Авторы

  • Tursunov Baxodir Junaydullaevich
    Osiyo xalqaro universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83243

Ключевые слова:

Qizilmiya korxona qattiq sirt disperslik darajasi neftshlam Qizilmiya ildizi

Аннотация

Hozirgi kunda arzon va sifatli yonilg‘i briketlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi sababli, ishlatilgan qizilmiya ildizi va kimyo sanoati qoldiqlari asosida, issiq va sovuq kunlarga bardoshli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop va atrof muhitga ta’sir qilmaydigan briketlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga bog‘lash muhim ahamiyatga ega. Sirt faolligini o‘rganish sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtda ta’sir etuvchi kuchlar, sirt energiyasi, sirtda moddaning yig’ilishi (adsorbsiya), ho‘llanish, flotatsiya, kapillyar bosim, sirtlarda kimyoviy potensial va bug bosimining o’zgarishi, fazalar qoidasining dispers sistemalar uchun qullanilishi kabi jarayonlar o‘z ichiga oladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tursunov Baxodir Junaydullaevich

Osiyo xalqaro universiteti

NEFTNI QAYTA ISHLASHDA XOSIL BO‘LADIGAN CHIQINDILARNI ILG‘OR

TEXNOLOGIYALAR ORQALI UTILIZATSIYA QILISH

Annotatsiya:

Hozirgi kunda arzon va sifatli yonilg‘i briketlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib

borayotganligi sababli, ishlatilgan qizilmiya ildizi va kimyo sanoati qoldiqlari asosida, issiq

va sovuq kunlarga bardoshli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop va atrof muhitga ta’sir

qilmaydigan briketlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga bog‘lash muhim ahamiyatga ega.

Sirt faolligini o‘rganish sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtda ta’sir etuvchi

kuchlar, sirt energiyasi, sirtda moddaning yig’ilishi (adsorbsiya), ho‘llanish, flotatsiya,

kapillyar bosim, sirtlarda kimyoviy potensial va bug bosimining o’zgarishi, fazalar

qoidasining dispers sistemalar uchun qullanilishi kabi jarayonlar o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

Qizilmiya, korxona, qattiq sirt, disperslik darajasi, neftshlam, Qizilmiya ildizi,

Utilizatsiya, sirt taranglik, sirt yuzasi, komponent imyoviy potensiali, komponentning mol

sonlari, elektr potensial, zaryad miqdori

Energiyani tejash, energetik sinovlar o‘tkazish (korxonani loyihalash va ishga tushirish

arafasida) natijalari asosida va mahsulot ishlab chiqarishda hamda xizmat ko‘rsatishdagi

haqiqiy solishtirma energiya sig‘imi, sarf-xarajatlarini solishtirma energiya sig‘imning

me’yoriy qiymatlari bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi

Yoqilg‘i-energetika resurslari - bu material ob’ekt bo‘lib, unda inson tomonidan amaliy

foydalanishga yaroqli energiya majmuidir.

Energetika resursi deb - tabiiy yoki sun’iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi.

Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin

bo‘lgan energiya tashuvchilardir.

Tabiiy resurslarni, shu jumladan, energetika resurslarini, o‘rganishda ularning ilmiy tasnifi,

ya’ni xomashyo, obyektlar va tabiiy muhit hodisalar yig‘indisini funksional muhimlik

belgilari bo‘yicha ajratish kerak.

Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri - bu tugallanish belgisi bo‘lib, unga binoan energetika

resurslari zahirasi tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo‘linadi (1.1-rasm). O‘z

navbatida tugallanadigan energetika resurslari qayta tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi

mumkin. Qayta tiklanuvchi energetika resurslariga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.)

