JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xalilova Fotima Baxrom qizi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”
(Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti
PEDAGOGIK JARAYONLARDA INTERAKTIV METODLARNI QO’LLASH VA
UNING BO’LAJAK TARBIYACHILARGA TA’SIRI
Anotatsiya
: Ushbu maqolada pedagogik jarayonlarda interaktiv metodlarni qo‘llashning
ahamiyati va ularning bo‘lajak tarbiyachilar tayyorlashdagi ta’siri yoritilgan. Interaktiv metodlar
orqali o‘quvchilar va tarbiyachilar o‘rtasidagi hamkorlik kuchayib, ta’lim jarayoni samaradorligi
oshadi. Maqolada shuningdek, turli interaktiv metodlar turlari, ularni amaliyotda qo‘llash usullari
hamda bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: interaktiv metodlar, pedagogik jarayon, bo‘lajak tarbiyachi, ta’lim samaradorligi,
kasbiy kompetensiya.
Аннотация:
В данной статье рассматривается значение применения интерактивных
методов в педагогическом процессе и их влияние на подготовку будущих воспитателей.
Использование интерактивных методов способствует укреплению сотрудничества между
учащимися и преподавателями, повышая эффективность образовательного процесса.
Также в статье проанализированы виды интерактивных методов, способы их
практического применения и их роль в формировании профессиональных компетенций
будущих воспитателей.
Ключевые слова:
интерактивные методы, педагогический процесс, будущий воспитатель,
эффективность обучения, профессиональная компетенция.
Annotation:
This article highlights the importance of using interactive methods in the
pedagogical process and their impact on training future educators. Interactive methods enhance
collaboration between students and teachers, increasing the effectiveness of the learning process.
The article also analyzes various types of interactive methods, approaches to their practical
implementation, and their role in developing the professional competencies of future educators.
Key words:
interactive methods, pedagogical process, future educator, learning effectiveness,
professional competence.
Kirish
Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish va talabalarda chuqur
bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha
ta’lim yo‘nalishida interaktiv metodlardan foydalanish tarbiyachilarni samarali tayyorlashda
asosiy omil sifatida qaraladi. Interaktiv metodlar ta’lim jarayonini jonlantirish, o‘quvchilarni faol
ishtirok etishga undash va ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini
beradi.
Bo‘lajak tarbiyachilarga interaktiv metodlarni o‘rgatish ularning kelgusida bolalar bilan samarali
ishlashini ta’minlaydi. Bu metodlar orqali bolalar dunyoni anglash, o‘z fikrini aniq ifodalash va
muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, tarbiyachilar ijodiy yondashuvni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
o‘zlashtirib, ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali tashkil eta olishadi.Ushbu maqolamda
pedagogik jarayonlarda interaktiv metodlardan foydalanishning afzalliklari, ularning bo‘lajak
tarbiyachilar kasbiy kompetentligiga ta’siri va amaliy qo‘llanilishi haqida ko’rib chiqamiz.
Interaktiv metodlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati
Interaktiv metodlar talabalarning o‘qituvchi bilan bevosita muloqot qilishiga, bilimlarni mustaqil
ravishda izlab topishiga va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu metodlar yordamida o‘quvchilar ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonida passiv tomoshabinga aylanishdan qochadi. nteraktiv metodlar
o‘quvchilarni faollikka undaydi. Ular dars jarayonida faol ishtirok etishadi, savol-javoblarda
qatnashishadi va o‘z fikrlarini bildirishadi.
Interaktiv metodlar talabalarni passiv tinglovchi emas, balki darsning faol ishtirokchisi
bo‘lishadi. Bu esa o‘quv faoliyatida quyidagi jarayonlarni amalga oshiradi :
Mu staqil fikrlashni rivojlantirish.
Interaktiv metodlar orqali talabalar o‘z fikrlarini mustaqil shakllantirishga o‘rganishadi.
Masalalar yechimi ustida ishlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalarda
tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish:Guruh bo‘lib ishlash, muhokama qilish va bahs-
munozaralar o‘tkazish o‘quvchilarning muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.O‘quvchilar
tinglash, fikr bildirish, savol berish va konstruktiv bahslashishni o‘rganishadi.
Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish:
Ko‘plab interaktiv metodlar guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi (rol o‘yinlari, aql hujumi,
munozaralar va h.k.).Bu esa o‘quvchilarga jamoada ishlash, hamkorlik qilish va vazifalarni
taqsimlashni o‘rgatadi.
