JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Soliyeva Yulduzxon
Shahrisabz davlat pedogogika instituti
Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(BT) yoʻnalishi 1-kurs magistranti.
BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QUV MATERIALLAR MAZMUNINI
LOYIHALASHNING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallari mazmunini loyihalash jarayoni ta’lim
metodikasi va pedagogik nazariyalarga asoslanadi. Ushbu tadqiqotda o‘quv materiallarini
loyihalashning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlar, ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari
va samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh bolalarning psixologik va fiziologik
xususiyatlari inobatga olinib, dasturiy ta’minot, interfaol metodlar va didaktik vositalarning
ahamiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, o‘quv materiali, loyihalash, nazariy asoslar, pedagogik
yondashuv, interfaol metodlar, ta’lim mazmuni, didaktik tamoyillar, samaradorlik, psixologik
xususiyatlar.
Bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy usul va metodlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu
jumladan, bir qarashda oddiydek ko‘ringan loyihalash texnologiyasi ham o‘quv jarayonida
samardorlikni yanada oshirishga atroflicha xizmat qilmoqda. Shu o‘rinda bu texnologiyaning asl
negizi, uni amalga oshirish shakllari, ko‘zlanadigan natija va bu metod orqali ta’limga olib
kiriladigan unsurlar haqida fikr yuritamiz.
Loyihalash (lotincha, projectus – olg‘a tashlangan fikr, g‘oya, obraz ) metodi o‘z nomi bilan
kelgusidagi ishlarni amalga oshirishda rejalashtirish bo‘lib, proyekt ma’lum bir hisobkitoblarga,
chizmalarga va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan
g‘oya, fikrning ifodasidir.
Loyihalash asosida o‘qitish ta’lim-tarbiyaning ma’lum bir vazifalarini hal qiladi: loyiha asosida
o‘qitiladigan har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchning o‘sishiga yordam berish, uni o‘z-o‘zini
ro‘yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam berish. Ko‘rsatilganlar “yutuq vaziyati”ni darsda
(yoki darsdan tashqari) so‘zda emas, amalda his qilish orqali o‘quvchi o‘zining kerakligi,
omadli ekanligini va turli muammoli vaziyatlarni bartaraf qila olish qobiliyatiga ega ekanligini
bilishiga olib keladi. O‘quvchi loyiha metodi asosida o‘qish jarayonida o‘zini va o‘zidagi
imkoniyatlarini his qiladi. Jamoada birgalikda ishlash davomida o‘z hissasini anglaydi, hamda
loyiha topshirig‘ini bajarish jarayonida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, loyihani
bajarish vaqtida o‘quvchilarda natijaga erishish uchun jamoa bo‘lib ishlashning ahamiyatini
anglash rivojlanadi. O‘quvchining ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida hamkorlik
faoliyati, ularda kommunikativ xususiyatni rivojlantirishni ilhomlantirish, muammolarni hal
qilishda o‘z yondashuvi, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish ko‘nikmasi va shu bilan birga
boshqalarni eshita bilish, o‘zida ba’zida o‘z fikriga to‘la qarama-qarshi bo‘lgan boshqalarni
eshita bilish xususiyatini rivojlantiradi. Loyihalar metodi o‘quvchilarda mushohada-tafakkur
qobiliyatini rivojlantirishda muhim o`rin tutadi.
Loyiha metodi orqali o‘quvchida quyidagi konikmalarni
rivojlantirish maqsad qilib
qo‘yiladi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlantirish;
-muammoli vaziyatni tahlil qilish, muammolarni anglash, manba va adabiyotlardan zaruriy
ma’lumotni ajratib olish va ulardan foydalanish;
- amaliy vaziyatlarni kuzatishni tashkil qilish, ularning natijalarini belgilash va tahlil qilish;
- farazlar qurish, ularni tekshirishni amalga oshirish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish.[1]
Ko‘rsatilgan maqsadlar ta’lim kengligini alohida tashkil qilib, shaxsning sifatlariga ta’sir qiladi.
