Авторы

  • Oripov Jahongir Raupovich
    BuxDU 2-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76515

Ключевые слова:

Durbek “Yusuf va Zulayxo” dostoni Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy Mirzo Izzatulloh Xoksor Hazora nusxasi muallif masalasi boblar nomlaridagi tafovutlar boblarning qisqartirilishi ma’noviy farqlar.

Аннотация

Maqolada 1)Buxoro san’at muzey-qo‘riqxonasida saqlanayotgan, turkiy tilda bitilib, Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonining 1853-yilda hozirgi Afg‘onistonning Hazora viloyatida  Mirzo Izzatulloh Xoksor tomonidan ko‘chirilgan nusxasining muhim ilmiy jihatlari xususida so`z yuritiladi. 2)Adabiyotshunos Sh. Sharafiddinov (Xurshid) tomonidan ushbu doston 1615-yilda Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy ko‘chirgan nusxa asosida ikki marta nashr etilgan bo‘lib, maqolada Hazora nusxasining undan farqlanuvchi matniy xususiyatlari tasnif va tahlillar asosida ko‘rsatib beriladi. 3) Dostonning muallifi masalasi aniqlik kiritilib, Hazora nusxasi asosida doston nashrlaridagi boblar nomlanishidagi farqliliklar, boblarning qisqartirilishi, tushurilib qoldirilishi, shuningdek, sujetdagi hamda ayrim so‘zlar bilan bog‘liq  ma’nodagi tafovutlar qiyosiy aspektda aniqlashtiriladi. 4)Hazora nusxasining muhim ilmiy qimmati dalillanadi.  


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Oripov Jahongir Raupovich

BuxDU 2-bosqich tayanch doktoranti

jahongiroripov1997@gmail.com

“YUSUF VA ZULAYXO” DOSTONI VA ASAR NUSXALARINING O‘RGANILISHI

TARIXI

Annatatsiya:

Maqolada

1)

Buxoro san’at muzey-qo‘riqxonasida saqlanayotgan, turkiy tilda

bitilib, Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonining 1853-yilda hozirgi

Afg‘onistonning Hazora viloyatida

Mirzo Izzatulloh Xoksor tomonidan ko‘chirilgan

nusxasining muhim ilmiy jihatlari xususida so`z yuritiladi.

2)

Adabiyotshunos Sh. Sharafiddinov

(Xurshid) tomonidan ushbu doston 1615-yilda Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy

ko‘chirgan nusxa asosida ikki marta nashr etilgan bo‘lib, maqolada Hazora nusxasining undan

farqlanuvchi matniy xususiyatlari tasnif va tahlillar asosida ko‘rsatib beriladi.

3)

Dostonning

muallifi masalasi aniqlik kiritilib, Hazora nusxasi asosida doston nashrlaridagi boblar

nomlanishidagi farqliliklar, boblarning qisqartirilishi, tushurilib qoldirilishi, shuningdek,

sujetdagi hamda ayrim so‘zlar bilan bog‘liq

ma’nodagi tafovutlar qiyosiy aspektda

aniqlashtiriladi.

4)

Hazora nusxasining muhim ilmiy qimmati dalillanadi.

Kalit so‘zlar:

Durbek, “Yusuf va Zulayxo” dostoni, Muhammad binni Said Mirzo Ahmad

Buxoriy, Mirzo Izzatulloh Xoksor, Hazora nusxasi, muallif masalasi, boblar nomlaridagi

tafovutlar, boblarning qisqartirilishi, ma’noviy farqlar.

