JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Berdiyeva Zulayxo Ochilovna
Qarshi davlat universiteti 1-bosqich doktaranti
zulayxoberdiyeva1996@gmail.com
+998770484747
ORCID: 0009-0003-0916-7886
UDK: 894. 375-32 (045)
HIKOYA JANRINING TARAQQIYOTIDA IJODKOR USLUBINING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hikoya janrining taraqqiyotida ijodkor uslubining ahamiyati,
uslub atamasining tub istilohiy mazmun-mohiyati, yangi o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan
yozuvchilaridan biri bo’lmish Sobir O’nar hikoyalarida ijodkor uslubining namoyon bo’lishi,
kabi masalalar har taraflama, badiiy-tadrijiy jihatdan o’rganilgan. Hikoya janrining mavzu
mohiyati va hikoyachilikda uslub individualligi tushunchasi qariyb yuz yildan ortiq vaqt
davomida insonning o’zini anglashini yoritib berish hamda ijtimoiy turmush manzaralarini aks
ettirishga bag’ishlab yashamoqda. Hikoya janrining shakllanishi, taraqqiyoti, ko’plab yozuvchi
hamda adiblarimizning adabiy-ijodiy tajribalari to’planib, bugungi qiyofasiga ega bo’ldi. Bundan
tashqari uslubiy individuallik va ijodkor uslubi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalar Mixail batafsil
yoritib beriladi. Sobir O’nar hikoyalarida uslubning namoyon bo’lishi kabi tushunchalar haqida
so’z boradi.
Kalit so’zlar:
hikoya, zamonaviy hikoyachilik, uslub, badiiy uslub, badiiy psixologizm, ijodkor
labaratoriyasi, ijodkor uslubi.
Аннотация.
В данной статье со всех сторон, художественно и поступательно изучаются
значение стиля автора в развитии жанра рассказа, основное значение термина стиль,
проявление стиля автора в рассказах Сабира Онара, одного из видных писателей новой
узбекской
литературы.
Сущность
предметного
жанра
рассказа
и
понятие
индивидуальности стиля в повествовании живут уже более ста лет, посвященных
освещению самосознания человека и отражению сцен общественной жизни. Становление
и развитие жанра рассказа, литературно-творческий опыт многих писателей и наших
писателей были собраны и приобрели свой нынешний вид. Кроме того, подробно
объяснены научно-теоретические выводы о стилистической индивидуальности и
творческом стиле Михаила. В рассказах Сабира О'нара говорится о таком понятии, как
проявление стиля.
Ключевые слова:
рассказ, современное повествование, стиль, художественный стиль,
художественная психология, творческая лаборатория, авторский стиль.
Annotation.
In this article, the importance of the creator's style in the development of the story
genre, the basic term meaning of the term style, the manifestation of the creator's style in the
stories of Sabir Onar, one of the prominent writers of the new Uzbek literature, are studied from
all sides, artistically and progressively. The essence of the subject matter of the story genre and
the concept of individuality of style in storytelling have been living for more than a hundred
years, devoted to illuminating the self-awareness of a person and reflecting the scenes of social
life. The formation and development of the story genre, the literary-creative experiences of many
writers and writers of ours have been collected, and it has acquired its present appearance. In
addition, scientific-theoretical conclusions about stylistic individuality and creative style of
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Mikhail are explained in detail. Sabir O'nar's stories talk about such concepts as the
manifestation of style.
Key words:
story, modern storytelling, style, artistic style, artistic psychology, creator's
laboratory, creator's style.
Kirish: Adabiyotning har bir janri o‘ziga xos tarzda taraqqiy etadi. Hikoya janri esa o‘zining
ixchamligi, hayotiy lavhalarni teran ma’no bilan ifodalashi va xarakter yaratishdagi mahorati
bilan ajralib turadi. Bunda, albatta, ijodkorning uslubi hal qiluvchi o‘ringa ega. Jahon
adabiyotshunosligi tarixida J.London, S.Sveyg, H.Hesse, O.Genri, Mopassan singari adiblarimiz
ham ilmiy-badiiy jihatdan mag’zi bo’liq, teran hikoyalar muallifi sifatida e’tirofga loyiqdirlar.
Bu ijodkorlar bilan bir qatorda L.N.Tolstoy, U.Folkner, M.Sholoxov kabi bu janrga kamroq
murojaat qilgan, ammo bir-ikki hikoyasi misolida be’takror san’at na’munasini me’ros qoldirgan
yozuvchilar ham uchraydi. Tolstoyning ,,Avliyo Sergey”, Folknerning ,,Qora musuqa”,
Sholoxovning ,,Xol” hikoyalari mana shunday noyob badiiy kashfiyotlar hisoblanadi [1. 5].
Uslub ijodkorning dunyoqarashi, tasvir vositalaridan foydalanish mahorati va badiiy niyatini
ochib berish qurolidir. Mazkur maqolada Sobir O‘narning hikoyalarini tahlil qilish orqali ijodkor
uslubining hikoya janri taraqqiyotidagi o‘rnini yoritamiz.
