Авторы

  • Shavazova Nilufar Musayevna
    O‘zbekiston-Finlandiya pedadogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.89773

Ключевые слова:

boshlang‘ich ta’lim ta’lim sifati suhbat evristik tadqiqot taqqoslash induktiv deduktiv metodlar “fikriy hujum” “6x6” 4K modeli kommunikatsiya kritik kollaboratsiya kreativlik STEAM yondashuvi

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinfda o‘qish darslarida qo‘llaniladigan interfaol metodlar, ularning darslarni tashkil etishdagi ahamiyati, talim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, ularning dolzarbligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, adabiy ta’limning inson kamolotidagi o‘rni, o‘qish darslarining o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi, ularda shaxslik sifatlarini uyg‘otishdagi muhim vazifalari tilga olinadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Shavazova Nilufar Musayevna

O‘zbekiston-Finlandiya pedadogika instituti Boshlang‘ich ta’lim

kafedrasi assistenti

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinfda o‘qish darslarida qo‘llaniladigan

interfaol metodlar, ularning darslarni tashkil etishdagi ahamiyati, talim tizimiga joriy

etilayotgan innovatsion texnologiyalar, ularning dolzarbligi haqida so‘z boradi.

Shuningdek, adabiy ta’limning inson kamolotidagi o‘rni, o‘qish darslarining

o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi, ularda shaxslik sifatlarini uyg‘otishdagi muhim

vazifalari tilga olinadi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, ta’lim sifati, suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash,

induktiv, deduktiv metodlar, “fikriy hujum”, “6x6”, 4K modeli, kommunikatsiya, kritik,

kollaboratsiya, kreativlik, STEAM yondashuvi

Аннотация:

В статье рассматриваются интерактивные методы, используемые на

уроках чтения в начальной школе, их значение в организации уроков,

инновационные технологии, внедряемые в систему образования, и их актуальность.

В статье также обсуждается роль литературного образования в развитии человека

и важная роль уроков чтения в обучении учащихся и формировании у них

личностных качеств.

Ключевые слова:

начальное образование, качество образования, беседа,

эвристика, исследование, сравнение, индуктивный, дедуктивный методы,

«мозговой

штурм»,

«6x6»,

модель

4K,

коммуникация,

критический,

сотрудничество, креативность, подход STEAM.

Annotation:

This article discusses interactive methods used in reading lessons in

primary school, their importance in organizing lessons, innovative technologies

introduced into the education system, and their relevance. It also discusses the role of

literary education in human development, the important functions of reading lessons in

the education and upbringing of students, and in the development of personal qualities

in them.

Keywords:

primary education, quality of education, conversation, heuristic, research,

comparison, inductive, deductive methods, "brainstorming", "6x6", 4K model,

communication, critical, collaboration, creativity, STEAM approach

Boshlang‘ich ta’lim inson kamolotida muhim o‘rin egallaydigan davrdir. Bu davr

barcha bilimlarning poydevori qo‘yiladigan, shuningdek o‘quvchining olam, odam

haqidagi tasavvurlari shakllanadigan paytdir.

Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhasida o‘zgarishlar, sifat jihatidan

yangilanishlar sodir bo‘lmoqdaki, bu jarayon ta’lim sohasida ham bo‘y ko‘rsatmoqda.

Davlatimiz tomonidan ta’limga berilayotgan e’tibor har doimgidan-da yuqori. Xalqaro


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

baholash tizimining joriy etilishi, turli innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi,

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dasturlar – bularning barchasi fikrimizning dalilidir.

Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari, avvalo, o‘quvchilarda mustaqil

fikrlash va

shaxslik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday sifatlarni

uyg‘otishda esa interfaol usullar alohida o‘rin egallaydi. O‘qish darslarida o‘quvchilar

ma’naviyati sog‘lomlashuviga xizmat qiladigan mantiqiy – suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash,

induktiv, deduktiv metodlar bilan birga “fikriy hujum”, “6x6” nomli interfaol metodlardan

foydalanish samaralidir.

Boshlang‘ich adabiy ta’limni to‘g‘ri tashkil etish bu jarayonning o‘quvchilar ishtirokida

o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘qituvchi ishtirokida

amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu asosga qurilgan suhbat metodi o‘quvchi ma’naviyatini

sog‘lomlashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni o‘zlashtirish, mantiqiy va mustaqil

tafakkurini ta’minlashda qo‘l keladigan metodlardan biridir.

