Авторы

  • Tursunova Kamola Rahmatillo qizi,Baratov Kamol Urolboy o‘g‘li
    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76568

Ключевые слова:

populyatsiya konsentratsiya asal qopchasi genofond morfologik refraktometr uchish faolligi nasl ko‘payishi.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonning mahalliy populyatsiyasiga xos asalari oilalarining xo‘jalik foydali xususiyatlari o‘rganildi. Asalarilarning uchish faolligi, asal qopchasining vazni va undagi qand miqdorining konsentratsiyasi, shuningdek nasl ko‘payishi dinamikasi bo‘yicha tajribaviy ma’lumotlar keltirildi. Mahalliy asalarilarning genetik moslashuvchanligi va iqlimiy sharoitlarga chidamliligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tursunova Kamola Rahmatillo qizi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

tayanch doktoranti

Baratov Kamol Urolboy o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

tayanch doktoranti

MAHALLIY POPULYATSIYADAGI ASALARI OILASINING XO‘JALIK FOYDALI

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonning mahalliy populyatsiyasiga xos asalari

oilalarining xo‘jalik foydali xususiyatlari o‘rganildi. Asalarilarning uchish faolligi, asal

qopchasining vazni va undagi qand miqdorining konsentratsiyasi, shuningdek nasl ko‘payishi

dinamikasi bo‘yicha tajribaviy ma’lumotlar keltirildi. Mahalliy asalarilarning genetik

moslashuvchanligi va iqlimiy sharoitlarga chidamliligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

populyatsiya, konsentratsiya, asal qopchasi, genofond, morfologik, refraktometr,

uchish faolligi, nasl ko‘payishi.

Abstract:

This article examines the economically beneficial traits of bee colonies in

Uzbekistan’s local population. Experimental data on flight activity, the weight of the honey sac,

the sugar concentration in it, and the dynamics of brood production are provided. The genetic

adaptability and climatic resilience of local bees are analyzed from a scientific perspective.

Keywords:

population, concentration, honey sac, gene pool, morphological, refractometer, flight

activity, brood production.

Kirish

O‘zbekistonda asalarichilikning rivojlanishi XIX asrdan boshlangan bo‘lib, bu davrda

turli zotdagi asalarilar mintaqaga olib kelingan. Bu jarayon mahalliy populyatsiyalarning

genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, duragaylashuvga olib keldi. Natijada, mahalliy asalarilarning

genetik xilma-xilligi pasayish xavfi ostida qoldi. A.M. Vengerov (2002) va S.P. Maksimov

(2006) o‘z tadqiqotlarida mahalliy populyatsiyalarning xo‘jalik foydali xususiyatlari va

morfologik farqlari bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar keltirgan bo‘lsa, Sh.G. Yamaltdinov (1989)

O‘zbekistonning iqlim sharoitlarida tabiiy tanlanish natijasida shakllangan mahalliy asalari

populyatsiyalarining o‘ziga xosligini ta’kidladi. Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning iqlimiy

moslashuvchanligi, kasalliklarga chidamliligi va yuqori mahsuldorligi ularni ilmiy jihatdan

o‘rganishni muhim vazifaga aylantiradi. O.S. To‘rayev va boshqalar (2012) mahalliy

asalarilarning xartum uzunligi (6,78 mm) va ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi

(2000–2400 dona) kabi ko‘rsatkichlarini aniqlagan bo‘lib, bu xususiyatlar ularni boshqa

zotlardan ajratib turadi. Mahalliy asalarilarning xulq-atvori tinchliksevar bo‘lib, past haroratlarda

ham faol ishlashi va uzun ish kuni (ertalabdan kechgacha) bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar

ularni O‘zbekistonning tog‘li va sug‘oriladigan hududlarida o‘sadigan o‘simliklar uchun ideal

changlatuvchiga aylantiradi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda mahalliy asalari oilalarining xo‘jalik

foydali xususiyatlari va biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish maqsad qilindi.

Tadqiqot metodikasi

Tadqiqot Samarqand viloyatidagi Chorvachilik, parrandachilik va

baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining dala-sinov maydonchasida 2021–2022 yillarda o‘tkazildi.

Tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy populyatsiyaga mansub 20 ta asalari oilasi tanlandi. Quyidagi

parametrlar o‘lchandi:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.

Uchish faolligi:

Bir minut davomida asalarilarning uya kirish-chiqish faolligi maxsus

hisoblagich yordamida kuzatildi.

2.

Asal qopchasining vazni va qand konsentratsiyasi:

Ishchi asalarilarning asal qopchasi

og‘irligi mikroskopik tortish usuli bilan, qand miqdori esa refraktometr (ATAGO PAL-1)

yordamida aniqlandi.

3.

Nasl ko‘payishi:

Ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi va nasl kvadratlari soni

standart kvadrat usulida hisoblandi.

4.

Statistik tahlil:

Olingan ma’lumotlar “Statistica 10” dasturida dispersiya tahlili (ANOVA)

va o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (Cv%) yordamida qayta ishlandi.

Tajribalar bahor (mart-may) davrida o‘tkazilib, har bir parametr uchun 3 ta takroriy o‘lchov

amalga oshirildi. Natijalar va muhokama. Uchish faolligi Mahalliy asalarilarning bir minutdagi

uchish faolligi 1-jadvalda keltirilgan. Tadqiqot davrida eng yuqori faollik soat 15:00 da qayd

etildi (73 dona, 03.05.2022). Bu ko‘rsatkich issiq iqlim sharoitida asalarilarning yuqori

adaptatsion qobiliyatini tasdiqlaydi. Bahor oylarida faollikning o‘sishi o‘simliklarning gullash

davri bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayon asal yig‘ishni optimallashtirishga xizmat qiladi.

