Авторы

  • Firuza Fozilova
    Termiz Davlat universiteti, Lingvistika ( oʻzbek tili) yo‘nalishi 1-kurs magistanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76505

Ключевые слова:

Sheva dialekt lahja regiolekt sotsiolekt etnolekt o‘zbek shevalari Buxoro shevasi Surxandaryo shevasi hududiy nutq xususiyatlari adabiy til va sheva ijtimoiy omillar madaniy ta’sir tarixiy til o‘zgarishlari.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hududiy shevalari, xususan, Buxoro va Surxandaryo shevalari tahlil qilinadi. Sheva va dialekt tushunchalarining lingvistik ta’rifi berilib, ularning fonetik, grammatik va leksik jihatdan farqlanishi ko‘rib chiqiladi. Buxoro shevasi o-lanuvchi shevalarga mansub bo‘lib, unda unlilar ohangdoshligi yo‘qolgan, ayrim tovushlarning almashinuvi kuzatiladi. Surxandaryo shevasi esa a-lanuvchi shevalarga tegishli bo‘lib, unda unlilar ohangdoshligi saqlangan. Shevalarning shakllanishi tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ular hududiy va etnik o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Maqolada shevalarning adabiy til bilan o‘zaro aloqasi va ularning lingvistik tizimdagi o‘rni ham yoritiladi. O‘zbek dialektologiyasining rivojlanishi va shevalarni tadqiq etish kelajakda til taraqqiyoti va madaniy merosni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot shevalarning tahlili orqali tilning hududiy va ijtimoiy tafovutlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Firuza Fozilova

Termiz Davlat universiteti,

Lingvistika ( oʻzbek tili) yo‘nalishi 1-kurs magistanti

SHEVA VA LAHJALARNING HUDUDIY VA IJTIMOIY XUSUSIYATLARI: BUXORO

VA SURXONDARYO SHEVALARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hududiy shevalari, xususan, Buxoro va

Surxandaryo shevalari tahlil qilinadi. Sheva va dialekt tushunchalarining lingvistik ta’rifi berilib,

ularning fonetik, grammatik va leksik jihatdan farqlanishi ko‘rib chiqiladi. Buxoro shevasi o-

lanuvchi shevalarga mansub bo‘lib, unda unlilar ohangdoshligi yo‘qolgan, ayrim tovushlarning

almashinuvi kuzatiladi. Surxandaryo shevasi esa a-lanuvchi shevalarga tegishli bo‘lib, unda

unlilar ohangdoshligi saqlangan. Shevalarning shakllanishi tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar

bilan bog‘liq bo‘lib, ular hududiy va etnik o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Maqolada shevalarning

adabiy til bilan o‘zaro aloqasi va ularning lingvistik tizimdagi o‘rni ham yoritiladi. O‘zbek

dialektologiyasining rivojlanishi va shevalarni tadqiq etish kelajakda til taraqqiyoti va madaniy

merosni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot shevalarning tahlili orqali

tilning hududiy va ijtimoiy tafovutlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Sheva, dialekt, lahja, regiolekt, sotsiolekt, etnolekt, o‘zbek shevalari, Buxoro

shevasi, Surxandaryo shevasi, hududiy nutq xususiyatlari, adabiy til va sheva, ijtimoiy omillar,

madaniy ta’sir, tarixiy til o‘zgarishlari.

Abstract:

This article analyzes the regional dialects of the Uzbek language, specifically the

Bukhara and Surkhandarya dialects. It provides a linguistic definition of dialects and vernaculars,

examining their phonetic, grammatical, and lexical differences. The Bukhara dialect belongs to

the o-vowel group, where vowel harmony is lost, and certain phonetic shifts occur. In contrast,

the Surkhandarya dialect belongs to the a-vowel group, maintaining vowel harmony. The

formation of these dialects is influenced by historical, social, and cultural factors, reflecting

regional and ethnic identity. The article also explores the relationship between dialects and the

literary language, highlighting their place in the linguistic system. The study of Uzbek

dialectology is essential for understanding language development and cultural heritage. This

research contributes to a deeper understanding of regional and social variations in language

through the analysis of dialectal differences.