1-sinf “O‘qish kitobi” darsligida berilgan “Kutubxona- nurxona” matni ustida ishlanganda

mazkur metoddan foydalanish zarur.

Kutubxonaga tez-tez boradigan bola, albatta, ko‘p narsalarni biladi. Chunki kitoblar bilimli

bo‘lishga, inson umrining mazmunli o‘tishiga yordam beradi. Kitob o‘qish xotirani

mustahkamlaydi, so‘z boyligini oshiradi. Kitoblar aqlni charxlaydi, tasavvurni kengaytiradi.

Kitob o‘qish qalbni yumshatadi va insonlarni yaxshilik qilishga undaydi. Yaxshilik va

yomonlikni ajratishga o‘rgatadi.

Kutubxona – nurxona. Chunki bu yerda juda ko‘p kitoblar bo‘ladi. Siz yoshingizga va

qiziqishingizga mos rang-barang kitoblarni shu yerdan topasiz. Javonlardagi qiziqarli va

sermazmun kitoblar siz bilan o‘rtoqlashishga shay turibdi.

Suhbat metodidan quyidagi savollardan foydalanish mumkin.

1.Kutubxona qanday joy?

2.Siz maktab kutubxonasiga a’zo bo‘ldingizmi?

3.Nega kutubxonani nurxona deymiz?

4.Kitob o‘qish insonga qanday foyda keltiradi?

5.Matndan o‘zingizga qanday xulosa chiqardingiz? kabi savollar bilan murojaat qilish o‘quvchini

o‘ylashga, kutubxona haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.

3-sinf “O‘qish savodxonligi” kitobida berilgan “Bog‘bon va nihol” rivoyatini taqqoslash metodi

asosida tashkil etish samaralidir. Dastlab rivoyat ifodali o‘qish usulidan foydalangan holda

o‘qituvchi yoki o‘quvchi tomonidan o‘qib beriladi.

Qadim zamonda bir bog'bon va uning xotini bo'lgan ekan. Ularning yakka-yu

yagona farzandi bo'lib, juda tantiq ekan. Bog'bon bolasiga tanbeh bersa, xotini o'rtaga tushib:

"Qo'yavering, ulg'aysa

,

esi kirib qoladi", - der ekan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bog‘bon xotinining gapi xato ekanini tushuntirish uchun shunday yo‘l tutibdi: bog‘ga ikkita bir

xil nihol ekib, ularga bir xil og‘it solib parvarishlabdi. Lekin nihollardan birining ortiqcha

shoxlarini kesibdi, ikkinchisiga esa umuman tegmabdi.

Oradan uch yil o‘tibdi, nihollarning daraxtga aylanib, meva beradigan payti kelibdi. Shoxlari

kesib turilgan nihol baland va chiroyli daraxt bo‘lib, mevalari ham ko‘p ekan. Qaychi tegmagan

niholning shoxlari esa har tomonga tarvaqaylab, qiyshayib bir daraxt bo‘libdi.

Dastlab sinf kichik guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi oldindan daraxtning ikki xil tasviri

ifodalangan ko‘rgazma tayyorlab kelishi lozim.

Taqqoslash metodi quyidagi topshiriqlar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

1.Bog‘bon yerga qadagan nihollarni solishtiring, ularning tafovutini farqladingizmi?

2. Bog‘bonning niholni parvarishlashiga e’tibor bering va o‘z fikringizni bildiring.

3. Nihollarning daraxtga aylanish davridagi holatiga e’tibor bering, qanday tafovutni

angladingiz?

4. Inson umrini shu daraxtlarga qiyoslasak bo‘ladimi?

5. Sizning hayotingizda parvarishlash vositasi nima deb o‘ylaysiz?

6. Kuzatishlaringiz asosida siz havas qilgan insonlarni serhosil daraxtga qiyoslang.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarga yuqoridagi savollar asosida murojaat qilish

o‘rinlidir. Quyi sinflar adabiy ta’limida tashkil etiladigan taqqoslash metodida bilim berish

ustuvorlik qilmaydi,

balki

o‘quvchilarda olingan bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni

mustahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash, uni asoslash, o‘z fikrida

tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. O‘qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar

kayfiyatini ilg‘ab olish, savol tushunarli bo‘lganini his qilgan holda taqqoslashni yangi-yangi

yo‘nalishlarga burish talab qilinadi.

