Авторы

  • To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovich
    Siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.79880

Ключевые слова:

ekologik xavfsizlik yer degradatsiyasi global ekologik muammolar ekologik siyosat global iqlim qurg‘oqchilik ekologik huquqlar “yashil iqtisodiyot” milliy qonunchilik qonun loyihasi xalqaro ekologik k konvensiya va shartnomalar Orxus konvensiyasi.

Аннотация

Muzkur maqolada O‘zbekistonning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlarini tahlil qilinib, parlamentning qonun qabul qilish jarayonidagi faoliyati batafsil yoritilgan. Shuningdek, Oliy Majlis palatalarining ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitalari faoliyati, O‘zbekistonning xalqaro ekologik shartnomalardagi ishtiroki va ularni ratifikatsiya qilishda parlamentning roli, ekologik dasturlar va loyihalar ijrosi ustidan parlament nazorati va hukumat bilan hamkorligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada ekologik muammolar bo‘yicha parlament eshituvlari va jamoatchilik bilan hamkorlikni o‘rganish; ekologik xavfsizlikni ta’minlashda duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini izlanib, bu borada xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston uchun foydali jihatlarni aniqlanib, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovich

Siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHDA

PARLAMENTNING O‘RNI

Annotatsiya:

Muzkur maqolada O‘zbekistonning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga

oid qonunlarini tahlil qilinib, parlamentning qonun qabul qilish jarayonidagi faoliyati batafsil

yoritilgan. Shuningdek, Oliy Majlis palatalarining ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitalari

faoliyati, O‘zbekistonning xalqaro ekologik shartnomalardagi ishtiroki va ularni ratifikatsiya

qilishda parlamentning roli, ekologik dasturlar va loyihalar ijrosi ustidan parlament nazorati va

hukumat bilan hamkorligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada ekologik muammolar

bo‘yicha parlament eshituvlari va jamoatchilik bilan hamkorlikni o‘rganish; ekologik

xavfsizlikni ta’minlashda duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini

izlanib, bu borada xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston uchun foydali

jihatlarni aniqlanib, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

ekologik xavfsizlik, yer degradatsiyasi, global ekologik muammolar, ekologik

siyosat, global iqlim, qurg‘oqchilik, ekologik huquqlar, “yashil iqtisodiyot”, milliy qonunchilik,

qonun loyihasi, xalqaro ekologik k konvensiya va shartnomalar, Orxus konvensiyasi.

THE ROLE OF PARLIAMENT IN ADDRESSING ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN

UZBEKISTAN

Abstract:

This article analyzes the laws of Uzbekistan related to ecology and environmental

protection, detailing the activities of the parliament in the law-making process. Also analyzed are

the activities of the committees of the chambers of the Oliy Majlis (Parliament) on ecological

issues, Uzbekistan's participation in international environmental treaties and the role of the

parliament in their ratification, parliamentary oversight over the implementation of

environmental programs and projects, and its cooperation with the government. Additionally, the

article examines parliamentary hearings on environmental problems and cooperation with the

public; identifies the challenges faced in ensuring environmental security and explores ways to

solve them; studies the experience of foreign countries in this regard, identifying useful aspects

for Uzbekistan; and provides relevant conclusions and recommendations.

Keywords:

ecological security, land degradation, global environmental problems, environmental

policy, global climate, drought, environmental rights, “green economy”, national legislation,

draft law (or bill), international environmental conventions and treaties, Aarhus Convention.

Jahon miqyosida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishning tobora ortib borayotgan

ahamiyati hozirgi kunda har qachongidan ham dolzarbdir. O‘zbekiston ham suv tanqisligi, yer

degradatsiyasi, havoning ifloslanishi va Orol dengizi inqirozi kabi bir qator jiddiy ekologik

muammolarga duch kelmoqda

1

. Bunday sharoitda milliy parlamentlar qonunchilikni

1

Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean, healthy and

sustainable environment | UNECE,

https://unece.org/media/environment/Aarhus-Convention/press/400675

(murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosi ustidan nazorat qilish va xalqaro hamkorlikni

mustahkamlash orqali ushbu muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.

Hozir global ekologik muammolar sayyoramizdagi har bir davlat, har bir xonadon va har bir

insonga tegishli ekanligi hammaga ma’lum. Bu esa mazkur yo‘nalishda huquqiy bazani

shakllantirish, tegishli qonunlar qabul qilishga asos bo‘ldi. Ya’ni dunyoda ekologik xavfsizlikni

ta’minlash tushunchasi paydo bo‘ldi.

“Ekologik xavfsizlik”

deganda atrof tabiiy muhitning organizmlarning hayoti uchun

ehtiyojlariga javob bera olishi holati yoki insonlar uchun sog‘lom, toza

va qulay tabiiy sharoitga ega atrof-muhit tushuniladi.

