Авторы

  • DIYAROV ALISHER ABDUNABIYEVICH
    O'zbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83252

Ключевые слова:

Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy tizim kapital bozor investitsiya likvidlik qonunchilik portfel boshqaruvi investitsiyaviy faoliyat bozorda faollikni oshirish.

Аннотация

Ushbu maqola tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini ta'minlash yo‘llarini o‘rganadi. Maqolada, O‘zbekiston iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozorining hozirgi holati, banklarning ushbu bozor orqali iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka qo‘shgan hissasi, shuningdek, bozor ishtirokchilarining cheklangan faolligi tahlil qilinadi. Tijorat banklarining faolligini oshirishga qaratilgan asosiy omillar, shu jumladan, qonunchilikni takomillashtirish, moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, banklar xodimlarini tayyorlash va bozor ishtirokchilarini ko‘paytirish kabi takliflar keltirilgan. Ushbu ish banklar va boshqa moliyaviy institutlarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi rolini mustahkamlash va bozorda ishonchni oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi. Bugungi kunda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati xususiy hamda institutsional investorlar uchun investitsiya faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tijorat banklari kompaniyalarga aktsiyalar hamda obligatsiyalar chiqarish orqali kapitalni jalb qilishga yordam beradi. Ular anderrayterlar vazifasini bajaradilar, qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash hamda joylashtirish jarayonida professional yordam ko‘rsatadilar hamda aktivlarni tanlash bo‘yicha maslahat, portfelni boshqarish hamda bozor tahlilini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli investitsiya xizmatlarini taklif qilishi natijasida investorlarga ko‘proq ma`lumotli qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

DIYAROV ALISHER ABDUNABIYEVICH

O'zbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi magistranti

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI FAOLLIGINI

TA‘MINLASH YO‘LLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqola tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini

ta'minlash yo‘llarini o‘rganadi. Maqolada, O‘zbekiston iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar

bozorining hozirgi holati, banklarning ushbu bozor orqali iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka

qo‘shgan hissasi, shuningdek, bozor ishtirokchilarining cheklangan faolligi tahlil qilinadi. Tijorat

banklarining faolligini oshirishga qaratilgan asosiy omillar, shu jumladan, qonunchilikni

takomillashtirish, moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, banklar xodimlarini tayyorlash va bozor

ishtirokchilarini ko‘paytirish kabi takliflar keltirilgan. Ushbu ish banklar va boshqa moliyaviy

institutlarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi rolini mustahkamlash va bozorda ishonchni

oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi. Bugungi kunda tijorat

banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati xususiy hamda institutsional investorlar

uchun investitsiya faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tijorat banklari kompaniyalarga

aktsiyalar hamda obligatsiyalar chiqarish orqali kapitalni jalb qilishga yordam beradi. Ular

anderrayterlar vazifasini bajaradilar, qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash hamda joylashtirish

jarayonida professional yordam ko‘rsatadilar hamda aktivlarni tanlash bo‘yicha maslahat,

portfelni boshqarish hamda bozor tahlilini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli investitsiya

xizmatlarini taklif qilishi natijasida investorlarga ko‘proq ma`lumotli qarorlar qabul qilishga

ko‘maklashadi.

Kalit so‘zlar:

Tijorat banklari, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy tizim, kapital bozor,

investitsiya, likvidlik, qonunchilik, portfel boshqaruvi, investitsiyaviy faoliyat, bozorda faollikni

oshirish.

Moliyaviy bozorlar, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy tizimning ajralmas qismi

hisoblanadi. Ularning samarali ishlashi mamlakatning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda,

biznesni rivojlantirishda va aholining farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan,

tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligi ularning o‘z investitsiyaviy

portfellarini diversifikatsiyalash, kapitalni jalb qilish va likvidlikni oshirish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish orqali iqtisodiyotga

qo‘shimcha resurslar taqdim etadi. O‘zbekistonning moliyaviy bozorlaridagi o‘sish

tendensiyalariga qaramay, tijorat banklarining ushbu bozorlarida ishtiroki nisbatan cheklangan

va ayni paytda uzoq muddatli rivojlanishni ta'minlash uchun o‘zgarishlar zarur.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘rni va tijorat banklari faolligi

Qimmatli qog‘ozlar bozori, birinchi navbatda, moliya institutlari, kompaniyalar, davlatlar va

boshqa tashkilotlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar orqali kapitalni jalb qilish va uni

taqsimlash jarayonini tashkil qiladi. Tijorat banklari bu bozorda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular

moliyaviy vositalarning likvidligini ta'minlaydi va ulardan o‘z portfellari uchun sarmoya

kiritishda foydalanadi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligi bir nechta

omillarga bog‘liq. Banklar nafaqat o‘zlari uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotuvi orqali

daromad olishadi, balki mijozlariga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha maslahatlar berish, brokerlik va

dilerlik xizmatlarini ko‘rsatish hamda investitsiyaviy portfellari orqali daromad olishga harakat

qilishadi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishini ta’minlash omillari


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1.

Qonunchilik bazasining takomillashtirilishi.

