JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Eshpulatova Shoxista Akbar qizi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti.
Tarix kafedrasi o’qituvchisi
O’SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING KELIB CHIQISHI SABABLARI
Annotatsiya:
O`smirlik davri o`ziga xos murakkab davr bo`lib, aksar bu yosh vakillarida
agressiv xulq-atvor kuzatilishi tabiiy holatga aylangan. Maqolada o‘smirlik davrida agressiv xulq
ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
agressiya, frustratsiya, ijtimoiy vaziyat, destruktiv motiv- lashtirish, oila,
emotsional tanglik, «agressor», «qurbon».
Abstract:
Adolescence is a complex period of its own, and aggressive behavior has become a
natural condition in most of the representatives of this age group. The article describes the
classification of aggressive behavior in adolescence and the possibilities of correction.
Key words:
aggression, frustration, social situation, destructive motivation, family, emotional
tension, "aggressor", "victim".
KIRISH
O’smirlik davri inson hayotining murakkab va o’ziga xos bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda
jismoniy, psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. O’smirlarning xulq-atvori beqaror
bo‘lib, agressivlik kabi salbiy xatti-harakatlarning kuchayishi kuzatilishi mumkin.
O‘smir yoshidagi o‘quvchilar tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish global muammolardan
biriga aylanib qoldi. Bugungi kunda zamonaviy yoshlar insoniyat tarixida eng bilimli, shijoatkor
hamda milliy taraqqiyotning muhim resursi ekani tan olinsa-da, ammo dunyo miqyosida yoshlar
tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar bir necha o‘n yillardan beri to‘planib borayotgani bois,
mazkur muammolarni hal qilishning imkoniyati bo‘lmay qolmoqda. Yoshlarning bilim olishga,
hunar egallashga qiziqishi qolmayotgan bir paytda, ularning axloqsiz bo‘lib ketayotganidan bong
uriladi. Ko‘pgina o‘smirlar hayotda o‘zining aniq maqsadi va maslagiga, prinsipi va e’tiqodiga
ega emas. Ular o‘z kuch-g‘ayrati, shijoati va bebaho vaqtini behuda ishlarga sarflayotgani,
yengil hayot kechirishga, “hayotdan lazzatlanib yashashga” odatlanayotgani, o‘zini va o‘z his-
tuyg‘ularini nazorat qila olmasligi oqibatida tobora axloqsiz bo‘lib borayotgani xavotirlarga
sabab bo‘lmoqda. Insoniyatning kelajagi haqida qayg‘uda bo‘lgan dunyo hamjamiyati bu
tajovuzdan bezovta, albatta.
Psixologiya fani "Insonga uning ichki dunyosi qaysi qonunlar asosida buysunadi?"... kabi
muammolar yechimini qidirishga harakat qiladi, yaqqol inson fazilati, o’ziga xoslik tabiati
yuzasidan bahs yuritadi. Hozirga qadar psixologiya fanida o‘smir xulq-atvori va temperament
xususiyatlarini muvozanatlashtirishning xos bo’lgan tabiati o‘rganilgan deb bo’lmaydi. Shu bois
tarbiya orqali o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning qaysi sifatlarini yuqori darajagacha rivojlantirish
mumkinligi, o‘smirning bolalik chog‘idanoq kuchli potensial imkoniyatlarini aniqlash
muammolari o‘z yechimini topgan emas. Shu vaqtga qadar o‘smir yoshidagi o‘quvchilarni xulq-
atvori va temperamentiga muvozanatlashtirish va korreksiyalashning aspektlari maxsus
psixologik tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmagan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ma’lumki, o‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan xulq atvorida ham burilishlar
seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida,
kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo
bo‘ladi, bular avvalo, oila a’zolari bilan munosabatlar hamda ta’lim jarayonida ro‘y beradi.
Oilada ota-onaning o‘smirga qo‘yadigan talablari, unga bildirilayotgan munosabat, maktabda esa
yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay
qo‘yadi. O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri
o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi.