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun jahon hamjamiyati va har bir davlatning ekologik

siyosatga daxldorligi va uning bu ishdan chetda tura olmasligini bugungi ekologik holat talab

qilmoqda. Chunki endilikda insoniyat tomonidan nochor ahvolga keltirilgan tabiat jamiyat

turmushiga xavf sola boshladi.

Misol uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, havo ifloslanishi tufayli

har yili 7 millionga yaqin odam vafot etadi. Global iqlim va sog‘liqni saqlash alyansi

kompaniyasi rahbari Shveta Narayaning aytishicha, yuqori ifloslanish darajasini qayd etgan

hududlar ko‘mir, neft va gazdan eng ko‘p foydalanishi ma’lum bo‘ldi

2

.

Hozirgi kunda insoniyat xavfsizligiga xavf solayotgan omillardan yana biri dunyoda sodir

bo‘layotgan global isish va iqlim o‘zgarishlaridir. Bu muammo har bir mamlakat hayotining

ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sharoitiga birdek salbiy ta’sir qilmoqda.

Yaqin kelajakda ushbu vaziyatning yanada yomonlashishi tahmin qilinmoqda. Sayyoramizda

yillik issiq davrlar sonining oshib borishi suv resurslari shakllanishi sikllarini o‘zgartirmoqda,

ob-havoning keskin o‘zgarishi ekstremal hodisalarga, jumladan uzoq davom etadigan

qurg‘oqchilikka yoki aksincha, kuchli yog‘ingarchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, global isish mintaqadagi iqlim sharoitlarini murakkablashtirib, yozgi mavsumda –

qurg‘oqchilik va jaziramani kuchaytirgan, qishki qahratonni esa uzaytirgan. Orol dengizi atrofida

selsiy bo‘yicha 40 darajadan ortiq issiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan. Global

isish oqibatida mintaqada Orol dengizi havzasi daryolarini ta’minlaydigan qor-muzlik

resurslarining maydoni tanazzulga uchramoqda va qisqarmoqda. So‘nggi yarim asr davomida

Markaziy Osiyoning tog‘li muzliklari uchdan bir qismdan ortiqqa qisqardi

3

.

Jahon banki hisobiga ko‘ra, O‘zbekiston 2060-yilga borib iqlim o‘zgarishining sug‘orish

tizimlari va qishloq xo‘jaligiga ta’sirini yumshatish uchun 60 milliard dollarga yaqin mablag‘ga

muhtoj bo‘ladi. Bundan tashqari, energiya va suv infratuzilmasining eskirishi katta

2

Har yili havo ifloslanishi tufayli 7 millionga yaqin odam vafot etadi — JSST

https://daryo.uz/uu9sIxCu.

(

murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil

)

3

Nabiev O‘.A. Iqlim o‘zgarishi, uning ta’sirini tushunish va xavfli oqibatlarini baholash, O‘zbekistonda

iqlim o‘zgarishiga moslashish chora-tadbirlari va qo‘llash choralari, xorijiy tajriba: qo‘llanma. – Toshkent,

2018 y.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

investitsiyalarni talab qiladi, bu ayniqsa resurslar tanqisligi ortib borayotgan sharoitda muhim

ahamiyatga ega

4

.

Shu nuqtai nazardan har bir davlat o‘z hududida eng avvalo, atmosfera va suv havzalarining toza

va musaffo bo‘lishini ta’minlashi, chiqarilayotgan chiqindilarni imkoni boricha minimal

miqdorda bo‘lishiga erishishi lozim. Ular qo‘shni davlatlarning havosi, suvi, tuprog‘ining

ifloslanishiga ta’sir etmasligi kerak.

Bu borada ekologik xavfsizlikni ta’minlash strategiyasining ahamiyati kattadir. Ekologik

xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning

O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va Konstitutsiyasida belgilangan

hayotiy zarur manfaatlaridan kelib chiqadi. Ekologik siyosat qo‘shnichilikning

mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi, butun bir biosferaning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasi davlat siyosati

darajasiga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ekologik

muhofazaga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, yangi Konstitutsiyaning

49 moddasi “Davlat

fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir

ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik

nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”

5

degan yangi norma bilan

boyilildi..

Mazkur norma jamoatchilik nazoratini kengaytirish orqali aholimiz va kelajak avlod uchun qulay

va ekologik toza hududni saqlab qolish, aholining salomatligini ishonchli muhofaza etish, ularni

yashashi va rivojlanishi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini

kuchaytiradi albatta.

Shuningdek, mamlakatimizda 2025 yilning

"Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili"

deb e’lon qilinib, 280 ta chora-tadbirlardan iborat Davlat dasturi qabul qilinishi hamda Davlat

dasturining 3-yo‘nalishi “Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish” masalalariga

bag‘ishlanganligi ushbu masalaga davlat tomonidan qaratilayotgan alohida e’tiborni yaqqol

ko‘rsatadi

6

.