1-jadval.

Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning 1 minut davr ichida uchish faolligi

Kunlar\Soatlar

6:30

9:00

12:00

15:00

18:00

26.03

10

29

56

70

45

07.04

9

27

44

66

48

19.04

11

37

62

63

50

03.05

15

42

69

73

55

2. Asal qopchasining vazni va qand konsentratsiyasi

Asal qopchasining vazni va undagi qand

miqdori 2-jadvalda keltirilgan. Aprel oyida uyadan chiqqanda qand konsentratsiyasi 39,82%

bo‘lsa, qaytib kelganda 50,56% gacha oshdi. May oyida esa gulshira ko‘pligi sababli qand

konsentratsiyasi 39,81% gacha pasaydi. Bu o‘zgarishlar o‘simliklarning nektar tarkibiga bog‘liq.

Asal qopchasining o‘rtacha vazni 3,63–47,8 mg oralig‘ida o‘zgardi.

2-jadval.

Asal qopchasining vazni va qand miqdorining konsentratsiyasi

O‘lchov vaqti

Uyadan uchib chiqganida

Uyaga qaytib kelganida

Asal qopchasi vazni (mg)

Qand miqdori (%)

19.04

5.07±0.22

39.82±0.99

02.05

3.63±0.15

56.59±0.07

3. Nasl ko‘payishi va rivojlanish dinamikasi

Nasl ko‘payishi dinamikasi 3-jadvalda aks

ettirildi. Mart oyida nasl kvadratlari soni 75,7 bo‘lsa, may oyida 142,2 gacha oshdi. Ona

asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi 908,47 donadan 1706,4 donagacha ko‘tarildi, bu

187,8% o‘sishni ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar mahalliy asalarilarning yuqori reproduktiv

qobiliyatini tasdiqlaydi.

3-jadval.

Asalari oilalarining o‘sishi va rivojlanishi

O‘lchov vaqti Nasl soni (kvadrat) Cv.% Ona asalarining kunlik tuxum

qo‘yishi (dona)

Cv.%

26.03

75.7±0.12

16.1

908.47±0.45

15.9

07.04

96.8±0.44

8.18

1161.6±0.04

8.48

02.05

117.2±0.15

7.40

1406.4±0.04

7.40


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

15.05

142.2±0.05

39.1

1706.4±0.03

9.58

4. Ilmiy-nazariy tahlil

Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning yuqori mahsuldorligi ularning

genetik moslashuvchanligi bilan izohlanadi. Tabiiy tanlanish natijasida shakllangan bu

populyatsiya O‘zbekistonning iqlimiy sharoitlariga mukammal moslashgan. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, mahalliy asalarilarning kasalliklarga chidamliligi (masalan, varroatozga qarshi)

import qilingan zotlarga nisbatan yuqori. Shuningdek, ularning uzun xartumi (6,78 mm) va

kuchli uchish qobiliyati o‘simliklarning chuqur joylashgan nektarini yig‘ishda afzallik beradi

Xulosa

Tadqiqot natijalari mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning O‘zbekiston iqlimiga

moslashuvchanligini va yuqori mahsuldorligini tasdiqladi. Ularning uchish faolligi, asal yig‘ish

samaradorligi va nasl ko‘payish darajasi mintaqa sharoitlarida optimal ko‘rsatkichlarni namoyon

qildi. Shu sababli, mahalliy asalari populyatsiyasini saqlash va kengaytirish uchun maxsus

seleksiya dasturlari ishlab chiqish va pitomniklar tashkil etish zarur. Ushbu populyatsiyani

respublikaning barcha hududlarida keng tarqatish asalarichilikni rivojlantirishda muhim qadam

bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Венгеров А.М. Хозяйственно полезные признаки Забайкальских пчел. ж.

«Пчеловодство», 2002, №7, стр. 10-12.

2. Максимов С.П. Хозяйственно-биологические особенности пчел в Забайкалье. ж.

«Пчеловодство», 2006, №6, стр. 15-17.

3. Ямалтдинов Ш.Г. Пчелы Узбекистана. Ж. Пчеловодство 1989, №8. стр 6-7.

4. To‘rayev O.S., Salyamov S.J., O’rmanov Sh.Sh., Ikramov B.K. O’zbekistonning mahalliy

asalari populyatsiyasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari SamQXI Samarqand,

2002, 172-174 betlar.

5. Ruttner F. Biogeography and Taxonomy of Honeybees. Springer-Verlag, Berlin, 1988.

6. Seeley T.D. The Wisdom of the Hive: The Social Physiology of Honey Bee Colonies.

Harvard University Press, 1995.

Библиографические ссылки

Венгеров А.М. Хозяйственно полезные признаки Забайкальских пчел. ж. «Пчеловодство», 2002, №7, стр. 10-12.

Максимов С.П. Хозяйственно-биологические особенности пчел в Забайкалье. ж. «Пчеловодство», 2006, №6, стр. 15-17.

Ямалтдинов Ш.Г. Пчелы Узбекистана. Ж. Пчеловодство 1989, №8. стр 6-7.

To‘rayev O.S., Salyamov S.J., O’rmanov Sh.Sh., Ikramov B.K. O’zbekistonning mahalliy asalari populyatsiyasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari SamQXI Samarqand, 2002, 172-174 betlar.

Ruttner F. Biogeography and Taxonomy of Honeybees. Springer-Verlag, Berlin, 1988.

Seeley T.D. The Wisdom of the Hive: The Social Physiology of Honey Bee Colonies. Harvard University Press, 1995.