Agressiya va agressiya muammosi uzoq vaqt davomida ijtimoiy psixologiyaning asosiy
masalalaridan biri bo'lgan. O'tgan asrning o'rtalaridan boshlab o'smirlardagi tajovuzkor xatti-
harakatlarning faol tadqiqotlari o'tkazildi. Ayniqsa, bu muammo hozir juda muhim. O'smirlar
o'rtasida tajovuzkor tendentsiyalari o'sish so'nggi yillarda yoshlar jinoyatchilik, ayniqsa o'smir
jinoyatlari oshdi. O’smirlarda agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi juda dolzarb masala
hisoblanadi. Inson agressiyasi ko’rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib, mazkur
xulq-atvorni o’rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan
chegaralanish juda foydali ekanligi bilan ayon bo’ldi. Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta
shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin. jismoniy, verbal, aktiv-passiv va to’g’ri-egri
o’smirlarda agressiyaning kelib chiqishi, oilalarda o’z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan
bebahra o’sayotgan va adolatsizlikka uchrash natijasida turli xil jinoyatlarga qo’l urish kabi
illatlarning namoyon bo’lishi. Ba’zi oilalarda esa ota-ona va farzand o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir. Aksariyat ota-onalar o’z
farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g’amxorlik, mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi hislatlar bilan
yondashish o’rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan tasir o’tkazadilar. O’z
navbatida bu kabi xatti-harakatlar o’smirlarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin
bo’ladi. Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi. nizo chiqarish, bosim
o’tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki jismoniy kuchni
qo’llash bo’lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar yetkazish maqsadiga
befarqlik, o’ziga ziyon yetkazish va o’z joniga qasd qilish kabilarda namoyon bo’ladi. Agressiya
boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib
qo’ygan fe’l-atvorning har qanday shakli degan ta’rif qabul qilingan. U agressiyaga emotsiya,
motiv yoki ko’rsatma sifatida emas, balki fe’l-atvor modeli sifatida qarashni taqozo etadi. Bu
muhim fikr ko’plab chalkashliklarni tug’diradi. «Agressiya» atamasi kop hollarda g’azab kabi
salbiy his-tuyg’ular, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar, hatto irqiy va etnik xurufot
bilan assotsiatsiyalanadi. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon xulqning
shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo’lishi ko’pincha ijtimoiy muhit bilan bog’liq holda yuz
beradi. Shaxsning oziga qaratilgan tajavuzkorlik, «autoagressiya» (bunday holat
shaxsdagipatalogik o’zgarishlarning ko’rsatgichi bo’lib xizmat qiladi)deb ataladi. O’z joniga
qasd qilish, o’ziga tan jarohati yetkazish autoagressiyaning ko’rinishidir. G’arbdagi ayrim
mafkuraviy mazrkazlar jahondagi yosh rivojlanish yo’liga kirgan mamlakatlarga information
ussullarda tazyiq o’tkazish orqali o’zining agressiv xulqini namoyon etmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O’smirlarga individual yondoshishining eng murakkab sharti, ularning psixologik xususiyatlarini
mukammal bilishdir. Aks xolla, individual yondoshish haqidagi xar qanday gap quruq safsata
bo’lib qoladi. Shaxsni chuqur va xar tomonlama bilish uni alohida ajratilgan individ sifatida
emas, balki jamoa bilan aloqada bilish demakdir. O’smirni o’rganishning quyida gap boradigan
barcha tamoyillari ajralmas va o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir. Ular quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan- o’smirning individual xususiyatlari ko’p sonli va xilma-xil bog’lanish va
munosabatlar sistemasida bog’liqdir. Bu o’smirning biror-bir xususiyati yoki xarakter xususiyati
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
xam o’z-o’zidan namoyon bo’la olmaydi va qayd etilmaydi. Masalan, o’smirga o’tkir va
sinchkov aqlni payqaymiz. Lekin agar biz uning aqli (bilimiga qaratilganligi, qizikishi) nimaga
yo’naltirilganligini, uning sinchkovligi kasbini egallashda namoyon bo’lish-bo’lmasligini, uning
o’quvchilar bilan o’zaro munosabatiga ta’sir etish-etmasligini va xokazolarni biz bilib olmasak.
bu xususiyatning axamiyati qolmaydi. Yoki, o’smirni irodasiz deb xisoblaydilar. Biroq umuman
ruxi sog’lom kishi irodasiz bo’lmaydi. Demak, u qandaydir muayyan vaziyatda, faoliyatning
turlarida, muayyan kishilar bilan muomalada irodasiz bo’ladi. Qachon, qayerda, qanday kishilar
bilan?
