JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Mexriniso Izatovna Bakayeva
Osiyo xalqaro universiteti
O’LCHOV ASBOBLARINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada salomatlikni tiklashda shifokorlar tomonidan tashxis qo‘yish va
davoshlash jarayonlarida tibbiy o‘lchash vositalarining o’rni, fizik eksperiment, fizik parameter,
qon bosimi, sistolik va diastolik bosimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manometrga ulangan igna
yordamida o‘lchanishi, Tanometr turlari, chiziqli o’lchov asboblaridan shtangеntsirkul va
undan foydalanish yo’llari haqida ma’lumor berilgan.
Kalit so‘zlar:
tibbiy asboblar, o’lchash asboblari, fizik parameter, fonedoskop, tanometr,
shtangеntsirkul, nonius, manjeta, sistolik va diastolik bosimlar.
Аннотация:
В статье представлена информация о роли медицинских измерительных
приборов в диагностике и лечебном процессе врачей по восстановлению здоровья,
физических
экспериментах,
физических
параметрах,
артериальном
давлении,
систолическом и диастолическом давлении, измеряемых с помощью иглы,
непосредственно соединенной с манометром, типах танометров, линейных измерительных
приборах, таких как штангенциркули, и их использовании.
Ключевые слова:
медицинские приборы, средства измерений, физические параметры,
фонендоскоп, танометр, штангенциркуль, нониус, манжета, систолическое и
диастолическое давление.
Abstract:
The article provides information on the role of medical measuring devices in the
diagnosis and treatment process of doctors to restore health, physical experiments, physical
parameters, blood pressure, systolic and diastolic pressure measured with a needle directly
connected to a manometer, types of tonometers, linear measuring devices such as calipers, and
their use.
Keywords:
medical devices, measuring instruments, physical parameters, phonendoscope,
tonometer, caliper, vernier, cuff, systolic and diastolic pressure.
Kirish.
Yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim usutuvor vazifalardan biri
hisoblanadi. Taʼkidlash joiz, salomatlikni tiklashda shifokorlar tomonidan tashxis qo‘yish va
davoshlash jarayonlarida tibbiy o‘lchash vositalarining o‘rni beqiyos. Zero bu uskunalarning
to‘g‘ri ishlayotganligi esa muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy asboblar asboblar, asbob-
uskunalar, jihozlar, materiallar, dasturiy ta'minot yoki odamlarning kasalliklarini oldini olish,
diagnostika qilish, davolash va kompensatsiya qilish uchun yakka o'zi yoki birgalikda
ishlatiladigan asboblarni, tibbiy asboblarni va dori vositalarining eng katta farqi: ishlatilgan ta'sir
inson tanasi yuzasida va tanada farmakologik, immunologik yoki metabolik usullar bilan emas,
balki fizik usullar bilan olinadi.
Hozirgi vaqtda bir necha million o’lchash asboblaridan foydalanilmoqda. Ularning har biri bilan
har kuni ko’plab o’lchashlar bajariladi. Bunday sharoitda o’lchash birligini ta’minlash katta
iqtisodiy ahamiyatga ega. O’lchash vositalari ularning ish printsiplari, har xil mexanik, elektr,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
fizik, magnit kattaliklarini hamda elektr zanjir parametrlarini o’lchashda o’lchov vositalaridan
foydalaniladi.
Asosiy qism.
O’lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida,
o’lchash vositalari yordamida va eksperiment o’tkazishning aniq yo’li, algoritmi yordamida
bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. O’lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga
qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustika va x.k. O’lchash vositalari
qo’llanilish sohasiga qarab turlarga ajratiladi. Masalan, mexanik o’lchov vositalari: kundalik
hayotimizda foydalanadigan tanometr insonni qon bosimini o’lchovchi, shtangensirkul
buyumlarni, pretmet, detallarni ichki va tashqi qismlarni, burchak kichik o’lchamlarini olishdagi
mexanik o’lchov vositalari tarkibiga kiradi.
Fizik parametr-qon bosimi — juda ko‘p kasalliklar diagnostikasida katta rol o‘yn
Arteriyalarning birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manometrga
ulangan igna yordamida o‘lchanishi mumkin. Lekin tibbiyotda N.S.Korotkov taklif
etgan qonsiz usuldan keng miqyosda foydalaniladi.
