JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Gulchehra Abduqahhorova
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA TA'LIM OʻQITUVCHILARINI TEXNOLOGIK
KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Annotatsiya:
Boʻlajak texnologiya ta'lim oʻqituvchilari uchun texnologik kompetentlikni
rivojlantirish pedagogik jarayonning asosiy va eng muhim jihatlaridan biridir. Hozirgi kunda tez
sur'atlarda rivojlanayotgan texnologiyalar va raqamli inqilob ta'lim tizimiga yangi
yondashuvlarni talab qilmoqda. Shunday ekan, ta'limda yuqori sifat va samaradorlikni ta'minlash
uchun oʻqituvchilarning texnologik kompetentligini rivojlantirish zarurati kundan-kunga ortib
bormoqda.
Kalit so'zlar:
kompetentlik, raqamli inqilob, sifat va samaradorlikni, pedagogik, ko'nikma,
prinsiplar, metodologik, interaktiv, dastur, innovatsion.
Аннотatsiя:
Развитие
технологической
компетентности
будущих
учителей
технологического образования является одним из основных и важнейших аспектов
педагогического процесса. Быстро развивающиеся технологии и революция требуют
нового от системы образования. Таким образом, необходимость развития технологической
компетентности учителей для обеспечения высокого качества и эффективности
образования становится все более актуальной.
Ключевые слова:
компетентность, цифровая революция, качество и эффективность,
педагогический, навыки, принципы, методический, интерактивный, программный,
инновatsiонный.
Annotation:
The development of technological competence for future technology education
teachers is one of the main and most important aspects of the pedagogical process. Rapidly
developing technology and revolution are demanding new things for the education system. Thus,
the need to develop technological competence of teachers to ensure high quality and efficiency in
education is becoming more and more urgent.
Keywords
: competence, digital revolution, quality and efficiency, pedagogical, skills, principles,
methodological, interactive, program, innovative.
Ta’lim-tarbiya inson komoloti va ravnaqining asosiy sharti va garovidir. Ta’lim-tarbiya
jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni
o‘qitishning tarbiya bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi
taxririda ham ta’lim jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompitetli pedagoglarni
tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan xolda yondashilishi ko‘zga tashlanadi.
Kompitentsiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali pedagoglarni tayyorlash zamonamizning
eng dolzarb masalasiga, aytish joyiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan.
Texnologik kompetentlik — bu texnologik jarayonlarni tushunish, ularni amaliyotda qo‘llash va
pedagogik vazifalarni hal qilishda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘plamidir. Bo‘lajak
texnologiya ta’limi oʻqituvchilarida texnologik kompetentlik quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan
iborat bo‘lishi kerak:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Tehnologik bilimlar – texnologiyalarning umumiy prinsiplari, metodologiyasi va ularning
amaliy qo‘llanilishi.
2. Texnologik ko‘nikmalar – texnologiya va jihozlardan samarali foydalanish, shu jumladan
yangi dasturlar va qurilmalardan ta’lim jarayonida foydalanish.
3. Kreativ fikrlash – texnologiyani ta’lim jarayonida yangi va innovatsion usullar bilan qo‘llash
qobiliyati.
4. Pedagogik kompetentlik – texnologiyalarni ta’limning turli bosqichlarida va turli mavzularni
o‘qitishda samarali qo‘llash usullari.
Texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodlari
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda texnologik kompetentlikni
rivojlantirishda metodik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Quyida ba’zi asosiy metodlarni ko‘rib
chiqamiz:
1. Loyihalashtirish metodikasi – o‘quvchilarni texnologik dizayn va ishlab chiqarish
jarayonlariga jalb etish orqali ularning texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bu metodda
o‘quvchilarni muammolarni hal qilishga, innovatsion fikrlashga va jamoaviy ishga o‘rgatish
muhimdir.
2. Texnologik amaliyotlar – o‘qituvchilarni real texnologik jarayonlar bilan tanishtirish, amaliy
mashg‘ulotlar orqali bilimlarni mustahkamlash. Shuningdek, texnologiya va dizayn bo‘yicha
maqsadli loyihalar yaratish ham samarali metod hisoblanadi.