Ijodkor uslubi va uning hikoya janriga ta’siri: Ijodkor uslubi deganda, avvalo, uning yozish
manerasi, voqealarga yondashuvi, til va tasvir vositalaridan foydalanish usullari tushuniladi.
Hikoyaning ommalashuvi va o‘quvchiga ta’sirchan bo‘lishi bevosita uslub bilan bog‘liq. Sobir
O‘nar o‘z hikoyalarida realistik tasvirlar, ramziy ma’nolar va teran ruhiy tahlili orqali o‘z
uslubini shakllantirgan.
Sobir O‘nar uslubining xususiyatlari va psixologizm va xarakterlar ichki dunyosini ochish
uning hikoyalarida qahramonlarning ruhiy holati, ichki kechinmalari chuqur yoritiladi.
Metaforalar va ramzlar: Sobir O‘nar o‘z hikoyalarida bevosita tasvirlashdan ko‘ra, ramziy
ifodalarga murojaat qiladi, bu esa o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytiradi.
Reallik va badiiy to‘qimalarning uyg‘unligi: Muallif real hayotiy voqealarga asoslangan holda
badiiy to‘qimalar bilan ularni boyitadi.
Dialoglar vositasida xarakter ochish: Sobir O‘nar dialoglarga katta ahamiyat beradi, bu orqali
xarakterlarni yanada jonliroq tasvirlaydi. Quyida Sobir O‘nar hikoyalarining tahlili orqali
yozuvchi uslubi keng ko’lamda tahlil qilinadi. Sobir O‘nar ijodida hayotiy haqiqat va badiiy
to‘qimaning o‘ziga xos sintezi ko‘zga tashlanadi. Uning ,,Tarvuz” va "Alag’dalik" hikoyalari
misolida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
"Tarvuz" hikoyasida bosh qahramonning ichki kechinmalari asosiy o‘ringa chiqadi. Tasviriy
vositalar orqali qahramonning hayotga bo‘lgan qarashlari ochib beriladi. Ushbu hikoyada muallif
ramzlar orqali ijtimoiy muammolarni ko‘rsatadi, bu esa o‘quvchida fikrlash jarayonini
kuchaytiradi. Ijodkor uslubi o‘quvchiga voqeani emas, balki voqeaning ichki mohiyatini
tushuntirishga xizmat qiladi. Sobir O‘nar ijodida ko‘ringan uslubiy yondashuvlar nafaqat
muallifning o‘ziga xosligini belgilaydi, balki hikoya janrining rivojlanishiga ham katta hissa
qo‘shadi.
Hikoya kompozitsiyasining yangiligi: An’anaviy boshlanish-voqealar rivoji-nihoya sxemasi
buzilib, hikoyalar ochiq nihoya, falsafiy yakunlar bilan tugallanadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qahramonning murakkablashuvi: Stereotip qahramonlar o‘rnini murakkab ichki dunyoga ega
shaxslar egallaydi.
Hikoyada lirik va dramatik ohang uyg‘unligi: Sobir O‘nar hikoyalarida lirik ruhiyat bilan
dramatizm uyg‘unlashadi, bu esa hikoya janrining ko‘lamini kengaytiradi.
Xulosa: Ijodkor uslubi hikoya janrining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Sobir O‘nar
misolida biz hikoyada uslubning nafaqat badiiy ta’sirchanlikni oshirish, balki janrning o‘zini
boyitish, yangi ko‘rinishlar bilan to‘ldirishga xizmat qilishini ko‘rdik. Muallifning psixologik
tahlilga asoslangan uslubi va ramzlar orqali fikr bildirish yondashuvi hikoyaning badiiy va
falsafiy ko‘lamini kengaytiradi. Bu esa adabiyotimizda hikoya janrining yangicha qirralarini
ochishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
Ko’zgu siniqlari yoxud aytilmagan so’z qudrati. Uzoq Jo’raqulov. ,,Yoshlik” 2013, 5-son.
2.
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., “Ma’naviyat”, 2000. -112 bet.
3.
Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari. Adabiy-tanqidiy maqola va risolalar. –T.,
“Akademnashr”, 2013. -336 bet.
4.
Saydulla Mirzayev XX asr o’zbek adabiyoti,-T: ,,Yangi asr avlodi”, 2005.b 222.
5.
Nasirov Azimiddin. Hozirgi adabiy jarayon.Samarqand-2021.
6.
X.Do’stmuhammad Milliy hikoya: izlanish, yutuqlar, istaklar. Ozod Vatan Saodati. Besh
jild.T.:ADIB,j5 2013.-bet 245.
7.
Kenjayeva
P.Hozirgi
o'zbek
hikoyalarida
qahramon
ruhiyatini
tasvirlash
tamoyillari:Filol.fan.nom.diss.Toshkent:2008.
8.
Sobir O’nar ,, Chambilbelning oydalasi” T. 2024-yil. Qissa va hikoyalar to’plami.
9.
Sobir O’nar ,,Alag’dalik” hikoyasi. T. 2024-yil bet. 8
10.
https://Ziyo.uz.com
11.
https://kh-davron.uz
12.
https://kutubxona.uz