Qiziqish va motivatsiyani oshirish:An’anaviy darslarga nisbatan interaktiv darslar
o‘quvchilarga ko‘proq qiziqarli bo‘ladi.Talabalar dars jarayoniga qiziqish bilan yondashib, o‘z
bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishadi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish:Interaktiv metodlar talabalarni yangi g‘oyalar topishga
undaydi.Masalan, “aql hujumi” yoki ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilar o‘zlarining kreativ
yondashuvlarini namoyon etishadi.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini oshirish:Interaktiv metodlar o‘quvchilarga
real hayotga oid muammolarni ko‘rib chiqish va ularni hal qilish imkonini beradi.Bu jarayon
orqali talabalar amaliy ko‘nikmalarni egallab, o‘rganilgan bilimlarini hayotda qo‘llashni
o‘rganishadi.
Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash:Dars oxirida o‘tkaziladigan tahlillar orqali talabalar
o‘zlarining faoliyatini baholash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Bu jarayon o‘z-o‘zini tahlil qilish,
xatolarini aniqlash va kelajakda ularni tuzatishga yordam beradi.
Tarbiyaviy ahamiyat:Interaktiv metodlar nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy vazifani ham
bajaradi.O‘quvchilar o‘zaro hurmat, hamkorlik va mas’uliyatni his qilish kabi ijtimoiy
ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar.
Shaxsiy yondashuvni ta’minlash:Har bir o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji va bilim darajasiga
qarab moslashtirish imkonini beradi.Talabalar o‘z qobiliyatlariga mos topshiriqlarni bajarish
orqali maksimal natijalarga erishadilar.
Bo‘lajak tarbiyachilar uchun samarali interaktiv metodlar:
Aql hujumi (Brainstorming): Talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishadi va guruh bo‘lib
muammoni hal qilish yo‘llarini izlashadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Rol o‘yinlari: Tarbiyachilar bolalar roliga kirib, turli tarbiyaviy vaziyatlarni jonlantiradilar.
Klaster metodi: Bir mavzuga oid asosiy tushunchalarni vizual tarzda klaster ko‘rinishida
ifodalash orqali mavzuni chuqur o‘rganish.
Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning): Talabalar real hayotiy muammolarni
hal qilish orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
Debat va munozaralar: Talabalar turli mavzular bo‘yicha bahslashib, o‘z fikrlarini
asoslashni o‘rganadilar.
Interaktiv metodlar bo‘lajak tarbiyachilarning
Kommunikativ jihatlarini ya’ni o’z fikrini aniq va ravshan ifodalash, tinglash va samarali
muloqot qilish,Tashkilotchilik ko’nikmalari dars jarayonini samarali tashkil etish va guruh
ishini boshqarish va uni rivojlantirishga, talabalarni ijodiy va kreativ fikrlashga yangi g‘oyalarni
ilgari surish va innovatsion yondashuvlarni topib amaliyotga qo’llashga hamda muammoni hal
qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishiga turtki bo’ladi..
Interaktiv metodlardan samarali foydalanish uchun amaliy tavsiyalar:
Darsga tayyorgarlik jarayonida aniq maqsad belgilanishi kerak har qanday metodlarni ko’p
qo’llash bilan maqsadga erishib bo’lmaydi uni o’rinli va mos qilib tashkillashtirish kerak.Har
bitta interaktiv faoliyatdan kutayotgan natijani aniqlashimiz kerak. Masalan talabaning fikrlashi
va tanqidiy jihatdan yondashaolayotgani,ularning muloqot ko’nikmalari oshayotganligini
e’tiborga olish kerak
Har tomonlama shaxsga mos metod tanlash muhim. O’tayotgan mavzuga va
o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos interaktiv metodni tanlash kerak,bu esa
tarbiyanaluvchilarni qiynalmay,zerikmay yaxshi kayfiyatda tugatilishiga sabab bo’ladi. Masalan,
kichik yoshdagi bolalar uchun rol o‘yinlari, katta yoshdagilar uchun esa ro’lli o’yinlarga taqlid
qilishga o’rgatish.
Metodlarga mos materiallar tayyorlash, Kerakli jihozlar va materiallarni oldindan tayyorlab
qo’yish.Masalan kartochkalar, diagrammalar, rasm chizmalar, ko’rgazmalar.
