JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tursunova Zarina Ne’matovna
Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi
ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O’YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA
ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qo’llaniladigan interaktiv metodlar,
ularning turlari darslarda qo’llash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
interaktiv metodlar,zamonaviy o’qituvchi,kim hakam o’yini,so’z va hodisalarni
eslash interaktiv o’yini.
Maktab ta’limini rivojlantirish
: Davlat umummilliy dasturi to`g‘risidagi Farmonning
uchinchi yo`nalishida o`quv standartlari,o`quv dastur va darsliklarini takomillashtirish
bo`yicha DTS, dastur, darsliklarning takomillashtirilgan variantlari tayyorlandi hamda shular
asosida ish olib borilmoqda. Chunonchi, ona tili ta’limining takomillashtirilgan standarti
tayyorlandi. Unga ko`ra:a) grammatikaga oid o`zlashtiriladigan bilimlar; -fonetika, morfologiya,
sintaksis, leksikologiya, so`z tarkibi, so‘z yasalishi, yozuv va imlo, nutq uslublari, uslubiyatga
oid tushunchalar.b) nutqni o‘stirish: -birinchi yo`nalish -o`quvchilarning so`z boyligini
rivojlantirish; -ikkinchi yo`nalish -o`zbek adabiy tili me’yorlarini o`rgatish, adabiy alaffuz
me’yorlari, shuningdek, lug‘aviy sinonimika, qo`shimchalar sinonimikasi, umuman,
grammatik sinonimika bilan tanishtirish; -uchinchi yo`nalish -o`quvchilarda fikrni og‘zaki va
yozma bog‘lanishlibayon qilish malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish shart qilib belgilangan.
Ana shundan kelib chiqib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi: ona tili mashg‘ulotlari
o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og‘zaki va yozma shakllarda to`g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda
rivojlantirishga qaratilmog‘i darkor. Ayni fursatda, mazkur murakkab, mas’uliyatli vazifani
bajarishda ona tili darsliklarining ahamiyati muhim. O`quvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirishga xizmat qiladigan o`quv
topshiriqlari
o`rta
maktabning
o`zbek
tili
darsliklarida
berilgan.
Mazkur topshiriqlar turli usullar bilan o`qituvchi hamkorligida
o`quvchilar tomonidan mustaqil bajarishi lozim. Ijobiy natija beradigan topshiriqlarning asosiy
turlaridan biri grammatik o`yintopshiriqlardir. Bu turdagi topshiriqlar o`quvchilardan zukkolikni,
bilimdonlikni, izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Ona tili darslarining qiziqarli
o`tishida o`yin-topshiriqlarning ahamiyati juda katta.Biroq “O`zbek tili o`qitish metodikasi”da
grammatik o`yin-topshiriqlar va ulardan foydalanish metodikasi yetarli darajada
ishlanmagan. O`yin-topshiriqlarga hos bo’lgan jihat shundan iboratki, u ko`pincha
musobaqa tarzida tashkil etiladi. Natija yakunida, o`quvchi va guruhlarga rag’bat yoki ballar
berilishi, shubhasiz, o’quvchilarda topshiriqni bajarishga ishtiyoqni oshirishga sabab bo’ladi.
Natijada, o`quvchilarning grammatik savodxonligi,ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi
va shu fanga muhabbati ancha oshadi. Shu bilan birga, qo`shimcha adabiyotlardan
foydalanish, boshqa fanlar bilan ham jiddiy shug‘ullanish ehtiyojini tug‘diradi. Shunini inobatga
olgan holda, o`qituvchi darslarining samarali bo`lishi uchun turli o`yin-topshiriqlardan va
boshqotirmalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi davr talabi ham ,
fan o`qituvchisidan mahorat, ijodkorlik, eng asosiysi, tinimsiz mehnat talab qiladi. Shularni
hisobga olgan, holda ona tili
darslarini
o`tishda
ishlatishmumkin
bo`lgan
ayrim
grammatik
o`yinlar, boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini ko’rib chiqamiz.
