JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shaxzoda G‘opporova
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti, nomoddiy madaniy
merosni ilmiy-tadqiq etish bo‘limi, kichik ilmiy xodimi
O‘ZBEK FOLKLORIDA IJROCHILIK SAN’ATI, BADIK AYTIMLARINING
O‘RGANILISH TARIXI
Annotatsiya:
Qadimdan etnologik qatlamlardan bizgacha o‘tib kelayotgan kasalliklar va ularga
shifo tilash yo‘lida ijrochi badikxonlarning, aytimlar aytishi va bemorga shifo tilash kabi
marosimlari davom etib kelgan.
O‘zbek shomon folklorida badik aytimlari kishilarning kasalliklardan tuzatishiga ishonch
bildirilganligi bilan ham muhimdir
Gulafshan, qizilcha, suvchechak, temiratki kabi xalq og‘zaki tilidan ko‘chib bizgacha yetib
kelgan kasalliklar aytimlar orqali qaytarilgan. Ularning etnomadaniy muhitlar va qadimiy
hayotiy asoslari, aytimlarning o‘rganilishi og‘izdan-og‘izga ko‘chishi ishonch qozonishi insonga
o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Teri kasalliklarida aytimlar haqida gap ketganda diniy- ilmiy, tibbiyot jihatlarga aniqlik kiritish
ayni mudaodir.
Aytim aytuvchi badiklar yillar davomida dunyodagi kasalliklar toshmalar va ularning davolash
atimlari haqida gapirganlar.
Aytimlarni tibbiyotga ham o‘z tasirini ko‘rsatganligini tarixiy isbot qilinadi. Haligacha bu olam
sirlari ochilmagan bo‘lsada badiklarning atimlari ko‘rsatmalari orqali bemorlar o‘z dardiga shifo
topib kelayotganligi kundek ravshan. Maqolada shu mavzuda so‘z yuritiladi.
Калит сўзлар
: афсун, диний-афсунлар, заҳар таъсир кучи, сўз сеҳри, инсу жинслар,
«чаён», «сариқ эшак», «илон», «хунук нарса» даво, айтимлар, гулафшон, темиратки,
сувчечак, қизилча, ранг, термин, қушноч, бадикхон.
Абстрактный:
Такие ритуалы, как совершение бадикханов, чтение поговорок и
пожелание исцеления больному, продолжаются с древних времен.
В узбекском шаманском фольклоре поговорки бадика также важны, поскольку считается,
что они излечивают людей от болезней.
Через поговорки были возвращены болезни, перекочевавшие к нам из народного языка,
такие как оспа, корь, оспа, темиратки. На человека оказывает влияние его этнокультурная
среда и древние жизненные устои, заучивание поговорок, передача из уст в уста,
обретение уверенности.
Важно уточнить религиозно-научные и медицинские аспекты кожных заболеваний.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
В течение многих лет кассиры говорили о мировых вспышках болезней и методах их
лечения.
Исторически доказано, что поговорки оказали влияние на медицину. Хотя тайны этого
мира еще не раскрыты, ясно как день, что больные излечиваются от недугов по
наставлениям духов бадиков. Эта тема обсуждается в статье.
Ключевые слова:
заговор, религиозные заговоры, действие яда, магия слова, инсулин,
«скорпион», «желтый осел», «змея», лечение «гадостью», поговорки, гулафшон, железо,
водяная оспа, красная, цвет, термин, кушноч, бадикхан.
Abstract:
Rituals such as performing badikkhans, reciting sayings and wishing for healing to the
patient have been continued since ancient times.
In Uzbek shaman folklore, badik sayings are also important because they are believed to cure
people from diseases
Diseases that have migrated from the folk language to us, such as smallpox, measles, smallpox,
and temiratki, have been brought back through sayings. Their ethno-cultural environments and
ancient life foundations, the learning of sayings, word-of-mouth transmission, gaining
confidence, have an impact on a person.
It is important to clarify the religious-scientific and medical aspects when it comes to skin
diseases.
For years, tellers have talked about the world's disease outbreaks and their cures.
It is historically proven that sayings have had an effect on medicine. Although the secrets of this
world have not yet been revealed, it is clear as day that patients are being cured of their ailments
through the instructions of the spirits of the Badiks. This topic is discussed in the article.
Key words:
zagovor, religioznye zagovory, deystvie yada, magiya slova, insulin, «scorpion»,
«jeltyy osel», «zmeya», lechenie «gadostyu», povokarki, gulafshon, jelezo, vodyanaya ospa,
krasnaya, tsvet, termin, kushnoch, badikkhan.