Ikkinchidan: - obyektivlik. Inson haqida, hatto o’ta tajribali mutaxassis bo’lmasin, qandaydir bir
kishining fikriga karab xulosa chiqarib bo’lmaydi. Axir har qanday sharoitda ham uning fikri
shaxsiy, kolaversa, xato xam bo’lib, chiqishi mumkin. Pedagogik psixologik tajribali pedagog
talaygina shunday xollarnigina biladi. Kishini to’g’ri tushunish uchun u xaqdagi fikrlarni lekin
uni yaxshi biluvchi kishilarning fikrlarini qiyoslab ko’rish kerak. Bu ishini o’smir xaqidagi
fikrlari anchagina asosli bo’lgan kishilar - uning ota-onalari, o’qituvchilari, do’stlari kilishi lozim.
Biroq o’smirni o’rganishning obyektivligi u xaqdagi fikrlarni qiyoslash bilan cheklanmaydi. Uni
xulq-atvor va faoliyatning turli xil sharoitda bilish va tushunish muhimdir. O’smirning turli
kishilarga bo’lgan munosabatiga berilgan baho o’ta axamiyatli ekaligini ko’shib qo’yamiz, xolos.
Bu munosabat bir xilmi, barqarormi yoki tanlab kilinadimi? Masalan, u xammaga xam xurmat
bilan munosabatda bo’ladimi yoki fakat o’zi bog’liq bo’lgan kishilargaginami? Hammaga va xar
qanday sharoitda dadilmi yoki kuchliroq kishi qo’llab-quvvatlagan sharoitdagina dadilmi? Kishi
xaqida uning mexnat mahsuliga karab ko’prok narsani bilib olish mumkin. O’smir uchun mehnat
mahsuli bu umumiy ta’lim va nazariy predmetlardan yozma ishlar, chizmalar, rasmlar, ishlab
chiqarish praktikasi maxsuli, ko’lda yasalgan turli narsa va boshqalardir. Nihoyat, o’smirning
so’zi bilan hatti-xarakatini solishtirib ko’rish juda muxim xisoblanadi. Odatda prinsipli, saranjom,
irodali, muayyan maqsadni ko’zlagan, shakllangan xarakterli kishining so’zi bilan ishi bir bo’ladi.
Bordi-yu kishining so’zi boshqa-yu, ishi boshqa bo’lsa, uning sababini: yuz bergan sharoit
tufaylimi, kishining tartibsizligidanmi, turmush tajribasi yo’qligidanmi, irodasizligidanmi yoki
boshqa sabab bilan bog’liqligini aniqlash kerak.
Uchinchidan - Inson umr bo’yi o’zgarib boradi. Yosh ulg’ayadi. Yosh ulg’aygan sari o’zgarish,
asosan, sustlashadi, kamroq seziladi, albatta jismoniy, ba’zi xollarda esa ruhiy xolatdagi
o’zgarish juda jadallik bilan ro’y beradi. Ochilgan yangi ijobiy potensialdan foydalanish va
muqarrarlashib borayotgan kamchilikka nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish uchun bu o’zgarishni
ko’ra bilish o’ta muhimdir. O’smir haqida yagona va bir umrga qayd etilgan fikr bo’lmasligi
lozim. Afsuski, ba’zan amalda aynan tarbiyasi qiyin o’smirlarga nisbatan shunday holga duch
kelamiz.
To’rtinchidan. pedagog o’smirning muxim asosiy sifatlariga ko’ra bilish, ularni tasodifiy,
ikkinchi darajali, barxam topayotgan sifatlardan ajrata bilishi, ukuvchi shaxsidagi
karamaqarshiliklarni seza bilishi xamda ularni hal kilishning pedagogik maqsadga muvofik
yo’llarini dasturlashtirishi lozim. Eng muxim sifatlarning rolini oshirishga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ancha sezilib turgan narsa emas, balki o’smirning kelgusida o’sishi va tarbiyasida axamiyatli,
istiqbolli bo’lgan narsa muximdir. Pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan o’smirlar
orasida o’zining tor muhiti: oiladagi axloqsizlik muxiti boshka eng yaqin tevarak-
atrofdagilarning salbiy ta’siriga berilgan yoki ta’sirini xali xam boshdan kechirayotganlar oz
emas. Tabiiyki, bunday o’smirni kuzatib borishni boshlagan ishining eng avvalo, uning
kamchiliklari ko’rinadi. Ularni, albatta ko’rish va bilish kerak. Biroq shaxsning ijobiy, istiqbolli
jihatlariga ko’ra bilishning ahamiyati xam kam emas. chunki uni qayta tarbiyalashga oid barcha,
ishni mana shu jihatlariga tayanib ko’rish zarur.