Bugungi kunda yetakchilik qiladigan, ko‘plab sinovlardan o‘tgan,

zamonaviy

yondashuvlardan biri 4K modelidir. Jumladan, 1-4-sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida

yaratilgan. O‘qish darsliklarida berilgan nasriy va nazmiy asarlar shu model asosida o‘rganilsa,

har bir dars o‘quvchi uchun nihoyatda foydali, o‘qituvchi uchun esa maqsadli tashkil etiladi.

4Kmodeli quyidagicha izohlanadi.

Kommunikatsiya – muloqotga kirisha olish, savollarga javob bera olish, vaziyatni

bayon qilish, esse, kichik hikoya yozish ko‘nikmasi.

Kritik (tanqidiy) fikrlash – vaziyatni obyektiv baholash, analiz, sintez, kerakli

ma’lumotlarni ajrata olish orqali boshqalarning fikrlarini qabul qilish, masalalarga

mantiqan yondashish, xulosa qilish. (“Ha-yoq”, “Sinkveyn”, “Klaster”, “Baliq skleti”,

“Insert” metodlari orqali amalga oshirish mumkin.)

Kooperatsiya-kollaboratsiya (hamkorlik) –juftlikda, kichik va katta guruhlarda

ishlash qobiliyati)


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Kreativlik (ijodiy) faoliyat bo‘lib bu qaysidir ma’noda yangi va foydali biror bir

narsaning yaratilishiga hissa qo‘shadi va yangi narsa, jismoniy kashfiyot kabilar

yaralishi uchun eng kerakli vositadir.

4-sinf “O‘qish kitobi” darsligidan N. Norqobilning “Xarita” hikoyasi o‘rin olgan. Darslikda

hikoya matni ikkiga bo‘lib berilgan. Bundan anglash mumkinki, har ikkala qism alohida-alohida

soatlarda o‘rganiladi va tahlilga tortiladi. Hikoyaning asosiy qahramonlari: Samad va Rasul.

Rasulning darslarni o‘zlashtirishdagi no‘noqligi sabab o‘qituvchisi tomonidan Samadga uy

vazifalarini bajarishda unga yordam berishi yuklatilgan. Hikoyada shu o‘rinlarning berilishi

orqali o‘quvchilar bir-biriga yordam berish, sinfning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish nafaqat

o‘qituvchining, balki ilg‘or o‘quvchilarning ham vazifasi esa ekanligini anglaydilar. Shu fursatda

buyuk jadid bobolarimizni eslatib, ularning xalqimiz ma’naviyatini oshirishdagi xizmatlari tilga

olinib, ayni paytda sinf o‘quvchilarining bir-birlariga ilm o‘rganish yo‘lida yordam berishlari

fidoyilik ekanligini ta’kidlash zarur. Buni Samadning uyiga kelib, uni vazifani bajarishga undash

o‘rinlari orqali o‘quvchilar ongiga singdirish mumkin.

Hikoya davomida Samad va Rasul chizgan xaritalarga urg‘u beriladi, ularda tilga olingan

Vatan tasviriga to‘xtalish lozim.

1.Muallimning qishloqni “kichik vatan” deganiga qanday qaraysiz? Sizningcha “Katta Vatan”

nima? Buni qanday aniqladingiz?

2.Samad bilan Rasul chizgan ikkita Vatan bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?

kabi

o‘quvchining mustaqil fikrlashiga qaratilgan savollar bilan murojaat qilish lozim. Dars shu

tariqa davom ettirilib, Samad va Rasulning suhbatini – kommunikatsiya, ya’ni muloqotga

kirishish, Rasulning Samad chizgan xaritaga tanqidiy fikr bildirishini – kritik, o‘zining fikrlashi

asosida Vatan tasvirini aks ettirib chizgan yangi xaritasini esa kreativlik deb qarash mumkin.

Eng asosiysi esa bularning barchasi kooperatsiya – hamkorlik asosida amalga oshganidir

O‘qish darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq

ahamiyat beriladi. Bu metodlar bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, to‘rt

asosiy kompetensiyani o‘z ichiga oladi.

Kollaborasiya

– o‘qish darslarida o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga

yordam beradigan metodlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa o‘quvchilarga hamkorlik

qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga

ko‘maklashadi.

Kommunikativlik –

o‘quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga

qaratilgan. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va

tushunish, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o‘rganadilar.