tomonidan tiklanadigan resurslar kiradi, tiklanmaydigan energetika resurslariga - ilgari

tabiatda yig‘ilgan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft,

ko‘mir va boshqa yer osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydigan energetika manbalariga

kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda yoqilg‘i briketlarni tayyorlashda asosan

ko‘mir

va

o‘simliklardan

foydalanib kelmoqda. Shu sababli respublikamizda ko‘mirni ishlab chiqarish

holati bo‘yicha to‘xtalib ketilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yoqilg‘i-energetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri – o‘simliklarni qayta tayyorlashda

olinadigan o‘tinlar bo‘lib, u aholining ehtiyojida katta o‘rin tutmoqda. O‘simliklardan (tana,

ildiz, barg va h.k.) yoqilg‘i sifatida foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Ammo, daraxt

va har xil o‘simliklar kamayib borganligi sababli yog‘ochli briketlardan foydalanish keskin

kamayib borishi kuzatilmoqda. Mamlakatimizda o‘sadigan yovvoiy (qizilmiya) o‘simlikni

ko‘paytirish meditsina uchun dori-darmon vositalarini tayyorlash va ishlatilgan qizilmiya

ildizidan oqilona foydalanish dolzarb massalalrdan biriga aylanib qolgan. Ishlatilgan

qizilmiya ildizlarini quritish va ulardan briketlarni tayyorlash bo‘yicha ko’p ishlar olib

borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jami 19 korxonada yiliga 120 ming tonnagacha

qizilmiya ildizini qayta ishlab kelmoqda, va shundan 100 ming tonna atrofida chiqindi hosil

bo‘lib kelmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida hamda O‘zbekiston

Respublikasi Namangan viloyatida ishlatilgan qizilmiya ildizi asosida va boshqa

qoldiqlarning hammasini utilizatsiya qilib, ulardan yonilg‘i briket va granulalar ishlab

chiqarishga qaratilgan. Qizilmiya ildizi va qishloq xo‘jalik ekinlari qoldiqlarini yig‘ish, ularni

quritish, boshqa birikkan aralashmalardan tozalash, maydalash va saralash, bug‘lantirish,

siqish, shakl berish, sovutish, tayyor mahsulotni qadoqlash va saqlash jarayonlarini o‘z ichiga

olgan. Sifat ko‘rsatgichlarini ta‘minlash maqsadida har bir bosqich uchun optimal texnologik

rejim me’orlari belgilangan. Yonilg‘i briket va granulalarini ishlab chiqarish butun dunyoda

tan olingan Evropa kompaniyalarining innovatsion uskunalari va texnologiyasi asosida

rejalashtirilgan (RUF, NESTRO, PINI-KAY).

«Qoraqalpoqboyan» AJ aksiyalarining 30%ini 3 mlrd so‘mga taklif qilmoqda, bundan

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lumotlari darak beryapti,

u kelishuvga vositachilik qilishga tayyor. Kompaniya Nukusda qizilmiya ildizini ishlab

chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 1963 yilda tashkil etilgan bo‘lib, balansida 16 ming

gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bor, 2 ming tonna siqilgan va 200 tonna 12 foiz namlikdagi

saralangan qizilmiya ildizini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar eksport qilinadi, shu

jumladan Rossiyaga ham eksport qilishi yo‘lga qo‘yilgan. 1998 yildan beri aksiyadorlik

jamiyati hisoblanadi, aksiyadorlarning 75 foizi - O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari,

25 foizi - Xitoylik investorlar tashkil etadi.

Qizilmiya asosida quyuq va quruq qizilmiya ekstraktlar, qizilmiya siroplar, elekasol, glitsiram,

likviriton, lavalon, flakarbin va boshqa keng doiradagi farmatsevtik preparatlari olinadi.

Tashqi ko‘rinishidan, qizilmiya o‘simligining balandligi bir-bir yarim metrgacha yetadi.

Ammo, u juda issiq hududlarda va yetarli namlik bo‘lgan joylarda o‘sadi. Odatda qizilmiya

50-80 sm dan ortmaydi. Qizilmiya o‘simligi dukkaklilar oilasiga mansub koʻp yillik

ildizpoyadir. Qizilmiya barglari juft boʻlmagan, 3-8 juft bargchali, koʻpincha choʻzinchoq-

tuxumsimon shaklga ega, baʼzan ellipssimon va hatto lansetsimon boʻladi. Qizilmiyada barg

boʻlaklari silliq, gulning ustki gulbargi “yelkanli”, gullari asosan koʻk-binafsha rangda, baʼzan

tepasida oppoq bayroqchasimon, loviya toʻgʻri yoki biroz egilgan. Qizilmiya asosan ildiz va

ildizpoyalari tarkibidagi saponin glitsirrizin (ildizlarda 23% gacha), erkin glitsirrizin kislotasi

va flavonoidlarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, ildizlarda efir moyi, askorbin kislotasi,

achchiq, pigmentlar va gumlar topilgan. Qizilmiya ildizi steroid birikmalarining bir nechta

o‘simlik manbalaridan biridir.

Sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlash maqsadida har bir bosqich uchun optimal texnologik rejim

me’yorlari belgilangan. Yonilg‘i briket va granulalarini ishlab chiqarish butun dunyoda tan

olingan Yevropa kompaniyalarining innovatsion uskunalari va texnologiyasi asosida

rejalashtirilgan (RUF, NESTRO, PINI-KAY) [48; 415-416 b.].


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2.1-rasm. Qizilmiya ildizlarining tashqi ko‘rinishi

Hozirgi kunda arzon va sifatli yonilg‘i briketlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi sababli,

ishlatilgan qizilmiya ildizi va kimyo sanoati qoldiqlari asosida, issiq va sovuq kunlarda

bardoshli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop va atrof muhitga ta’sir qilmaydigan briketlarni

ishlab chiqish va ishlab chiqarishga bog‘lash muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda arzon va sifatli yonilg‘i briketlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi sababli,

ishlatilgan qizilmiya ildizi va kimyo sanoati qoldiqlari asosida, issiq va sovuq kunlarga

bardoshli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop va atrof muhitga ta’sir qilmaydigan briketlarni

ishlab chiqish va ishlab chiqarishga bog‘lash muhim ahamiyatga ega.

Sirt faolligini o‘rganish sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtda ta’sir etuvchi

kuchlar, sirt energiyasi, sirtda moddaning yig’ilishi (adsorbsiya), ho‘llanish, flotatsiya,

kapillyar bosim, sirtlarda kimyoviy potensial va bug bosimining o’zgarishi, fazalar

qoidasining dispers sistemalar uchun qullanilishi kabi jarayonlar o‘z ichiga oladi.

Sirt hodisalarni sinflarga bo’lishda sirt qavat qanday ekanligiga e’tibor beriladi.

Sirt hodisalarni sinflarga ajratishda termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarining

birlashgan tenglamasidan foydalanish ancha qulaylik tug‘diradi.

∆G= -SdT+VdP + ϬdS + Σμ

i

dn

l

+ ϕdq

bu yerda, ∆G - izobar potensial (Gibbs energiyasining o’zgarishi); S – entropiya;

I

– hajm; Ϭ- sirt taranglik; S - sirt yuzasi; n

l

- komponent μ

i

ning kimyoviy potensiali; n

l

-

komponentning mol sonlari; ϕ - elektr potensial; q - zaryad miqdori.

Tenglama Gibbs energiyasining o’zgarishi issiqlik, mexanik, sirt kimyoviy va elektr

energiyalar o’zgarishining algebraik yig‘indisi ekanligini ko‘rsatadi. Bu tenglamadan yana

shuni ko‘rish mumkinki, 1) sirt energiya Gibbs energiyasiga, 2) issiqlikka, 3) mexanik

energiyaga, 4) kimyoviy energiyaga va 5) elektr energiyaga aylana oladi. Demak, sirtda besh

tur hodisa sodir bo’lish imkoniyati mavjud. Bularning hammasida sirt energiya boshqa tur

energiyaga aylanishi mumkin. Energiyaning bu aylanishlari - disperslik darajasi o’zgargan

sari moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish qobiliyatining adgeziya (ya’ni turli xil

formalarga oid moddalarning molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchlarining namoyon

bo’lishi) va kogeziyaning (ya’ni bir tur fazaga oid modda molekulalari orasidagi o’zaro

tortishish kuchlari) o’zgarishi bilan, kapillyarlik hodisalari bilan, adsorbsiya (moddalarning

sirtda yig’ilishi) va elektr potensiallarining o’zgarishi bilan birgalikda sodir bo’ladi.

Suyuqlik qattiq jismga adsorblanganida bir qattiq sirtning ikkinchi qattiq sirt bilan yopishish

(adgezion) ta’siri oshishi mumkin. Ishlatilgan qizil miyya fraksiyalarining o’zaro


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yopishishiga yordam beruvchi organik adgeziv- neftshlam va gassipol qatroni va anorganik

adgeziv- so’ndirilmagan ohakdan tashkil topgan.

