JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shoira Axmedova
f.f.doktori, Osiyo xalqaro universiteti professori
HAZRAT BAHOUDDIN NAQShBAND OBRAZI TALQINI
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi To‘lqin
Hayitning «Bahouddin Naqshband yoxud Buroq vodiysi qissasi” romanida tarixiy, mo‘tabar
manbalarga tayanib, tariqat asoschilaridan biri Hazrat Bahouddin Naqshband obrazini
yaratishdagi mahorati haqida fikr yuritiladi. Adib hayoti va faoliyatini yoritar ekan, tarixiy
haqiqatga asoslangan holda buyuk shaxs siymosini yaratishga kirishgan.
Kalit so‘zlar:
roman, tasavvuf, Naqshband, adib, obraz, tahlil, talqin.
Abstract.
The article discusses the skill of the Honored Worker of Culture of Uzbekistan, writer
Tulkin Hayit in creating the image of Hazrat Bahauddin Naqshband, one of the founders of the
order, based on historical and authoritative sources, in the novel “Bahouddin Naqshband or the
Story of the Buraq Valley”. The writer, while covering his life and work, set out to create the
image of a great person based on historical truth.
Keywords:
novel, Sufism, Naqshband, writer, image, analysis, interpretation.
Kirish.
Hazrat Bahouddin Naqshband islom madaniyatining eng yirik vakillaridan biri,
“naqshbandiylik” tariqatining asoschisi sifatida o‘z davridayoq keng shuhrat qozongan edi.
Uning hayoti va ijodi, yetti asrdan beri davom etib kelayotgan ta’limoti bugungi kunda ham
inson qalbini poklashda, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda tarixiy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Shuning
uchun badiiy adabiyotda bu buyuk shaxs siymosini yaratishga bo‘lgan intilishlar doim qo‘llab-
quvvatlangan. Ikkinchidan, tarixda muhim iz qoldirgan ajdodlari hayotini, ular bosib o‘tgan
yo‘lni, ular yaratgan asarlarni mukammal bilish, o‘rganish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda
ham muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy qism.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi To‘lqin Hayit
o‘zining «Bahouddin Naqshband yoxud Buroq vodiysi qissasi” romanida tarixiy, mo‘tabar
manbalarga tayanib, tariqat asoschilaridan biri Hazrat Bahouddin Naqshband hayoti va
faoliyatini yoritar ekan, tarixiy haqiqatga asoslangan holda buyuk shaxs siymosini yaratdi.
Romanni o‘qir ekan, kitobxon Hazrat Bahouddin Naqshband tug‘ilishi bilan bog‘liq
karomatlar (Boboyi Samosiy Alloh bergan karomat bilan Bahouddining dunyoga kelganliklarini
bilgan va o‘z muridlariga aytgan ekanliklari juda ko‘p manbalarda qayd etilgan), uni
tarbiyalagan avliyolar (Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Sayyid Mir Kulol va boshqalar) bilan
bog‘liq jihatlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladi. Ayniqsa, adib ulug‘ Alisher Navoiyning
“Nasoyimul-muhabbat” asaridagi voqealarga tayanadiki, bu tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga
aylantirishda katta yordam beradi.
Hazrat Bahouddin Naqshband haqida tarixda juda ko‘p afsonalar, tarixiy, ilmiy manbalar
yaratilganki, adib ularni saralashga, eng muhim deb bilgan qirralarni bo‘rttirishga harakat qilgan.
Masalan,
hazratning oddiyligi, xalqparvarligi, har qanday ishdan bo‘yin tovlamasligi
manbalarda qayd etilgan. Xususan, S.S. Buxoriyning “Dilda yor” badiasida bir rivoyat keltiriladi.
“Bir rivoyatda Hazrat Bahouddin qo‘llaridan bir necha yil tuproq hidi arimaganligi haqida xabar
berilgan. Negaki, ul zoti sharif kechalari ko‘cha-kuylarni kaftlari bilan siypalab, o‘nqir-
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
cho‘nqirlarni tekislab, yo‘lda yotgan xas-xashak, tikanlarni terib yurarkanlar. Bundan maqsad,
yo‘ldan o‘tayotib, biron namozxon yoki so‘qir kishi to‘qinib yiqilmasin, aziyat chekmasin ekan.
Bunday ishlarni kechasi qilganliklariga sabab shuki, hech kim ko‘rmasin. Zero, Alloh yo‘lida
qilinadigan xizmatni yolg‘iz Alloh bilmog‘i lozim. Payg‘ambar alayhisalomning: ”Yo‘lda yotgan
tikan shoxlarini olib tashlagan odamning oldingiyu keyingi gunohlarini Tangri kechadi” degan
hadislariga muvofiq Hazrat Bahouddin ana shu xizmatlarni bajarganlar”[6, 13]. Romanda ham
adib adib ko‘p o‘rinda hazratning mana shu odatlariga e’tibor qaratadi.
