JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Inobat Bazarbayeva
Qoraqalpoq davlat universiteti, magistrant
NABI JALOLIDDIN HIKOYALARIDA MILLIY IFODA TALQINI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi adabiy jarayonda faol ijod qilayotgan ijodkor - Nabi
jaloliddining bir qator hikoyalari misolida o’zbek mentalitetiga xos bo’lgan milliy urf-odat,
an’ana va qadriyatlar muammosi tahlilga tortilgan. Adibning hikoyalari mazmundorligi, mavzu
jihatdan rang-barangligi, yozuvchining badiiy mahorati, insoniy tuyg’ular tarannumining epik
ifodasi kabi masalalar xususida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
milliy qadriyatlar, an’ana, qadriyat, hikoya, obraz, mavzu va g’oya, uslub, badiiy
mahorat.
Abstract:
This article analyzes the problem of national customs, traditions and values inherent
in the Uzbek mentality using a number of stories by the writer Nabi Jalalidd, who is actively
working in the current literary process. The author discusses issues such as the content of the
writer's stories, their thematic diversity, the writer's artistic skill, and the epic expression of the
glorification of human feelings.
Keywords:
national values, tradition, value, story, image, theme and idea, style, artistic skill.
Аннотация:
В данной статье на примере цикла рассказов Наби Джалолидди, активного
творца современного литературного процесса, анализируется проблема национальных
обычаев, традиций и ценностей, характерных для узбекского менталитета. Рассказы
автора содержательны, тематически разнообразны, художественное мастерство писателя,
эпическое выражение человеческих эмоций.
Ключевые слова:
национальные ценности, традиция, ценность, сюжет, образ, тема и идея,
стиль, художественное мастерство.
Hozirgi o’zbek adabiyotida hikoyalari bilan samarali ijod qilayotgan yosh iste’dodlardan biri –
Nabi Jaloliddindir. Adib asarlari tematikasi alohida e’tiborga molik masaladir. Har bitta asarida
ijodkor qalbidagi nozik kechinmalarini mohirlik bilan bir ipga teradi.Asarlari qatoridan joy
olgan mehr-muhabbat, sadoqat, burch va mas’uliyat kabi insoniy fazilatlar benihoya go’zal
qalamga olingan. Hikoyalarida murojaat etgan turli mavzular orasidan milliy qadriyatlarga
alohida to’xtalib o’tsak. Uning “Ota”, “Tuproq”, “Vatan” kabi hikoyalari vatanparvarlik,
oilaparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat kabi tuyg’ularga yo’g’rilgandir. Qadriyat allaqanday
hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z
navbatida borlikning u yoki bu obyektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom
ma‘nodagi zaruriy shartidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari,
o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini
topadi.
Ma’naviyatning negizini milliy qadriyatlar tashkil etadi.Qadriyat har bir davr va har bir millat
uchun alohida bir hodisadir. Shu sababli ham har bitta millatning o’ziga xos bo’lgan milliyligi,
urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari bir biridan farq qiladi. O’zbek milliy qadriyatlari zamirida
insonparvarlik g’oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida, o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida,
kundalik turmush tarzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri -
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va
sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi.
Anashunday qadriyatlarning yuksak namunasi
adibning “Ota” hikoyasida o’z ifodasini topgan. Asarda azaliy qadriyatlarimizdan biri -
muqaddas oila haqida, jamiyatning tirgagi va bo’g’ini bo’lmish oilani saqlash, o’zaro hurmat,
mehr – oqibat kabi tuyg’ularning sintez holda kelishini kuzatamiz. Hikoyada tasvirlangan ota
timsoli ijodkor tomonidan alohida e’tiborga olingan. Adib ota obraziga sayqal berar ekan uning
har bitta nozik detalini ham ko’zdan qochirmasdan tasvirlaydi. Butun jamiyatimizga namuna
bo’lishga arzirli bo’lgan ota timsolini yaratadi. Otaning 7 o’g’il 1 qizi bor. “To’ng’ich o’g’li
manashu xo’jalikda rais, ota kasbini qilib, yer bilan oshno tutindi. Ikkinchi o’g’il katta odam –
vazir, Toshkentda yashaydi. Keyingi ikki o’g’li – muallim. ( Ulardan biri maktab direktori.)