O‘zbek folklorida aytimlar bizgacha ma’lum bo‘lgan janrdir. Aytimlar bashoratchilar, folbinlar,
qadimiy marosimlar o‘tkazadigan momolardan va chilton yo‘qlash qo‘l berish marosimlarida
ishlatib kelmoqda. Bu ijrochilik aytimlari o‘ziga xos tarixga egadir.
Badik
aytimlari xalq og‘zaki ijodi janri bo‘lib yillar davomida bizgacha yetib kelgan. Bunda
asosan xalq tilida gulafshan, qizilcha, suvchechak, toshma kasalligi orqali davolovchilar
og‘zidan ko‘chirib yozib olingan. Bu badik aytimlari «Gul», «gulafshon», «ko‘ch-ko‘ch»
nomlari bilan ham yuritiladi. Xalq tilida gulafshan nomi bilan mushhur bo‘lgan kasallik
tibbiyotda dermatit va psareaz ham deyiladi. Dermatit bilan og‘rigan bemorni tabobot bilan
davolashda aytim aytuvchi bugungi kunda ham qo‘yidagi usulda aholini davolab kelmoqda.
Jumladan, u arpa donlari orqali toshma toshgan kishining terisi ustiga ishqalab o‘zining
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
aytimlarini o‘qiydi. “Bad baxt chiq-chiq chiqmasang senga lanat chiqarmasam menga lanat” deb
bemorni yelkasini sekin qo‘li bilan silab aytimni bir necha bor qaytarib aytadi. Keyin bemorga
parhez taomlar iste’mol qilishni buyuradi. Unga tovuq shurva, yog‘siz taomlar va ko‘proq
mevalardan iste’mol qilishni tayinlaydi. Bemor uch kun davomida tabibning uyiga qatnab
yuqoridagi kabi davolanish jarayonini boshidan kechiradi. Shundan so‘ng tabibning maslahatiga
ko‘ra, qirq kun davomida parhez taomlar yeb faqatgina o‘ziga muljallangan idishlarda
ovqatlanadi. Bemorga bu vaqt oralig‘ida chilla saqlanadi. Bunda bemorni uyiga hech kim taom
yegulik olib kelmaydi va hech kim yegulik ham olib ketmaydi. Davolovchi badik aytimini aytib
bemorga shifo tilaydi. Bemor esa bu holatdan ruhan kuch olib tuzalishga intiladi.
Suvchechak bu teridan yorib chiqadigan kasallik bo‘lib u insonning suyaklarini qaqshatib
isitmalatib biroz holsiz holatida tanaga tarqaladi. Suvchechakda asosan yosh bolalar o‘smirlar
kasallanadi. Bunda Badikxonlar aytimi aytilmaydi ammo kun ora issiriq tutatib bolani suvga
yuvintirmasdan ovqatlardan jiddiy parhez qilinadi. Bemorga faqat sutli taomlar va badikxonlar
tomonidan shirguruch ovqati pishirib berish aytiladi. Suvchechak kasalligida badikxonlar
aytishicha kasallikning genizisi tarixida parilar hukmronligi bo‘lib insonni ruhini egalik qilish
asnosida yigirma kun tanaga suv toshmalari toshib chiqadi. Oqibatda bemor o‘zini holsiz sezadi.
Bemor asosan uyda o‘tirgan holatda isiriq tutatilgan xonada alohida qilinishi tavsiya etiladi.
Tibbiy qarashlarda ham dorilar yozib beriladi. Shifokorlar ham bu kasallikni tarqab ketmasligi
uchun asosan alohidalash zarurligi va havoning tozaligi muhim omil sifatida isiriq tutatishni
tavsiya qilishadi. Kasallik kunaro sekinlik bilan qorayib to‘kilib tushadi. Bu vaqt oralig‘ida
bemor bir uyda alohidalanadi. Bemorga ko‘proq kasallikni haydash uchun parilar, momolar
taomi deya shirguruch va sutli ovqatlar tavsiya qilinadi. Badikxonlarning aytishicha bu kasallikni
egachiligi parilar bo‘lib ular to tanani tark qilgunicha sutli va guruchli taomlar berish aytilgan.
Badikxonlar kishi tanasiga qizilcha, eshakemi va boshqa toshmalar chiqqanida go‘yo ularni «daf
etish» uchun badikxonlar (badik aytuvchilar) tomonidan ijro etilgan. Badiklarning toshmalari
Turkiy xalqlarning deyarli barchasida uchraydigai bu xil asar asosan, badikxon bilan bemor
vujudiga joylashib olgan «yovuz ruh» orasidagi kurashni aks ettiradi.