Asarning boshlarida Hazrat Bahouddinning hayoti, faoliyatida muhim rol o‘ynagan shaxslar
Xalil ota, Bobo Samosiy, Mir Kulol obrazlari tasviriga keng o‘rin berilgan. Bahouddin bobomiz
yoshliklaridan Boboyi Samosiyning “Shayximiz Yusuf Hamadoniydek hech kimga hasad
qilmaydigan, hammaga mehribon, ya’ni mehridaryo, ilohiy va dunyoviy ishlarni birga olib
boradigan, kambag‘alparvar, g‘aribparvar bo‘ling”, degan o‘gitlariga amal qiladilar, shu o‘gitlar
asosida xalq mehrini qozonadilar.
Yoki Sulton Xalil Bahouddin hazratlarining avliyosifat inson ekanligini bilganligi va
xizmatiga olganligiga manbalar shahodat beradi. Romanda bu haqda o‘qiymiz: “Siz bilan biz
bitta odammiz, karomat sohibisiz, xalqni boshqarish ishlarini ham o‘rganing, nasib etsa, umrimiz
oxirigacha el xizmatida bo‘lamiz. Vaziri a’zam, dono inson Nizomulmulk kerak menga ham..
Aytar gapim shuki, siz Alloh Taolo xush ko‘rgan, pirlarimizning nazariga tushgan
ulug‘ insonsiz. Sizdek sodiq, vafodor solihning yonimda bo‘lishi, sirlarimizni oshkora aytib,
bamaslahat ish tutishimiz ikkimizga ham, raiyatga ham katta foyda keltiradi”[7, 145].
Adib romanda Hazratning ilm olishga mehri kuchli ekanligini, bu yo‘lda hech qachon
tolmasligini bir necha o‘rinda ko‘rsatib beradi. Mir Sayyid Kulolga shogird tushganlarida
Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlarining “Risolai tariqat” kitobini, “Odobi tariqat”, “Maqsad ul-
solikin”, “Vasiyatnoma”, “Manoqibi Xoja Yusuf Hamadoniy”, “Risolai sahobiya”, “Maslak ul-
orifin” kabi asarlarni qunt bilan mutoaala qilganliklari, Sulton Xalil kutubxonasidagi Mansur
xalloj, Abu Homid G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Ibn Arabiy, Ibn Mojja
asarlarini sinchiklab o‘qiganlari, “hali o‘zining jazba boshida, ibtidoda ekanligini anglar, “men
ancha ojizman, ko‘p narsalarni bilmayman”, deya o‘ziga o‘zi xitob qilardi”[7, 136] satrlarini
o‘qigan o‘quvchida bilim olishga shavq tug‘ilishi shubhasiz.
Asarda bosh qahramon obrazini yanada yorqinroq tasvirlash, tarixiy haqiqatni to‘liq
ifodalashda yordam beradigan vositalardan foydalanish maqsadida yozuvchi to‘qima obrazlarni
ham kiritadi. Bahodir, Dildorbegim kabi obrazlar Hazrat Bahouddinning insoniy qiyofasini, qalb
kechinmalarini ochish uchun xizmat qiladi. Masalan, manbalarda, hazratning karomatgo‘yligi,
kelajakni oldindan bilishi ko‘rsatilgan. Asarda insonlarni Haq yo‘liga boshlash uchun avliyolarga
xos xislatlari tasviriga ham urg‘u beriladi. Sevgilisini yo‘qotgan Bahodirning tushkunlikka
tushgani Hazratni ham bezovta qiladi. “Dildorbegim tirik, sizni kutayapti” degan so‘zlariga
ishonmay qo‘ygan yigitni hayotga qaytaradi: “Endi vaqt qo‘ldan boy berilgan edi, Bahouddin o‘z
karomatini ko‘rsatishga shaylandi va “O‘ng tomoningizga qarang!” dedi. Yengil, iliq shabada
esib, birozdan so‘ng Dildorbegim bo‘y-basti bilan jonlandi. U oppoq kiyimda, boshida ham oq
durra...”.[7,151].
Yoki “Qopqog‘i teshik tog‘orachaga tikilgan Bahouddin hazratlari oppoq nurni, unda qo‘lida
hassa tutgan darveshni ko‘rdi, u hassasini ko‘tarib, “sizlarni izlab kelayapman”, dedi [7, 159].