O‘quvchida o‘zgarish uchun shaxsiy o‘sish jarayoni boradi. «Men» so‘zi konsepsiyasini
amalga oshirish uchun qobiliyatni shakllantiradi, dunyoni bilish va tadqiq qilish, bilishning
tafakkur vositalarini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. O‘qitish amaliyotida
loyiha metodi
qo‘llanilganda
o‘quvchida turli qobiliyatlar rivojlanadi, an’anaviy o‘qitishda
esa (dars
otishda)
“bilimlar” beriladi. An’anaviy ta’limda o‘quvchiga bilim berishda o‘qitishning
tas’viriy-tushuntirish metodi
ustuvor bo‘ladi. O‘quv jarayoni bu metod bilan
to‘la
nazorat qilinadi, o‘quvchilarning ustidan nazorat, mavzuni reproduktiv shakldagi so‘rovi
amalga oshiriladi. Bu yondashuvning
asosiy maqsadi bilimlar, ko‘nikma, malakalarni
shakllantirish, faoliyatning yetakchi ko‘rinishini qayta tasvirlash bo‘ladi. Loyiha metodi esa
o‘qitilayotganning shaxsiga qaratilgan bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishini ko‘rsatgichlaridan
biri
o‘quvchilarning mushohada qilish ko‘nikmalari (sintez, qiyoslash, umumlashtirish,
turkumlash, induksiya, deduksiya, mavhumlashtirish va boshqa)larni o‘zlashtirishlari bo‘ladi.
Eng asosiysi esa, o‘quvchida o‘z shaxsining o‘sishiga ehtiyoj qiziqish paydo b’olishi, o‘zini
o‘zgartirish, hissiy-obrazli sohani
rivojlanishi, hissiy qadriyat munosabatlari malakasini
olish boladi. Loyiha asosida ana shu tarzda o‘qitish sinf-dars tizimiga muqobil turadigan
samarali metod bo‘ladi. Lekin ananaviy meyorni to‘la siqib chiqarishi mumkin emas. Chunki
jahon ta’lim tizimida yuz yil davomida pedagogik usullar, yondashuvlar, texnologiyalarning
oltin zahirasi to‘plandi. Mutaxassislarning fikricha, loyiha metodi ta’limning
boshqa
ko‘rinishlariga qo‘shimcha sifatida foydalanilib, shaxsning o‘sishini jadallashuvi sifatida chiqadi.
O‘quv loyihasi yoki tadqiqot o‘qituvchi nuqtai nazaridan qaraganda bu rivojlanish, o‘qitish
va tarbiyaning integrativ didaktik vositasi. U o‘quvchida loyihalash va tadqiqotning o‘ziga xos
o‘quv ko‘nikmalarini yuzaga kelishi va rivojlanishiga imkon beradi.
O‘quv loyihasi yoki tadqiqot o`quvchilarga aynan quyidagilarni o‘rgatadi:
- muammolashtirish (muammolar kengligini ko‘zdan kechirish va muammolar ostidagi
muammolarni ajratish, bu muammolardan kelib chiqadigan yetakchi muammo va topshiriqlarni
qo‘yish.
- o‘quvchining mazmunli faoliyatini shakllantirish va rejalashtirish;
- o‘z-o‘zining faoliyatini tahlil qilish va refleksiya (loyihaning muammolarini yechishning
natijasi va muvaffaqiyatli bo‘lishi) ;
- o‘z faoliyati natijalarini va ishning borishini ko‘rsatish
Loyihalash texnologiyasi ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilarni birdek ishlashga, o‘quvchilarda
mustaqillikni yanada oshirishga xizmat qilar ekan, bu o‘rinda undan kutiladigan natijalar ham
yangilik sifatida qaralishga munosib ishlar bo‘lishini nazarda tutadi. Loyihalash metodlari orqali
o‘qitishda quyidagi natijadorliklar hosil bo‘ladi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
- O‘qituvchining kuzatuvchi va yo‘l boshlovchi sifatidagi ishtiroki, talabalarning esa asosiy
loyiha mualliflari, loyihani bajaruvchilari bo‘lib ishlashlari;
- Har bir o‘quvchilarning ma’lum dolzarb yoxud kichik muammoni aniqlab, uning uchun
bajariladigan ishlar rejasi hamda yechimini topishiga alohida o‘qituvchi tomonidan e’tibor
berilishi;
- Birgina katta muammoga ham turlicha usullar orqali yondashuvni ta’minlash zamirida
mukammal loyiha ishlarini yarata olish tajribalari paydo bo‘lishi;
- Fikrlashi, qobiliyati, bilim darajasi bir-biriga yaqin o‘quvchilardan kichik guruhlarni tashkil
etish. Va bu asosida lohiyalash jarayonidagina emas, balki boshqa jamoaviy ishlarda ham bir xil
tipdagi talaba guruhi bilan ishlashni osonlashtirish.