Undan keyingisi gazetada ishlaydi – jurnalist. Kenjasi bo’lsa, g’irt bekorchi, otasi olib bergan
mashinada ko’cha kezgani - kezgan. Shu bahona chol – kampirning xizmatini ham qiladi. Otasi
uni juda unaqa tergayvermaydi – kenjatoyda, mayli, esi kirguncha yayravolsin, deydi. Aslida eng
erkasi bitta- yu bitta qizi – Gulira’no, ya’ni cholning “ Chaman qizi”. Uni turmushga berishgan,
o’zidan tinchib o’tiribdi...” [1.].
Har bitta farzandiga diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlardan ham benasib
qilmagani, savodli, el – yurt koriga yaraydigan qobiliyatli farzandlarni tarbiyalagani yaqqol
namoyon bo’ladi. Farzandlari jamiyatda o’z o’rniga ega ekanligining asosi va poydevori sifatida
yozuvchi oilani, oiladagi sog’lom muhitni sababchi ko’rsatadi. “ Bolajonlarim, o’zbekning birligi,
kuchi oilada. Eng avvalo oilaga suyaning, ishonish mumkin. Bu millatimizzi eng katta fazilati.”
[ 1 ].. Otaning farzandlariga bergan o’gitlari fikrimiz dalili. Fitratning quyidagi gaplari fikrimizni
yana bir karra mustahkamlaydi: “ Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki
intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga
tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham
shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi ” [ 2. 5 – b.]. Barcha bolalari qaysi lavozimda ishlashidan
qat’iy nazar otalarini juda qattiq hurmat qiladi, yuziga tik qaramaydi. Ahillik, baraka –
xotirjamlikda deya uqtirib keladi. Har bitta farzandiga jamiyatga sitqidildan, halol xizmat
qilishlarini bot – bot ta’kidlaydi.
Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib,
qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari majmuidir. Qadriyatlar axloqiy qoida va me'yorlar,
g'oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda usullarini o'zida aks ettiradi: Ular halollik,
poklik, o'zaro yordam va adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi
fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, mas'uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon
bo'ladi. Ushbu hikoyadagi oilaviy qadriyatlar o’rnak bo’lishga arzirli.
Adibning “Tuproq“ nomli hikoyasi ham boshdan oyoq manashunday qadriyatlarga sodiqlik
bilan yo’g’rilgan. Insoniy qadriyatlarni hayotga tatbiq etganda, jamiyatga ijobiy ta'sir
ko'rsatadigan, vaqtni chetlab o'tadigan va shaxslarni haqiqatan ham muhim bo'lgan narsalarga
ko'proq mos kelishga undaydigan yaxshi harakatlar paydo bo'ladi. Ming yillar mobaynida
shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy - ma'naviy boyliklar bilan
qo'shilib, yangi zamonaviy qadriyatlarni yaratadi va taraqqiyotimizni tezlashtiradi, g'oyaviy va
ma'naviy poklanishni ta'minlashga ko'maklashadi. Xuddi manashunday o’zgarishlarning milliy
qadriyatlarga ta’siri, zamonaviylikka ergashish orqasidan o’zligimizdan chekinish holatlarining
yuzaga kelishi ayni shu hikoyada o’z dalilini topadi. Qo’shnilar orasidagi murosa, bir – birining
haqqiga xiyonat kabi og’riqli nuqtalar hikoya qahramonlarining hayotida ham uchraydi.
Hunarmandchilik bilan kun ko’radigan ustaning ikki qo’shnisi uning tomorqasi yonidan uy
soladi. Har ikkisi ham uning yeridan 1 metrdan oshib o’tib qo’shnining haqqiga xiyonat qiladi.
Ammo diyonatli usta qo’shnilariga pisanda ham qilmaydi, “Tavba, bu o’zbek deganlari yerga
to’yarmikin – a?! – o’ylardi u asablari qaqshab. – Qachon qarama, yer talashadi, yer o’g’irlaydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Axir hammamiz bir quloch yerga borib, tuproqqa qorishib ketamiz – ku. Yo odam bolasi
tuproqdan yaralib, oxir – oqibat tuproqqa aralashib ketishi rost bo’lganligi uchun ham shu qadar
unga bog’lanib qolganmikin – a? Ayniqsa, bizning o’zbeklar. Ehhe – e, bu tuproq!.. Manovi
qo’shnilari tuproq, ona tuproq ne ekanligini bilisharmikin?!..” [ 3 ]. - deya o’ylab qo’yadi.
