JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
M.
O‘rinova
OXU o‘qituvchisi
O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI TASNIFI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek bolalar folkorining o‘rganilishi, janrlari tasnifi haqida fikr
yuritilgan. Folklorshunos olim O.Safarovning bolalar folklorini tasniflashdagi qarashlari tahlil
qilingan. Olimning nazariy qarshlari dunyo folklorshunosligidagi tasniflar bilan qiyoslangan.
Kalit so‘zlar:
tasnif, bolalar folklori, erkalash qo‘shiqlari, beshik qo‘shiqlari, erkalama,
ovutmachoq.
Аннотация.
В статье рассматривается изучение узбекского детского фольклора и
классификация его жанров. Анализируются взгляды фольклориста О. Сафарова на
классификацию детского фольклора. Теоретические идеи ученого сопоставлялись с
классификациями в мировом фольклоре.
Ключевые слова:
классификация, детский фольклор, ласковые песни, колыбельные,
ласкание, ласки.
Annotation.
This article discusses the study of Uzbek children's folklore and the classification of
its genres. The views of the folklorist O. Safarov on the classification of children's folklore are
analyzed. The scientist's theoretical views are compared with classifications in world folklore.
Keywords:
classification, children's folklore, caressing songs, lullabies, caressing, caressing.
Yetuk folklorshunos olim Oxunjon Safarov folklor ekspeditsiyasi jarayonida to‘plagan
materialga tayanib, o‘zbek bolalar qo‘shiqchiligida chorlama, aytishuv, etnografik poetik
parchalar hisoblangan aytim-olqish, hayitlik, tarqalmachoq, qofiyadosh laqab, arazlama,
yarashtirgich, cheklashmachoq kabi bir qator janrlarni farqlab, ularning mazmun-mohiyatini
tahlil qildi. Natijada o‘zbek bolalar folklori namunalarini tasnif qilish imkoniyati yuzaga keldi.
Dunyo folklorshunosligida bunday tasnif G.Vinogradov, O.Kapitsa, M.Melnikov, N.Isenbet,
N.Beyeshu, R.N.Xashba, M.O‘zhan, E.Taker va o‘zbek folklorshunosligida Gʻ.Jahongirovlar
tomonidan amalga oshirilgan edi [4,102].
Oxunjon Safarov rus, tatar, moldavan, dog‘iston, abxaz, tojik bolalar folkloriga taalluqli barcha
tasniflarni sinchiklab o‘rgandi hamda ularning o‘zbek bolalar og‘zaki poetik ijodi bilan umumiy
va farqli jihatlarini tahlil qildi. Shuningdek, o‘zga xalq tasniflaridagi ba’zi kamchiliklarga
munosabat bildirdi. Jumladan, rus olimlari tasnifi haqida shunday deydi: “Prof. G.Vinogradov
chandishlarni bolalar yumori namunalariga kiritsa, dotsent M.Melnikov uni ovutuvchi folklor
janri sifatida talqin etadi. Shuningdek, M.Melnikov prof. G.Vinogradovning tegishmachoq
(draznilka)ni masxaralama (izdevka)dan ajratishiga e’tiroz bildirib, ularning ikkalasini
birlashtirib, bir hodisa sifatida qarasa-da, o‘z tasnifotida mazkur hodisa (uningcha,
draznilka)ning vazifasi jihatidan qaysi guruhga mansubligini ochiq qoldiradi. Shu zaylda salkam
ikki asrlik tajribaga ega rus folklorshunosligida ham hanuzgacha bolalarning xilma-xil janrdagi
yumoristik va satirik qo‘shiqlarini alohida guruhga ajratib, tasnifotlarda maxsus ifodalash
barqarorlashmayapti”. Binobarin, rus bolalar folklorshunosligida nisbatan mukammal tasnif
O.I.Kapitsa tomonidan amalga oshirilgan. U bolalar folklori beshik qo‘shiqlari, erkalama,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
ovutmachoq, hazil qo‘shiqlar, bolalarning taqvim bilan bog‘liq qo‘shiqlari, marosimga aloqador
qo‘shiqlar, topishmoq, tez aytish, bolalar ertaklari va o‘yinlaridan iboratligini qayd etadi.