Dars jarayonini to’liq rejalashtirish. Dars boshida “Aqliy hujum” usulini qo‘llash ,
muammoni ko‘tarib, bolalardan erkin fikrlar olish. Har bir fikrni qabul qilish va hech qaysi
javobni tanqid qilmaslik kerak.
Rol o‘yinlari tashkil etish bolalarni turli rollarga ajratib, hayotiy vaziyatlarni namoyish
qildirish kerak. Masalan, “do‘kondagi suhbat” yoki “tarbiyachi va bola” vaziyatlari.
Guruhli ishlarni o‘tkazish darkor, bolajonlarni kichik guruhlarga bo‘ling va muammoni
birgalikda hal qilish vazifasini bering. Natijada, har bir guruh o‘z echimini sinfga taqdim qiladi.
“Savol-javob zanjiri” o‘ynash orqali ham muloqat madaniyatini oshiradi. Bir
tarbiyalanuvchi hayolotida savol beradi, boshqalar javob beradi va yana yangi savol beradi. Bu
aqliy faollikni oshiradi.Hamda uyda ota-onalari bilan muloqotda ertaga nima savol berishi
nimalar o’tayotgani mustahkamladi.
Kichik munozaralar uyushtirish. O‘quvchilarni ikki guruhga ajratib, qarama-qarshi fikrlarni
himoya qilishlarini so‘rang. Bu ularning muloqot va tahlil ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Oldin
tushuntirish ijobiy va salbiy jihatlarni so’ng ularning g’oyalarini tinglash.
Natijalarni tahlil qilish va baholash kerak kunning ikkinchi yarmida refleksiya qilinishi
kerak. Tarbiyalanuvchilardan mashg’ilot haqida fikr so‘rang — nimalarni o‘rgandilar, qaysi
metod yoqdi, nimalarni yaxshilash mumkin?
Motivatsiyani oshirish uchun mukofotlar tizimini yarating. Faol qatnashgan
tarbiyalanuvchilar uchun kichik rag‘batlantirish mukofotlarini belgilash. Masalan yulduzchalar,
qiziqarli yorliqlar tashkil qilish.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bolalarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash: Ularning o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlariga
imkon bering. Masalan, lego qurish materiyalari va o’yinchoqlardan fantaziya asosida prektlar
yasashi.
Rang-barang metodlardan foydalanish. Har bitta mashg’ulotda yangi metodni sinab ko‘rish,
bolalarning qiziqishini saqlashga yordam beradi.
Xulosa
Pedagogik jarayonlarda interaktiv metodlarni qo‘llash hozirgi zamonaviy ta’limning muhim
talablardan biri hisoblanadi. Bu metodlar an’anaviy ta’lim yondashuvlariga nisbatan ko‘proq
o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini
samarali tashkil etishga yordam beradi. Bo‘lajak tarbiyachilar uchun interaktiv metodlarni
o‘rganish va ulardan foydalanish ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Interaktiv metodlar o‘quvchilarning bilish jarayoniga faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi, ularni
mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muloqot qilishga o‘rgatadi. Bu jarayon bo‘lajak
tarbiyachilarning o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyatini oshiradi va ularni pedagogik faoliyatga
tayyorlaydi. Shu bilan birga, interaktiv metodlar orqali tarbiyachilar kommunikativ, refleksiv,
tashkiliy va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Interaktiv metodlardan samarali foydalanish nafaqat bilim olish jarayonini yengillashtiradi, balki
o‘quvchilarda mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Bo‘lajak tarbiyachilar bu metodlar yordamida bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos
keluvchi ta’lim muhitini yaratishlari mumkin.
Shunday qilib, interaktiv metodlarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish ta’lim sifatini oshirishda
va tarbiyachilarni zamon talablari darajasida tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu
metodlar orqali o‘qituvchilar va tarbiyachilar o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etib,
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo‘sha oladilar.
Foydalangan adabiyotlar
1.Abduqodirov A.A., "Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar", Toshkent: O‘qituvchi,
2020.
2.Karimova N.M., "Zamonaviy ta’limda interaktiv metodlar", Samarqand: Innovatsiya, 2019.
3. X.A.Meliyev, O.Jamoldinova, K.Riskulova. “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”.
O`quv qo`llanma. Toshkent. 2021 yil. 284 bet.
4. X.A.Meliyev,M.X.Qilichova.''Maktabgacha pedagogika''.Toshkent.Darslik.2022 yil.471 bet.
5. Jumayev B.B., "Ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish", Andijon: Ma’rifat,
2018.