Yusuf alayhis-salom haqidagi afsonalarning manbalari Tavrot, Injil, Qur’oni Karim kabi

muqaddas diniy kitoblarga borib taqaladi. Tavrotning “Mavjudotlar kitobi” qismida Yaqubning

o‘n ikki o‘g‘lidan biri - Yusufning o‘gay akalari tomonidan hasad tufayli qul qilib sotib

yuborganligi so‘ngra Yusuf Misr firaviniga vazir bo‘lib butun o‘lkani qahatchilik balosidan sog‘-

omon olib chiqqanligi hikoya qilinadi. Qur’onda ham ayni shu mazmundagi qissa rivoyat

qilinadi. Ammo biror bir muqaddas kitobda Zulayxoning ismi zikr etilmaydi. U Tavrotda

“misrlik lashkarboshi Potifarning xotini” Qur’onda “Yusufni sotib olgan odamning xotini” deb

aytilgan. Zulayxo nomining Yusuf bilan yonma-yon kelishi Firdavsiyning “Shohnoma”siga borib

taqaladi. Yusuf va Zulayxo nomining o‘zbek adabiyotiga kirishi XIII asrda yashagan shoir Ali

ova uning “Qissai Yusuf” nomli asari bilan bog‘liq. Rabg‘uziy ham Yusuf va Zulayxo

afsonasining qisqacha mazmunini “Qissasi Rabg‘uziy”da she’riy va nasriy shaklda bayon qilgan.

Temuriylar davri O‘zbek adabiyotining eng atoqli vakillaridan biri Durbek shoirdir. Uning hayoti

va asarlari haqida tazkiralar yoki mumtoz manbalarda biror bir ma’lumot yo‘q. Hatto uning

kunyasi ham ma’lum emas. Durbek esa uning ismi bo‘lmasdan balki taxallusidir. Shoir XIV

asrning ikkinchi yarmi, XV asr boshlarida yashab ijod etgan. U o‘zining “Yusuf va Zulayxo”

dostonini 1409-yilda qalamga olgan. Mazkur doston shoirning bizga ma’lum yagona asaridir.

Yusuf va Zulayxo haqidagi qiziqarli hikoya va afsonalar Durbek bu asarni yozgan davrda

anchayin ommabop edi. Bu mavzuda Firdavsiy, Balxiy, SHe’roziy, Ansoriy kabi mashhur Sharq

shoirlari 150dan ortiq asarlar yozishgan. Yusuf va Zulayxo haqida nafaqat she’riy, balki nasriy

asarlar ham yaratilgan. Y. E. Beltersning ma’lumotlariga ko‘ra bunday asarni ilk bor Abdulloh

Ansoriy (1006-1088) yozgan.

Durbek esa ilk bor bu mavzuda O‘rta Osiyo turklari ichida eski o‘zbek tilida doston yozgan

shoirdir. Ungacha o‘sha davr adabiyotida Yusuf qissasi haqida yozilgan forsiy dostonlar

anchayin keng tarqalgan edi. Durbek esa turkiy tilda ham shunday doston yozsihni anchadan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

vaqtgacha niyat qilib keladi. Doston yozilgan vaqt - milodiy 1409-yil Balx qamali vaqtida esa u

asosan Qur’oni Karim va qissas ul-anbiyo, payg‘ambarlar qissasini o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Qissas ul- anbiyoning Yusuf alayhis-salom haqidagi voqealarini o‘qib turganda Durbekning

ko‘nglida turkiy tilda “Yusuf va Zulayxo” dostonini yozish fikri yana jonlanadi. Uning yaqinlari,

do‘stlari esa shoirga bu xayrli ishni tezroq amalga oshirish kerakligini aytib, ushbu ishga

bo‘lganrag‘batini yanada oshirishadi. Bu xususida muallifning o‘zi dostonda shunday deydi.

…Nasr edi bu qissa dog‘i forsi

Erdi anga jon ko‘zi nazzorasi

Bor edi ko‘ngulda burundin bu azm

Turki til birlamu qilsam bu nazm

Ushbu mahalda anga bois magar

Bo‘ldi yana bir necha sohib nazar

Bandag‘a dedilar alarkim bu dam

Bo‘lg‘ul o‘shal qavlingga sobitqadam

Qo‘yma talabv ustida ta’bingni sust

Ayla bu azmingni tamomi durust

Qissai Yusufni tamom ayla nazm

Turki til birla qilib azm-u jazm…[Durbek. Yusuf va Zulayxo. 23-b]

Shoir Durbekning Yusuf va Zulayxo dostoni haqida o‘zbek olimlari S. Haydarov, J. Lapasov, B.