Bunday grammatik o`yinlarni yanada ko`plab o`ylab topish va ulardan dars jarayonida
foydalanish mumkin. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, o`qituvchining ijodkorligiga,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz qiladigan mehnatiga bog‘liq. Ma’lumki, o`yin-
topshiriqlar o`quvchilar malaka va ko`nikmalariga ko`ra, murakkablik darajasiga ko`ra
guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi.1.Qayta xotirlash tipidagi o`yin
topshiriqlar. O`tilgan mavzularni mustahkamlash hamda bilim va malakalarni tekshirish
darslarida bunday o`yintopshiriqlardan ko`proq foydalaniladi. Masalan, “Atoqli va turdosh
otlar” mavzusiga oid darslarni mustahkamlash maqsadida “Kim g‘olib?” o`yin-topshirig‘idan
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun sinf ikki guruhga ajratiladi: biri atoqli
otlarga, ikkinchisi turdosh otlarga misol topishadi. Ma’lum bir belgilangan vaqt ichida ko`p
misol topgan g‘olib sanaladi. O`qituvchi doskaga kundalik, surat, kinofilm kitob, gazeta,
jurnal, so`zlarini alohida-alohida yozib qo`yadi. Sinf olti guruhga bo`linib (o`quvchilar soni
hisobga olinishi zarur. Agarda guruhlarga teng bo`linmaydigan bo`lsa, guruhlar sonini
kamaytirishi yoki ko`paytirishi mumkin), ulardan shu otlarga misollar yozish talab qilinadi.
Guruhlarning har bir a’zosi o`ziga qarashli so`zga bitta-bitttadan misol yozadi. Tez va to`g‘ri
yozgan guruh g‘olib sanaladi. G‘oliblar, albatta, rag‘batlantirilishi kerak. Istalgan mavzuni
mustahkamlashda bunday o`yintopshiriqlardan foydalanish mumkin. Yoki o`quvchilarning
o’zaro bog‘lanishli yozma nutqini sinash maqsadida “So`zlar bizdan, matn tuzish sizdan”
o`yinini o`tkazish mumkin. Bunda o`quvchilarga tayanch so`z va so`z birikmalarni berib (ular
doskaga yozib qo`yilishi ham mumkin), ular yordamida bog‘lanishli matn tuzish topshiriladi,
tez va mazmunli matn tuzgan o`quvchi g‘olib sanaladi.
DTS
-O`quvchilar so`z boyligini oshirish DTS talablaridan biri hisoblanadi, izlanuvchanlik
xarakteridagi o`yin-topshiriqlarni qo`llash yaxshi bu ko’nikma rivojlanishiga yahshi natija
beradi. Bunday topshiriqlar o`quvchilardan ijodiy faoliyat ko`rsatishni talab qiladi.
“Ijodkor” o`yin-topshiriqdan “Ravish” mavzusini o`tishda samarali foydalanish mumkin. Bu
grammatik o`yinda sinf ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhga sifat so`z turkumi ishtirok
etgan gaplarga misol aytish, ikkinchi guruhga esa shu gaplardagi ot(lar)ni ravish bilan
almashtirib gap tuzish topshiriladi. Masalan: Birinchi guruh vakili yozadi: Men
olimpiadada yahshi insho (qanday insho?)yozdim. Ikkinchi guruh davom ettirib: Unda bizning
guruh yahshi ishtrok etadi(qanday ishtirok etdi?). Shu yo`sinda davom ettiriladi. Bu o`yinni
o`quvchilar o`rtasida yoki parallel
sinflar o`rtasida “so`z mushoirasi ” tarzda davom ettirsa ham bo`ladi. Ona tili ta’limi jarayonida
topshiriqlar tizimi vositasida til hodisalari kuzatiladi solishtirib qiyoslanadi, o`xshash va farqli
tomonlari aniqlanadi, umumiy va xususiy tomonlariga qarab guruhlanadi,
umumlashma
qoidalar hosil qilinadi. Natijada qayta xotirlash topshiriqlaridan ijodiy topshiriqlarga
qarab dinamik o`sish yuzaga kela boradi. O`quvchi tafakkuri taraqiyotida bunday topshiriqlar
alohida ahamiyat kasb etadi. O`quv topshiriqlarining soddadan murakkabga tomon o`sish
dinamikasini aniqlash, belgilash murakkab jarayondir. Topshiriqlar shunday yo`sinda
joylashtirilishi lozimki, o`quvchi tafakkuri taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilsin. Ijodiy topshiriqlar,