Halollik odamlar orasidagi ijobiy munosabat asosiga quriladi. Halol luqma va mehnat bilan
topilgan mol-mulk inson qalbida xotirjamlik, sokinlik uygʻotadi va oʻzgalarga nisbatan xolis,
ezgu niyat bilan munosabatda boʻlishga olib keladi. Qo’shnining haqqiga xiyonat eng og’ir
gunohlardan sanaladi. Azaliy qadriyatlarimiz ham necha asrlar davomida ushbu qoidalarga amal
qilib kelmoqda.
Hikoyada yana bir so’nmas qadriyarlarimiz namoyondasi bo’lmish ona tuproq qadri, Vatan
sevinchi, unga sodiqlik, tuyg’ulari ham tarannum qilinadi. Ona Vatan tuprog’ining nelarga
qodirligi, uning hayotbaxshligi haqida bir necha yil avval bobosi aytib bergan hikoya orqali
tanishadi, bobosining hayotini saqlab qolgan muqaddas ona yurt tuprog’i haqidagi hikoyadan
to’lqinlanib ko’zlarida yosh qalqiydi. “Otam rahmatli o’shanda ko’zlarida yosh bilan “Tuproqni
chaynarkanman, jonivor hecham g’ichirlamadi. Shunaqayam mazali tuyuldiki, go’yo endigina
tandirdan uzilgan nonning ta’mi kelardi...” degandi... – Otam bechora tuproqni uzoq chaynabdi.
Chaynagan sayin tanasiga issiqlik yugurib, o’zida quvvat sezaveribdi. Keyin tuproqni yutish
uchun qor yebdi. Shunday qilib, har to’xtaganida bir chimdim tuproqni yamlay – yamlay,
odamlar yashaydigan yerga yetib, omon qolgan ekan. – Otasi so’zdan to’xtab, bir pas o’yga toldi,
so’ng bilinar – bilinmas xo’rsindi – da, go’yo o’ziga gapirayotganday dedi: – Endi esa hammasi
aynib ketdi!.. O’shanda otasining nima demoqchi ekanligini tushunmadi. U ona tuprog’ini yeya
oladigan odamlar qolmadi, demoqchi bo’ldimi yoki tuproq aynib, yeb bo’lmaydigan ahvolga
keldi, dedimi – bilolmadi. “ [ 3 ]. Bir qarich yer talashib ikki qo’shnining qilgan qilmishlari
albatta achinarli holat. Ota – bobolarimiz muqaddas sanagan bu oltindan qimmat tuproq qadri
xiyonatlarga uchramoqda, nafs vajida qanchadan – qancha kishilar uni sotishgacha borishmoqda.
Zero, Vatan tuproqdan boshlanadi. Har qarichi oltindan qimmat bu maskanlarga qurol
o’qtalayotganlar ham yo’q emas. Shu sababli ham muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev:
“Yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan
yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim
masalalardan biridir”.[ 4. 89] deb ta’kidlagan. Bularga sabab yoshlar ongi milliy qadriyatlar,
ularga hurmat ruhida tarbiya topmaganidandir. Aynan anashu masala hikoyada yechimini topadi.
Milliy manaviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga
to'g'anoq bo'ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Biz asrlar davomida shakllangan,
odamlarning hayoti ichki dunyosidagi mustahkam o'rin olgan, unga barcha amal qiladigan,
insonlarning qon-qoniga singib ketgan an'analarimizni, ota-bobolarimiz bizga qoldirgan olijanob
qadriyatlarni, g'ururimizni ko'taradigan, xalqimizni obro'siga obro' qo'shadigan insoniy odat va
fazilatlarni saqlash, asrab-avaylash va eng katta boylik sifatida yangi kelajak avlodlarga etkazish
zarur. “Umuminsoniy qadriyatlar barcha xalq va elatlarga xos bo'lgan, ularning insoniy
fazilatlarini ifodalaydigan an'analar, urf - odatlar, intilishlar, g'oyalar, sog'lom fikr, yuksak did
bilan baholash qobiliyati, shu asosida qilinadigan harakat va faoliyat va hokazolar bo'lib, undan
unumli foydalanish umumbashariy muammolarni to'g'ri hal qilishga ko'p jihatdan ijobiy ta'sir
etadi”[5,114]. Bu o’rinda milliy tilni e’zozlash ham alohida e’tiborga molik masala.
