Авторы

  • Xolmurodova Yoqinoy Zokir qizi
    Gulistan state pedagogical institute Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83210

Ключевые слова:

estetika tarbiya san'at goʻzallik estetik idrok teatr.

Аннотация

Ushbu maqolamda boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan estetik tarbiya va estetik idrokni shakllantirish hamda oʻquvchilarning kiyinish va muomila madaniyatini qanday rivojlantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at va madaniyatga qiziqish uyg‘otish, ijodiy tafakkur hamda did tarbiyasini rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, estetik tarbiyaning asosiy maqsadlari, uni amalga oshirish vositalari – tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, teatr va tabiat bilan bog‘liq faoliyat turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada estetik tarbiyani shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlari ham tahlil qilinib, o‘qituvchilar va ota-onalarning bu boradagi o‘rni ta’kidlanadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Guliston davlat pedagogika instituti,

“Maktabgachava boshlangʻich ta'lim

" kafedrasi, katta oʻqituvchi D.S.

Nosirova taqrizi ostida

Xolmurodova Yoqinoy Zokir qizi

Gulistan state pedagogical institute

Uzbekistan

Email:

yorqinoyxolmurodova028@gmail.com

BOSHLANGʻICH SINFLARDA ESTETIK TARBIYA: SAN'AT VA TA'LIM SINTEZI

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolamda boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyasida muhim

ahamiyatga ega bo'lgan estetik tarbiya va estetik idrokni shakllantirish hamda oʻquvchilarning

kiyinish va muomila madaniyatini qanday rivojlantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan.

Estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at va madaniyatga qiziqish uyg‘otish, ijodiy

tafakkur hamda did tarbiyasini rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,

estetik tarbiyaning asosiy maqsadlari, uni amalga oshirish vositalari – tasviriy san’at, musiqa,

adabiyot, teatr va tabiat bilan bog‘liq faoliyat turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada

estetik tarbiyani shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlari ham tahlil qilinib,

o‘qituvchilar va ota-onalarning bu boradagi o‘rni ta’kidlanadi.

KALIT SOʻZLAR :

estetika, tarbiya, san'at, goʻzallik, estetik idrok, teatr.

KIRISH:: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini shakllantirish zamonaviy

ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Chunki aynan ushbu yoshda bolalarda

go‘zallikka intilish, san’at va madaniyatni tushunish, ijodiy tafakkur hamda nozik did shakllana

boshlaydi. Estetik tarbiya nafaqat san’at va madaniyatga muhabbat uyg‘otadi, balki bolalarning

axloqiy

va

ma’naviy

rivojlanishiga

ham

bevosita

ta’sir

qiladi.

Estetik tarbiya shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishiga bog‘liq bo‘lib, turli

yo‘llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati

tushunchalari mavjud. Jamiyatning estetik madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanishi tarixi

jarayonida to‘plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlari majmui tushuniladi.Bolalikda aql-farosat,

axloqiy ko’nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan

zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollikdan tez ajrata olish qobilyatini

tarbiyalashimiz kerak

.

Maktab yoshidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim bilan birgalikda tarbiya ham teng

berib boriladi. Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra o‘quvchilarga dastlab turmushdagi go‘zallik,

ya’ni buyumlar, kiyimlar, o‘quv qurollarini toza ozoda, chiroyli asrash, ularni saranjom-sarishta

saqlay bilish, ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish o‘rgatiladi.

MATERIAL VA USLUBLAR.

Estetik tarbiya – bu bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at

va tabiatni tushunish, nozik did va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonidir.

Boshlang‘ich sinf davri inson hayotida estetik did va axloqiy qadriyatlarning shakllanishi uchun

muhim bosqich sanaladi. Chunki aynan shu yoshda bolalar tashqi muhitni idrok etish, san’at va

madaniyatga qiziqish bildirish hamda ijodiy faoliyatga jalb etilish orqali go‘zallikni anglay

boshlaydi.