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, uning huquqiy asosini

mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘rnini tahlil qilish muhim ilmiy-

amaliy ahamiyatga egadir.

Mazkur masalani chuqur tahlil qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Xususan, O‘zbekistonning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlarini tahlil

qilish va parlamentning qonun qabul qilish jarayonini aniqlash; Oliy Majlis palatalarining

ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitalari faoliyatini o‘rganish; O‘zbekistonning xalqaro

4

Polina Sobirova, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 2060-yilgacha 400 mlrd dollar

ajratishi kerak bo‘ladi.

https://daryo.uz/2024/11/19/ozbekiston-iqlim-ozgarishiga-qarshi-kurashish-uchun-

2060-yilgacha-400-mlrd-dollar-ajratishi-kerak-boladi.

(

murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil

)

5

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

https://lex.uz/docs/6445145

6

Uzbekistan's

President

Hopes

a

Decree

Will

Spur

Green

Economic

Growth,

https://www.bourseandbazaar.org/articles/2025/3/25/uzbekistans-president-hopes-a-decree-can-spur-green-

economic-growth

, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ekologik shartnomalardagi ishtiroki va ularni ratifikatsiya qilishda parlamentning rolini baholash;

ekologik dasturlar va loyihalar ijrosi ustidan parlament nazorati va hukumat bilan hamkorligini

tahlil qilish; ekologik muammolar bo‘yicha parlament eshituvlari va jamoatchilik bilan

hamkorlikni o‘rganish; ekologik xavfsizlikni ta’minlashda duch kelayotgan muammolarni

aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini izlash; boshqa mamlakatlarning tajribasini o‘rganish va

O‘zbekiston uchun foydali jihatlarni aniqlash; yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, xulosalar

tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza

qilishga oid qonunchiligini takomillashtirilib borilmoqda. Shuningdek, parlamentning

qonun qabul qilish jarayonidagi tashabbuslari sezilarli darajada oshib borayotanligi

muhim ahamiyatga egadir.

Xususan, O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida keng qamrovli qonunchilik

bazasi shakllangan. Ushbu bazaning asosini 1992 yilda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish

to‘g‘risida"gi Qonun tashkil etadi. Ushbu qonun tabiiy muhitni saqlash va tabiiy resurslardan

oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi. Undan tashqari,

"Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida",

"O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida", "Hayvonot dunyosini

muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida", "Chiqindilar to‘g‘risida", "Ekologik nazorat

to‘g‘risida", "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida", "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida",

"Ekologik audit to‘g‘risida", "Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida", "Yer osti boyliklari

to‘g‘risida", "O‘rmon to‘g‘risida" va "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish

to‘g‘risida" kabi qator muhim qonunlar ekologik muhofazaning asosiy prinsiplarini belgilab

beradi

7

.

1-jadval: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan O‘zbekiston

Respublikasining asosiy qonunlari

Qonun nomi

(o‘zbekcha)

Qonun nomi (inglizcha

tarjimasi)

Qabul

qilingan

sanasi

Asosiy yo‘nalishlari

O‘zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi

The Constitution of the

Republic of Uzbekistan

2023 yil 1

may

Ekologik

muhofazaning

asosiy prinsiplari

"Tabiatni

muhofaza

qilish

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On nature

protection"

1992 yil 9

dekabr

Tabiiy muhitni saqlash va

tabiiy resurslardan oqilona

foydalanishning

huquqiy,

iqtisodiy va tashkiliy asoslari

"Suv

va

suvdan

foydalanish

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Law of the Republic of

Uzbekistan

"About

water and water use"

1993 yil 6

may

Suv resurslarini boshqarish

va ulardan foydalanish

7

Qonunlar,

https://gov.uz/en/eco/pages/laws,

(murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qonuni

"Atmosfera

havosini

muhofaza

qilish

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On the

protection

of

atmospheric air"

1996 yil

27 dekabr

Havo sifatini muhofaza

qilish

"O‘simlik

dunyosini

muhofaza qilish va

undan

foydalanish

to‘g‘risida"gi Qonun

Law of the Republic of

Uzbekistan "On the

protection and use of

flora"

1997 yil

26 dekabr

O‘simlik

dunyosini

muhofaza qilish va undan

barqaror foydalanish

"Hayvonot dunyosini

muhofaza qilish va

undan

foydalanish

to‘g‘risida"gi Qonun

Law of the Republic of

Uzbekistan "On the

protection and useage of

animal world"

2016 yil

19

sentabr

Hayvonot

dunyosini

muhofaza qilish va undan

barqaror foydalanish

"Chiqindilar

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

"About

waste"