Ishlatilgan qizil miya ildizlarining briketlash ishida sirt-aktiv moddalarning rolini

adsorbsiyaning borishiga ayni sistemada bo‘lgan gaz va suyuqliklarning tabiati (ularning liofil

yoki liofob moddalar ekanligi), shuningdek, qattiq moddaning maydalanish va boshqa omillar

ham ta’sir etadi. Briketlarning sifatini oshirish maqsadida sirt-aktiv moddalar qo’llash ancha

unumli natijalar beradi.

Qizilmiya ildizlari (Glycyrrhiza glabra) o'sayotgan sharoitga va o'simlikning yoshiga qarab

o'lchamlari har xil bo'lishi mumkin. Umuman olganda, qizilmiya ildizlari uzunligi 30 sm dan

1 metrgacha va qalinligi 1 dan 3 sm gacha bo'lishi mumkin, ammo ba'zi hollarda ular

kattaroq bo'lishi mumkin. Ildizlar xarakterli silindrsimon shaklga ega va tarvaqaylab ketishi

mumkin. Ildizlarni yig'ishda, faol komponentlarning maksimal miqdorini olish uchun ular

etuk bo'lishi kerakligini yodda tutish kerak.

Yoqilg‘i briketni olishdan oldin ishlatilgan qizilmiyani tayyorlash lozim.

Ishlatilgan qizilmiya ildizini tayyorlash quyidagicha:

Qizilmiya o‘simligining ildizpoyalari

belkurak bilan qazib olinadi, tez oqar suvda yuviladi yoki tuproq qumli bo‘lsa yaxshilab

chayqatiladi, so‘ngra 15-20 mm uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘linadi va yorilib sina

boshlaguncha quritiladi. Qizilmiya ildizpoyaning qalinligi 5 mm dan katta bo‘lmasligi lozim.

Qizilmiya ildizini quritmasdan tozalash mumkin, lekin odatda quruq ildizlar tozalaniladi.

Qizilmiya ildizlar 60°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi. Tayyor ildizlar quruq, usti

yopiq joyda saqlanadi. Xom ashyoni saqlash muddati - 10 yilgacha talab etilgan. Olingan

qizilmiya ildizlarini yuqori sifatli quritish ABM-065 barabanli quritgich pechida amalga

oshirildi. Qizilmiya ildizini quritishning samarasi keyingi bobda batafsil yoritib berilgan.

Yuqoridagi tadqiqotlarga asosan, laboratoriya sharoitida gossipol qatroni, neftshlami va

so‘ndirilmagan ohak (yoki ko‘mir kukuni) asosida bog‘lovchi mahsulotning namunalari

olingan. Tajribani o‘tkazish uchun uzunligi 10-15 mm va tegishli o‘lchamdagi qalinlikda

bo‘lgan qizilmiya ildizlarining fraktsiyalari ishlatilgan: 12-15 mm; 10-12 mm, 7-10 mm; 3-7

mm; 1-3 mm; 0,5-1 mm. Tanlab olingan qizilmiya fraksiyasi har bir bog‘lovchi mahsulotsi

bilan quyidagi (9:1; 10:1; 11:1; 12:1; 13:1; 14:1 va 15:1) nisbatda yoqilg‘i briket namunalari

olindi [54;

114-115 b.].

Olingan yoqilg‘i briket namularini sifatini tahlil qilish va tadqiqotlash jarayonlari keyingi

paragraflarda batafsil yoritib berilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda yoqilg‘i briketlarni tayyorlashda asosan ko‘mir va

o‘simliklardan foydalanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i- energetika

majmuining ajralmas va muhim tarkibiy qismi ko’mir sanoati sanaladi. Shu sababli

Respublikamizda ko‘mirni ishlab chiqarish holati bo‘yicha ko‘mir ikki joyda: Surxondaryo

viloyatining Sharg‘un konidan (toshko‘mir) va Toshkent viloyatining Angren ko‘mir

havzasidan qazib olinishi tahlil qilindi.