O‘quvchilarni estetik ruhda tarbiyalashda ota-ona, mahalla va ta’lim muassasasining o‘rni va

hamkorligi katta rol o‘ynaydi. Oila inson bolasi uchun hayotga tayyor bo‘lib chiqadigan

qutlug‘ va mo‘tabar dargoh hisoblanadi. Ota-onalarning biri-biriga samimiy munosabatida,

go‘zal muomalasida, uy tutishlarida, yurish-turishlarida bo‘lsa, mahalla tarbiya beruvchi kichik

bir ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘zidan kattalarni ko‘rganda salom berish, kichiklarga izzatda


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bo‘lish, kattalar gapirganda ko‘ziga tik qarab turmaslik, minnatdorchilik bildira olish va kattalar

ruxsatisiz biror nojo‘ya ish qilmaslik o‘rgatiladi.Bu esa bola odobining go‘zalligi va estetik

tarbiyaning boshlanishi hisoblanadi. Taniqli mutafakkir Abu Nasr Farobiyning “Inson o‘z

baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi his qilishining o‘zi yetarli emas, buning uchun go‘zallikni

yarata olishi muhimdir” degan fikrni ilgari surganlar.

Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida go‘zallikni his qilish

va qadrlash – tabiat, san’at, musiqa va adabiyot orqali estetika tushunchalarini rivojlantirish.

Ijodiy fikrlashni shakllantirish – rasm chizish, qo‘shiqlar kuylash, qo‘l mehnati va sahna

chiqishlari orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni

singdirish – san’at va madaniyat orqali odob-axloq me’yorlarini tushuntirish. Atrof-muhitga

bo‘lgan munosabatni shakllantirish – tabiatning go‘zalligini anglash va uni asrab-avaylash hissini

uyg‘otish.

Estetik tarbiyani shakllantirishning asosiy vositalari.

1. Tasviriy san’at darslari. Bolalarni ranglar, shakllar va tasvir usullari bilan tanishtirish.

Mashhur rassomlar ijodini o‘rganish. Mustaqil rasm chizish va hunarmandchilik bilan

shug‘ullanish.

2. Musiqa darslari. Klassik va milliy musiqalarni tinglash, ularni tahlil qilish. Musiqa orqali

hissiy tajribalarni shakllantirish. Qo‘shiqlar kuylash va musiqa asboblarida chalish

ko‘nikmalarini rivojlantirish.

3. Badiiy adabiyot va teatr. Ertak va hikoyalarni o‘qish, muhokama qilish. Rolli o‘yinlar va

sahna chiqishlari orqali dramatik san’atga qiziqish uyg‘otish. Yaxshi va yomon tushunchalarini

san’at orqali tushuntirish.

4. Tabiat bilan tanishish. Sayohatlar, ekskursiyalar va tabiat hodisalarini kuzatish orqali

go‘zallikni his qilish. Gul ekish, bog‘ yaratish, tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda

«badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir.

Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan

quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab

ketadi.Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga

olib keladi. Tarbiyaning bu turi mehnat tarbiyasi bilan ham bog‘liq. Mehnat faoliyati bolalarni

quvontiradi, ular biror-bir foydali ishni bajarayotib, o‘zlarining imkoniyatlari o‘sib

borayotganligini sezadilar.

Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida o‘zaro boglanish bor. Kishining mustahkam sog‘lig‘i,

jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi,

musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi shular jumlasiga kiradi.

Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ilk

yoshdagi bolalarni nazarda tutganda ham ularning estetik tarbiyasi to‘g‘risida emas, balki

ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand

bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida

uning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bunda kattalarning ta’siri alohida

o‘rinni egallaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan so‘zlashuvlari bolaga buyumlarning

xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam beradi. Va aksincha, kattalarning

ogohlantiruvchi ovozi, ularning yuzidagi xursandchilik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib

berishlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni

shakllantiradi

Estetik tarbiya vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bolalarni o‘rab urgan muhit, turmush estetikasi;

tevarak-atrofdan olingan taassurotlar;

tabiat, san’at asarlari;

bolalarning tasviriy faoliyatlari;

bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar;

ma’lum maqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta ’lim;

ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta’lim

Sanʼatlar sintezi - bir badiiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratishda turli sanʼatlar va sanʼat

asarlarining oʻzaro uzviy bogʻlanishi; insonning moddiy va maʼnaviy muhitini estetik jihatdan

tuzishga xizmat kiladi. Sanʼatlar sintezi tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiylik yaratishni

nazarda tutadi. Seda har biri oʻzining cheklangan ifoda va tasviriy imkoniyatiga ega boʻlgan

sanʼatlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar

gʻoyasi, obraz va kompozitsion butunligi, makon va zamonni yaratishdagi umumiy ishtiroki,

koʻlami, ritmidagi monandlik sanʼatda ularni idrok etishni kuchaytirib, sifat oʻzgarishlarini

yuzaga keltiradi.