Valixo‘jayev va turk olimlari F. Ko‘prikli, N. S. Banarli kabilar tadqiqotlar o‘tkazishgan.

Ayniqsa, olima F. Sulaymonovaning “Yusuf va Zulayxo” dostonining Parij kutubxonasida

saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi haqidagi tadqiqotlari e’tiborga molikdir.

Mashhur turkolog olim A. N. Najib o‘z tadqiqotlarida “Shoir Durbekning “Yuisuf va Zulayxo”

dostoni Oltin O‘rda adabiyotining mumtoz manbalaridan biri bo‘lib, u qipchoq-o‘g‘uz tillaridan

biri bo‘lgan o‘zbek tilida yozilgandir…” deya ma’lumot beradi.

Durbekning “Yusuf va Zulayxo” dostoni Yusuf alayhis-salom akalarining unga bo‘lgan hasadi

natijasida kelib chiqqan qayg‘uli hodisalar bayoni bilan boshlanadi. Otalarining e’tiborini

qizg‘ongan Ya’qub alayhis-salomning o‘g‘illari Yusufni o‘ldirmoqchi bo‘ladilar. Ammo so‘ngra

bu fikrlaridan qaytib, Yusufning oyoq-qo‘llarini bog‘lab uni chohga tashlaydilar. Dostonda

Yusufning uzoq yillar maboynida Misrda mashaqqat va qiyinchiliklar bilan qarshilashganlari

tasvirlanadi. Doston so‘ngida Yusuf Misrga podshoh bo‘lib, Zulayxoga uylanadi va qahatchilik

paytida butun xalqlarni o‘zining oqilligi hamda Ilohiy go‘zalligi bilan ocharchilikdan olib

chiqadi. Hatto bir paytlar uning joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan akalarining haqqiga Alloh

Taolodan mag‘firat so‘rab duo qiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yusuf obrazidagi adolatli hukmdor xarakteri O‘rta arslar madaniyati uchun bir komillik timsoli

edi. Podishohlarning jo‘mardligi, xalqparvar va haqparvarligi ko‘plab shoirlar tilidan turli

janrlarda, turli obrazlar misolida kuylangan. Bunga o‘sha davr mumtoz adabiyotining adolat

timsoli bo‘lmish, Navoiy qalamga olgan shoh G‘oziy obrazi ham yorqin misoldir. Durbek ham

o‘z davrining vakili o‘laroq jamiyat va xalq ahvolining yaxshi yoki yomon bo‘lishini

hukmdorning shaxsiyatiga bog‘liq holda ko‘radi. Zolim va nodon hukmdor mamlakatni ostin-

ustun etib xonavayron qiladi. Aqlli, odil va jo‘mard hukmdor esa zavolga yuz tutayotgan o‘lkani

jannatga aylantira oladi. Dostonda davlatni har doim qilni qirq yoradigan, dono, odil insonlar

boshqarishining natijasi ko‘rsatiladi. Misr o‘lkasining amiri Rayyon odil hukmdorlardan birining

siymosi sifatida o‘rtaga qo‘yiladi. Uning odilligi shu darajadaki, o‘zining o‘rniga, Misr taxtiga

o‘zidan-da aqlli va dono bo‘lgan Yusufni o‘tqazadi. Yusuf ham o‘z navbatida o‘z aql-u zakovati

bilan Misr o‘lkasiga huzur halovat keltiradi. Davlatni oqilona boshqaradi. Buning natijasida yetti

yil davom etgan qahatchilikdan nafaqat Misr xalqi, boshqa elatlar ham omon qoladi.

Dostonda nafaqat podshohlar adolati, Ilohiy adolat ham kuylangan.Shoir bu o‘y-fikrlarini

Yusufning otasi Yaqubning xatti-harakatlari va uning oqibatlarini bayon qilish orqali ifoda etadi.