Keywords:

Dialect, accent, vernacular, regiolect, sociolect, ethnolect, Uzbek dialects, Bukhara

dialect, Surkhandarya dialect, regional speech features, literary language and dialect, social

factors, cultural influence, historical language changes.

Kirish.

Til inson jamiyatidagi eng muhim muloqot vositasi bo‘lib, uning turli hudud va ijtimoiy

guruhlarga moslashuvi natijasida sheva, lahja va dialektlar shakllanadi. “

Bir tilning adabiy

(standart) shakli bilan nostandart (xalq shevasi) o‘rtasidagi farq ko‘pincha shartli bo‘lib, u

ijtimoiy, siyosiy, madaniy va tarixiy omillarga bog‘liq holda belgilanadi.”

1

Ayrim shevalar vaqt

1

Chao, Yuen Ren (1968). Language and Symbolic Systems. CUP archive. p. 130. ISBN

9780521094573.

https://books.google.com/books?id=Se87AAAAIAAJ&q=language+standard+dialect&pg=PA13

0


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o‘tishi bilan adabiy til maqomini olishi mumkin, boshqalari esa faqat muayyan hudud yoki

ijtimoiy guruh doirasida qoladi.

O‘zbek tilida ham turli sheva va lahjalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos fonetik,

grammatik va lug‘aviy xususiyatlarga ega. Bu farqlar tarixiy, madaniy va ijtimoiy omillar

ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, ularni alohida tadqiq etish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb

etadi. Ushbu maqolada Buxoro va Surxandaryo shevalari o‘rganilib, ularning fonetik, grammatik

va lug‘aviy farqlari tahlil qilinadi. Shevalarning shakllanishida ijtimoiy va madaniy omillar

muhim rol o‘ynagan bo‘lib, ular tarix davomida turli tillar va lahjalar bilan o‘zaro ta’sirda

bo‘lgan. Shu sababli, maqolada Buxoro va Surxandaryo shevalarining o‘ziga xos xususiyatlari va

ularning adabiy til bilan bog‘liqligi keng yoritiladi.

Asosiy qism. Sheva

(fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy

jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy

tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning

soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi.

2

Shevalar bir tilda so‘zlashuvchi aholining mavjud

hududiy va ijtimoiy tabaqalari asosida shakllanadi. Ularning farqlari odatda fonetik tovush

o‘zgarishlari, grammatik shakllanishlar va lug‘aviy birliklarning turlicha qo‘llanilishi bilan

bog‘liq bo‘ladi. Shevalar mahalliy aholi tomonidan og‘zaki nutqda faol qo‘llanadi, lekin ular

yozma tilda kamroq uchraydi.

Shevalarning shakllanishi hududiy chegaralar, ijtimoiy tabaqalanish, tarixiy jarayonlar va boshqa

lingvistik omillar bilan bog‘liq. Ayrim shevalar mustahkam ildiz otib, uzoq vaqt davomida o‘z

holicha rivojlanadi, boshqalari esa adabiy tilning ta’siri ostida sekin-asta o‘zgarib boradi.

Shevalarning fonetik xususiyatlari ba’zan unli va undosh tovushlarning almashinuvi, urg‘u

tizimidagi farqlar, ba’zan esa fonemalar tarkibining butunlay o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi.

Grammatik jihatdan esa fe’l shakllari, egalik qo‘shimchalari va so‘z tartibidagi o‘ziga xosliklar

bilan ajralib turadi.

Dialekt

lotincha soʻz boʻlib, shevaga nisbatan keng ma’noda qoʻllanadi. Adabiy tildan oʻzining

ba’zi bir xususiyatlari (fonetik, grammatik, leksik) bilan farqlanadigan biror umummilliy tilning

yirikroq boʻlagi dialekt deyiladi.