2002 yil 5

aprel

Chiqindilarni boshqarish va

utilizatsiya qilish

"Ekologik

nazorat

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

"About

environmental control"

2013 yil

27 dekabr

Ekologik monitoring va

nazorat tizimi

"Muhofaza etiladigan

tabiiy

hududlar

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

"About

protected natural areas"

2004 yil 3

dekabr

Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarni tashkil etish va

boshqarish

"Ekologik

ekspertiza

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

"On

environmental expertise"

2000 yil

25 may

Ekologik ta’sir baholash

tartiblari

"Ekologik

audit

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On the

environmental audit"

2021 yil

15 mart

Ekologik audit jarayoni


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

"Radiatsiyaviy

xavfsizlik to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

"About

radiation safety"

2000 yil

31 avgust

Radiatsiyaviy

xavfsizlik

choralari

"Yer osti boyliklari

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On Subsoil"

2002 yil

13 dekabr

Yer

osti

boyliklaridan

foydalanish

va

ularni

muhofaza qilish

"O‘rmon to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On forest"

2018 yil

16 aprel

O‘rmonlarni boshqarish va

muhofaza qilish

"Tuproqni

muhofaza

qilish

va

uning

unumdorligini oshirish

to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan "On soil

protection and increasing

its fertility"

2024 yil 2

fevral

Tuproqni muhofaza qilish va

uning unumdorligini oshirish

"O‘zbekiston

Respublikasida xizmat

ko‘rsatgan

ekolog"

faxriy unvonini ta’sis

etish

to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston

Respublikasining

Qonuni

Law of the Republic of

Uzbekistan

on

the

establishment of the

honorary title “Honored

ecologist of the Republic

of Uzbekistan”

2025 yil

19 mart

Qonun bilan joriy etilgan

unvon

ekologik

toza

texnologiyalarni

ishlab

chiqish va joriy etish, yashil

hududlarni

kengaytirish,

ekologik

madaniyatni

oshirish

hamda

yuqori

malakali

kadrlar

tayyorlashda

fidokorona

mehnat qilgan mutaxassislar

va ekofaollarga ham taqdim

etiladi.

Shu o‘rinda mamlakatimizda bevosita ekologiya qonunchiligini takomillashtirishda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitalari

muhim vazifani bajarayotganligini alohida ta’kidlash lozim.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekologiya va atrof

muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatib, Hayrillo G‘apporov mazkur

qo‘mita raisi hisoblanadi

8

. Qo‘mitaning asosiy vazifalariga ekologik muhofaza, havoning

8

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi

https://parliament.gov.uz/committees/24

,

(murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ifloslanishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun loyihalarini ko‘rib chiqish

kiradi.

Qo‘mita tomonidan 2020-2024 yillar davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni

muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, «Yashil makon» umummilliy

loyihasining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, sohaning qonunchilik asoslarini

yanada takomillashtirish, shuningdek qonun hujjatlarining ijro etilish holati yuzasidan tegishli

vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini eshitib borishga alohida e’tibor qaratildi. Chaqiriq

davrida qo‘mita qonun ijodkorligi yo‘nalishida

30 ta qonun loyihasi

uchun

mas’ul

bo‘lib,

ularning barchasi qabul qilindi.

Shuningdek, so‘nggi 5 yilda qo‘mita tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilgan.

Xususan, 2020-2024 yillarda qo‘mita tomonidan jami 92 ta nazorat-tahlil tadbiri tashkil etilgan.

Ulardan 35 tasi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 42 tasi qonun va

qonunosti hujjatlarining ijro etilish holatini o‘rganishga, 15 tasi Qonunchilik palatasi va qo‘mita

qarorlarining ijrosini monitoring qilishga taalluqlidir

9

.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya

qo‘mitasi faoliyat yuritib, senator Tuychiev Anvar qo‘mita raisi sifatida faoliyat yuritib

kelmoqda

10

. Senatning mazkur qo‘mitasi Qonunchilik palatasi bilan birgalikda ekologiyaga oid

qonunlarni qabul qilish va ularga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, parlament nazorati

institutidan foydalangan holda ekologik siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok

etadi.

Parlament qo‘mitalari xalqaro tajriba bilan faol tanishib, o‘z faoliyatlarida xalqaro hamkorlarni

kuchaytirib borishga ham alohida e’tibor qaratishadi. O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining

barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etib, ekologik qonunchilikni uyg‘unlashtirish

masalalarini muhokama qilganligi buning yaqqol dalilidir. Bu esa global ekologik standartlardan

xabardorlik va boshqa mamlakatlar tajribasidan o‘rganishga tayyorlikni ko‘rsatadi. Xalqaro tajribani

o‘rganish va xalqaro forumlarda ishtirok etish orqali O‘zbekiston yanada samarali ekologik siyosat

va amaliyotlarni qabul qilishi mumkin.