Qonunlar va reglamentlar tijorat

banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokini tartibga soluvchi asosiy omildir.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar, banklarga qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni osonlashtirishi,

shuningdek, ular uchun bozorning barqarorligini ta'minlashi mumkin. Xususan, cheklangan

investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish uchun yangi moliyaviy vositalarni tanitish muhim

ahamiyatga ega.

2.

Risklarni boshqarish mexanizmlarini joriy etish.

Banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlar

portfellarini boshqarishda moliyaviy risklarni to‘g‘ri baholash va samarali boshqarish

mexanizmlarini ishlab chiqishlari kerak. Risklarni diversifikatsiya qilish va xavflarni

minimallashtirish, bozor ishtirokchilari uchun ishonchni oshiradi va faollikni ko‘paytiradi.

3.

Moliyaviy texnologiyalarning joriy etilishi.

Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, elektron

savdo tizimlari, portfel boshqarish platformalari va sun’iy intellekt asosidagi tahlil vositalari

banklarga qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni samarali tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Bu texnologiyalar yordamida banklar o‘z operatsiyalarini optimallashtirib, bozorning yangi

imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

4.

Banklarning investitsiyaviy madaniyatini oshirish.

Tijorat banklari o‘z xodimlarini

moliyaviy vositalar va investitsiyaviy tahlil bo‘yicha malaka oshirishga yo‘naltirilgan treninglar

va kurslar orqali tayyorlashlari zarur. Bu nafaqat bankning ichki resurslarini mustahkamlash,

balki bozorning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

5.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.

Xorijiy investitsiya institutlari va moliyaviy

tashkilotlar bilan hamkorlik orqali tijorat banklari o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi va global

bozorga kirish imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Bu nafaqat bozorni diversifikatsiya qilish, balki

yangi bozorlar ochish va resurslarni jalb qilishga yordam beradi.

O‘zbekiston sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini

oshirish yo‘llari

O‘zbekistonda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtiroki hali ham past. Biroq,

davlat tomonidan qabul qilingan iqtisodiy islohotlar va kapital bozori rivojlanishiga qaratilgan

siyosat o‘z mevasini bera boshladi. Shunday bo‘lsa-da, banklarning ushbu bozordagi faoliyatini

kengaytirish uchun bir nechta muhim yo‘llar mavjud:

Davlat va xususiy sektorda investitsiyalarni rag‘batlantirish.

Banklarga yirik

korporatsiyalar, davlat organlari va xalqaro investorlardan kapital jalb qilish imkoniyatlari

yaratish zarur. Bu jarayonda davlatning qo‘llab-quvvatlashi va yaxshilangan regulyatoriy siyosat

muhim rol o‘ynaydi.

Aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha likvidlikni oshirish.

Banklar o‘z mijozlariga

aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olish va sotish bo‘yicha yanada kengroq xizmatlar ko‘rsatishi,

shuningdek, o‘zlarining investitsiya portfellari uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishi

kerak.

Portfel diversifikatsiyasini kuchaytirish.

Tijorat banklari o‘z investitsiyaviy portfellari

orqali nafaqat davlat qimmatli qog‘ozlariga, balki xususiy sektordagi korporatsiyalar va yirik

kompaniyalar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va aksiyalarni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Shu bilan birga, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini ta'minlashda bir

qator muammolar mavjud. O‘zbekistondagi qimmatli qog‘ozlar bozorining hozirgi holati, asosan,

bozorning likvidligi va ishtirokchilarining cheklanganligi bilan ajralib turadi. Bu esa tijorat

banklarining bozorga kengroq kirish imkoniyatlarini cheklaydi. Shuningdek, tijorat banklari

qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni yaratishga yordam beradi, bu esa savdoni investorlar

uchun qulayroq qiladi. Likvid bozor ko‘proq ishtirokchilarni jalb qiladi hamda savdo hajmini

oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan ta`minlangan

kreditlarni taqdim etishlari yoki boshqa moliyaviy operatsiyalar uchun garov sifatida


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

foydalanishlari ularning investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Tijorat banklari biznesni

qo‘llab-quvvatlash yoki investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga

oshirishda ishtirok etishlari mumkin, bu ham umumiy investitsiya faoliyatiga ta’sir qiladi.

Banklar iqtisodiyotda turli funktsiyalarni bajaradilar hamda bank tizimida ham, iqtisodiyotning

boshqa sub'ektlari bilan ham murakkab aloqada bo‘lishadi. Shu munosabat bilan bank faoliyatini

iqtisodiy tuzilmalar tizimida ko‘rib chiqishda tizimli yondashuv zarur. Bankning investitsiya

ishlari bank faoliyatining asosiy, asosiy masalalaridan biridir. Tijorat banklarining investitsiya

faoliyati mazmuniga yondashuvlarni o‘rganishda investitsiya oqimlarini tashkil etishning

murakkab, ko‘p qirrali xususiyatini hisobga olish kerak. “Tijorat banklarining investitsiya

faoliyatini strategik hamda portfel investorlarini izlash, investitsiya uchun moliyaviy resurslarni

to‘plash, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda saqlash, investitsiya faolligini

jadallashtirishni rag‘batlantirish, noan'anaviy moliyaviy manbalar orqali qo‘shimcha

investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish, shuningdek olingan daromadlarni qayta investitsiya

qilish bilan bog‘liq keng funktsiyalar to‘plami sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir...”