Til – bu millatning qalbi, uning dunyodagi oʼrnini, mavjudligini koʼrsatuvchi asosiy belgi. Til
bor ekan, millat ham barhayotdir. Oʼzbekning oʼzligini, oʼziga xos qadriyatlarini, maʼnaviy
qiyofasini aks ettiruvchi ona tilimiz xalqimizning bebaho boyligidir. Yaqin kunlarga qadar,
hattoki hozirgi kunda ham so’zlashuvimizda rus tilining ta’siri o’zgacha bo’lib kelmoqda.
O’zbek bo’laturib o’z tilida ravon so’zlayolmaydiganlarning ham uchrab turishi og’riqli
masaladir. Chet tillarini o’rganish yaxshi albatta, ammo, shuni unutmaylik – ki, biz avvalo
o’zbekmiz, o’z milliy tilimizni har nedan ustun qo’ymoq vazifamizdir. Fikrimiz dalili o’laroq
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
hikoyadagi ushbu parchada ham shunday satrlar berilgan: “Axir biz ona tilimiz yana bir tilga
mute bo’lsin, deb o’ris zulmidan qutilganmidik?! Jon birodarlar, – derdi uning yuragi lovullab, –
ona tilini bilmagan, xalqini sevish tugul pisand etmagan odamning o’z yurtiga nafi tegishi
mumkinmi? Bu ne ko’rgulik axir! O’z ona tilini bilmaslik uyat bo’lmasa – yu!..” Shuncha kutdi,
bironta odam, bolamni vatanparvar qilib tarbiyalang, o’z Vatanini, xalqini sevsin demadi – ya.
Bu nima degan gap axir?!”[ 3 ]. Buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniy “Millatni millat
ekanligini ko‘rsatadigan uning ona tilidir. Tilni yo‘qotmak bu millat ruhini yo‘qotmakdur, yoki
har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadigan oyinai hayoti, til va adabiyotidir”, deganda
aynan shu ulug‘ istakni taʼkidlagan edilar. Bugungi avlod ham o‘z ona tilining sofligini saqlashi
va uning nufuzini oshirish uchun intilishi lozim.
Qisqasi, Nabi Jaloliddinning har bitta hikoyasi zamiridagi sermazmunlik ijodkor uslubidan
darakdir. Adib asarlari har tomonlama milliylik, zamonaviylik va ifodalilik ramzidir. Uning
“Ota” hikoyasida oila muqaddas qo’rg’onligi, farzand tarbiyasi, farzandlarning ilmli bo’lib
kamol topishi har tomonlama otaga bog’liq bo’lishi, oiladagi tarbiyaning o’rni juda muhimligi
go’zal satrlarda namoyon bo’lgan. Oila muqaddas, uni asramoq va el – yurtga nafi tegadigan
farzandlarni tarbiyalash haqida mulohazalar hikoyadan o’rin olgan. Asardagi otaning farzandlari
barcha yoshlarga o’rnak bo’lsa arzirli tarbiyasi va otasiga cheksiz hurmati bilan go’zal sifatlarga
ega qilib tasvirlangan. Ijodkorning “Tuproq” hikoyasi ham milliy qadriyatlarga limmo – lim asar
deb aytolamiz. Undagi qo’shnichilik odobi, vatanga muhabbat, ona tiliga yuksak ehtirom kabi
qadriyatlar tilga olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nabi Jaloliddin “ Ota “ hikoyasi
2.
А.Фитрат. Оила ёки оила бошқариш тартиблари. – Тошкент: “Маънавият”, 2016. – Б.
5.
3. Nabi Jaloliddin “ Tuproq “ hikoyasi.
4.
Mirziyoyev.Sh.M. “Milliy taraqqiyot yo'limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz” - Toshkent. O'zbekiston: 2017- yil,1 tom
5.
Nazarov Q. Aksiologiya - qadriyatlar falsafasi - Toshkent, Akademiya nasiriyoti, 2011-yil