Mamlakatimizning xalqaro ekologik shartnomalardagi ishtiroki hamda parlamentning

ushbu hujjatlarni ratifikatsiya qilishdagi faolligini alohida e’tirof etish maqsadga

muvofiqdir.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish Oliy

Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma vakolatiga kiradi. Shundan kelib chiqib,

mustaqillik yillarida Oliy Majlis tomonidan bir qator xalqaro ekologik konvensiyalar va

shartnomalar ratifikatsiya qilingan.

Xususan, ular orasida “”Biologik xilma-xillikni saqlash to‘g‘risidagi konvensiya”, “Yo‘qolib

ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish

9

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-2024 yillardagi faoliyati yuzasidan

tayyorlangan hisobotdan.

10

Senatning

Agrar,

suv

xo‘jaligi

masalalari

va

ekologiya

qo‘mitasi,

https://senat.uz/oz/committees/category/agrar-suv-xojaligi-masalalari-va-ekologiya-qomitasi/

(murojaat

etilgan sana 5 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

to‘g‘risidagi Konvensiya”larni keltirib o‘tish mumkin. (Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025 yilda

ushbu konvensiyaning 20-Konferensiyasiga (COP20) mezbonlik qiladi.)

Shuningdek, Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiya

(CMS), (O‘zbekiston 2023-2024 yillarda ushbu konvensiyaning 14-Konferensiyasiga (COP14)

mezbonlik qilgan)

11

, “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi”, “Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan

masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati,

ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyasi

12

ham muhim

ahamiyatga ega.

BMTning Yevropa iqtisodiy qo‘mitasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchan

O‘zbekistonning Orxus Konvensiyasiga qo‘shilishini yuqori baholab shunday degandi: “Men

O‘zbekistonni Orxus konvensiyasiga qo‘shilganligi bilan qutlayman. Ushbu muhim voqea

mamlakatda samarali atrof-muhitni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish va Markaziy Osiyo

va butun dunyodagi boshqa mamlakatlar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar

yaratadi. Jamoatchilikning samarali va inklyuziv ishtiroki, axborotdan hamda odil sudlovdan

erkin foydalanish imkoniyati - bu 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarining barcha

jihatlari uchun asosiy tamoyillar bo‘lib, ular iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ifloslanishni

kamaytirish va biologik xilma-xillikni himoya qilish uchun juda muhimdir."

13

Bundan tashqari, O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan yoki qo‘shilgan “Asosan suvda suzuvchi

qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq maydonlari to‘g‘risida

Konvensiya (Ramsar konvensiyasi)”, “Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib

yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasi” va “Turg‘un organik

ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi” kabi boshqa konvensiyalar ham

mavjud.

27

2-jadval: O‘zbekistonratifikatsiya qilgan yoki qo‘shilgan Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilishga qaratilgan Xalqaro shartnomalar ro‘yxati

Shartnoma nomi

Ratifikatsiya/

Qo‘shilish

yili

Asosiy maqsadlari

Biologik

xilma-xillikni

saqlash

to‘g‘risidagi konvensiya (1992 yil 5

iyun, Rio-de-Janeyro,)

1995 yil

Ekotizimlarni, turlarni va genetik

xilma-xillikni saqlash

Xavfli chiqindilarni chegaralararo

tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan

1996 yil

Xavfli

chiqindilarning

transchegaraviy

tashilishini

11

What is COP and Its role in Uzbekistan's sustainable future?,

https://gov.uz/en/eco/news/view/36074

,

(murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

12

O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik bazasi,

https://lex.uz/ru/docs/7424688

13

Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean, healthy and

sustainable environment | UNECE,

https://unece.org/media/environment/Aarhus-Convention/press/400675,

(murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel

Konvensiyasi (1989 yil 22 mart,

Bazel)

nazorat qilish

Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan

yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar

turlari bilan xalqaro savdo qilish

to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)

(1973 yil 3 mart, Vashington)

1997 yil

Yo‘qolib borayotgan turlar bilan

xalqaro savdoni tartibga solish

Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib

yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir

Konvensiya (CMS) (1979 yil 23 iyun,

Bon)

1998 yil

Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va

ularning

yashash

muhitini

muhofaza qilish

Asosan suvda suzuvchi qushlarning

yashash

joyi

sifatida

xalqaro

ahamiyatga

molik

suv-botqoq

maydonlari to‘g‘risida Konvensiya

(1971 yil 2 fevral, Ramsar)

2001 yil

Suv-botqoq ekotizimlarini saqlash

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi

(2015 yil 12 dekabr, Parij)