Banklarining investisiya portfelida qimmatli qog‘ozlar ulushining ortishi banklar uchun arzon

vas hu bilan birga barqaror resrs Manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamiz bank tizimida birinchi o‘rinda turuvchi AJ “O‘zmilliy bank”ning qimmatli

qog‘ozlar hamda investitsiya faoliyati tahlili shuni ko‘rsadiki, so‘ngi yillarda bu ko‘rsatkishlar

nisbatan kam hajmda bo‘lsa ham o‘sish tendensiyasini nomoyon etmoqda. Xususan, oldi-sotdi

qimmatli qog‘ozlari 2019-yilda 207622560 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa yillar davomida

o‘sib borib 2023-yilda 1911034120 ming so‘mga ortib 2118656680 ming so‘mni tashkil qilgan.

Bu esa jami aktivlar tarkibida ham o‘z aksini ko‘rsatgan, 2019-yilda atiga 0,31 foizni tashkil

etgan bo‘lsa 2023-yilda 1,84 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga biz tadqiqotimiz davomida

bankning investitsiyalarini ham tahlilini amalga oshirdik ya`ni 2019-yilda 783693654 ming so‘m

investitsiyalash amalga oshirilgan bo‘lsa, yillar kesimida yirik loyihalarni investitsiyalash o‘sib

borib 2023-yilda 799608290 ming so‘mga ortib 1583301944 ming so‘mni tashkil etganligini

ko‘rib turibmiz. Agar investitsiyalashning bank aktivlari tarkibidagi ulushiga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar ulushiga nisbatan birozgina 2019-yilda hamda 2020-


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yillarda baland bo‘lgan bo‘lsa, so‘ngi yillarda pasayish tendensiyasini ko‘rsatgan. O‘z navbatida

oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlari ham amalga oshirilgan operatsiyalar

hajmiga bevosita bog‘liqdir. Daromadlar bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan

hisoblanadi. Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar 2019- yilda 14339560

ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa 2023-yilda 27634594 ming so‘mga ortib jami 41974154 ming

so‘mni tashkil etgan. Agar ushbu ko‘rsatkichlarni jami foizli daromadlar tarkibidagi ulushiga

e’tibor bersak, unda ham 2019-yilda bir foizga ham yetmagan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bir

foizdan ortiqni tashkil etgan. Umuman olganda bank daromadlarida yuqorida tahlil etgan

ko‘rsatkichlarning ulushi sezilarli darajada oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Tijorat

banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligi nafaqat banklarning o‘z foydasini oshirishga,

balki iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta'minlashga xizmat qiladi. Banklar qimmatli qog‘ozlar

bozorida faol ishtirok etish orqali kapitalni jalb qilish, bozorning likvidligini oshirish va

investitsiyalarni taqsimlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, bozorda ishonchni

oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va moliyaviy texnologiyalarni joriy etish orqali tijorat

banklarining bozor faoliyatini kengaytirish mumkin. O‘zbekiston sharoitida tijorat banklarining

qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirokini ta'minlash uchun regulyatoriy islohotlar,

innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhim omillardir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Alekseyeva, O. (2019).

The Role of Commercial Banks in the Financial Market of

Uzbekistan

. Tashkent: Economics and Finance Publishing.

2.

Baranov, V., & Nuriyev, B. (2020).

Development of the Securities Market in Post-Soviet

Countries: Challenges and Prospects

. Journal of Financial Studies, 34(2), 45-67.

3.

Zafarov, S. (2020).

Investments and Capital Markets in Uzbekistan: Theory and Practice

.

Tashkent: Modern Economic Press.

4. Байбеков И.Р. Формирование облигационных портфелей коммерческими банками на

российском биржевом рынке. Автореферат диссертации на соискание ученой степени

кандидата экономических наук. – Саратов, 2015. – 29 с

5. Frederic S. Mishkin. The Economics of Money, Banking, and Financial Markets, 11th

Edition. Pearson, 2016. – P. 235.(745 p)

Библиографические ссылки

Alekseyeva, O. (2019). The Role of Commercial Banks in the Financial Market of Uzbekistan. Tashkent: Economics and Finance Publishing.

Baranov, V., & Nuriyev, B. (2020). Development of the Securities Market in Post-Soviet Countries: Challenges and Prospects. Journal of Financial Studies, 34(2), 45-67.

Zafarov, S. (2020). Investments and Capital Markets in Uzbekistan: Theory and Practice. Tashkent: Modern Economic Press.

Байбеков И.Р. Формирование облигационных портфелей коммерческими банками на российском биржевом рынке. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. – Саратов, 2015. – 29 с

Frederic S. Mishkin. The Economics of Money, Banking, and Financial Markets, 11th Edition. Pearson, 2016. – P. 235.(745 p)