Teriga toshma toshganda badikxonlar shu toshmani sabablarini parilar va ularning inson ruhiga
ta’sirini kuchayishini oldini olish uchun ham aytimlar aytib bemorni ruhini poklaydi.
Badiklar izchil va turg‘un shaklga ega bo‘ladi, hajmi turlicha, keskin buyruq ohangida ijro etiladi.
Badiklarning tili va badiiy-ifodaviy vositalari xalq so‘z san’ati hodisasi sifatida o‘rganiladi.
Bunda el orasida baxshi nomini olgan tabiblar bemorni davolash vaqtida qo‘liga doira olib uni
urib chalish orqali badik aytimlarni aytadi. Ushbu aytimlar shu tarzda bo‘ladi.
O‘zing ketgin balolar,
Xudo bersin davolar,
Parilarim kelingiz,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sizni pok sutim chorlar, deya badikxon aytimlar aytib bemorga qarab suf-suf deya dam uradi.
Gohida tanaga temiratki toshsa teri usti oppoq bo‘lib gullab ketadi. Shunda badikxon toshmani
ustidan tilib kam miqdorda qon chiqishini kuzatib shunday deydi.
Oq gullarim to‘kilsin.
Ruhidan gullar ketsin,
Oq parilar yig‘ilsin,
Xudo shifosin bersin, deb bemorga parilardan ketishini so‘rab shifo tilanadi.
Badikxonlarning aksariyati doira olib o‘qiydigan baxshilar bo‘lsa, aksariyati qushnochlardir.
Qushnochlar ham parilar yo‘lidagi barcha aytimlarni aytib davolaydi. Qushnochga bemorni olib
borishdan oldin bitta oq tovuq olib boriladi. Shunda qushnoch tovuqning tojini kesib qoni
chiqgach bemorni peshonasiga va badaniga surtadi. Terisiga toshgan kasallikdan guyoki parilar
shu insondan ehson kutgan deya tovuqni so‘yib bemorga shurva pirishib berishni tavsiya qiladi.
Qonlash jarayonida, Parijonlarim, qoningizga qon berdik. Joningizga jon berdik, bolaginamni
tinch qo‘yingizlar, hayotiga baxt beringizlar, deya aytim aytadi. Bemorni toki kun botgunicha
suvga yaqin bo‘lmasligi buyuriladi. Kech shom kirmasdan bemor tanasidagi qonni artib tashlash
kerakligi aytiladi.
Qadimiy tasavvurlar asosida yuzaga kelgan, so‘zning sehr-jodu kuchiga egaligi bilan bog‘liq
bo‘lgan afsun-duolar mazmunan teranligi, tarixiy asoslari juda olis zamonlarga borib taqalishi,
o‘ziga xos hayotiy-maishiy vazifalari va xalq tabobatida ijro o‘rniga egaligi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalq tabobatida teri kasalliklari va ko‘z og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, qorin
og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i kabi xastaliklarga qarshi yo‘naltirilgan afsun-duolarda duoxon va
xastalikni keltirib chiqargan ziyon yetkazuvchi obrazlar haqida badikchilarning aytimlari misol
sifatida izohlaniladi. Bunda tibbiyotga oid birliklar, rang bilan bog‘liq kasalliklar, teri bilan
bog‘liq toshmalarga aytiladigan qo‘shiqlar davo vositasi sanalashi izohlaniladi.
O‘zbek folklorining leksik tarkibi uning janrlari orqali ifodalanadi. Ajdodlarimizning umidbaxsh
orzularini o‘zida mujassam etgan folklor janrlaridan biri afsun-duolar hisoblanadi. Azal-azaldan
tasavvurlar asosida yuzaga kelgan, so‘zning sehr-jodu kuchiga egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan
afsun duolar mazmunan teranligi, tarixiy asoslari juda olis zamonlarga borib taqaladi. Bu
jarayonlar o‘ziga xos hayotiy-maishiy vazifalari va xalq tabobatida ijro o‘rniga egaligi bilan
alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek folklorshunosligining filologik yunalishdagi fan sifatida
shakllanishi X.Zarifov ilmiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. U folklorshunoslik amaliyotida
birinchi bo‘lib qoqimchi, azayimxon va baxshilarning davolash amallariga doir etnofolkloristik
materiallarni qaytarma, badik namunalarini yozib olgan. Qadimdan sof ilmiy meditsina vujudga
kelmagan davrlarda kishilar turli xildagi kasalliklardan, tasodifiy falokatlar (ilon, qoraqurt,
chayon chaqishi) kabilardan tabobatdagi afsun-duolar orqali qutulganlar. Folklorshunos olima
S.Mirzaevaning «O‘zbek xalq afsun-duolarining janr xususiyatlari va badiiyati» nomli
monografiyasida xalq afsun-duolari quyidagicha tasniflanadi. A) diniy afsun-duolar. Bu turdagi
afsun-duolar kishilar orasida keng tarqalgan bo‘lsa ham, biroq ular tarixan xalq afsunduolaridan
farqlanib turadilar. Diniy afsun-duolar «Qur’on» va boshqa muqaddas kitoblardan olingan bo‘lib,
asosan o‘qimishli kishilar-mullalar, din ulamolari, eshon va otinbibilar tomonidan o‘qilgan. B)
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
sof xalqona afsun-duolar. Bular o‘z ildizlari jihatidan xalqning ruhlar, dastlabki ajdodlar
haqidagi e’tiqodiy qarashlari bilan aloqadorlikda vujudga kelganlar.