Beshinchidan o’smirlarni o’rganish doirasidan chiqib, xam o’smirni urganish, xam unga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tarbiyaviy nuqtai nazardan yondoshish prinsipitamoyili xisoblanadi. Bu pedagogik optimizm
prinsipi-tamoyili bo’lib, umuman, tarbiyada juda muxim, qayta tarbiyalashda esa ikki hissa
axamiyatlidir.
Oltinchidan o’smir psixologiyasini chuqur bilish va uni to’g’ri tushuna bilishdan iborat. Hech
qanday ijtimoiy faoliyatda odamzodning o’z-o’ziga ishonchi tarbiya ishidagidek namoyon
bo’lmaydi. Hayot tajribasi, pedagogik praktika va o’smirlar bilan muomala ularni tushunishda
juda katta yordam beradi. Lekin bu psixologiya va pedagogikani chuqur o’rganish zaruriyatini
sira inkor etmaydi. Ilmiy texnika revolyusiyasi asrida odamlar bilan ishlashda faqat sog’lom fikr
va intuisiyaga (yaxshi) tayanib qo’ya qolish mumkin emas.
Yettinchidan maqsad ko’zlaganlikdir. O’smirni o’rganish umumiy tarzda uch vazifani hal etishni
ko’zda tutadi: o’smirni o’qitish va tarbiyalash uchun uning eng qulay xususiyati va
imkoniyatlarini aniklash, uni o’qitish va tarbiyalashda foydalanadigan vositalarning
samaradorligini baholash. O’smirlar bilan olib boriladigan ishning barcha bosqichlarida bu
vazifalar pedagog uchun har xil ahamiyat kasb etadi. Ishning birinchi bosqichi (asosan, birinchi
o’kuv yilining birinchi yarmi)da o’kituvchilar o’smirlar hakida dastlabki umumiy tasavvur xosil
kilib olishlari lozim. Buning uchun ular o’smirlarning shaxsiy delosi, uning oilaviy turmush
sharoiti va tarbiyasi bilan tanishadilar, u bilan xamda ota-onasi bilan suxbatlashadilar, uning
hatti-harakatini (xulq-atvorini) kuzatadilar. O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida
namoyon bo’lgan sharoitlarda ular «O’smirlar kompleks»i va umr bilan bog’lik bo’lgan xulq-
atvor buzilishi zsa "pebertash krizis" degan nom oldi. Ushbu davrning umumiy xususiyatlari
sifatida jilovlanishi qiyin bo’lgan kuvnoklikdan xafalikka va boshka turli sifatlarni dambadam
o’zgarib turishini ko’rsatib o’tish joiz. Shu nuqtai nazardan o’smirlik shaxs xarakterining bazasi
sifatida tashvishli davr hisoblandi. Shaxsning intellektualligi, qobiliyati, qizikishlari,
dunyoqarashi va boshqa komponentlari jismoniy barkamollikka yetishganidan keyin ham davom
etaveradi. Xarakter asosan aynan o’smirlik davrida shakllanib, keyinchalik favquloddagi ta’sirlar
yordamida ayrim o’zgarishlarga ega bulish mumkin. O’smirlik davriga xos bo’lgan muayyan
ya’ni, o’smir xulq-atvorining, muhitning ayniqsa yaqinlarining o’zaro ta’siriga bo’lgan xulq-
atvor reaksiyasi xam muxim ahamiyat kasb etadi. O’smirlarda agressiv xulq-atvorning kelib
chiqish sabablari
1. Nosog’lom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan farzand o’rtasidagi munosabatning ijobiy
psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar,
nizolar.
2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o’z tengqurlari, sinfdoshlari bilan bo’lgan
munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o’zlariga singdiradilar. Ko’pgina hollarda bolalar
tengdosh do’stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan holda o’zlarini agressiv tutishga urinadilar.
