Авторы

  • Abdullayeva Ra’noxon Nodirjon qizi
    TDPU tayanch doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76508

Ключевые слова:

nutq dizartriya kognitiv motor qobiliyat metod

Аннотация

Ushbu maqolada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanishi va bolaning o‘ziga xos faoliyati, nutqiy ko‘nikma malakalarini shakllanish jarayoni, shu bilan birga artikulyatsion, ovoz va aqliy qobilyatlarida kuzatiladigan kamchiliklar bayon etilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Abdullayeva Ra’noxon Nodirjon qizi

TDPU tayanch doktaranti

Email: ranoa7100@gmail.com

ORCID ID: 0009-0005-1578-480X

Tel:93.6430002

NUTQIDA OG‘IR NUQSONI BOR BOLALARDA BOG‘LANGAN NUTQNI

RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar nutqining

rivojlanishi va bolaning o‘ziga xos faoliyati, nutqiy ko‘nikma malakalarini shakllanish jarayoni,

shu bilan birga artikulyatsion, ovoz va aqliy qobilyatlarida kuzatiladigan kamchiliklar bayon

etilgan.

Kalit so‘zlar:

nutq, dizartriya, kognitiv, motor, qobiliyat, metod

АННОТАЦИЯ:

В данной статье описано развитие речи детей с тяжелыми речевыми

дефектами и специфика деятельности ребенка, процесс формирования речевых навыков, а

также наблюдающиеся недостатки артикуляции, голоса и умственных способностей.

Ключевые слова:

речь, дизартрия, когнитивные, двигательные, способности, метод.

ABSTRACT:

This article describes the development of speech in children with severe speech

defects and the characteristics of the child's activity, the process of forming speech skills, as well

as the observed violations of articulation, voice and mental abilities.

Keywords:

speech, dysarthria, cognitive activity, tool, ability, method.

KIRISH.

Inson til boyliklarini egallab borgani sari umri davomida o‘z nutqini ham shakllantirib

boradi. Har bir davr uning nutqiy rivojlanishiga muayyan yangiliklarni kiritib boradi. Nutqni

egallashning muhim pog‘onalari bolaning maktabgacha bo‘lgan davriga to‘gri keladi. Nutq

kishilarning tug‘ma qobiliyati bo‘lmay, bolalar o‘sib, rivojlangan sayin nutq ham asta-sekin

shakllanib, mukammallashib boradi.

Bolalar nutqining maromida bo‘lishi uchun bosh miya po‘stidagi nutq markazi to‘liq rivojlangan

bo‘lishi, ularning sezgi a’zolari: eshitish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri sezgisi ham yetarli

darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Chunki sezgi a’zolariatrof-muhit bilan uzviy bog‘langan

bo‘ladi. Agar bola yangi taassurotlar olib turmasa, uning harakatlari va nutqi uchun sharoit

yaratib berilmasa, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi tormozlanadi. Sog‘lom bola ilk yosh

davrida ehtiyojini guvranish, gugulash kabi nutqning sodda ko‘rinishi, bir yoshlariga kelib esa

dastlabki so‘zlar orqali qondiradi. Uning nutqi dastlab atrofidagi kattalarning nutqiga taqlid

qilish asosida rivojlanadi. Dastlab bola o‘z xoxish va fikrlarini aniq

grammatik tizimdan mustasno bo‘lgan alohida so‘zlar yordamida ifoda etsa, 2 yoshlarga yaqin

nutqi til tizimi, uning qonuniyatlariga asoslangan holda tarkib topa boshlaydi. U til tarkibiga oid

hech qanday qonun-qoidalarni bilmasada, so‘zlarni hech bir xatosiz turlaydi, tuslaydi, so‘z

birikmalarini tuza oladi, xatto-ki, so‘z birikmalari qonunlariga mos ravishda mutlaqo yangi

so‘zlarni tuzadi. U tilning murakkab tizimini eshitish yordamida o‘zlashtiradi: talaffuz

malakalari – ko‘pgina so‘zlarning tovush tarkibini, ulardan foydalanishni o‘zlashtiradi, so‘zlar va