Yelka bilan tirsak orasiga manjeta o‘raladi. Qo‘lga o‘ralgan manjetaning, qo‘lning bir qismi ,
yelka suyagi va yelka arteriyasining kesimlari shlang orqali manjetaga havo yuborilganda
manjeta qo‘lni siqadi. So‘ngra shu shlang orqali havo sekin-asta chiqarila boshlaydi va
manometr yordamida manjetadagi bosim o‘lchanadi. Shu qismlarning o‘zidagi pozitsiyada
har bir holatga mos keluvchi yelka arteriyasining bo‘ylama kesimlari ko‘rsatilgan. Boshida
atmosfera bosimiga nisbatan manjetadagi havoning bosimi nolga teng, manjeta qo‘lni va
arteriyani saqlaydi. Manjetaga ma’lum bir o‘lchovda havo damlangani sari manjeta yelka
arteriyasini siqa boshlaydi va qonning oqishi to‘xtaydi. Agar muskullar bo’shashtirilgan bo’lsa,
elastic devorlardan iborat bo’lgan manjeta ichidagi bosim taxminan manjetaga tegib yumshoq
to’qimalardagi bosimga teng bo‘ladi. Bosimni qonsiz usulda o‘lchashning asosiy fizik
g‘oyasi mana shundan iboratdir.
Havoni asta-sekin chiqarib, manjetadagi va unga tegib turgan yumshoq to‘qimalardagi
bosim kamaytirib boriladi. Qachonki bosim sistolik bosimga teng bo‘lsa, qon qattiq siqilgan
arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bunda turbulent oqim yuzaga keladi .
Vrach bosimni o‘lchashda fonedoskopni arteriya ustiga manjetadan chetroqqa (ya’ni yurakdan
ancha uzoqroq joyga) qo‘yib, turbulent oqimga taalluqli bo‘lgan va u bilan birgalikda
yuzaga kelgan ton va shovqinlarni eshitib ko‘radi. Manjetadagi bosimni kamaytira
borib, laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko‘rilayotgan tonlarning birdaniga
pasayib ketishidan bilish mumkin. Arteriyada laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi
manjetadagi bosim diastolik bosim kabi qayd etiladi.
Tanometr -qon bosimini o’lchash uchun maxsus o’lchash vositasi. Ko’rsatkichlar darhol
ko’rsatiladi va qon bosimi va yurak urish tezligi haqida to’liq ma’lumot beradi. Tanometr
manjeti, manjetaga havo yetkazib berish uchun qurilma va manjetadagi havo bosimini
o’lchaydigan manometrdan, fonedoskopdan iborat.
Tanometrda qon bosimini o’lchashda manjeta tirsak burmasidan ikki barmoq yuqoriga
joylashtiriladi. Qattiq siqib joylashtirilmaydi manjeta orasiga ikkita barmoq kirishi kerak.
Fonedoskop tirsak chuqurligiga qo’yiladi. Manjeta va monometr yurak bilan barobar holatda
bo’lishi kerak. Bosim berishdan oldin manjetani havosi to’liq chiqariladi, monometr nolga
to’g’rilanadi. Fonedoskopda tovush eshitilmay qolganda 30 mm ko’rsatkich bo’lgancha bosim
beriladi. Bir sekundda ikki ko’rsatkich pasayadigan tezlikda burab havosi chiqariladi. Birinchi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
eshitila boshlagan tovush sistolik bosim, oxirgi eshitilgan tovush diastolik bosim deyiladi.
Tanometr o’lchov qurimasida fizik o’lchov vositasi manometrdan foydalaniladi.
Shifokorlar, ayniqsa, 40 yoshdan keyin qon bosimini nazorat qilishni qat'iy tavsiya qiladilar.
Muntazam ravishda me'yordan oshib ketish inson salomatligiga zararli va kasalliklarning
mavjudligini ko'rsatadi. Gipertoniya dunyodagi keng tarqalgan kasallik bo'lib, doimiy nazoratni
talab qiladi. Ma'lumki, qon bosimi me'yoridan har qanday og'ishlar noxush alomatlar ko'rinishida
namoyon bo'ladi: bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, zaiflik va boshqalar. Bugungi kunda deyarli har
bir uyda tonometrni topish mumkinligi ajablanarli emas.
Tanometr bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan. Ba'zi modellar bir vaqtning o'zida pulsni va
mumkin bo'lgan og'ishlarni (masalan, aritmiya) qayd qiladi. Qurilmalar bir-biridan funksionallik,
materiallar, operatsion xususiyatlar, tashqi xususiyatlar va o'lchamlarda farqlanadi.
Qurilmalarning ikkita asosiy toifasi mavjud: mexanika va avtomatik (elektronika). Elektron
qurilmalar yarim avtomatik va to'liq avtomatik bo'lishi mumkin. Ikkinchisi ikkita versiyada
sotiladi: elka va bilak Har bir model o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Mexanik
qurilmalar eng aniq hisoblanadi, elektronlar qulay va funksionaldir.