3

Bu atama ko‘pincha mintaqaviy nutq uslublariga nisbatan

qo‘llaniladi, ammo sheva boshqa omillar, masalan, ijtimoiy tabaqa yoki etnik guruh tomonidan

ham aniqlanishi mumkin.

4

Sotsiolekt

– ijtimoiy tabaqaga bog‘liq sheva.

Etnolekt

– etnik guruhga xos sheva.

2

Aslonboyeva A. Q., Abdirimova I. K. Oʻzbek tili lahja va shevalari // Ilmiy Fan Xabarnomasi.

– 2024. – №9 – B. 480-482. ISBN 978-9943-381-05-6.

3

Eshmirzayeva. N. Sheva, dialekt va lahjalarning xususiyatlari, ularni o‘rganish metodlari //

British International Science Conference. – 2024. – B.

4

“Definition of DIALECT”. 30 July 2023

https://www.merriam-webster.com/dictionary/dialect


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Regiolekt

– geografik hududga xos sheva

5

(boshqa muqobil atamalar:

regionalekt

6

, geolekt

7

,

topolekt

8

).

Dialektlar odatda katta hududlarni qamrab oladi va o‘z ichida bir nechta kichik shevalarni

birlashtirishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida qarluq, qipchoq va o‘g‘uz dialekt guruhlari mavjud

bo‘lib, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dialektlarning shakllanishi tarixiy, madaniy va

ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular milliy tilning rivojlanishiga ham ta’sir o‘tkazadi.

Dialektlar ba’zan adabiy til bilan uyg‘unlashib boradi, ba’zan esa mustaqil rivojlanib, adabiy

tilga qarshi turgan holatlar ham kuzatiladi.

Lahja

arabcha so‘z bo‘lib u ham

ravish, tarz, yo'sin, sheva

ma’nolarini bildiradi. Dialektologik

termin sifatida qadimdan o‘zbek tilining taraqqiyotiga asos bo‘lgan sheva va dialektlarning eng

yirik to‘dasini anglatadi. O’zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotida uchta lahjaning birligidan tarkib

topgan. Ular:

qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi,

qipchoq lahjasi,

o‘g‘uz lahjasidir.

9

Quyida ularning har bir turiga kengroq ta’rif beramiz.

Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi

– bu adabiy o‘zbek tilining asosiy bazasi hisoblanadi. U

O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona

vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo) keng tarqalgan. Ushbu lahjaga mansub shevalar fonetik,

grammatik va lug‘aviy jihatdan adabiy tildan katta farq qilmaydi.

Qipchoq lahjasi

– asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning shimoliy hamda

g‘arbiy hududlarida (Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Jizzax) uchraydi. Bu lahjada

so‘zlarning talaffuzi va grammatikasi qarluq lahjasidan sezilarli farq qiladi. Masalan, shahar –

“shahar”

o‘rniga

“sahar”, suv – “sub”, yashaydi – “jasaydi”

kabi o‘ziga xos tovush

o‘zgarishlari mavjud.

5

Wolfram, Walt and Schilling, Natalie. 2016. American English: Dialects and Variation. West

Sussex: John Wiley & Sons, p. 184

6

Daniel. W. Bruhn, Walls of the Tongue: A Sociolinguistic Analysis of Ursula K. Le Guin's The

Dispossessed (PDF), p. 8, archived (PDF) from the original on 2010-06-12

http://linguistics.berkeley.edu/~dwbruhn/dwbruhn_376_Dispossessed.pdf

7

Christopher D. Land (2013), "Varieties of the Greek language", in Stanley E. Porter, Andrew

Pitts (ed.), The Language of the New Testament: Context, History, and Development, Brill, p.

250, ISBN 978-9004234772

https://books.google.com/books?id=i5N9VUT5Tl4C

8

topolect". The American Heritage Dictionary of the English Language (4th ed.). Boston:

Houghton Mifflin Harcourt. 2010

9

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi: darslik. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2016. – 5 b.