2018 yil

Issiqxona gazlari emissiyasini

kamaytirish

va

iqlim

o‘zgarishining

oqibatlariga

moslashish

Turg‘un organik ifloslantiruvchi

moddalar

haqidagi

Stokgolm

konvensiyasi (Stokgolm, 2001 yil 22

may)

2019 yil

Barqaror

organik

ifloslantiruvchilarni yo‘q qilish

Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan

masalalar bo‘yicha qarorlar qabul

qilish jarayonida jamoatchilikning

axborot olish imkoniyati, ishtiroki va

odil sudlovga erishish imkoniyati

to‘g‘risidagi Konvensiya (1998 yil 25

iyun, Orxus)

2025 yil

Atrof-muhitga oid axborotga

erishish, qaror qabul qilishda

jamoatchilik ishtiroki va adolatga

erishish huquqlarini ta’minlash

O‘zbekistonning keng ko‘lamli xalqaro ekologik shartnomalarda faol ishtirok etishi global

ekologik muammolarni xalqaro hamkorlik orqali hal qilishga sodiqligini ko‘rsatadi. Oliy Majlis

ushbu majburiyatlarni ratifikatsiya qilish orqali rasmiylashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Orxus

konvensiyasiga qo‘shilish atrof-muhit demokratiyasi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib,

jamoatchilikka atrof-muhitga oid masalalarda axborot olish, ishtirok etish va adolatga erishish

huquqlarini beradi. Bu O‘zbekiston Konstitutsiyasining 49-moddasiga mos keladi va

mamlakatda ekologik boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yana bir muhim masala, Oliy Majlis Davlat budjetining ijrosini nazorat qiladi, bu esa o‘z

navbatida ekologik dasturlarni moliyalashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Milliy ustuvor vazifalar


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha

Parlament komissiyasining tashkil etilishi ekologik yo‘nalishdagi BRMlarni ham nazorat

qilishga qaratilganligini ko‘rsatadi

14

. Ushbu komissiya BRMlarning bajarilishi bo‘yicha hukumat

hisobotlarini ko‘rib chiqadi. "Yashil makon" milliy loyihasining ijrosi ustidan samarali

parlament nazoratini olib borishga doir Qonunchilik palatasi Kengashining qarori qabul

qilinganligi ham parlamentning ekologik dasturlarga e’tiborini ko‘rsatadi

15

. Deputatlarning

"Yashil makon" loyihasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishi va tegishli ekologik muammolarni

ko‘tarishi mazkur masala yuzasidan har bir deputat tomonidan shaxsan nazorat olib

borilayotganini namoyon etadi

16

.

BRM komissiyasining tashkil etilishi va "Yashil makon" loyihasiga alohida e’tibor qaratilishi

ekologik tashabbuslar ustidan parlament nazoratining kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Bu esa

ekologik siyosatning ijrosi bo‘yicha hisobdorlikning oshishiga olib kelmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2024 yil 20 noyabr kuni Oliy Majlis yig‘ilishida 2025 yilni

"Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili" deb e’lon qilish taklifi ijro va qonunchilik

hokimiyatining ekologik ustuvorliklar borasidagi hamkorligini yanada kuchaytirishga turtki

bo‘ldi deyishimiz mumkin.

Jamoatchilik bilan ekologik masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish maqsadida

O‘zbekistonda bir qator choralar ko‘rilmoqda. Xususan, fuqarolarning jamiyat hayotiga oid

masalalar, jumladan, qonunchilik bo‘yicha murojaatlarini yuborish uchun "Mening fikrim"

portali ishga tushirilgan. Parlament sessiyalarining onlayn translyatsiyasi va saylovchilar bilan

muloqotni kuchaytirishga qaratilgan yangi veb-saytlar ham faoliyat yuritmoqda.

Aholining o‘sishi va uning ehtiyojlarining ortishi rivojlanishni rag‘batlantirsa-da, bu atrof-

muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatib, jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Iqlim

o‘zgarishi va o‘tmishdagi noto‘g‘ri boshqaruv (Orol dengizi) natijasida suv tanqisligi kundalik

muammoga aylandi, bu esa parlament e’tiborini talab qiladigan asosiy ekologik muammolardan

biridir. Lekin mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etish yoki ularni oldini olishda

tegishli ijro etuvchi hokimiyat institutlarini faoliyatini kuchaytirish, aholini ekologik

madaniyatini oshirish choralarini ko‘rish, bunda parlament nazoratidan samarali foydalanish

masalalsi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Nazorat mexanizmlarini takomillashtirish uchun qonuniy tuzilmalarni mustahkamlash va

jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish tavsiya etiladi. Shuningdek, parlament a’zolarini zarur

bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, mustaqil tadqiqot organlarini tashkil etish orqali

parlamentning nazorat qilish salohiyatini oshirish zarur. Ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va