Yaqub bozordan o‘g‘li bor bir cho‘ri sotib oladi. Ayolni o‘z xizmatida saqlab qolib, uning ovg‘li

Bashirnbi Misr tujjorlariga sotib yuboradi. Cho‘ri ayol bu ayriliqning alamidan kecha-yu kunduz

ko‘zyoshi to‘kadi. Bashir esa qullik asnosida turli xil mashqqatlarga duchor bo‘ladi. Yaqub

uyidagi cho‘ri ayol va uning o‘g‘lining boshiga qanday kunlarning tushishiga sababchi bo‘lgan

bo‘lsa, Alloh Taolo ham uni shunday sinovlarga duchor qiladi. Yaqub ham cho‘ri ayol kabi o‘n

bir o‘g‘li ichida eng suyuklisi – Yusufning ko‘zyoshi to‘kib, ko‘zlari so‘qir bo‘lib qoladi. Oradan

yillar o‘tib Yusuf Misrga hukmdor bo‘lganidan so‘ng u yerga qul sifatida sotilgan Bashirni

qullikdan xalos etadi. Bashir onasining diydoriga qovushadi va ular umrining oxiriga qadar

baxtlio hjayot kechirishadi. Bu sirada esa Yaqub ham o‘g‘lining ko‘ylagini yuzlariga surtib

ko‘zlari ochiladi va u ham Yusuf bilan diydor ko‘rishadi. Bu bilan shoir o‘quvchiga hayotda

doim yaxshilik – yaxshilikni, yomonlik esa yomonlikni taqozo etadi degan xulosani go‘zal

adabiyot namunasi orqali singdiradi.

Durbekning “Yusuf va Zulayxo” dostoni tashqaridan qaraganda payg‘ambarlar, avliyolar,

farishtalar va hukmdorlar hayotlarini bayon qiluvchi asar sifatida ko‘rinadi. Aslida esa Durbek

payg‘ambar qissasi orqali o‘zi yashab turga davrning bir qancha muhim masalalarini o‘rtaga

qo‘yganini ko‘rishimiz mumkin. Durbek Xuroson va Movarounnahrda XIV – XV asrlarda yuz

bergan ba’zi tarixiy voqealarni dostonning ba’zi o‘rinlari uchun asos qilib oldi. Amir Temurning

o‘limidan so‘ng uning vorislari o‘rtasida toj-u taxt va yer-mulk uchun kurash boshlanadi. Butun

Movarounnahr qonli urush maydoniga aylanadi. Mana shunday urushlardan biri Temurning

o‘g‘illari Shohruh va nabirasi Halil Sulton o‘rtasida 1409-yilda Balx shahri uchun bo‘lib o‘tadi.

Bu urushda Balx shahrining xalqi chekgan azob-uqubatlarni Durbek o‘z ko‘zari bilan ko‘radi.

“…Qal’ayi Balx o‘ldu chu darvoza band,

Poyayi zulm o‘ldi tamoman baland.

Shahr chu do‘zax kebi zindon edi,

Tashqari chu ravzai rizvon edi” [Durbek. Yusuf va Zulayxo. 22-b]

Qamal asnosidagi bu manzaralarni Durbek o‘z dostonida zo‘r mahorat bilan tasvirlaydi. Shoir

Yusuf va Zulayxo xarakteri vositasida o‘quvchini hayotdagi maqsadlariga erishish yo‘lida

tinimsiz kurashishga davat etadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Doston hijriy 812-yil (milodiy 1409-yil)da yozilgan bo‘lib, ilmiy jamoatchilikka ushbu asarning

biz o‘rganayotgan qo‘lyozma nusxasidan tashqari yana 9ta nusxasi ma’lum. Manbalarda ularning

ayrimlari haqida ma’lumotlar uchraydi:

1) 1516-yilda (hijriy 922-yil) ko‘chirilgan nusxa. Turkiyaning To‘pqopi saroy-kutubxonasida

saqlanadi. Mazkur qo‘lyozma ko‘chirilish tarixi nuqtayi nazaridan fanga ma’lum eng qadimgi

nusxa hisoblanadi;

2) 1563-yilda (hijriy 971-yil) ko‘chirilgan nusxasi. Parij kutubxonasida (inv. № 1365) raqam

ostida saqlanadi. Fransuz sharqshunosi Ed. Bloshe o‘sha nusxaning tarkibida mavjud xalifa

Aliga bag‘ishlangan bobdagi

“Xudoning she’ri Ali”

jumlasiga tayanib uni Alisher Navoiyga

nisbat beradi;

3) 1615-yilda (hijriy 1024-yil) Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy tomonidan

ko‘chirilgan nusxa. Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining qo‘lyozmalar fondida (inv.