ISBN 978-9943-381-05-6.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘g‘uz lahjasi

– asosan Turkmaniston, Xorazm viloyati va ayrim qozoq-o‘zbek chegaralarida

tarqalgan. Bu lahjada o‘zbek tili turkman va boshqa o‘g‘uz tillariga yaqinlashadi, shuning uchun

unda ko‘plab o‘g‘uz tiliga xos grammatik va fonetik o‘zgarishlar uchraydi. Masalan,

“mening”

o‘rniga

“meniň”,

“kelayapman” o‘rniga

“gelýärin”

kabi shakllar ishlatiladi.

Lahja, sheva va dialektning farqlari:

Lahja

– tilning eng yirik hududiy bo‘linishi bo‘lib, u katta dialekt guruhlarini o‘z ichiga

oladi.

Dialekt

– lahjalarga bo‘linadigan hududiy yirik til tizimi bo‘lib, u ichida bir nechta

shevalarni birlashtiradi.

Sheva

– tilning eng kichik hududiy shakli bo‘lib, bir yoki bir nechta qishloq, shahar yoki

viloyat aholisining og‘zaki nutqida qo‘llanadi.

Buxoro va Surxandaryo shevalarining farqlari:

1.

Fonetik farqlar

Buxoro shevasi

o-lanuvchi shevalar

guruhiga kiradi. Unda unlilar soni 6-7 ta, unlilar

ohangdoshligi yo‘qolgan. Birinchi bo‘g‘inda “a”

tovushi o’rnida “o” qo’llaniladi: (masalan, ota →

ota, bola → bola). Morfologik jihatdan jo’nalish

kelishigining qo’shimchasi

-ga

va o’rin-payt

kelishigining qo’shimchasi

-da

bir-biridan farq

qilinmasdan ishlatiladi. Bu, ayniqsa,

Samarqand-

Buxoro

shevalariga xos xususiyatdir (uyga –

uyda).

Surxandaryo shevasi

a-lanuvchi shevalar

guruhiga kiradi. Unlilar soni 8-10 ta, unlilar

ohangdoshligi saqlangan. Qipchoq shevalari bilan

o‘xshashliklari bor.

10

2.

Leksik

(lug‘aviy)

farqlar:

Buxoro shevasida

forsiy va arabiy

so‘zlar

ko‘p uchraydi (bajonidil – mamnuniyat bilan,

ishqilib – hech bo‘lmasa).

Surxandaryo shevasida esa

tojik va afg‘on

lahjalari

ta’siri seziladi (kalon – katta, sho‘r –

nordon).

3.

Grammatik farqlar:

Buxoro shevasida gap qurilishida forsiy

ta’sir seziladi (Men bora bo‘ldim – Men borib

bo‘ldim).

Surxandaryo shevasida fe’llar shakli

farqlanadi (kelaman o‘rniga kelay ishlatiladi).

4.

Ijtimoiy va madaniy

ta’sirlar:

Buxoro tarixiy ilmiy va madaniy markaz

bo‘lgani sababli, bu sheva adabiy tilga yaqinroq.

Surxandaryo esa tog‘li va qishloq

10

Saidov Yo. O‘zbek dialektologiyasi: o‘quv-metodik qo‘llanma. – Buxoro: “Sadriddin Salim

Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021. – 74 b. ISBN 978-9943-5611-9-9.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

hududlarda shakllangan bo‘lib, qardosh tillar

bilan ko‘proq aralashgan.

Shunday qilib, Buxoro va Surxandaryo shevalari fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan

farqlanib, ularning shakllanishida tarixiy, geografik va ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynagan.

Xulosa.

O‘zbek tilining hududiy shevalari turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida

shakllangan bo‘lib, ularning har biri fonetik, grammatik va leksik jihatdan o‘ziga xos

xususiyatlarga ega. Maqolada tahlil qilingan Buxoro va Surxandaryo shevalari ham o‘zaro

sezilarli farqlarga ega bo‘lib, ular shevalarning o-lanuvchi va a-lanuvchi guruhlarga ajratilishida

yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu shevalarning shakllanishida geografik joylashuv, tarixiy

jarayonlar va ijtimoiy ta’sirlar muhim rol o‘ynagan. Buxoro shevasi o-lanuvchi shevalar qatoriga

kirib, unda unlilar ohangdoshligi yo‘qolgan bo‘lsa, Surxandaryo shevasi a-lanuvchi shevalar

guruhiga mansub bo‘lib, unda unlilar ohangdoshligi saqlangan.

Shevalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyat va jamiyatni

tushunishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shevalarning farqlanishi ularning tarixiy ildizlari

va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni tadqiq etish kelajakda til taraqqiyotini

tushunish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1. Chao, Yuen Ren (1968). Language and Symbolic Systems. CUP archive. p. 130. ISBN

9780521094573.

https://books.google.com/books?id=Se87AAAAIAAJ&q=language+standard+dialect&pg=PA13

0

2. Aslonboyeva A. Q., Abdirimova I. K. Oʻzbek tili lahja va shevalari // Ilmiy Fan

Xabarnomasi. – 2024. – №9 – B. 480-482. ISBN 978-9943-381-05-6.

3. “Definition

of

DIALECT”.

30

July

2023

https://www.merriam-

webster.com/dictionary/dialect

4. Wolfram, Walt and Schilling, Natalie. 2016. American English: Dialects and Variation.

West Sussex: John Wiley & Sons, p. 184

5. Daniel. W. Bruhn, Walls of the Tongue: A Sociolinguistic Analysis of Ursula K. Le Guin's

The Dispossessed (PDF), p. 8, archived (PDF) from the original on 2010-06-12

http://linguistics.berkeley.edu/~dwbruhn/dwbruhn_376_Dispossessed.pdf

6. Christopher D. Land (2013), "Varieties of the Greek language", in Stanley E. Porter,

Andrew Pitts (ed.), The Language of the New Testament: Context, History, and Development,

Brill, p. 250, ISBN 978-9004234772

https://books.google.com/books?id=i5N9VUT5Tl4C

7. “Topolect”. The American Heritage Dictionary of the English Language (4th ed.). Boston:

Houghton Mifflin Harcourt. 2010

8. Eshmirzayeva. N. Sheva, dialekt va lahjalarning xususiyatlari, ularni o‘rganish metodlari //

British International Science Conference. – 2024. – B.

9. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi: darslik. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2016. – 5

b. ISBN 978-9943-381-05-6.

Библиографические ссылки

Chao, Yuen Ren (1968). Language and Symbolic Systems. CUP archive. p. 130. ISBN 9780521094573. https://books.google.com/books?id=Se87AAAAIAAJ&q=language+standard+dialect&pg=PA130

Aslonboyeva A. Q., Abdirimova I. K. Oʻzbek tili lahja va shevalari // Ilmiy Fan Xabarnomasi. – 2024. – №9 – B. 480-482. ISBN 978-9943-381-05-6.

“Definition of DIALECT”. 30 July 2023 https://www.merriam-webster.com/dictionary/dialect

Wolfram, Walt and Schilling, Natalie. 2016. American English: Dialects and Variation. West Sussex: John Wiley & Sons, p. 184

Daniel. W. Bruhn, Walls of the Tongue: A Sociolinguistic Analysis of Ursula K. Le Guin's The Dispossessed (PDF), p. 8, archived (PDF) from the original on 2010-06-12 http://linguistics.berkeley.edu/~dwbruhn/dwbruhn_376_Dispossessed.pdf

Christopher D. Land (2013), "Varieties of the Greek language", in Stanley E. Porter, Andrew Pitts (ed.), The Language of the New Testament: Context, History, and Development, Brill, p. 250, ISBN 978-9004234772 https://books.google.com/books?id=i5N9VUT5Tl4C

“Topolect”. The American Heritage Dictionary of the English Language (4th ed.). Boston: Houghton Mifflin Harcourt. 2010

Eshmirzayeva. N. Sheva, dialekt va lahjalarning xususiyatlari, ularni o‘rganish metodlari // British International Science Conference. – 2024. – B.

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi: darslik. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2016. – 5 b. ISBN 978-9943-381-05-6.