Oxunjon Safarov tojik folklorshunosi B.Shermuhammadovning tojik bolalari folklorini
o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti haqida ham o‘z mulohazalarini ifoda etib, uning tasnifot
tizimi bolalar poetik folkloriga xos hodisalarni shunchaki e’tirof etish doirasida qolgani, bolalar
qo‘shiqlarini qaysi prinsiplarga ko‘ra janriy jihatdan differensiatsiya qilish asoslanmagani,
terminologiyada ayrim noaniqliklarga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlaydi[4,154].
Shuningdek, olim Dog‘iston bolalar folklorini o‘rgangan F.Z.Abakarova tasnifoti haqida gapirib,
Z.Abakarova tasnifi juda umumiy ekanligi, tasnifda bolalar poetik folkloriga xos janriy xilma-
xillik o‘z ifodasini topmagani, bolalar yumori va satirasiga xos hodisalar chetlab o‘tilgani haqida
fikr yuritgan.
O.Safarov ana shu mulohazalari asosida yuzaga kelgan qarashlar va mavjud tasniflarga suyanib,
yarim asrga yaqin muddat davomida to‘plagan o‘zbek bolalar folkloriga oid materiallari
xarakteridan kelib chiqib, ularni quyidagicha uchta katta qismga ajratib o‘rganishni ma’qulladi:
1. Erkаlаsh qо‘shiqlаri. Bungа аllа, аytim-оlqish, оvutmасhоq, erkаlаmа, qiziqmасhоqlаrni
kiritib, ulаrdа erkаlаsh leytmоtiv bо‘lgаnligini tа’kidlаydi. Оlim erkаlаsh pоeziyаsi nаmunаlаrini
ijrо mаqsаdi, о‘rni vа bоlа yоshigа munоsаbаtigа kо‘rа ikki guruhgа аjrаtаdi. Birinchisi, beshik
qо‘shiqlаri bо‘lib, ungа аllаlаr, etnоgrаfik mаzmundаgi аytim-оlqishlаr(uch yоshni tо‘ldirgunchа
аytilаdi) kirsа, ikkinchisi suyish qо‘shiqlаri deb аtаlib, erkаlаmа, оvutmасhоq, qiziqmасhоq,
qаytаrmасhоq(6-7 yоshgа tо‘lgunchа аytilаdi) kаbi jаnrlаrni о‘z iсhigа оlаdi.
2. Bоlаlаr tаqvimi vа uni ifоdа etuvchi mаrоsim qо‘shiqlаri. Bundа kаttаlаr bоlаlаrning tаbiаtgа
bо‘lgаn munоsаbаtini shаkllаntirishdа fаоl ishtirоk etishаdi. Bаhоr, yоz, kuz, qish mаvsumlаri
bilаn bоg‘liq bundаy qо‘shiqlаrning bir qismi ijtimоiy-siyоsiy tаrаqqiyоt tаqоzоsigа kо‘rа
kаttаlаr repertuаridаn bоlаlаr repertuаrigа о‘tib qоlgаn. Qоlаversа, ibtidоiy аjdоdlаrimizning
аnimistik vа tоtemistik e’tiqоdlаri аsоsidа shаkllаnib, endilikdа о‘shа mоhiyаtni yо‘qоtgаn
yаlinсhоq vа hukmlаgiсh jаnrlаri bоlаlаr repertuаridа sаqlаnib qоlgаn.
3. Bоlаlаrning о‘z ijоdkоrligi vа ijrосhiligi hоsilаsi bо‘lgаn qо‘shiqlаr vа о‘yinlаr. Bu turkum
о‘zbek bоlаlаr fоlklоrining аsоsini tаshkil qilаdi. Ulаr sо‘z vа hаrаkаtning ishtirоkigа kо‘rа ikki
kаttа guruhgа bо‘linаdi: а) bоlаlаrning mаishiy qо‘shiqlаri; b) bоlаlаrning о‘yin fоlklоri [4,120].
Mazkur tasnif O.Safarovning 2007-yilda oliy ta’lim dargohlari uchun nashr qilingan o‘quv
qo‘llanmasida keltirilgan. Olim bolalar folkloriga doir asosiy ilmiy-nazariy qarashlarini “O‘zbek
bolalar poetik folklorining janriy tarkibi va badiiyati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida
(1985) to‘liq ifodalagan. Bu dissertatsiya mazmuni monografiya sifatida nashr qilingan. Unda
bolalar folklori olim tomonidan uch katta tarkibga ajratiladi. Birinchi va ikkinchi tasnif aynan bir
xillikka ega, ammo uchinchi tasnifda farqli jihatlarni ko‘rish mumkin. Bu tasnifda bolalar
ijrochiligi o‘z ichida 4 guruhga bo‘lingan:
1. O‘yin komponenti bilan bog‘liq qo‘shiqlar(chorlama, cheklashmachoq, guldur-gup, sanama,
o‘yin-qo‘shiq va tarqalish qo‘shiqlari kiritilgan).