14

Uzbekistan's Oliy Majlis SDGs commission targets policy reform - Inter-Parliamentary Union,

https://www.ipu.org/news/case-studies/2022-07/uzbekistans-oliy-majlis-sdgs-commission-targets-policy-

reform

, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

15

2021 yil 25 noyabrdagi “Mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida belgilangan

vazifalar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 1563-IV-sonli Qarori,

https://lex.uz/docs/5776122

, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

16

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar holati o‘rganildi - Oliy Majlis Konunchilik

palatasi,

https://parliament.gov.uz/oz/news/yashil-makon-umummilliy-loyihasi-doirasidagi-ishlar-holati-

organildi

, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ekologik vaziyatni yaxshilash uchun ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish,

shuningdek, mavjud qonuniy normalarga ilmiy asoslangan o‘zgartishlar kiritish lozim.

Shuningdek, jamoatchilikning ekologik muhofazada ishtirokini ta’minlash va nodavlat notijorat

tashkilotlarning rolini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini boshqarish va iqlim

o‘zgarishi sohasida xalqaro tajriba va yordamdan foydalanish ham zarurdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, mamlakatda ekologik muhofaza bo‘yicha

keng qamrovli qonunchilik bazasi va Oliy Majlis palatalarida ixtisoslashgan qo‘mitalarning

mavjudligi tizimning muhim yutuqlaridandir. Shu bilan birga, nazorat qilish salohiyatini oshirish

va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish zarurligi kabi qator muammolar ham mavjud.

Mamlakatimiz qolaversa Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik muammolarni yumshatish, ularni

oldini olish hamda Oliy Majlisning ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini yanada

kuchaytirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

Birinchidan,

Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy tabiiy parklar yaratish masalasini

ko’rib chiqish. Transchegaraviy tabiiy parklar, iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi

kurashishda muhim rol o'ynaydi. Ular karbonat angidridni yutish va havoning ifloslanishini

kamaytirish orqali mintaqadagi ekologik barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Umuman

olganda, transchegaraviy tabiiy parklar yaratish Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ekologik

barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikni ta'minlashda muhim qadam hisoblanadi.

Ikkinchidan,

ekologiya masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitalarining nazorat qilish

salohiyatini, resurslarni ko‘paytirish, a’zolarni o‘qitish va mustaqil ekspertlarni jalb qilish orqali

mustahkamlash. Qonunchilik jarayonida va ekologik qo‘mitalar faoliyatida shaffoflikni oshirish.

Uchinchidan,

Orxus konvensiyasi prinsiplariga asoslangan holda ekologik siyosatni

shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini yanada rag‘batlantirish. Shuningdek,

xalqaro ekologik shartnomalar va milliy ekologik dasturlarning ijrosi ustidan parlament

nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023 y .

2. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi”

754-XII-sonli Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksi. 1994 yil 22

sentabr.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mаydаgi “Ekologik Ekspertizа to‘g‘risidа”gi 73-II-

sonli Qonuni.

5. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nаzorаt to‘g‘risidа”gi O‘RQ-

363-sonli Qonuni. 6. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2019-yil 30-oktyаbrdаgi “2030-

yilgаchа bo‘lgаn dаvrdа O‘zbekiston Respublikаsining аtrof-muhitni muhofаzа qilish

konsepsiyаsini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5683-sonli Fаrmoni. 7. O‘zbekiston Respublikаsi

Prezidentining

2022-yil

28-yаnvаrdаgi

“2022–2026-yillаrgа

mo‘ljаllаngаn

yаngi

O‘zbekistonning tаrаqqiyot strаtegiyаsito‘g‘risidа”. PF-60-sonli Fаrmoni.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent.

“O‘zbekiston”, 2022. – 157 b.

8. Набиев Ў.А. Иқлим ўзгариши, унинг таъсирини тушуниш ва хавфли оқибатларини

баҳолаш, Ўзбекистонда иқлим ўзгаришига мослашиш чора-тадбирлари ва қўллаш

чоралари, хорижий тажриба: қўлланма. – Тошкент, 2018 й.

9. Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean,

healthy and sustainable environment | UNECE, https://unece.org/media/environment/Aarhus-

Convention/press/400675 (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

10. Har yili havo ifloslanishi tufayli 7 millionga yaqin odam vafot etadi — JSST

https://daryo.uz/uu9sIxCu. (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

11. Polina Sobirova, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 2060-yilgacha 400

mlrd dollar ajratishi kerak bo‘ladi. https://daryo.uz/2024/11/19/ozbekiston-iqlim-ozgarishiga-

qarshi-kurashish-uchun-2060-yilgacha-400-mlrd-dollar-ajratishi-kerak-boladiю.