№ 128.) raqam ostida saqlanadi. Uning asosida adabiyotshunos Sh. Sharafiddinov (Xurshid)

dostonning kirill yozuvagi nashrini tayyorlagan;

4) Samarqandlik ma’rifatparvar Abduhamid Po‘lotiy shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan

“Yusuf va Zulayxo” qo‘lyozma nusxasi. Bu haqida B. Valixo‘jayevning “O‘zbek epik poeziyasi

tarixidan” kitobida ma’lumot beriladi.

Istanbuldagi To`pqopi (Topkapı) kutubxonasida saqlanayotgan “Yusuf va Zulayxo”

dostoningning Hirotda ko`chirilgan nusxasi ko`chirilish tarixi nuqtayi nazaridan eng qadimg

nusxa hisoblanadi.

Dostonning Parij kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi ilk bor fransuz sharqshunosi Ed. Bloshe

tomonidan o‘rganilgan va ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilingan. U 1900-yilda Parij milliy

kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va turkiy qo`lyozmalar tasnifini berar ekan, 1365

inventar raqami ostidagi “Yusuf va Zulayxo” dostonini Alisher Navoiyning asari deya ma’lumot

beradi. Ammo adabiyotshunoslarimiz tomonidan Parij nusxasining faksimeliya nusxasi olib

o‘rganilganda asarning Alisher Navoiyga tegishli emasligi ma’lum bo‘ladi. Avvalo, Navoiy

asarlarining ro‘yxati keltirilgan biror bir manbada uning “Yusuf va Zulayxo” nomli dostoni

borligi haqida ma’lumot mavjud emas. To‘g‘ri Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asaridaning

“Yusuf alayhissalom” bobida “Bovujudi bular bu bebizoat hamki, iborati roqimdindur Xomai

fotir xotirga bu orzuni kechururkim, Inshaolloh, umri omon bersa, turk tili bila o‘q kofiri kavn

varaq uzra xomai mushkin shamomani surgay, bu qissa nazmin ibtido qilib, intihosig‘a

yetkurgay.

Haq bu tavfiqni nasib etgay,

Yo nasib ulcha Tengridin yetgay

.

Bas bu muxtasarda qissani ijmol rasmi bila ado qilmoq ansabur.” [Tarixi anbiyo va hukamo.

200-201-bet] deb yozgan edi ammo bu orzuning amalga oshganligi haqida biror bil fakt mavjud

emas. “Yusuf va Zulayxo” dostonining ikkinchi

یرلاتع گنینملس و هیاع ا یلصربمغیپ ترضح

(Hazrati payg‘ambar sollollohu alayhivassallamning na’tlari) [1

b

varaq] sarlavhali bobida

sahobayi kiromlar ham madh etiladi.

یدیا رای اگعا قیدص هلیا قدص

یدیا رافک لتاق رمع هکلب


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

نیقی نامثع یدیا نارق عماج

نید هاش قح ریش یلع یدریا

(Sidq ila Siddiq anga yore di,

Balki, Umar qotili kuffor edi.

Jomiyi Qur’on edi Usmon yaqin,

Erdi Ali sheri Haqq-u shohi din.)

baytlari mavjud. Bloshe esa dostonning ushbu na’t qismidagi

Erdi Ali sheri Haqq-u shohi din

misrasidagi “

Ali sher”

jumlasini inobatga olib dostonni

Alisher Navoiyga nisbat bergan bo‘lishi mumkin. Olima Fozila Sulaymonova quyidagicha

Navoiyga nisbat berilgan “Yusuf va Zulayxo”ning Parij nusxasi tavsifini asarning faksimeliya

nusxasiga tayangan holda quyidagicha keltiradi:

“... qo‘lyozma alohida muqovada bo‘lib, hijriy 971, (milodiy 1563-yida) O‘rta Osiyoda

ko‘chirilgan. Qo‘lyozmaning kotibi noma’lum, formati 13x18 sm. Kitob 43 varaqdan iborat

bo‘lib, ravshan nastaliq xatida, sarg‘ish rangdagi qora siyoh bilan bitilgan. Xati g‘oyatda ravshan,

har sahifasida matn ikki ustunga sahifaning yuqori, quyi va yon hoshiyalariga qiya qilib 30

baytdan joylashtirilgan. Kitob hoshiyalarida qo‘shimcha tekstlar, tuzatish izoh va sharhlar

berilmagan. Qo‘lyozmaning barcha varaqlari boshidan oxirigacha poygirlar bilan ta’minlangan,

sahifalar yevropaliklar tomonidan raqamlangan. Qo‘lyozmaning 1

a

, 1

b

va 43

b

varaqlaridagi

muhrga qaraganda kitob turkiyada mudarris Nazifiylar mulki (1215-1800-y.) vaqfidan (1246-

1831-y.) chiqqan. Buni 1

a

varaqdagi “Min mumilikot al-faqir Ahmad Nazif al-mudarris...”

yozuvi ham tasdiqlaydi. Qo‘lyozma keyinchalik Parij milliy kutubxonasi mulkiga aylangan. 1

b

,

36

b

va 43

b

varaqlarida Parij milliy kutubxonasining muhri bor. Qo‘lyozmada yo‘qolgan, yirtilgan,

dog‘ bosgan bironta ham nuqsonli sahifa yo‘q.”

“Yusuf va Zulayxo” dostoni 1915-yilda Sh. Sharafiddinov (Xurshid) tomonidan kirill yozuviga

ko‘chirgan. Yuqorida aytganimizdek U bu tabdilda hijriy 1024, milodiy 1615-yilda Muhammad

binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy tomonidan ko‘chirilgan nusxasini asos qilib oladi. Sh.

Sharafiddinov tayyorlagan matn asosida asar bugungi kunga qadar ikki marotaba nashr qilingan.

Ilk nashr alohida holda 1959-yilda “Fan” nashriyotida bosib chiqarilgan. Ushbu nashrdagi doston

93 bob 2381 baytdan iborat. Ikkinchi nashr 1986-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyotida “Uch bulbul gulshani” to‘plami tarkibida keltirilgan. Ushbu nashrdagi doston

matnini 1959-yildagi nashr asosida R. Sharafutdinova tayyorlaydi. “Uch bulbul gulshani”

tarkibidagi doston qayta ishlangan matn bo‘lganligi uchun bu ikki nashr o‘rtasida ayrim tafovutli

o‘rinlar bor. Birinchidan, 1959-yildagi nashrda doston

“Hamd siposi maliki lam yazal, Bilgon

erur bandayi xayrul amal…”

bayti bilan boshlanadi. “Uch bulbul gulshani” tarkibidagi doston

nashri esa

“Kitob nazmining ibtidosi”

bob sarlavhasi ostida

“Balx erur dahrda ummul bilod,

Mazhari Islom-u taqi adl-u dod.”

misralari bilan boshlanadi. Bundan ko‘rinadiki, 1986-yilda

chop etilgan “Uch bulbul gulshani” tarkibidagi nashrda 1959-yildagi nashrdagi avvalgi 2 bob va

ular o‘z ichiga olgan 20 bayt mavjud emas. Ikkinchidan, “Uch bulbul gulshani” tarkibidagi

dostonda ayrim o‘rinlarda boblar tarkibidan baytlar tushirib qoldirilgan. Uchinchidan, “Uch

bulbul gulshani” tarkibidagi dostonda ba’zi boblar to‘liq berilmasdan, nasriy bayon ko‘rinishida

muxtasar shaklda berilgan. To‘rtinchidan, davr talabi bilan “Uch bulbul gulshani” tarkibidagi

dostonda

“Tengri taolo, alayhissalom, Rasuli xudo…”

kabi jumlalar o‘rnida shunchaki uch

nuqta qo‘yib ketilgan. Yuqoridagilarga asoslangan holda biz 1959-yildagi nashrni 1986-yildagi

nashrga nisbatan to‘laroq nashr deb ayta olamiz.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 12, issue 02, 2024

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Doston nashrlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularning birortasida muallif nomiga ishora ishora

qiluvchi jumla uchramaydi. Shu bois bo‘lsa kerak hozirga qadar “Yusuf va Zulayxo” dostonining

muallifi masalasi bir muncha munozarali bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri, bu borada B.