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

gaplarning grammatik jihatdan o‘zgarib borishi va hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda yuzaga

kelayotgan ma’nolarning mazmunini tushuna boshlaydi. Nutq dastlab ijtimoiy hodisa, muloqot

vositasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, asta-sekin atrof olamni anglash, faoliyatni rejalashtirish

vositasiga aylana boradi. Bola ulg‘aygan sari murakkab bo‘lgan til birliklarini egallaydi: lug‘atni,

frazeologik birikmalarni o‘zlashtiradi, so‘z tuzilishi, so‘z o‘zgarishi va so‘z birikmasi,

shuningdek, turli-tuman sintaktik birliklar qonuniyatlarini egallab boradi. Tilning ushbu

vositalaridan u murakkablashib borayotgan bilimlarini o‘zgalarga yetkazish, faoliyati jarayonida

atrofini o‘rab turgan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Nutqni tushunish,

bola hali so‘zlamasdan avval sodir bo‘lib, o‘z rivojlanishida turli bosqichlar hajmiga ko‘ra o‘sib

borish va sifat jihatdan o‘zgara boruvchi jarayonlarni bosib o‘tadi. Nutqni tushunish deb

ataluvchi jarayon tovush signaliga nisbatan reaksiya berish emas, balki uning ma’nosiga bo’lgan

munosabatni bildiradi. 2-3 yoshdagi bolaning faol nutqi uning tajribasidan kelib chiquvchi va

muloqot doirasidagi nutqdan iborat bo‘lsa-da, uning nofaol nutqi nafaqat undovchi (topshiriqli)

nutqni idrok etishni, balki atrof olamni idrok etish vositasi bo‘lgan hikoya-nutqni ham tushunish

imkonini beradi. 2 yoshga kirgan bolaning faol lug‘at zahirasi 250-300 so‘zni tashkil etadi. Bu

davrda bolaning ma’noli nutqi ham rivojlanib boradi. U fikrlarini bir necha so‘zlardan iborat

bo‘lgan sodda gap orqali yetkazishga erishadi. 3 yoshga kirgan bolaning faol lug‘atining tarkibi

800-1000 ta so‘zni tashkil etsa, 4 yoshga kirganida 1500-2000 ta so‘zni, 5 yoshga yetganida

2500-3000 ta so‘zni tashkil etadi. Nutq bolaga faqatgina atrofdagilar bilan muloqotga kirishish

uchungina emas, balki, eng avvalo, o‘z ehtiyojlarini qondirish, atrof olamni anglash, o‘z xatti-

xarakatlarini rejalashtirish uchun vosita, uni egallash

voqelikni anglash usuli sanalgani bois, bolaning nutqiy faoliyati, o‘zgalar bilan muloqoti va o‘z

fikrlarini bildirishi uchun yetarli sharoit yaratish muhim hisoblanadi. Bola tomonidan nutqning

o‘zlashtirilishi o‘z ichiga turli-tuman ko‘rinishdagi bir necha bosqichlarni oluvchi murakkab

jarayon bo‘lib, dastlabki bosqich o‘z ichiga murojaat etilgan nutqni tushunish (nofaol nutq)ni

oladi. Ushbu davrning amaliy ko‘rinishi bolaning aytilgan so‘zga javoban xatti-harakatini

bildiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Nutqiy rivojlanish quyidagi nazariy

yo‘nalishlarga asoslanadi:

L.S. Vygotskiy – nutqning psixologik va ijtimoiy mohiyatini ta’kidlab, nutq tafakkur bilan

chambarchas bog‘liqligini tushuntirgan.

A.R. Luriya – nutq rivojlanishi neyropsixologik asoslarini o‘rgangan va miya faoliyatining

nutqqa ta’sirini tadqiq qilgan.

M.M. Koltsova – nutq rivojlanishida mayda motorika va psixomotor jarayonlarning o‘rni

borligini aniqlagan.

Nutqiy rivojlanishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar nutqiy muloqotda jiddiy qiyinchiliklarga

duch keladilar. Bu qiyinchiliklar fonetik-fonematik, leksik-grammatik va kommunikativ nutq

darajalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish uchun

maxsus pedagogik va logopedik yondashuvlar zarur. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalar bilan olib

boriladigan logopedik-korreksion ishlar tizimi bosqichma-bosqich va kompleks yondashgan

holda olib boriladi. Og‘ir nutq nuqsonli bolalar bilan ishlashda psixologik yondashuv muhim

ahamiyatga ega. Bunday bolalar nafaqat lingvistik qiyinchiliklarga, balki ijtimoiy va emotsional

muammolarga ham duch kelishadi. Shuning uchun psixologik yondashuv individual va

kompleks tarzda olib borilishi kerak. Logopedik yondashuv esa faqat logoped bilan cheklanmay,

balki ota-onalar va pedagoglar ham bu jarayonda ishtirok etishlari kerak. Oilada bola bilan

doimiy muloqot qilish, mashqlarni uyda davom ettirish va nutqiy muhitni rivojlantirish katta