Kreativ fikrlash –

kichik badiiy asarlar orqali ijodiy fikrlash va yangilik qilish qobiliyatini

rivojlantiradi. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni

o‘rganadilar, innovatsion yechimlar ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Kritik fikrlash – ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va

mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda ta’lim tizimiga joriy etlayotgan yangicha yondoshuvlardan yana biri

STEAMdir. Bu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM

yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish

uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari ”uqib oladilar“.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi bitiruvchilarning layoqatlarini e’tiborga olishi

va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishi

natijasida STEM (Fan, texnika, muhandislik va matematika) tizimi, keyinchalik esa Art ya’ni

san’at qo‘shigan va STEAM shu tarzda shakllangan.

An’anaviy ta’limning asosiy maqsadi: bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod

qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizning olgan bilimlarni haqiqiy

ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir

g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi,

ya’ni haqiqatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilimgina qadrli ekanligini ifodalaydi.

Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida berilgan nasriy va she’riy asarlarni o‘rganish jarayonida

qo‘llaniladigan metod va usullar kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama

rivojlantirish va zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo‘lgan

ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Husanboyeva Q., Jamoldinova Sh., Hazratqulov M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish

metodikasi. – Toshkent.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020.

2.Jumaboyev M.,Bolalar adabiyoti. – Toshkent.: “O‘qituvchi”, 2011.

3.Ernazarova L., Aliyeva M. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil

etish(maqola). Ilm-fan xabarnomasi. 2025, mart.

4.Husanboyeva Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi va muammoli ta’lim. – Toshkent.: Innovatsiya-

Ziyo, 2022.

5.Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov.

“Interfaol ta’lim usullari”. – Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”,

2012.

6.O.M.Jaborova., Z.A.Umarova., L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,

innovatsiya va integratsiyasi”. – Toshkent.: “Malik print co”.2021.

7. O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. – T.: “Yangi asr

avlodi”, 2005.

8. Qosimova D. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”. – Toshkent.: Ilm – Ziyo, 2020.

9.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darsliklari”. –

Toshkent.: Sharq, 2023.

10.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik

qo‘llanma”. – Toshkent.: O‘qituvchi. 2022.

11. S.Matchonov., H.Bakiyeva., X.Gulyamova., Sh.Yo’losheva., G.Xolboyeva “Boshlang’ich

sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”. – Toshkent.: “Ishonchli Hamkor” 2021.

12.Sh.K.Shayakubov., R.X.Ayupov. “Interfaol ta’lim usullari”.

– Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”.2012.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

13.O.M.Jabborova., Z.A.Umarova., L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,

innovatsiya va integratsiyasi”. – T.: “Malik print co”.2021.

14. O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. – T.: “Yangi asr

avlodi”.2005.

15. O‘qish savodxonligi. Boshlang‘ich sinflar 1-,2-,3-,4-sinf darsliklari so‘nggi nashrlari.

Библиографические ссылки

Husanboyeva Q., Jamoldinova Sh., Hazratqulov M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020.

Jumaboyev M.,Bolalar adabiyoti. – Toshkent.: “O‘qituvchi”, 2011.

Ernazarova L., Aliyeva M. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil etish(maqola). Ilm-fan xabarnomasi. 2025, mart.

Husanboyeva Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi va muammoli ta’lim. – Toshkent.: Innovatsiya-Ziyo, 2022.

Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov. “Interfaol ta’lim usullari”. – Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”, 2012.

O.M.Jaborova., Z.A.Umarova., L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”. – Toshkent.: “Malik print co”.2021.

O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.

Qosimova D. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”. – Toshkent.: Ilm – Ziyo, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darsliklari”. – Toshkent.: Sharq, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma”. – Toshkent.: O‘qituvchi. 2022.

S.Matchonov., H.Bakiyeva., X.Gulyamova., Sh.Yo’losheva., G.Xolboyeva “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”. – Toshkent.: “Ishonchli Hamkor” 2021.

Sh.K.Shayakubov., R.X.Ayupov. “Interfaol ta’lim usullari”.

– Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”.2012.

O.M.Jabborova., Z.A.Umarova., L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”. – T.: “Malik print co”.2021.

O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. – T.: “Yangi asr avlodi”.2005.

O‘qish savodxonligi. Boshlang‘ich sinflar 1-,2-,3-,4-sinf darsliklari so‘nggi nashrlari.