2. So‘z-o‘yinlar(tez aytish, topishmoq, chandish).
3. Qo‘shiqlar(qiqillama, ikkilik, uchlik, to‘rtlik shaklidagi turli qo‘shiqlar).
4. Bolalarning yumoristik va satirik qo‘shiqlari [4,203].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bunda o‘yin va qo‘shiqning ichki turlari alohida-alohida raqamlangan. Shuningdek, uchinchi
bo‘limning “Qo‘shiqlar” deb nomlanishi g‘oyat umumiy bo‘lib, unga bolalarning yumoristik va
satirik qo‘shiqlarini ham kiritish mumkin. Holbuki, 4-raqamda ular yana alohida guruhlangan.
Tasnifda bolalar ijrochiligi dastavval o‘yin va qo‘shiq singari ikki katta guruhga ajratilib, so‘ngra
ularning ichki tuzilishi alohida berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bizningcha, nisbatan keyin
amalga oshirilgan tasnifot (2007) bolalar folklori tarkibi ixchamlik va soddalik prinsipida ochib
berilgani bois oson tushunishga sabab bo‘ladi. Qolaversa, tarqalish qo‘shiqlari bir so‘zdan iborat
“tarqalmachoq” istilohiga almashtirilgani, suyish qo‘shiqlariga yangi qaytarmachoq janri
kiritilgani ham ahamiyatga molik. Ko‘rinadiki, O.Safarov bolalar folklorshunosligining yangi
qirralarini kashf etish, bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida tinimsiz izlanishda bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Фольклор – бебаҳо хазина. Нашрга тайёрловчи Н.Сафарова. – Тошкент: Муҳаррир, 2010.
– Б. 274.
2.Бойчечак. Тўпловчи ва нашрга тайёрловчилар Сафаров О., Очилов К. – Тошкент: Ғафур
Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1984. – Б. 184.
3.Сафаров О. Бухоро фольклорини тўплаш ва ўрганиш тарихидан. //Ўзбек тили ва
адабиёти. 2003 йил, 1-сон. – Б. 10.
4.Сафаров О. Ўзбек болалар поэтик фольклори. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – Б. 21-23.
5.Maftuna, U. (2023). Artistic interpretation of scientific achievements in the novel" Signs of the
End Times" by Chingiz Aitmatov.
6.Ro'ziyeva, M. Y. (2020). COLOR SYMBOLISM IN UZBEK FOLKLORE. Theoretical &
Applied Science, (5), 277-284.
7.Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND COLOR. Ann. For.
Res, 65(1), 2719-2722.
8.Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in folklore. Язык и
культура (Новосибирск), (23), 127-130.
9.Ro’ziyeva, M. Y. (2020). Color symbolism in Uzbek folklore. ISJ Theoretical & Applied
Science, 05 (85), 277-284.
10.Ro‘ziyeva, M. Y. (2021). O’qish darslarida fasllar bilan bog’liq matnlar va ularning ahamiyati:
DOI: 10.53885/edinres. 2021.86. 66.011 Ro ‘ziyeva MY, Boshlang ‘ich ta’lim nazariyasi
kafedrasi mudiri, fffd (PhD) Madinabonu Xayrulloyeva, BuxDU, boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
4 kurs talabasi. In Научно-практическая конференция (pp. 23-24).
11.Ro’ziyeva, M. (2021). FOLKLORSHUNOSLIKDAGI YANGI BOSQICHLAR VA
ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI: Mohichehra Ro’ziyeva, BuxDu
Boshlang’ich ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri, PhD, dotsent. In Научно-практическая
конференция (pp. 21-22).
12.Ro'ziyeva, M. Y. (2015). Some peculiarities of white colour in uzbek folklore. In Applied and
Fundamental Studies (pp. 277-285).
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
13.Ruziyeva, M. Y. (2020). About color symbols in folklore. Journal of critical reviews. ISSN-
2394-5125 VOL, 7.
14.Ruziyeva, M. Y., & Aslonova, S. S. (2021). Theoretical and Practical Foundations of
Teaching Folklore In Primary School. Middle European Scientific Bulletin, 10.
15.Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's literature
MY Ruziyeva, S Lobar