ya’ni o`quvchi tafakkurini o`stiruvchi topshiriqlar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lishi
zarur: -o`quvchini izlashga, fikr qilishga, noma’lumni topishga undasin; -o`quvchini mustaqil
xulosa chiqarishga yo`naltirishi zarur;
-masalaning murakkablasha borishi o`quvchi aqli, farosatini o`stira borishi kerak;
-bu jarayonning kechishi o`quvchilarda jamoa bo`lib ishlash ko`nikmalarini hosil qila
borishi lozim;
-topshiriqlarni
bajarish
jarayoni o`quvchida o`ziga ishonch, o`zini (bilimini)
anglash,imkoniyatlarini aniqlay olish, yangi bilim olishga undashi shart.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yangilangan ta’lim mazmuni asosida yaratilgan darsliklarda tilshunoslikning hamma
bo`limlariga mo`ljallangan mashg‘ulotlarda darslar ta’rif, qoida bilan boshlanmasdan, ya’ni
o`quvchilarga bilimlar tayyor holida berilmasdan har bir mavzu uchun mo`ljallangan
topshiriqlar tahlili bilan boshlanadi. Mana shu o`rinda o`qituvchi mahorati, qobiliyati, uquvi
namoyon bo`ladi. Ana shu jarayonda bir faoliyat usulidan bosqichma-bosqich ikkinchi faoliyat
usuliga o`tishi, ya’ni kuzatishdan umumiy xususiyatlari asosida guruhlashga, takrorlashdan
o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash asosida umumlashmalar shakllanadi. Shundagina
berilgan topshiriqlar til hodisalarining mohiyatini ochishga xizmat qiladi.5-sinfda fonetika
bo`limi o`tilayotganda quyidagi grammatik topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1-topshiriq. i-u, a-o, o`-u, i-e, b-p, d-t, z-s, j-ch juftliklari bilan farqlanuvchi so`zlar hosil
qiling.
2-topshiriq.
x-h
tovushlari
bilan
farqlanuvchi
so`z
juftlari
hosil
qiling.
H
fonemasining talaffuziga e’tibor bering.
3-topshiriq. ng harfiy birikmasiga so`zlar toping va ularni bo`g‘inlarga ajrating.4-topshiriq.
“yaxshi” va “yomon” so`zlarining o`xshash va farqli tomonlarini toping.O`xshash tomonlari:
5ta harf, 2ta unli, 3ta undosh, 2ta bo`g‘in, urg‘u oxiriga tushadi, 5ta tovush. Farqli tomoni
deysizmi? Ma’nosi-chi ? Uning antonimligichi?
5-topshiriq. “x” tovushli so`zlar zanjirini tuzing. Baxt -taxt
-tuxum -mirrix -xayol -laxtak -kimxob -baxmal -laxta -axta -axir -ruxsat -taxta -axloq -qix -xafa
-axir -ruxsat -taxt -taxlit -taxmin -narx -xabar -ruxsatnoma -axtar -ruxsor.
Xulosa:
Ona tili darslarida ta’limiy o’yinlarni tashkil etish va ulardan foydalanish o’quvchilarning bilim
olish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Bu usul o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini
oshirib, ularning mustaqil fikrlash va ijodiylik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunday ekan,
o’qituvchilar dars jarayonida ta’limiy o’yinlardan keng foydalanishlari tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Begmatov E., Tursunqulov M. O’zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent: O’qituvchi ,
1991.2. Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati
ocherklari. -Toshkent: 1998. Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. T., O‘zbekiston,
1992. Mahmudov N. Til. -Toshkent: Yozyuvchi, 1998. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi
madaniyati. -T: Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, 2007. Nusratullo Atoullo o‘g‘li
Jumaxo‘ja. Istiqlol va ona tilimiz. -Toshkent, 1992. Rasulov R., Husаnov N., Mo‘ydinov Q. Nutq
madaniyati va notiqlik san’ati. -T. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,
2006.
