JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
S.B.Maxkamova
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti
Abduraxmonova Zulayxo
TDPU magistr
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSINING TASVIRIY SAN’AT
ASARLARIGA TA’SIRINING DOLZARB MASALALARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shoh va shoir, adib, olim Zahiriddin Muhammad Boburning
tasviriy san’at asarlariga ta’siri, rassom, hattotlarning, ilm va ma’rifatning rivojlanish jarayonlari
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Zahiriddin Muhammad Bobur, portret, shoir, rassom, shoh, tahlil, badiiylik,
badiiy tahlil.
Аннотация:
В статье приведены мысли и комментарии по методике развития логического
мышления
учащихся
при
рассмотрении
на
занятиях
портрета
известного
государственного деятеля, талантливого поэта, писателя, историка, переводчика
Захириддина Мухаммада Бабура.
Ключевые слова:
Захириддин Мухаммад Бабур, Андижан, Индия, патриотизм, шах и
поэт, портрет «Захириддина Мухаммада Бабура», символический анализ.
Annotation:
The article contains thoughts and comments on the methodology of developing
students' logical thinking while observing the portrait of the famous statesman, talented poet,
writer, historian, translator Zahiriddin Muhammad Babur in classes.
Keywords:
Zahiriddin Muhammad Babur, Andijan, India, patriotism, horn and poet, portrait of
Zahiriddin Muhammad Babur, symbolic analysis.
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyati, tasviriy san’at,
amaliy san’atida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat
arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan
Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi
qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur
tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining
eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi»,
Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib
hissa bo‘lib qo‘shildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi
Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli
hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat — ulug‘ bobolari
Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha Temuriy
shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Bobur
Hindistonda o‘z hukmronligini uzil-kesil o‘rnatdi va Boburiylar sulolasini barpo etdi. Bobur
Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni
obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bog‘rog‘lar yaratish ishlariga
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy
yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning o‘g‘illari va
avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston san’ati va me’morchiligiga Markaziy Osiyo
uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida o‘sha
davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musi-qashunoslari, rassomlari, xattotlar va
davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma’naviy-ruhiy muhit vujudga keldi.
Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla’l Neru
shunday yozgan edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi
rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa
sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi». Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan
bir qatorda o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan
asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari
«Boburnoma»dir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson,
Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning
birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni;
ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya’ni
Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi
Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. «Boburnoma»da o‘sha davrning siyosiy
voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli,
uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi,
Shahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir
ma’lumotlar keltirilgan. Unda Qobul ulusining yirik shaharlari Qobul, G‘azna va ular
ixtiyoridagi ko‘pdan-ko‘p tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida ma’lumotlarni
uchratish mumkin. «Boburnoma»ni varaqlarkanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo,
Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini
kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi
siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. «Boburnoma»da keltirilgan bu
tarzdagi ma’lumotlar Muallif «Boburnoma»da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod,
Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalar haqida o‘zining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi.
«Boburnoma» — Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri — XVI
asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks eggirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p
dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiy-
iqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi,
tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim
tarixiy inshootlari — hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari
haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan shoh asardir. Shu bois «Boburnoma»
tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmokda.
Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asariga ishlangan miniatyuralar haqida gap
borar ekan, Boburiylar hukmronligi (ayniqsa Akbar) davrida Hindistonda shakllangan, Gʻarbda
"moʻgʻullar miniatyurasi" nomi bilan maʼlum boʻlgan tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Hirot,
Buxoro, Samarqand, Sheroz, Tabriz miniatyura sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini ijodiy
oʻzlashtirib, qadimiy hind tasviriy sanʼatini dunyoviy mazmun bilan boyitgan Dasvant, Basovan,
Us tod Mansur, Mukund, Ramdas, Kesu Gujarotiy, Farruxbek Qalmoq, Ibrohim Naqqosh va
boshqa musavvirlar oʻsha davrda yaratilgan va koʻchirilgan bir qator qoʻlyozmalarni —
"Boburnoma", "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" ("Tarixlar majmuasi") va
boshqalarni nafis va jozibador rasmlar bilan bezaganlar. Bizgacha "Boburnoma"ning shu tarzda
1
Javaharla’l Neru
Открытие Индии ISBN: 5-250-00853-4: 1989 Язык: Русский Твердый переплет, 968 стр. Тираж: 75000 экз.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bezatilgan nusxalari (8 nusxa toʻliq holda) yetib kelgan: Britaniya muzeyida (Angliya) va
Oksforddagi Bodli kutubxonasida, Dexlidagi Milliy muzey va Rojasthon shtatidagi Alvar
kutubxonasida (Hindiston), Parij milliy kutubxonasida; shuningdek Moskvadagi Sharq xalqlari
sanʼati muzeyida, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida (Irlandiya), Parijdagi Luvr muzeyida,
AQShning Frir galereyasida, Fogg sanʼat muzeyida, Kanadaning Ottava shahridagi Milliy
galereyada va shaxsiy yigʻimlarda saqlanmoqsa. Rasmlarning asosiy mazmuni tarixiy voqealar,
maishiy manzaralar, jang lavhalari, ov va sport oʻyinlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, turli
siyosiy voqealar, uchrashuv va boshqalarni tasvirlashdan iborat. Asar mazmuni bilan cheklangan
rassomlar barcha tarixiy, geografik, etnografik omillardan foydalangan holda bir butun
tugallangan ijodiy mujassamotlar yaratganlar
. Rasmlarda sharq sanʼatidagi shartlilik
zaruriyatidan, koʻp rejali mujassamotlardan mohirona foydalanilgan. Rasm va boʻyoqlar
muvozanatini nozik sezish, ranglarni tanlay bilish, tasvirlanayotgan davr ruhini, goʻzallikni
aniqhissiy shakllarda gavdalantirish, imo-ishora, harakatni jonli bera bilish, boʻyoqdardagi ichki
monandlik kabi hind rassomligiga xos xususiyatlar va boshqa jihatidan bu rasmlar gʻoyat katta
badiiy qimmatga ega.
Uzoq yillar davomida G‘arb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari
«Boburnoma» mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat ko‘rsatdilar.
Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V.Erskin, R.Koldekot,
A.Beverej, T.Albot, germaniyalik Yu.Klaynrat va A.Keyzer, frantsiyalik Pave de Kurteyl,
hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R.R.Art va N.I.Bayur va bizning
davrimizdagi frantsiyalik olim Bakke Gromon, afg‘onistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik
olimlar Rashid Axtar, va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir.
Ma’lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda
respublikamiz rassomlik maktablari, san’at maktablari, umumiy o‘rta maktab, oliy ta’lim
professor o‘qituvchilarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. Bu borada Ustoz rassom Malik
Nabiyev ijodiy yo‘liga nazar tashlasak, u nafaqat o‘z ovoziga, balki baxtiga ham erishgan ustoz
san’atkor darajasiga ko‘tarildi. U tajribali pedagog, uslubiyatchi olim sifatida ham tanildi.
Yoshligidan tarixiy mavzularga bo‘lgan qiziqish va harakatlari zoe ketmadi. Vaqtlar o‘tishi bilan
rassomning tarixdan hikoya qiluvchi ranglavha, qoramalari va kichik kompozitsiyalari katta-
katta polotnolarga aylandi.
Musavvirning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi
Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Hindiston va
boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan
joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Malik Nabievning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani,
uning achchiq va sermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va
to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz.
Ko‘pdan berikim yoru diyorim yo‘qdir,
Bir lahzau bir nafas qarorim yo‘qdir.
Keldim bu sari o‘z ixtiyorim birla
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdir.
2
Miniatyuri rukopisi "Baburname": (Albom), M., 1960; "Boburnoma" rasmlari: (Albom), T., 1970; Madraimov A., Rasmlarda
Bobur hayoti, T., 1983.