Valixo‘jayevning tadqiqotlari bor. Olim 1970-yillarda Samarqandlik ma’rifatparvar Abduhamid

Po‘lotiy shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan “Yusuf va Zulayxo” qo‘lyozma nusxasidagi

“Ayladi bu qissani Durbek nazm”

misraga asoslanib, dostonning muallifi Durbek ismli shoir

ekanligini aytadi. Ammo bu haqida qat’iy bir fikr bildirilmagan. Masalan, qator yillarda 9-sinf

o‘quvchilari uchun tayyorlangan adabiyot darsligida “Yusuf va Zulayxo” dostoni muallifi

noma’lum asarlar qatoriga kiritilgan. Boshqa bir adabiyotlarda Ulug‘bek, Homidiy Balxiy kabi

ijodkorlar doston muallifi bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Fransuz sharqshunosi Bloshe esa Parij

muzeyining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Yusuf va Zulayxo” dostoni nusxasini Alisher

Navoiyga nisbat beradi. Bu xususidagi kengroq ma’lumotlarni esa yuqorida ko‘rib o‘tdik. Biz

o‘rganayotgan Mirzo Izzatulloh Xoksor ismli kotib ko‘chirgan Hazora nusxasida ham B.

Valixo‘jayevning fikrlariga mos ravishda muallif masalasini aniqlashtirish imkoni beriladi. Biz

qo‘lyozmadagi

“Erdi chu xotir chu musammam bu azm, Ayladi bu qissani Durbek nazm”

[Qo‘lyozma 3

a

varoq] baytiga asoslanib, uning shoir Durbekka tegishli ekanligini bilamiz. Joriy

yozuvga tabdil qilingan har ikkala nashrda ushbu bayt

“Erdi chu xotir chu musammam bu

azm, Ayladi bu qissani dar silki nazm”

shaklida berilgan. Nashrdagi

“Ayladi bu qissani dar

silki nazm”

jumlasini izoh qiladigan bo‘lsak, undan “Bu qissani qalam eshigida nazm qildi,

yozdi.” degan ma’no chiqadi. Aynan shu holat ham doston matnidan kelib chiqib, uning muallifi

kimligiga aniqlik kiritish uchun biroz noqulaylik keltirib chiqaradi. Biz mavzumizga aloqador

qator manbalarni va ilmiy adabiyotlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz doston qo‘lyozma

nusxalarining hali ko‘pchiligi chuqur o‘rganilmagan degan fikrga keldik. Bu fikrimiz ayniqsa

asarning fanga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi - hozirda Turkiyaning To‘pqopi

saroyi muzeyida saqlanayotgan nusxaga taalluqli. Bizningcha dostonning barcha nusxalari

o‘rganilib, ular asosida asar ilmiy-tanqidiy matni yaratilishi o‘zbek adabiyoti uchun muhim

ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Дурбек. Юсуф ва Зулайхо. Тошкент. ФАН, 1959.

2. Уч булбул гулшани, тўплам. Тошкент. Ғафур Ғулом. 1986

3. Durbek. Yusuf va Zulayxo. Kotib: Muhammad Xoksor. Hazora. 1853 (hijriy 1269)

Библиографические ссылки

Дурбек. Юсуф ва Зулайхо. Тошкент. ФАН, 1959.

Уч булбул гулшани, тўплам. Тошкент. Ғафур Ғулом. 1986

Durbek. Yusuf va Zulayxo. Kotib: Muhammad Xoksor. Hazora. 1853 (hijriy 1269)