Respublikamizdagi yoqilg‘i-energetikasining yana bir muhim tarkibiy qismlaridan biri –

o‘simliklarni qayta tayyorlashda olinadigan o‘tinlar bo‘lib, u aholining ehtiyojida katta o‘rin

tutishi bilan o‘simliklardan (tana, ildiz, barg va h.k.) yoqilg‘i sifatida foydalanish yildan-yilga

oshib borishi tahlillari o‘tkazildi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bugungi kunda Mamlakatimizda o‘sadigan yovvoiy (qizilmiya) o‘simlikni ko‘paytirish

meditsina uchun dorilarni tayyorlash va ishlatilgan qizilmiya ildizidan oqilona foydalanish

dolzarb massalalrdan biriga aylanib qolgan. Ishlatilgan qizilmiya ildizlarini quritish va

ulardan briketlarni tayyorlash bo‘yicha ko‘p ishlar olib borilmoqda.

Yoqilg‘i briketlarni tayyorlashda bog‘lovchining ahamiyati juda katta bo‘lganligi sababli va

briketlarni ishlash sohasiga qarab xo‘jalik yoki sanoat miqyosida joriy etish uchun

bog‘lovchini tanlash katta masalalardan biriga aylanib qolgan. Sanoat miqyosida

ishlatiladigan bog‘lovchilarni olish texnologiyalari ishlash prinsipi haqida ma’lumotlar

keltirildi

Foydalanilgan adabyоtlar

1. Турсунов, Б. Ж., & Шомуродов, А. Ю. (2021). Перспективный метод утилизации

отходов нефтеперерабатывающей промышленности.

TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI

ONLAYN ILMIY JURNALI

,

1

(6), 239-243.

2. Турсунов, Б. Ж., Турсунов, Б. Ж., Адизов, Б. З., Адизов, Б. З., Исмоилов, М. Ю., &

Исмоилов, М. Ю. (2023). МЕХАНИЧЕСКАЯ ПРОЧНОСТЬ ТОПЛИВНОГО БРИКЕТА

ПОЛУЧЕННОГО НА ОСНОВЕ НЕФТЯНОГО ШЛАМА, ГОССИПОЛОВОЙ СМОЛЫ И

КОРНЯ СОЛОДКИ.

Scientific journal of the Fergana State University,(6)

, 102-102.

3. Junaydullaevich, T. B. (2023). ANALYSIS OF OIL SLUDGE PROCESSING

METHODS.

American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157)

,

1

(9),

139-146.

4. Турсунов, Б. Ж. (2021). Анализ методов утилизации отходов нефтеперерабатывающей

промышленности.

Scientific progress

,

2

(4), 669-674.

5. Tursunov, B. Z. (2023). ANALYSIS OF MODERN METHODS FOR OIL SLUDGE

PROCESSING.

American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-

2157)

,

1

(9), 280-287.

6. Junaydullayevich, T. B., & Zamirovich, A. B. (2023). QUALITATIVE

CHARACTERISTICS OF A FUEL BRIQUETTE OBTAINED BASED ON LICORICE ROOT

AND A BINDING MIXTURE.

Austrian Journal of Technical and Natural Sciences

, (11-12),

63-68.

7. Tursunov, B., Gadoev, B., & Ortikova, M. (2021). OIL SLUDGE AND THEIR IMPACT

ON THE ENVIRONMENT.

Universum: технические науки

, (6-5), 69-71.

8. Tursunov, B. J., & Shomurodov, A. Y. (2021). Perspektivnyi method utilizatsii otkhodov

neftepererabatyvayushchey promyshlennosti.

ONLINE SCIENTIFIC

JOURNAL

OF

EDUCATION AND DEVELOPMENT ANALYSIS

,

1

(6), 239-243.

9. Tursunov, B., Usmonov, B., Nuriddinov, B., Alimov, H., & Qurbonov, U. (2025, February).

Study on the oscillations of the Euler-Bernoulli beam on an elastic base. In

AIP Conference

Proceedings

(Vol. 3268, No. 1). AIP Publishing.

10. Tursunov, B., Adizov, B., & Tursunova, M. (2024). Technology for obtaining high-quality

fuel briquette based on petroleum and vegetable oil residues. In

E3S Web of Conferences

(Vol.

548, p. 01012). EDP Sciences.

11. Tursunov, B. Z., & Gadoev, B. S. (2021). PROMISING METHOD OF OIL WASTE

DISPOSAL.

