JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Abdurasulov Xolmuhammad Muhammadqodir o‘g‘li
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi tayanch doktoranti
e-mail:
+998936999877
INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHDA DAVLAT ORGANLARINING
FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson huquqlariga oid
yalpi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hujjatlar va qonunchilik asoslari, shaxs huquq va
erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari va tashkilotlarining ishitoki kabi masalalar
umumiy tahlil qilingan.
Har bir davlat o‘z hududida inson huquqlarining ta’minlanishini o‘z siyosiy va iqtisodiy
sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga binoan ishtirokchi davlat o‘z
hududida yashovchi har bir insonning shaxsiy huquqlarining amalga oshishini kafolatlashga
majburdir. Shuningdek, fuqarolarning siyosiy huquqlari amalga oshishini ham kafolatlash
majburiyatini oladi.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga muvofiq, har bir shaxs
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarining amalga oshishi uchun o‘z majburiyatlarini ham his
qilishi kerak. Davlat esa insonning erkin harakatlanishi uchun o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan
holda yetarli darajada sharoit yaratishi lozim.
Ikki muhim hujjat: 1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi” hamda 1991-yil 31-avgustda
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari haqida”gi konstitutsiyaviy qonun o‘sha
davrdagi parlament – Oliy Kengash tomonidan qabul qilinishi bilan buyuk ajdodlarimiz,
xalqimiz orzu qilgan erk yo‘lidagi asriy maqsadlariga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-
yil 1-sentyabrda o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgach, qat’iy huquqiy me’zonlarga tayanadigan,
faol fuqarolik jamiyatiga asoslangan, xalq hokimiyatini ifoda etuvchi demokratik davlat barpo
etish yo‘lidan bordi. Ushbu ulug‘ maqsad pirovardida ming yilliklar davomida shakllangan
buyuk o‘zbek etnosining milliy qadriyat va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan,
demokratiyaning asosiy prinsiplari ustuvor yo‘nalish qilib belgilangan, shaxs, jamiyat va
davlatning uyg‘unlashgan mohiyatini aks ettiruvchi rivojlanishning sharqona-o‘zbek modelini
yaratish asosiy g‘oya qilib belgilandi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish –
davlatning inson huquqlari sohasidagi birlamchi vazifasidir. O‘zbekiston hukumati xalqaro
tashkilotlar ishtirokisiz va inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalarga
qo‘shilmasdan turib demokratik huquqiy davlat qura olmasligini yaxshi tushundi. Mustaqillikka
erishgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan dastlabki xalqaro hujjat bu – Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi bo‘ldi. Yosh davlat
o‘zining yangi rivojlanish yo‘lida
deklaratsiyadagi inson huquqlariga oid umume’tirof etilgan qoidalarni bajarishga tayyorligini,
inson va shaxs erkinligiga bag‘ishlangan standartlarga sodiqligini keng xalqaro maydonda
namoyon etdi. Bugungi kungacha mamlakatimiz inson huquqlariga oid BMTning asosiy 11 ta
shartnomasidan 9 tasini ratifikatsiya qilib, inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
hujjatlarga qo‘shilgan hamda tegishli konvensiyaviy organlarga o‘zining davriy milliy
ma’ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson huquqlari sohasidagi xalqaro
majburiyatlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda.
Shular ichida BMTning 7 ta asosiy xalqaro shartnomasi ham bor. Bular:
1. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Oliy Majlisning 1995-yil 31-
avgustdagi 127-I-sonli qarori);
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Oliy Majlisning 1995-yil
31-avgustdagi 126-I-sonli qarori);
3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli qarori);
4. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya
(Oliy Majlisning 1995-yil 6-maydagi 87-I-sonli qarori);
5. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (Oliy
Majlisning 1995-yil 31-avgustdagi 129-I-sonli qarori);
6. Qiynoqlarga hamda shafqatsiz, insoniylikka zid yoki kamsituvchi muomalaga qarshi
konvensiya (Oliy Majlisning 1995-yil 31-avgustdagi 130-I-sonli qarori).
7. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (2021-yil 7-iyundagi O‘RQ-695-son
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni).
1996-yildan buyon bugungi kunga qadar O‘zbekiston tomoni ushbu shartnomalarda belgilangan
majburiyatlariga ijrosi yuzasidan 51 marta o‘zining milliy davriy ma’ruzalarini BMTning tegishli
konvensiyaviy qo‘mitalariga taqdim etgan.
Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha davlat siyosatining bir qator ustuvor yo‘nalishlari
mavjud. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi siyosatining
asosiy tamoyillari:
- umume’tirof etilgan demokratiya va inson huquqlari tamoyillariga sodiqlik,
- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda inson huquqlari sohasidagi tashqi siyosiy faoliyatni
rivojlantirish,
- demokratik islohotlarni amalga oshirishda izchillik va bosqichma-bosqichlik yo‘lidan borish,
- demokratlashtirish va inson huquqlarini himoya qilish jarayoni dinamik xususiyat kasb etishida
namoyon bo‘ladi.
Shu tamoyillardan kelib chiqib, O‘zbekiston jamiyatning barcha jabhalarida va ijtimoiy hayotida
inson huquqlari sohasidagi keng qamrovli xalqaro me’yorlarni tatbiq etishga kirishdi.
Mamlakatimiz milliy qonunchiligi inson huquqlariga oid 600 dan ortiq qonun qabul qilinishi
bilan mukammal qonunchilik mexanizmi yaratildi. Yaqin tarix dekadasi davomida qabul
qilingan normativ-huquqiy hujjatlar orasida alohida e’tirof etiladigan hamda inson huquqlariga
oid milliy tafakkurni o‘zida aks ettirgan qonunlar, xususan: O‘zbekiston Respublikasining Yangi
tahrirdagi Konstitutsiyasi (2023), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
to‘g‘risida(2024); O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida (2017), Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘risida (2007), Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (2021),
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida (2017), Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida (2016) Qonunlar hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (2020), O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida (2023) kabi Prezident hujjatlari shular
jumlasidandir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qiluvchi mustahkam milliy
mexanizmlar yaratilgan bo‘lib, ular orasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar (sud,
prokuratura, ichki ishlar, advokatura) hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar
alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda inson huquqlariga oid qonunchilikning asosiy negizlari yaratilishi bilan bir
qatorda, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi institutsional mexanizmlarni
shakllantirish bo‘yicha ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, quyidagi asosiy
beshta demokratik institutni keltirish mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman);
Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani);
Tadbirkorlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(Biznes ombudsman);
O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual
qabulxonasi;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston inson huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarishda izchil harakatlarni amalga oshirib,
qonunchilikni takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlari va sud-huquq tizimini isloh
qilish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro standartlarga
mos keluvchi islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Davlat organlarining inson huquqlarini amalga oshirishdagi asosiy vazifasi – fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, adolatli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va
ijtimoiy tenglikni mustahkamlashdan iborat. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, ommaviy
axborot vositalarining erkin ishlashi va inson huquqlari bo‘yicha davlat organlari faoliyatining
oshkoraligi ushbu jarayonning muhim qismidir.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash
va ijtimoiy adolatni rivojlantirish orqali O‘zbekiston demokratik va huquqiy davlat sifatida
yanada taraqqiy etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. 1948-yil, 10-dekabrda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko‘rsatmasi orqali qabul qilingan.
2. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2023-yil 1-may.
3.
Mo‘minov А.R., Tillabaev M.А. Inson huquqlari. –T.: Аdolat, 2013.
4. Saidov А.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik. – T.: Konsauditinform-Nashr,
2006.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5. Saidov A. X. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O‘zbekistonda inson
huquqlarini himoya qilish milliy tizimi.– T. 2010-yil.
6.
Saidov А.X. O‘zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar. –
T.: Аdolat, 2002.
7.
G‘afurov А.B. Mo‘minov А.R. Inson huquqlari. – T.: Baktria Press, 2012.
8. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi. Inson huquqlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi. –T.: 2020.
9.
qonunchilik portal.
10.
sayti.