Badik aytimlari ham afsun kuchiga ega duolar bilan qo‘llaniladi. Bir vaqtlarda keyinchalik, bir
tomondan, uzoq davrlar mobaynida turli diniy tasavvurlar tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan,
yetmish yildan ortiqroq davom etgan xudosizlik g‘oyasi ta’sirida xalq afsun-duolarining
kattagina qismi istifoda etilmay asta-sekin unutila boshlandi. Bu xildagi afsun-duolar ilmiy
adabiyotlarda «shomon folklori», «shomon aytimlari» ham deb yuritiladi.
Afsun o‘qishda bir bemorga favqulotda ilon chaqishi yoki chayon chaqishi bilan keladigan
baloni daf etish uchun keksa badikchilar yoki qushnochlarning atimlari o‘qitiladi. Bunda
bemorning chaqib olgan joyiga qisib latta bog‘ich bog‘lanadi. Badikxon o‘z aytimini ruhan
berilib baland ovozda o‘qiydi. Shunda bemorga ruhiy madad bo‘lib samoviy parilardan yordam
kelishiga ishonch bildiriladi. Natijada shu zaharlangan tana qismi kesiladi duo o‘qish jarayonida
o‘sha joydan qora qon sizib zahar chiqishi holatlari kuzatiladi. Badikxon yoki qushnoch
tomonidan, ko‘ch-ko‘ch yo palakat ket, ko‘ch-ko‘ch yo balo daf bo‘l, kabi baland ovozda
qo‘shiqlar kuylanadi.
Xalq afsun-duolariga xos janr alomatlaridan yana biri ularning hamma vaqt buyruq, (imperativ)
ohangida ijro etilishi sanaladi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqi o‘rtasida keng istifoda etiladigan istalgan
afsun-duoni olmang, unda hamma vaqt keskin buyruq ohangi mavjudligini ko‘ramiz. Masalan,
qoraqurt chaqqanda o‘qiladigan afsun-duodan keltirilgan quyidagi parchada ham asar matni
keskin buyruq ohangi bilan yakunlanadi: Ola g‘undol, balo g‘undol, Kal keldi, kadi keldi.
Payg‘ambarning so‘zi bilan Xudoyimning amri bilan. Arbaytigan olim o‘zim, Qo‘ymaytigan
zolim o‘zim. Kuf-suf, chiq, kuf-suf, chiq! Keltirilgan parchadan ko‘rinib turibdiki, qushnoch
(davolovchi) bemor badaniga joylashib olgan ziyon-zahmat bilan kurashga kirishar ekan, eng
avvalo yaratuvchi tangriga, keyin anbiyo va avliyolarga, turli kasb-hunarlarning pirlariga
murojaat qilib, ulardan madad tilaydi. Bemorni tushkunlikdan olib chiqish vositasi sifatida
alaslash ham zarurati tug‘iladi. Bunda ikkita uzun kesilgan toza ipak matoni olib uchidan olov
yoqiladi va bemorni o‘tqizib boshidan uch marta aylantiriladi. Har uch marta aylantirib
alaslangandan so‘ng bemorni yangi joyga ko‘chiriladi. Uch joyga ko‘chirib issirig‘ tutatib
jarayon davom ettiriladi. Alas so‘zlari, Alas-alas, pok qilg‘in, Alas-alas, pok qilg‘in. Ziyonlardan
xolos et, Zahmatlardan xolos et. Alas-alas, alas-alas, Qon tilasang qon berayin, Jon tilasang jon
berayin, Bu bechorani qo‘y tegma. Bu bechoradan ket, tegma! Alas-alas, alas-alas. Alas-alas
qilish paytida aytilgan asosiy matn yuqoridagidek bo‘lib, u qushnoch o‘yinlarining mazmunini
oydinlashtiradi. Bu mazmun esa bemor tanasidan yomon ruhlarni quvish va uni sog‘aytirishga
da’vat etishdan iborat. Alaslab bo‘lgach qushnoch bemorni turg‘izib yuzlariga pok suvdan sepib
uyga olib kiradi. Uyda bemorga qur’oniy oyatlardan o‘qib dam uriladi. Albatta, o‘tmishda alas-
alas marosimi paytida ijro etilgan aytimlar rangbarang bo‘lgan bo‘lishi lozim. Ammo bizga
qadar ular to‘la va o‘z shukuhida yetib kelmagan Ma’lumki, ibtidoiy kishilar qoraqurt, chayon,