Mexanik tonometr
da havo rezina lampochka yordamida qo'lda pompalanadi va chiqariladi va
foydalanuvchi yuqori va pastki bosimni (sistolik va diastolik) mustaqil ravishda fonendoskop
bilan tinglash va hisoblash orqali hisoblab chiqadi. Bunday tonometr yordamida faqat shifokor
qon bosimini yuqori aniqlik bilan o'lchashi mumkin. Mexanik tonometrdan foydalanish maxsus
ko'nikmalarni talab qiladi. Ha, bu modellar ishonchli, ularning o'lchash mexanizmi juda oddiy,
ammo natijani aniq aniqlash qiyin, ayniqsa keksa odam uchun. Bundan tashqari, manjetga havo
quyish orqali odam natijani buzadigan kuchni qo'llaydi. Shuning uchun uyda qon bosimini
o'lchash uchun mexanik tonometrlarni sotib olish tavsiya etilmaydi.
Yarim avtomatik
qurilmalarda siz hali ham manjetni havo bilan qo'lda pompalashingiz kerak,
ammo natijalarni o'qishga hojat yo'q - o'lchovlar avtomatik ravishda olinadi. Agar siz boshqa
odamning bosimini o'lchamoqchi bo'lsangiz yoki kimdir uni o'lchashga yordam beradigan bo'lsa,
bunday qurilmani sotib olishingiz mumkin. Ushbu qurilmalarda qo'lda havo in'ektsiyasi natijani
mexanik qurilmalarda bo'lgani kabi buzadi.
To'liq avtomatik qurilmalar
butun o'lchov jarayonini nazorat qiladi - foydalanuvchi faqat
manjetni to'g'ri qo'llashi va boshlash tugmasini bosishi kerak. Bunday tonometrlar eng qulay
hisoblanadi va o'lchovlar paytida odamning to'liq harakatsiz qolishiga imkon beradi, bu esa aniq
natijalarni kafolatlaydi. Manjetning qaerga o'rnatilishiga qarab, tonometrlar elka va bilak
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
turlariga bo'linadi. Bilak tonometrlari yanada ixcham va tashish mumkin, ammo elka
tonometrlari aniqroq va istisnosiz hamma uchun mos keladi.
Yelka, bilak va barmoq uchun tonometrlar mavjud. Avtomatik elka tonometrlari eng ishonchli va
aniq hisoblanadi. Bilak va barmoq tonometrlari yoshlar uchun ko'proq mos keladi. Shunisi
e'tiborga loyiqki, ular bosimni engil xato bilan ko'rsatishadi. Bunday tonometrlar keksa odamlar
uchun mos emas, chunki yosh o’tishi bilan kichik arteriyalarning elastikligi yo'qoladi.
Jismlarning chiziqli o’lchamlarini o’lchash uchun
odatda
biz
chiziqli
o’lchov
asboblar
shtangеntsirkul, mikromеtrdan va analitik
tarozidan
foydalanamiz.
Bu
o’lchov
asboblarining asosiy qismi ulardagi ma'lum
masshtabda darajalangan shkala va noniuslar
hisoblanadi. Har doim ham jismning chiziqli
o’lchamlarini aniq o’lchab bo’lmaydi. Shuning
uchun jismning o’lchab bo’lmaydigan chiziqli
qismini aniq o’lchashga
imkon bеradigan
moslama noniusdan foydalaniladi. Nonius dеb,
asosiy shkalaning o’lchash aniqligini oshirishga
imkon bеradigan, asbobning qo’zgaluvchan qismiga o’rnatilgan va asosiy shkala bo’ylab
harakatlanadigan shkalali moslamaga aytiladi.
Chiziqli noniusli o’lchov asboblaridan biri hisoblangan shtangеntsirkul yordamchi asbob
bo'lib, stomatologiya va tish protezlarida turli xil ob'ektlar, masalan, tishlar, tojlar, ko'priklar,
mum modellari va boshqa tuzilmalar qalinligi, diametri va chuqurligini aniqlash uchun ishlatiladi
(1-rasm).