3
"Boburnoma rasmlari"
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining 1–11-jildlari 2000–2006-yillar Davlat ilmiy nashriyoti
5
S.B.Maxkamova “Bo’lajak Tasviriy san’at o’qituvchilarini asarlarni badiiy tahlil qilishga o’rgatish
metodikasi” PhD avtoreferati 5 bet T: 2025 yil
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bobur o‘z yurtidan olislarga ketib, ona yurtiga mehru muhabbatini ana shunga o‘xshash
izhor qilayotgan holati, rassomning jonli bo‘yoqlarida namoyon bo‘lgan. Xullas, Bobur
portretidagi turli hil bo‘yoqlarda aks ettirilgan tuyg‘ular uyg‘unligi
butun borlig‘ingizni ranglar sehri bilan qamrab oladi.
San’at ixlosmandlari e’tiborini o‘ziga jalb qilgan Bobur
portretida shoh qiyofasida gavdalantirilgan. Boshiga salla kiygan
Boburning nigohi bir nuqtaga qaratilgan. Uning jiddiy xayol
og‘ushida ekanligi bir qo‘lning iyagi ustiga qo‘yib turganodan sezilib
turadi, ulug‘vor fikr bilan bandligidan dalolat beradi. Yuz qiyofasi
asosan bug‘doy rang tuslar orqali tasvirlangan. Peshona, yuz qismida
paydo bo‘lgan chiznqlar, shuningdek, burun, lab, quloq, soqol,
mo‘ylov kabi joylaridagi holatlar Boburning yoshi bir oz o‘tganligini
ko‘rsatsada, uning tetik va baquvvatliligi saqlanganligi yaqqol sezilib
turibdi.
Ayniqsa bu holat yuzda, ko‘zga tashlanayotgani pishiqlik, chayirlikni
tasvirlanishida yanada aniqroq ko‘rinadi. Jiddiy fikr va xayol bilan
bandligi esa shoirni yanada salobatli qilib ko‘rsatadi. Yelkador, qo‘llari esa bamaylixotir
bolishga tayangan holda tasvirlangan. Portretda qo‘l barmoqlari shunday xarakterli
tasvirlanganki, bu Boburning mashaqqatli jangu jadallardan mardonavor o‘tganini, o‘tkir qalam
sohibi ekanligini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Sharqona bezatilgan shoh saroyining bir bo‘lagi,
derazadan Hindistonning manzarasi ko‘rinadi. Devordagi fonda naqshin bezaklar, Bobur o‘tirgan
honaning badiiy boyligi, shuningdek Bobur egnidagi liboslarning o‘ziga xos qimmatbaho
ko‘riiishiga ega bo‘lishi tomoshabinga zavq ulashadi.
Malik Nabiev buyuk shoir va shoh bolmish Bobur obrazini tasvirlash borasida katta
muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Boburni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi
ekanini ham ifodalay oldi. Xullas, Malik Nabiev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Boburni uzoq
va mashaqqatli jangu jadallardan so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan.
Kezi kelganda yana bir tarixiy voqeani aytmasdan o‘tib bo‘lmaydi.
1993-yil iyunda ustoz rassom butun ijodiy faoliyati davomida mehnat
qilib kelgan Nizomiy nomidagi pedagogika institutining badiiy-
grafika fakultetida juda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Eng xavflisi
shunda ediki, ustoz rassomning shu binodagi ijodxonasida
“Sohibqiron Temur”, “Mirzo Bobur”, “Beruniy” kabi shoh asarlari
saqlanayotgan edi. Qarangki, yong‘in vaqtida faqatgina shu asarlar
turgan xona yong‘indan mutloq zarar ko‘rmagan. Bu ham inson
hayotidagi anglash qiyin sirlardan biri bo‘lsa ajab emas!