Yana bir misol: Hazrat uch oydan beri yo‘qolgan tuyalarini topolmagan tuyaboqarga
yordam beradilar, tuyaboqar “etagingizni tutishga keldim, pirim” deganda Hazrat shunday javob
qaytaradilar: “Vazifangizni sidqidildan ado etsangiz, o‘zim doim yoningizda yuraman. Biror
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
mushkul ish chiqsa yoki biror xohishingiz bo‘lsa, uch marta nomimizni aytib chaqiring, darhol
yetib boramiz!”[7,163]. Bu kabi misollar adibning Hazrat Bahouddinning qalbi ezgulikka to‘la
siymo ekanligini yaqqol ochib berishga harakat qilganligini ko‘rsatadi.
Xulosa.
Romanda Hazrat Bahouddinning hayoti va faoliyatini yoritish orqali adib o‘sha
davr muhitini ham real tasvirlashga erishadi. Asarda “ ul zotning halol topib, halol yashang,
Alloh qalbingizda bo‘lsin, qo‘lingiz ishda, Vatandan uzoq ketmang, uni obod etishda ishtirok
eting, ilm o‘rganing, himmatli bo‘ling, nafs va boylik quliga aylanmang, tarkidunyochilik
qilmang, bir insondek yashab o‘ting, degan hikmatlari va o‘zlari unga butun umr rioya qilib
yashaganlari bugungi kun o‘quvchisi uchun ibrat bo‘lib qoladi. Romanda yozuvchining o‘zi
ta’kidlaganidek, “Shohi Naqshband shu zaminni sevgan, ardoqlagan va uning uchun butun
umrini baxshida etgan inson”ning siymosi yaratiladiki, uni o‘qish, uqish va yana uqish kelajak
avlodlarning vazifasidir.
Adabiyotlar:
1.Axmedova Sh., Davronova Sh. O‘zbek adabiy tanqidi janrlari. O‘quv
qo‘llanma.Toshkent.2023.
2.Axmedova Sh.Ma’rifatparvar jadid tanqidchilari. Germaniya. Glebe Edit. 2023.
3.
Axmedova Sh. N. Xurshid Davronning adabiy–estetik qarashlari: //Obrazovanie i
innovatsionnыe issledovaniya mejdunarodnыy nauchno-metodicheskiy jurnal. – 2022. – №. 6.2.
Maxsus son. – S. 20-28.
4.
Akhmedova Sh.N. Correspondence and literary criticism. Germany. Glebe Edit.2020.
5. Nematovna, Akhmedova Shoira, Kadyrova Nasima Saidburkhonovna, and Kurbanova
Oltinoy Bekmurodovna. "METHODOLOGY AND SKILLS PROBLEMS."
The journal of
contemporary issues in business and government
27.5 (2021): 778-784.
6. Sadriddin Salim Buxoriy. Dilda yor. Toshkent. 1993 yil, 13-bet.
7. To‘lqin Hayit. Bahouddin Naqshband yoxud Buroq vodiysi qissasi. Toshkent. Yangi asr
avlodi. 2014.
8. Nematovna, Akhmedova Shoira. "Genre of literary portrait in the works of alisher
navai."
scientific reports of bukhara state university/Nаучный вестник” БухГУ
: 127
9.
Ахмедова, Ш. Н., & Назарова, Д. (2021). АДАБИЙ ПОРТРЕТ ЖАНРИНИНГ
НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ ХУСУСИДА.
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО
СЛОВА
,
4
(3).
10.
Ахмедова, Шоира Нематовна. "ЎЗБЕК ВА ФРАНЦУЗ АДАБИЁТШУНОСЛИГИДА
ПОРТРЕТНАВИСЛИК ТАРАҚҚИЁТИ."
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО
СЛОВА
3.6 (2020).
11.
Ахмедова, Шоира Нематова. "ПРОГРЕСС ПОРТРЕТОПИСАНИЯ В ПЕРИОД
ГЛОБАЛИЗАЦИИ В ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ."
Россия-Узбекистан. Международные
образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития
(2019): 12-14.
12.
Ахмедова, Шоира Нематовна, Лосеева-Танем Бахтияри, and Насима Саидбурхановна
Кадирова. "О Творческой cпецифике Литературной Критики."
Miasto Przyszłości
42 (2023):
326-329.
13. Ахмедова Ш. Развитие бабуроведение в Бухаре//“Интеллектуальное наследие
Захириддина Мухаммада Бабура и современность”. Международной научно практическая
конференция. Москва, 2020, 28 февраль.
14. Ахмедова Ш. Бобуршуносликдаги йирик тадқиқот хусусида//
“Заҳириддин Муҳаммад
Бобур ҳаёти ва меросини ўрганиш дунё талқинида”
мавзусидаги халқаро онлайн илмий-
амалий конференция. Тошкент. 2021.77-81 бетлар.