(murojaat

etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

12. Uzbekistan's President Hopes a Decree Will Spur Green Economic Growth,

https://www.bourseandbazaar.org/articles/2025/3/25/uzbekistans-president-hopes-a-decree-can-

spur-green-economic-growth, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

14.

Ekologiya

va

atrof

muhitni

muhofaza

qilish

masalalari

qo‘mitasi

https://parliament.gov.uz/committees/24, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-2024 yillardagi

faoliyati yuzasidan tayyorlangan hisobotdan.

16.

Senatning

Agrar,

suv

xo‘jaligi

masalalari

va

ekologiya

qo‘mitasi,

https://senat.uz/oz/committees/category/agrar-suv-xojaligi-masalalari-va-ekologiya-qomitasi/

(murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

17.

What

is

COP

and

Its

role

in

Uzbekistan's

sustainable

future?,

https://gov.uz/en/eco/news/view/36074, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

18. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik bazasi, https://lex.uz/ru/docs/7424688

19. Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean,

healthy and sustainable environment | UNECE, https://unece.org/media/environment/Aarhus-

Convention/press/400675, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

20. Uzbekistan's Oliy Majlis SDGs commission targets policy reform - Inter-Parliamentary

Union,

https://www.ipu.org/news/case-studies/2022-07/uzbekistans-oliy-majlis-sdgs-

commission-targets-policy-reform, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

21. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar holati o‘rganildi - Oliy Majlis

Konunchilik palatasi, https://parliament.gov.uz/oz/news/yashil-makon-umummilliy-loyihasi-

doirasidagi-ishlar-holati-organildi, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023 y .

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” 754-XII-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksi. 1994 yil 22 sentabr.

O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mаydаgi “Ekologik Ekspertizа to‘g‘risidа”gi 73-II-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nаzorаt to‘g‘risidа”gi O‘RQ-363-sonli Qonuni. 6. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2019-yil 30-oktyаbrdаgi “2030-yilgаchа bo‘lgаn dаvrdа O‘zbekiston Respublikаsining аtrof-muhitni muhofаzа qilish konsepsiyаsini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5683-sonli Fаrmoni. 7. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2022-yil 28-yаnvаrdаgi “2022–2026-yillаrgа mo‘ljаllаngаn yаngi O‘zbekistonning tаrаqqiyot strаtegiyаsito‘g‘risidа”. PF-60-sonli Fаrmoni.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent.

“O‘zbekiston”, 2022. – 157 b.

Набиев Ў.А. Иқлим ўзгариши, унинг таъсирини тушуниш ва хавфли оқибатларини баҳолаш, Ўзбекистонда иқлим ўзгаришига мослашиш чора-тадбирлари ва қўллаш чоралари, хорижий тажриба: қўлланма. – Тошкент, 2018 й.

Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean, healthy and sustainable environment | UNECE, https://unece.org/media/environment/Aarhus-Convention/press/400675 (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

Har yili havo ifloslanishi tufayli 7 millionga yaqin odam vafot etadi — JSST https://daryo.uz/uu9sIxCu. (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

Polina Sobirova, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 2060-yilgacha 400 mlrd dollar ajratishi kerak bo‘ladi. https://daryo.uz/2024/11/19/ozbekiston-iqlim-ozgarishiga-qarshi-kurashish-uchun-2060-yilgacha-400-mlrd-dollar-ajratishi-kerak-boladiю. (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

Uzbekistan's President Hopes a Decree Will Spur Green Economic Growth, https://www.bourseandbazaar.org/articles/2025/3/25/uzbekistans-president-hopes-a-decree-can-spur-green-economic-growth, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi https://parliament.gov.uz/committees/24, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-2024 yillardagi faoliyati yuzasidan tayyorlangan hisobotdan.

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi, https://senat.uz/oz/committees/category/agrar-suv-xojaligi-masalalari-va-ekologiya-qomitasi/ (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

What is COP and Its role in Uzbekistan's sustainable future?, https://gov.uz/en/eco/news/view/36074, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik bazasi, https://lex.uz/ru/docs/7424688

Uzbekistan accedes to the Aarhus Convention, empowering the public to shape a clean, healthy and sustainable environment | UNECE, https://unece.org/media/environment/Aarhus-Convention/press/400675, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

Uzbekistan's Oliy Majlis SDGs commission targets policy reform - Inter-Parliamentary Union, https://www.ipu.org/news/case-studies/2022-07/uzbekistans-oliy-majlis-sdgs-commission-targets-policy-reform, (murojaat etilgan sana 5 aprel 2025 yil)

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar holati o‘rganildi - Oliy Majlis Konunchilik palatasi, https://parliament.gov.uz/oz/news/yashil-makon-umummilliy-loyihasi-doirasidagi-ishlar-holati-organildi, (murojaat etilgan sana 2 aprel 2025 yil)