagi ayollar ulushini 30 foizga ko‘paytirish, “ayollar daftari”ga xotin-qizlar
keng qamrab olinib ularga har sohada amaliy yordam ko‘rsatish, jamiyatda ayollarga nisbatan
tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi murosaasizlik muhitini shakllantirish kabilar belgilangan.
XULOSA
Shuni alohida ta’kidlash joizki mamlakatimizda ayollar masalasi bo‘yicha qabul qilingan barcha
qonun va qonunosti hujjatlarining maqsadi xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol turmush
tarzini oshirish, aniqlangan mavjud muammo va kamchiliklarga barham berish, ayollarning
huquqiy tengligini ta’minlash, ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishdan
iboratdir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: “Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki
bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-
azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz
go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir” – Prezident Sh.M.Mirziyoyev.
Foydalanilgan adabiyotlar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar
bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvidagi nutqi. Zarafshon gazetasi, 2018-yil 8-mart, No:28
(22988). 1-b.
2. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.
https://lex.uz/docs/-5841063
3. Oydin Ibrohimova “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va xotin-qizlar huquqlari”
http://nhrc.uz/oz/news/m6714