Rassomning ko‘plab portretlarida buyuk siymolar obrazi
zamonaga hamohang darajada gavdalanganligini ko‘ramiz va
beixtiyor hayratlanamiz. Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino,
Jomiy va Navoiy, Al Roziy, Rudakiy, Al Xorazmiy kabi bir qancha
yirik arboblar, olim, shoir, mutafakkirlarning portretlarining har biri
jonli tasvirlangan.
Musavvir Malik Nabievni yurtimizdagi shogirdi ko‘p ustoz,
rassomlarning yetakchisi edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun
ustozning ishini shogirdlari shijoat bilan davom ettirmoqdalar. Boburning miniatyurada chizilgan
portreti (1605—1615 yillar). Ushbu surat Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom
ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-
6
N.Talipov bilan bo’lgan suhbatdan T: 2015 yil “Madaniyat va marifat” telekanali ko’rsatuvi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik
Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning
donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javohirla’l Nehru o‘zining “Hindistonning ochilishi”
va “Jahon tarixiga bir nazar” asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘liq
ushbu fikrlarni izhor etgan: “Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk
insonlardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi…
Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi”
.
Bobur tasviriy san’atga juda qiziqqan, hatto uning sir-sinoatlarini bilishga harakat qilgan. U
Behzodni musavvirlar peshvosi sifatida o‘ta qadrlaydi, ayni paytda, uning ijodining ayrim
mulohazatalab jihatlari ustida to‘xtalishni ham lozim topadi: “Musavvirlardan Behzod edi.
Musavvirlik san’atini juda nozik qildi. Biroq soqolsiz kishilarning chehrasini yaxshi ochmaydi:
iyagini uzunroq tortadi. Soqolli kishining yuzini qoyilmaqom qilib chizadi”.
1992 yil fevralidan ta’sis etilgan Bobur xalqaro xayriya fondi ham Zahiriddin Muhammad
Bobur abadiyatini ta’minlashda, Bobur va boburiylar asarlari, tarjimalari va ular haqidagi jahon
olimlarining tadqiqotlarini qo‘lyozma, toshbosma va tipografik nashrlar holida o‘z vataniga —
Andijonga olib kelishda ko‘plab xayrli ishlarni bajarmoqda. Chunonchi: Andijonda ikkita
ko‘rkam Bobur haykali o‘rnatildi. Haykaltaroshlar
Qodirjon Salohiddinov, jaloliddin
Mirtojiyevlarning Mirzo Bobur haykali ularning belgili tashrif qog’ozi sifatida namoyon bo‘lib,
ularning keying ijodiy yuksalishida ko‘prik bo‘ldi desak mubolaga’a bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘
yxati.
1.
Bakhtiyarovna, S. M., Dildora, A., Markhabo, T., & ToshpulatovaSabina, I. Z. (2020).
CREATIVITY OF PEOPLE ARTIST GAFUR ABDURAKHMANOV IN THE
DEVELOPMENT OF MODERN PAINTING OF UZBEKISTAN.
European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol
,
8
(2).
2. Саодат Бахтияровна Махкамова (2023). ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ СПОСОБНОСТИ
УЧАЩИХСЯ В ШКОЛЕ И КАК ОНИ ПРОЯВЛЯЮТ СВОИ ТВОРЧЕСКИЕ
СПОСОБНОСТИ В ЭТЮДАХ, КОМПОЗИЦИОННЫХ ВАРИАНТАХ, В СВОИХ
ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ. Oriental Art and Culture, 4 (5), 311-326.
3. Makhkamоva Saоdat Bakhtiyarоvna (2024). THE FORMATION OF VISUAL ARTS
SKILLS OF SCHOOLCHILDREN IN PERFORMING SKETCH, COMPOSITION AND
CREATIVE WORKS. European Journal of Arts, (1), 63-66. doi: 10.29013/EJA-24-1-63-66
4. Saodat Baxtiyarovna Makxkamova (2023). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF
COMPOSITION IN THE FINE ARTS IN FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE
OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS. Oriental Art and Culture, 4 (2), 720-728.
7