3. Interaktiv o‘qitish metodlari – texnologik kompetentlikni rivojlantirishda interaktiv o‘qitish
metodlarini qo‘llash. Bu metodlar o‘qituvchilarni yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
kiritish, onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish va zamonaviy raqamli vositalardan samarali
foydalanishni o‘rgatish orqali ularning kompetentligini oshiradi.
4. Dasturiy ta'minot va texnologiyalardan foydalanish – pedagogik jarayonni avtomatlashtirish
va texnologiyalardan to‘liq foydalanishni o‘rgatish. Dasturlarni o‘rganish, ta’limni
raqamlashtirish, video va multimedialardan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning texnologik
kompetentligini oshiradi.
5. Pedagogik innovatsiyalar – yangi pedagogik texnologiyalar va usullarni joriy etish.
O‘qituvchilarning yangi pedagogik innovatsiyalarga tayyorligini oshirish, ularni zamonaviy
ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish ham muhim metod hisoblanadi.
Texnologik kompetentlikni rivojlantirishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining texnologik kompetentliklarini rivojlantirish
uchun quyidagi amaliy ishlar amalga oshirilishi lozim:
1. O‘qituvchilarni doimiy ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish – zamonaviy
texnologiyalarni o‘rganish uchun kurslar, seminarlar va mahorat darslari tashkil etish.
2. Innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish – yangi texnologik yondashuvlarni sinovdan
o‘tkazish va natijalari asosida samarali metodlar ishlab chiqish.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Onlayn resurslardan foydalanish – o‘qituvchilarni onlayn kurslar, vebinarlar va raqamli
resurslar orqali texnologik bilim va ko‘nikmalarni oshirishga rag‘batlantirish.
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining texnologik kompetentlikni rivojlantirish
o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish va ta’lim sifatini oshirishda muhim
omil hisoblanadi. Texnologik kompetentlikni shakllantirish uchun o‘qituvchilarni innovatsion
pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish, amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘nikmalarini
rivojlantirish va pedagogik jarayonni zamonaviy raqamli vositalar bilan ta'minlash zarur.
Shunday qilib, texnologik kompetentlikning rivojlanishi nafaqat o‘qituvchilarning o‘z ishini
samarali bajarishiga, balki o‘quvchilarning zamonaviy dunyo talablariga javob bera oladigan
bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019
yil 8 oktyabr
2. Kolosey N.S. Ispol’zovaniye oblachnix texnologiy v obrazovatel’nom protsesse-usloviye dlya
sovmestnoy raboti pedagogov i uchashixsya
/ N.S.Kolosey– Rejim dostupa:
http://academy.edu.by/files/do%20ikspres/ Kolosey.pdf%20
3.O.U.Xasanboyeva, X.D.Djabborova. «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi».T.,
CHolpon 2007 y.
4. Timofey CHernov. Razmivaniye ponyatiya «ekologiya». Postnauka (10 yanvarya 2019). «V
rezultate pod ekologiyey ponimayetsya fundamentalnaya nauka, i oxrana prirodi, i oxrana
okrujayushey sredi». Data obrasheniya: 25 marta 2022.
5. M. Muhlibaev, RESULTS OF LABORATORY RESEARCH ON ENVIRONMENTAL
CONTENTINPHYSICS INSTRUCTION IN RELATION TO OCCUPATIONAL EDUCATION
You have to send following documents at usovoxaus@gmail.com before 5 th October 2022.
6. Abdullayeva, X. B. Q., Maxkamova, D. Y., & Isxoqova, S. M. (2021). BUXORO VILOYATI
SUG'ORILADIGAN O'TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING UMUMIY FIZIK
XOSSALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11),
487-495.
7. Gafurova L.A., Sodiqova G.S. Boysun tog' tuproqlari va ularning biologik faolligi. Avtoreferat.
2016 -1