Musiqa yoki tasviriy san’at fanini tabiat bilan birga bog‘laydigan bo‘lsak, raqs yoki qo‘shiq

kuylash, tabiat manzaralari aks etgan rasmlar chizish, shular bilan birgalikda qushlar, hayvonlar

va tabiat hodisalarini kuzata bilish-nafosat tarbiyasining asoslaridan biri hisoblanadi. Nafosat

tarbiyasi orqali o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasi shakllanadi. Estetik qiziqishning asosiy belgisi

o‘quvchida estetik faoliyatga intilishi, o‘zi yoqtirgan san’at asarlarini yig‘ib to‘plab borishi,

takror o‘qib idrok etishi, o‘sha asarlar haqida fikr bildirishga intilishi, boshqalarning shu

masalaga doir fikrini bilishga qiziqishi, muayyan san’atlar, janr, yo‘nalish kabilarni afzal

ko‘rishida namoyon bo‘luvchi tanlash xususiyatining mavjudligi bilan ifodalanadi. Masalan,

o‘quvchini qiziqtirgan san’at ustasining rasmlarini, asarlarini to‘playdilar, qayta-qayta o‘qib

chiqadilar.Bu esa asta-sekin o‘ziga nisbatan talabchanlikni, o‘zini mustaqil, ongli, oqilona

boshqarish va xulq-atvori, xatti-harakatiga baho bera bilish ko‘nikmalarini egallash

demakdir.Hamma vaqt nafosat tarbiyasining asosida erkin va mustaqil fikrlay olish, eshitish,

ko‘rish, harakat qilish qobilyatini tarbiyalash masalasi turadi.

XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni aytaolamanki oʻquvchilarni estetik tarbiya qilishda ,

ularga nafosat goʻzallikni his qildirishda oʻqituvchining oʻrni beqiyosdir. Shuning uchun biz

oʻqituvchilar ularga bu tarbiyani berishdan avval oʻzimiz ularga oʻrnak boʻla olishimiz lozimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. R. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. Pedagogika.

2. E. Umarov. Estetika.

3. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

4. Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

5. Bolalar ensiklopediyasi. 2-nashr.–T. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy

nashriyoti. 2002. -664 b

6.U. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Т., «Fan», 2005.

7.Sh. Shodmonova. Maktabgacha pedagogika. Т., «Fan va texnologiyalar», 2005.

8.Pedagogika fanidan izohli lug‘at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X. To‘raqulov, O.

Hasanboyeva, N. Usmonov). Т., «Fan va texnologiyalar», 2009.

9.«Barkamol avlod yili» davlat dasturi. Т., « O’zbekiston», 2010.

10.Oilada barkamol avlod tarbiyasi. (O. Hasanboyeva tahriri

ostida). Т., «Fan va

texnologiyalar», 2010.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

11.O. Hasanboyeva. Barkamol avlod ma’naviyati. Т., «O’zbekiston», 2010.

12. A. Holiqov. Pedagogik mahorat. Т., «Iqtisod — Moliya», 2010.

13.hnp://wwwdetskiysad. ru/ped.

14.hnp://wwwdetskiysad. ru/ped/dp.064. himl.

Библиографические ссылки

R. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. Pedagogika.

E. Umarov. Estetika.

Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

Bolalar ensiklopediyasi. 2-nashr.–T. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b

U. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Т., «Fan», 2005.

Sh. Shodmonova. Maktabgacha pedagogika. Т., «Fan va texnologiyalar», 2005.

Pedagogika fanidan izohli lug‘at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X. To‘raqulov, O. Hasanboyeva, N. Usmonov). Т., «Fan va texnologiyalar», 2009.

«Barkamol avlod yili» davlat dasturi. Т., « O’zbekiston», 2010.

Oilada barkamol avlod tarbiyasi. (O. Hasanboyeva tahriri ostida). Т., «Fan va texnologiyalar», 2010.

O. Hasanboyeva. Barkamol avlod ma’naviyati. Т., «O’zbekiston», 2010.

A. Holiqov. Pedagogik mahorat. Т., «Iqtisod — Moliya», 2010.

hnp://wwwdetskiysad. ru/ped.

hnp://wwwdetskiysad. ru/ped/dp.064. himl.