Loyihalash texnologiyasidan foydalanish shuningdek, o‘quvchilarga individual va differensial
yondashish imkonini beradi. Metod amalga oshirilish jarayonida qamrab oladigan jihatlar,
doimiy muhim hisoblanuvchi unsurlar ham bo‘lib, ular shulardan iborat:
- Loyiha tuzilishi yaxshi ishlangan bo‘lishi;
- Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy
ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tajribalar o‘tkazish;
- Natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo‘lishi lozimligi.
Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1- bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari,
bosqichma-bosqich natijalari ham ko‘rsatiladi.
2- bosqich.Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi. Bu bosqichda o‘quvchilar mustaqil
ravishda individual va guruh bo‘yicha qo‘yilgan vazifalami bajaradilar. Material, axborot
to‘playdilar. To‘plangan
ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab
chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3- bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib
birlashtiriladi. Avval loyihaning xoniaki varianti yozib chiqiladi. So‘ngra yakuniy variant
tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4- bosqich. Loyihaning so‘nggi varianti ekspertga, taqr ga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan
bo‘lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matilda,
albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o‘xshash materiallar bo‘lishi
shart.
5- bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini elon
qilingach, lugallangan hisoblanadi.
6- bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida
komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a’zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda
aniqlanadi. Tayyorlangan" loyihani ko‘rib chiqib, tanlanib, so‘ngra tayyorlangan hisobot ko‘rib
chiqiladi. Hay`at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
muammoni o‘rganish darajasi, matnni aniq. tushunarli tarzda bayon qilinishi, o‘ziga xosligi,
rasmiylashtirish sifati, ko‘rgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar
va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan
bo‘lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni o‘qituvchi boshchiligida
o‘quvchilardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.[2]
Boshlang‘ich ta’lim bolalarning keyingi bilim olish jarayoniga asos soluvchi muhim bosqich
hisoblanadi. Shu sababli, bu bosqichda o‘quv materiallarining mazmuni puxta o‘ylangan, yosh
xususiyatlariga mos va samarali bo‘lishi talab etiladi. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda
o‘quv materiallarini loyihalashning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlar va didaktik
tamoyillar tahlil qilinadi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quv materiallarini loyihalashning ahamiyati
O‘quv materiallarini to‘g‘ri loyihalash quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
Bolalarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
O‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish.
Mustahkam bilim hamda amaliy ko‘nikmalar shakllantirish.
Mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quv materiallarini loyihalash yosh bolalarning psixofiziologik
xususiyatlari va ta’lim jarayonining qonuniyatlari asosida olib boriladi.
O‘quv materiallarini loyihalashning nazariy asoslari
O‘quv materiallarini loyihalashda quyidagi nazariy asoslar muhim ahamiyatga ega:
1. Didaktik tamoyillar
Ilmiylik – o‘quv materiali ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak.
Tizimlilik va izchillik – materiallar bosqichma-bosqich, mantiqiy tartibda taqdim etilishi lozim.
Faollik va mustaqillik – o‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etishi va mustaqil fikrlashi
kerak.
Hayot bilan bog‘liqlik – o‘quv materiali kundalik hayot bilan uzviy bog‘lanishi zarur.
2. Pedagogik yondashuvlar
Kompetensiyaviy yondashuv – o‘quvchilar bilim olish jarayonida amaliy ko‘nikmalar hosil
qiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir o‘quvchining qobiliyat va ehtiyojlari inobatga olinadi.
Interfaol yondashuv – o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash uchun interfaol metodlar
qo‘llaniladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallarini loyihalash tamoyillari
Boshlang‘ich ta’limda o‘quv materiallarini samarali loyihalash uchun quyidagi tamoyillar
asosida ish olib borish lozim:
Yosh xususiyatlariga moslik – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari materialni tushunishi va
o‘zlashtirishi oson bo‘lishi kerak.