ilon yoki boshqa hashorat, maxluqlar chaqishi oqibatida kishi tanasiga kiritilgan zaharni kasallik
sifatida tasavvur qilganlar. Bu kasallik esa ma’lum bir sehrli nafasga ega bo‘lgan kishilar amriga
Afsun-duolarda leksik birliklar qamrovi va unda xalq jonli tilining mavqei Navruzova Muyassar
G‘aybullaevna Buxoro davlat universiteti Pedagogik ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi
kafedrasi o‘qituvchisi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bo‘ysunadi deb qaralgan. Mana shuning uchun ham avrovchilar o‘z afsunlari ijrosida o‘zi yoki
boshqa avliyo, pirlar madadiga bo‘ysunib ziyon-zahmatni, kasallikni kishi tanasini tark etishga
da’vat etadilar. Aslida esa bemor tanasiga kiritilgan zahar ta’sir kuchining sustlashishi yoki
uning butunlay tanani tark etishi avrovchining xatti-harakati, so‘z terapiyasi, ruhiy holati orqali
zarar ko‘rgan kishi ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi, uning organizmida zaharga qarshi kurashuvchi
holatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bemorning ruhiy holati yengil bo‘lsa kasallikni yenga
olmaydigan holatga tushishi tabiiydir. Shu bois ham badiklar yoki qushnochlar o‘zlarining
baland ovozi va ruhiyatga ta’sir ko‘rsata oladigan sehrli so‘zlari bilan kasallikni tanaga singib
ketmasligini oldini olib ruhiy madad bo‘la oladi deya ijroda aytimlarni aytadi. Afsun-duolarning
folklorning mustaqil janr sifatidagi o‘ziga xosliklari ularning obrazlari tarkibida ham unga qarshi
aytiladigan aytimlardagi so‘z sehrida ham ko‘zga tashlanadi. Bu obrazlar esa afsun-duoning
kimga yoki nimaga qarshi yo‘naltirilganligiga qarab turlicha ko‘rinishga, sifatga ega bo‘ladi.
O‘zbek xalq tabobatida ko‘z og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i kabi xastaliklarga
qarshi yo‘naltirilgan afsun-duolarda duoxon va xastalikni keltirib chiqargan ziyon yetkazuvchi
obrazlari o‘rtasidagi kurash ifodalanadi. Afsun-duoning kasalikka qarshi yo‘naltirilganligi yoxud
nima yoki kimni yoqlashga qaratilganligiga qarab ularda ishtirok etuvchi obrazlar tarkibi,
ularning funksiyalari ham o‘zgarib boradiki, bunday holat xalq tabobatiga xos bo‘lgan xususiyat
sanaladi. Avrash afsunlarida muqaddas “Qur’on”dan olingan suralar bilan ham o‘qib qaytariladi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati.
1.Afsun-duolarda leksik birliklar qamrovi va unda xalq jonli tilining mavqei Navruzova
Muyassar G‘aybullaevna Buxoro davlat universiteti Pedagogik ta’lim fakulteti Boshlang‘ich
ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2.Gulafshon gulda bo‘lar, ISSN 2181-1717 (E) Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya
(2023 god №1) http://interscience.uz 97
3. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 yil №1) ISSN 2181-1709 (P) 98 Education and
innovative research 2023 y.
4 Sarimsoqov B. So‘zning magik qudratiga asoslangan marosim folklori // O‘zbek folklori
ocherklari. 3 tomlik. 1-tom. – T.: Fan, 1988. – B.170-186.
5 Mirzaeva S. «O‘zbek xalq afsun-duolarining janr xususiyatlari va badiiyati»
Monografiya.Toshkent. 2005. S. 67.
6. Tog‘aeva D. Ins-jinslar haqidagi o‘zbek og‘zaki hikoyalarining obrazlar sistemasi. – O‘zbek
tili va adabiyoti. – Toshkent. – 2006.