Stomatologiyada foydalaniladigan shtangensirkul turlari
Shtangensirkul to'g'ridan to'g'ri va bilvosita
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
restavratsiya qilishda tishlarning nisbatlarini o'lchash uchun ishlatiladi. Ildiz kanalidagi har
qanday pinlarni (metall, shisha tolali) moslashtirish va keyingi protezlash uchun turli
materiallardan dumlar yasash uchun juda foydali vosita. Shtangensirkuldan foydalanish
konstruksiyalarning parametrlarini kuzatish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va ish
sifatini yaxshilaydi. Shtangensirkul qoʻzgʻalmas jagʻ, harakatlanuvchi jagʻ, bosh shkalasi boʻlgan
oʻlchagich va noniusdan iborat. O'lchov jag'lar orasiga ob'ektni siqish orqali amalga oshiriladi,
natija millimetr shkalasida ko'rsatiladi. Shtangensirkul sterilizatsiyani talab qilmaydi, chunki u
bemorning biologik to'qimalari bilan aloqa qilmaydi va faqat o'lchovlar uchun ishlatiladi.
Dezinfektsiyalash uchun shtangensirkulni yuzalar va tibbiy asboblar uchun maxsus
dezinfektsiyalash vositalari bilan artib olish mumkin.
Shtangensirkul ikki martalik teri burmasining qalinligi va teri osti yog'ini eng
yaqin millimetrgacha o'lchash uchun ishlatiladi. Tibbiyota shtangensirkul teri
osti yog’- klechatkasining qalinligini o’lchaydi va santimetrlarda ifodalanadi.
Shtangеntsirkul
25-30
sm
uzunlikdagi
jismlarning uzunligini 0,1 dan 0,05 mm gacha
aniqlikda
o’lchaydi.
Shtangеntsirkul
qo’zgalmas millimеtrli pulat linеyka
va chizg’ich bo’ylab
qo’zg’aluvchi noniusdan iboratdir. Asbobda barmoqlar bir-biriga
tеkkanda, chizgich va noniusning nollari mos kеlishi kеrak.
Jismning uzunligini o’lchash uchun u barmoqlar orasiga qo’yilib
qattiq siqmasdan muruvvat yordamida mahkamlanadi. So’ngra esa
chizgich va noniusdan olingan qiymatlar yordamida jism uzunligi
topiladi va quyidagi formulada ifodalanadi:
мм
n
k
L
+
=
10
, k-
masshtabli chizgich bo’linmalarining mm dagi butun soni, n- noniusning masshtabli
chizgichidagi bo’linmalar soni.
Xulosa.
Hozirgi zamonaviy tibbiyotning yutuqlari ko‘p jihatdan fizika, tеxnika va yangi
tеxnologiyalardagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Inson organizmidagi barcha kasalliklarning
tabiati, kеlib chiqish sabablari va davolanish mеxanizmlari asosan biofizikaviy tushunchalar
asosida tushuntiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan ma`lumotlarga ilmiy asoslangan va zamonaviy
tibbiyotning kеskin rivojlanishiga tayangan holda oliy talim tizimining islohoti, fan ta`lim-ishlab
chiqarish sifatini jahon standartlari talabi asosida yaxshilash, xususan tibbiyot institutlarida
o‘quv jarayonini tubdan o‘zgartirishga, tayyorlanayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlarini,
kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Тibbiyot instituti
talabalari inson organizmini tibbiy tеxnika jihozlari: asbob-uskunalar, pribor va apparatlar
yordamida a`zo va turli sistеmalarining tashxis usullarini amalga oshirishga, davolashga va
olingan tibbiy ma’lumotlarni klinik nuqtayi nazardan to‘g‘ri va ilmiy asoslangan holda talqin
qilishga tayyor bo‘lishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdixalikov S.P., Kamolova Y.M. “Tibbiyot qurilmalari, uskunalari, tizimlari va
komplekslari” fаnidаn amaliyot ishlаri uchun uslubiy ko‘rsаtmаlar –Toshkent: ToshDTU,
2021. 108 b.
2. Tuxtaxodjayeva F., Azimov A., Orifqulova M. Rivojlanib borayotgan tibbiyot asbob
uskunalari.
(2024).
Innovations
in
Science
and
Technologies
,
1
(3),
108-
113.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Jonson, T. Va Oq, E. (Yil). "Tibbiy asboblarni ishlab chiqishda normativ
mulohazalar."Normativ Ishlar Markazida, 14(2), 34-41
4. Smit, J. Va Jons, A. (Yil). "Tibbiy apparatni rivojlantirishdagi yutuqlar."Biotibbiyot
muhandisligi jurnali, 10(3), 123-135.
5. Dev, L., Zhang, Q., & Chen, X. (Yil). "Bemorlarni masofadan nazorat qilish uchun ko‘chma
tibbiy asbobni loyihalash va ishlab chiqish."Biotibbiyotshunolik muhandislik bo‘yicha IEEE
operatsiyalari, 65(8), 1789-1796.