Haddan tashqari agressiv bolalar esa o’z tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar
o’zini xo’rlangandek his qilib, o’zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa
muammo ustiga muammo tug’diradi. 3. Ommaviy axborot Bugungi kunda bolalarning
agressivligini kuchaytirishga ta’sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda
ko’pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda Shu o’rinda oynai jahon orqali namoyish etilayotgan turli
jangari filmlar, ko’rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir
qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri ham
o’ziga xosligi inkor etib bo’lmaydigan haqiqatdir. Maktab bolalari internet orqali o’zining yosh
va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni,
agressiyani targib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o’yinlarni o’ynash orqali o’zlarining ongosti
sohasida agressiv xulqning shakllanishiga sabab bo’lmoqdalar. Agressiv xulq-atvorli o’smirlar
bilan olib boriladigan psixokorreksion ishlar. a) O’ziga ijobiy baho berishga o’rgatish, xavotirlik
darajasini kamaytirish b) o’zining va o’zgalarning emotsiya va tuyg’ularini anglashga o’rgatish,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
diskruktiv emotsiyalarni nazorat qilishni rivojlantirish; c) o’ziga va atrofdagilarga ziyon
yetmaydigan gazabni chiqaruvchi usullarga orgatish, muammoli vaziyatda bola xulq-atvorida
konstruktiv reaksiyalarga orgatish va distruktiv elementlarni bartaraf etish; d) ota-onalar,
pedagoglar bilan konsultatsiyalar (bolalardagi agressiyani bo’rttiruvchi omillarni kamaytirishga
qaratilgan) o’tkaziladi. Banduraning bixevioristik nazariyasi Tajovuzkorlik vosita orqali
o’zlashtiradi; Biologik omillar (masalan, gormonlar, asab tizimi; o’zlashtirish masalan, bevosita
tajriba, kuzatish). Tajovuzkorlik yuzaga keltiriladi; Namunalarning ta’siri ostida (masalan,
qo’zgatish, diqqat). Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o’xshash bo’lgan agressiyaga
evolutsion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida yangicha mazmun kasb etdi. Lorensning
fikriga ko’ra, tajovuzkorlik barcha jonzotlarda bo’lgani kabi, insonda ham mavjud bo’ladi. U
yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv energiya organizmda uzoq vaqt
davomida muntazam yig’ilib borib, uzluksiz ravishda, qo’qqisdan paydo bo’ladi deb hisoblagan.
Shu tariqa, aniq tajovuzkor xattiharakat quyidagi ikkita vazifani bajarish natijasida yuzaga keladi:
1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori; 2. Agressiyani bo’shashini yengillashtiruvchi
stimullarning mavjudligi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, agressiyani yuzaga chiqarishning
asosiy sababi bu frustrasiya. Frustrasiya - bu maqsadga erishishga xalaqit qiluvchi barcha
to’siqlardir. Agar shaxsning maqsadi kuchli motivasiyalangan bo’lsa va u maqsadining amalga
oshishidan qoniqish olishni kutayotgan bo’lsayu, uning bu istagi to’siqqa uchrasa, bunday
holatda frustrasiya yanada kuchayishi mumkin.
ADABIYOTLAR:
1. Abdullayeva Sh.A. Oʻsmirlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va xulqini
korreksiyalashning pedagogik asoslari Pedagogika fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya T: 2008.- 256b
2. Аврамова Т. И. Личностно-ориентированные тренинги как метод коррекции
самоотношения: Автореф. дис. канд. психол. наук. Воронеж:-2000.-121 с.
3. Белозорова Л. А. АРТ-терапия как средство психокоррекции нарушений
эмоциональных состояний детей-дошкольников: Автореф. дис.канд.психол.наук.-
Воронеж:-2011.-18 с.
4. Mullaboyev N. M. Tavakkalchilikning yosh va psixologik xususiyatlari (Oʻsmir va oʻspirinlik
davri misolida) Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.
T:-2007.–144 b.
5. Quljonov A. Mahkum oʻsmirlarning psixologik xususiyatlari va ularning xulq atvorini tuzatish
muammolari. Psixologiya fanlari nomzodini olish uchun yozilgan dissertatsiya T:–1997.–127b.
6. E.Goziyev. «Psixologiya». Toshkent. 1912 y.
7. G’oziyev E. G. «Tarbiyasi «Qiyin» o’smirlar psixologiyasi». Lektorga yordam. Toshkent-
1984