Vizualizatsiya va interfaollik – turli tasvirlar, diagrammalar va multimedia vositalari orqali
tushuntirish samaradorlikni oshiradi.
Qiziqarlilik va o‘yin elementlari – darslarda didaktik o‘yinlar va ijodiy topshiriqlardan
foydalanish motivatsiyani oshiradi.[3]
Loyiha ilmiy metodik jihatdan anglangan, umumlashtirilgan, turkumlangan va uni samarali
qollash doiralari belgilangan bolishi kerak. Pedagogikada innovatsiyalarning kuchli
rivojlanishi loyihalash metodini keng qo‘llash imkoniyatini beradi va o‘quv loyihalarini
turkumlash, ularni metodik bajarish, ta’lim tizimiga o‘quv loyihalarining
kiritilishi bilan
yangi kurslarning shakllanishi bilan zarur bo‘ladi. O‘quv yurtida ta’lim-tarbiyada o‘quv
loyihalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Bilishning bunday maqsadlari uchun bilimning turli
sohalari jalb qilinadi. Loyihalar turli darajalar bo‘yicha turkumlanadi. Misol uchun, mavzu
sohalari bo‘yicha, faoliyat hajmlari bo‘yicha, amalga tatbiq bo‘yicha, ijrochilar soni,
natijalari muhimligi bo‘yicha. Loyihalar tipiga tegishli ravishda ularning barchasi yakka
mualliflik xususiyatiga ega bo‘lib, u noyob bo‘ladi. Barcha loyihalar qandaydir bir maqsadga
erishishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu bilan birga vaqtda vaqtinchalik cheklashlar bo‘ladi. O‘quv
loyihalari turli xil bo‘ladi. Bir dars mashg‘ulotiga tegishli bo‘lganidan toki bir yil muddatga
mo‘ljallangan loyihalar. Yakka tartibdagi, guruh va turli yoshga mo‘ljallangan umum maktab
miqyosida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘ladi. Loyiha natijalari oz shakliga kora har xil
bolishi mumkin. Misol uchun, videofilm, multimedia, prezentatsiya, spektakl, qonun
loyihalari, o‘yinlar va boshqalar. Vaqt bo‘yicha loyihalar mini loyihalarga bo‘linadi. Ular
dars yoki darsning bir qismini egallaydi. Qisqa muddatli loyihalar 2-6 darslarning davomida
amalga oshiriladi. O‘rta muddatli loyihalarda darsdan tashqari va dars mashg‘ulotlarida 12-
15 dars mashg‘ulotlari, shuningdek uzoq muddatli loyihalarga sarflanadi. Shuningdek to‘la
sikl darsdan tashqari bajariladi. Loyihani bajarish orqali o‘quvchi o‘z kuchini , o‘z
bilimlarini ishga solish, foyda keltirish, o‘zi erishgan natijani ko‘pchilik oldida ko‘rsatadi.
Bu o‘quvchilarning ko‘pincha o‘zlari vazifa ko‘rinishida shakllantirgan va qiziqarli
muammoni yechishga qaratilgan faoliyatidir. Ushbu faoliyatning natijasi muammoni
yechishning topilgan usuli – amaliy xususiyatga ega. U muhim amaliy ahamiyatga ega va
kashfiyotchilarning o‘zi uchun qiziqarli va ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallarini loyihalash pedagogik
yondashuvlar va didaktik tamoyillarga asoslanishi lozim. To‘g‘ri tanlangan va loyihalashtirilgan
o‘quv materiallari bolalarning bilishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi, ularda mustahkam bilim
hamda amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun o‘quv materiallarini
ishlab chiqishda yosh xususiyatlari, qiziqishlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari hisobga
olinishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mahmudov M. O‘quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat», 2002 yil,
3-son.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2. Mahmudov M. Ta’lim natijasini loyihalash. // «Pejagogik mahorat», 2003 yil, 1-son.
3. Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkent, 2003y.
4. Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. – T.:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2000
5. A.Qayumov, I.Parmonova “Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi
imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari.” 2023
6. Soliyeva.Y ,,Boshlang‘ich sinflarda o‘quv materiallari mazmunini loyihalashning nazariy
asoslar” Yangi Oʻzbekiston pedagoglari axborotnomasi IF: 5.141. 20, 25-b