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ahamiyatga ega. Og‘ir nutq nuqsonlari bor bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish uchun

kompleks yondashuv talab etiladi. Bu jarayonda pedagoglar, logopedlar va psixologlar

hamkorlikda ishlashlari kerak. Nutqiy rivojlanish nafaqat lingvistik, balki psixologik va

fiziologik jihatdan ham qo‘llab-quvvatlanishi zarur. To‘g‘ri metodika va doimiy mashg‘ulotlar

orqali bolalarning bog‘langan nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Logopedik yondashuv

quyidagi yo‘nalishda olib boriladi.

So‘z boyligini kengaytirish, bolalarga yangi so‘zlar o‘rgatish va ularni faol qo‘llash. Bola bilan

suhbat jarayonida oddiy gaplardan foydalanish, ikki-uch so‘zdan iborat gaplar tuzish. Sekin asta

murakkab gaplar shakllantirish, gaplarda bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘langan fikrlarni

ifodalash. Matnni anglash va qayta hikoya qilish, oddiy matn mazmunini tushunish va izchillik

bilan hikoya qilish. Mustaqil fikr ifodalash , voqealar, tasvirlar va real hayotiy tajribalar asosida

mustaqil hikoya tuzish.

Bog‘langan nutqni shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:

1. Vizual va audial materiallardan foydalanish – suratlar, videolar va hikoyalar orqali fikrni

aniq ifodalash.

2. Hikoya tuzish va qayta hikoya qilish – rasm, mavzuli ko‘rgazmali qurollar yordamida

hikoyalar yaratish.

3. Nutqiy o‘yinlar va dramatizatsiya – ro‘llarga bo‘linib o‘ynash orqali muloqot

ko‘nikmalarini rivojlantirish.

4. Savol-javob va muhokamalar – bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirish.

5. Kitob o‘qish va tahlil qilish – matnni tushunish va qayta hikoya qilish orqali nutqiy

izchillikni shakllantirish.

6. Qo‘l motorikasini rivojlantirish – chizish, loydan shakllar yasash, mozaika yig‘ish kabi

mashg‘ulotlar bilan bog‘langan nutqni rivojlantirish.

Bog‘langan nutqni rivojlantirish uchun maxsus logopedik mashg‘ulotlar tashkil etilishi zarur.

Logopedlar quyidagi texnikalardan foydalanadilar:

Artikulyatsion gimnastika – og‘iz va til mushaklarini rivojlantirish.

Nutqiy nafas mashqlari – tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganish.

Mantiqiy bog‘liqlikni rivojlantirish – gap tuzish va hikoya qilish mashqlari.

Dastlabki yozma nutq ko‘nikmalari – so‘zlarni yozish va o‘qish orqali bog‘langan nutqni

mustahkamlash.

ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1. Abidova N.Z. Maxsus psixologiya(tiflopsixologiya) /Машғулотlik/ О’zbekiston

Respublikasi Oliy va о’rta - maxsus ta’lim vazirligi. T.:, “Barkamol fayz media”, 2017 y. - 83 b.

2. Ayupova M.Y. Logopediya /Машғулотlik/ О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta -

maxsus ta’lim vazirligi. T.:, “О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2007 y. - 43 b.

3. Musayeva N.S. “Aqli zaif o‘quvchilarda verbal va noverbal muloqotga kirishish

ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida rivojlantirish”

4.

Mо‘minova L.R., Amirsaidova SH.M. va boshqalar. Maxsus psixologiya/Машғулотlik/

T.:, 2013 y.T.:, “О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y. - 153 b.

Библиографические ссылки

Abidova N.Z. Maxsus psixologiya(tiflopsixologiya) /Машғулотlik/ О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta - maxsus ta’lim vazirligi. T.:, “Barkamol fayz media”, 2017 y. - 83 b.

Ayupova M.Y. Logopediya /Машғулотlik/ О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta - maxsus ta’lim vazirligi. T.:, “О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2007 y. - 43 b.

Musayeva N.S. “Aqli zaif o‘quvchilarda verbal va noverbal muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida rivojlantirish”

Mо‘minova L.R., Amirsaidova SH.M. va boshqalar. Maxsus psixologiya/Машғулотlik/ T.:, 2013 y.T.:, “О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y. - 153 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)