Academic research in educational sciences

,

2

(4), 874-880.

12. Junaydullaevich, T. B. (2023). BITUMENS AND BITUMEN COMPOSITIONS BASED

ON OIL-CONTAINING WASTES.

American Journal of Public Diplomacy and International

Studies (2993-2157)

,

1

(9), 147-152.

13. Tursunov, B. Z. (2023). WASTE-FREE TECHNOLOGY FOR ENRICHMENT OF

PURIFIC COPPER-ZINC ORE.

American Journal of Public Diplomacy and International

Studies (2993-2157)

,

1

(9), 288-293.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

14. Tursunov, B. Z. (2023). Methods of Control of Explosion Energy Distribution in

Rocks.

Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies

(2993-2599)

,

1

(10), 108-117.

15. Tursunov, B. Z. (2023). Analysis of Concepts About the Effect of an Explosion in Solid

Wednesday.

American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-

2157)

,

1

(10), 296-304.

Библиографические ссылки

Турсунов, Б. Ж., & Шомуродов, А. Ю. (2021). Перспективный метод утилизации отходов нефтеперерабатывающей промышленности. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 239-243.

Турсунов, Б. Ж., Турсунов, Б. Ж., Адизов, Б. З., Адизов, Б. З., Исмоилов, М. Ю., & Исмоилов, М. Ю. (2023). МЕХАНИЧЕСКАЯ ПРОЧНОСТЬ ТОПЛИВНОГО БРИКЕТА ПОЛУЧЕННОГО НА ОСНОВЕ НЕФТЯНОГО ШЛАМА, ГОССИПОЛОВОЙ СМОЛЫ И КОРНЯ СОЛОДКИ. Scientific journal of the Fergana State University,(6), 102-102.

Junaydullaevich, T. B. (2023). ANALYSIS OF OIL SLUDGE PROCESSING METHODS. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 139-146.

Турсунов, Б. Ж. (2021). Анализ методов утилизации отходов нефтеперерабатывающей промышленности. Scientific progress, 2 (4), 669-674.

Tursunov, B. Z. (2023). ANALYSIS OF MODERN METHODS FOR OIL SLUDGE PROCESSING. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 280-287.

Junaydullayevich, T. B., & Zamirovich, A. B. (2023). QUALITATIVE CHARACTERISTICS OF A FUEL BRIQUETTE OBTAINED BASED ON LICORICE ROOT AND A BINDING MIXTURE. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (11-12), 63-68.

Tursunov, B., Gadoev, B., & Ortikova, M. (2021). OIL SLUDGE AND THEIR IMPACT ON THE ENVIRONMENT. Universum: технические науки, (6-5), 69-71.

Tursunov, B. J., & Shomurodov, A. Y. (2021). Perspektivnyi method utilizatsii otkhodov neftepererabatyvayushchey promyshlennosti. ONLINE SCIENTIFIC JOURNAL OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ANALYSIS, 1(6), 239-243.

Tursunov, B., Usmonov, B., Nuriddinov, B., Alimov, H., & Qurbonov, U. (2025, February). Study on the oscillations of the Euler-Bernoulli beam on an elastic base. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3268, No. 1). AIP Publishing.

Tursunov, B., Adizov, B., & Tursunova, M. (2024). Technology for obtaining high-quality fuel briquette based on petroleum and vegetable oil residues. In E3S Web of Conferences (Vol. 548, p. 01012). EDP Sciences.

Tursunov, B. Z., & Gadoev, B. S. (2021). PROMISING METHOD OF OIL WASTE DISPOSAL. Academic research in educational sciences, 2(4), 874-880.

Junaydullaevich, T. B. (2023). BITUMENS AND BITUMEN COMPOSITIONS BASED ON OIL-CONTAINING WASTES. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 147-152.

Tursunov, B. Z. (2023). WASTE-FREE TECHNOLOGY FOR ENRICHMENT OF PURIFIC COPPER-ZINC ORE. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 288-293.

Tursunov, B. Z. (2023). Methods of Control of Explosion Energy Distribution in Rocks. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1(10), 108-117.

Tursunov, B. Z. (2023). Analysis of Concepts About the Effect of an Explosion in Solid Wednesday. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 296-304.